OKMK Yoshlari
Статистика🔊Мазкур канал комбинат ёшлари фаолиятини ёритиб борувчи расмий канал. Азиз ёшлар сизни бирор муаммо қийнаётган ёки таклифларингиз бўлса канал ботига ҳамда корхонангиз ёшлар етакчисига мурожаат қилишингиз мумкин.
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 55
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 156
- 1/48двое суток
- 178
- 1/72трое суток
- 192
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚡️ Qizlar uchun biznes sohasida yangi imkoniyat! "Qizlar akademiyasi" loyihasi doirasida biznes boshlash yoki bu yo‘nalishda bilimlarini rivojlantirishni istaganlar uchun “Qizlar Biznes Marafoni” tashkil etilmoqda. Marafon davomida ishtirokchilar 6 nafar tajribali mutaxassisning onlayn darslarida qatnashib, biznes yuritish bo‘yicha amaliy bilim va tavsiyalar oladi. Shuningdek, faol ishtirokchilar maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 📤Ro‘yxatdan o‘tish: @QizlarAkademiyasiMarafonBot 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
🩸 «БОР МЕҲРИМИЗ СЕНГА, ХАДИЧА!» 4 ёшли Ҳадича Қамбаралиева - ОКМКда меҳнат қилаётган ҳамкасбларимизнинг фарзанди. Қизалоқ айни вақтда оғир касаллик туфайли донорлик ёрдамига муҳтож. ОКМК ёшлар иттифоқи ва хотин-қизлар Кенгаши томонидан Хадича ва у каби бемор болалар ҳамда уларнинг оиласини қўллаб-қувватлаш мақсадида «Бор меҳримиз сенга, болажон!» шиори остида беғараз донорлик акцияси ташкил этилмоқда. Барчангизни ушбу эзгу ташаббусда фаол иштирок этишга чақирамиз. Ҳадичанинг ота-онаси ёлғиз эмас — биз бир жамоа, бир оиламиз! 📅 2026 йил 12 август 🕗 07:30–12:00 📍 Олмалиқ шаҳар Тиббиёт бирлашмаси кўп тармоқли поликлиникаси Қон банки бўлими (қон топширувчилар паспорти билан келишини сўраймиз.) Олмалиқ шаҳри, Улуғбек кўчаси, 49-уй ☎️ Қўшимча маълумот учун: 99893 182-50-53 998 94 936-22-92 ❤️ Ҳадича, ОКМК жамоаси сен билан! 🩸 Бир томчи қон — бир инсон ҳаёти!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
“SUN’IY INTELLEKT ORQALI BOLALAR MILLIY KONTENTINI YARATISH” Bugun zamonaviy texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga, xususan, ta’lim-tarbiya jarayoniga ham jadal kirib kelmoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanib, yosh avlod uchun mazmunli, qiziqarli va tarbiyaviy ahamiyatga ega kontent yaratish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida “Sun’iy intellekt orqali bolalar milliy kontentini yaratish” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlov davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt texnologiyalaridan ijodiy foydalanib, 3–7 yoshli bolalar uchun milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, qiziqarli hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega media mahsulotlarni taqdim etdilar. 🎉 Tanlov g‘oliblari: 🥇 “Eng yaxshi milliy kontent” — 1-o‘rin Sulaymonova Fotima — 4-sonli MTT musiqa rahbari. 🥈 “Eng ijodiy yondashuv” — 2-o‘rin Muxiddinova Mahliyo — 4-sonli MTT musiqa rahbari. 🥉 “Eng tarbiyaviy kontent” — 3-o‘rin Djaynakova Ozoda — 31-sonli MTT uslubchisi. ❤️ “Tomoshabinlar e’tirofi” nominatsiyasi esa ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi. Ushbu nominatsiyada Muxiddinova Mahliyo g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tanlov ishlarida zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda milliy ruh va qadriyatlarni aks ettiruvchi bolalar qo‘shiqlari, she’rlar, ertak va hikoya elementlari, raqslar, milliy o‘yinlar hamda folklor namunalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratildi. Alisher Usmonov IOB Yoshlar ittifoqi raisi
без подписи
🚘🌿 ERTAGA — “AVTOMOBILSIZ KUN”! 📅 10-avgust kuni respublikamizning barcha hududlarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. 🚶♂️🚲 Bir kun avtomobildan tanaffus qilib, toza havo, sog‘lom hayot va yashil kelajak uchun o‘z hissamizni qo‘shaylik! 🚌 Piyoda yuring, velosiped haydang yoki jamoat transportidan foydalaning. 💚 Toza shahar — sog‘lom inson, sog‘lom kelajak.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xodimlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida mustaqillikning tarixiy ahamiyati, yurtimizning taraqqiyot yo‘lida erishgan yutuqlari hamda yoshlar va mehnat jamoasi o‘rtasida vatanparvarlik, birlik va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tasarrufidagi “Nuroniy” faxriylar uyida uch avlod vakillari ishtirokida sportning “Shaxmat” turi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazildi. ♟ Musobaqada faxriylar, yoshlar va kichik avlod vakillari o‘zaro bilim, tajriba hamda mahoratlarini namoyish etib, sport orqali avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlik va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamladilar. IOB Yoshlar ittifoqi raisi Usmonov Alisher
#muhim Hayvonlarni identifikatsiya qilish-"pasport berish" emas, balki ularni yagona elektron tizimda ro‘yxatga olishdir 7-avgustdan "Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida"gi Qonun kuchga kiradi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu jarayonni "Hayvonlarga pasport beriladi" deya noto‘g‘ri talqin qilayotgan postlar tarqalmoqda. Aslida esa qonunning maqsadi jarima solish yoki ortiqcha byurokratiya yaratish emas. Identifikatsiya tizimi orqali quturish, kuydirgi, brutsellyoz kabi xavfli kasalliklar aniqlanganda ularning manbai va tarqalish yo‘llari tezkor aniqlanadi. Bu kasalliklarning keng yoyilishining oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, go‘sht va sut mahsulotlarining kelib chiqishi, hayvonning emlash va veterinariya tarixi elektron bazada qayd etiladi. Bu oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaydi, mahsulot sifatiga ishonchni oshiradi. Bundan tashqari, tizim naslchilikni rivojlantirish, chorva o‘g‘irligini kamaytirish hamda kredit va sug‘urta xizmatlaridan foydalanishni yanada qulaylashtiradi. Xulosa qilib aytganda, hayvonlarni identifikatsiya qilishning asosiy maqsadi — veterinariya nazoratini kuchaytirish, chorvachilikni zamonaviy boshqarish va aholi salomatligini himoya qilishdir.
без подписи
#OAV_biz_haqimizda Olmaliqdagi dunyodagi eng katta megaloyihadan reportaj! 📡 O'zbekiston 24
без подписи
2-Мис бойитиш фабрикасида киберспорт мусобақаси якунланди Ёшлар иттифоқи ташаббуси билан 1-август куни 2-Мис бойитиш фабрикаси ишчи-ходимлари ўртасида киберспорт мусобақаси бўлиб ўтди. 🏆 Натижалар: 🥇 1-ўрин — Электриклар жамоаси 🥈 2-ўрин — Флотация бўлими жамоаси 🥉 3-ўрин — Майдалаш бўлими жамоаси Маълумот учун: 1-ўрин соҳиблари 27-август куни Мустақиллик байрами муносабати билан ўтказиладиган тантанали тадбирда Ёшлар иттифоқи томонидан тақдирланади.