Olot_farovonligi
СтатистикаOlot tumanidagi yangiliklar Instagram saxifamiz https://www.instagram.com/olot_farovonligi?igsh=MWd5YnVrMDZsbHo2MA%3D%3D&utm_source=qr
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 21
- Всего постов
- 30
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 20
- 1/48двое суток
- 22
- 1/72трое суток
- 24
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Olotlik 13 nafar bolajon uchun unutilmas shodiyona. Mehr va e’tibor — inson qalbiga quvonch ulashadi. Ayniqsa, bolajonlarning beg‘ubor kulgisi, ota-onalarning xursandchiligi har qanday ezgu tashabbusning eng katta samarasidir. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Olot tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi xayrli tadbir tashkil etildi. Tuman hokimligi, mahallalar uyushmasi tuman bo`limi hamda hamkorlar tashabbusi bilan 13 nafar bolajon uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi. “Bog‘i Shamol” to‘yxonasida tashkil etilgan shodiyona bolalar va ularning ota-onalari uchun unutilmas kunlardan biriga aylandi. Tadbirda tuman hokimi Nargiza Nematova ishtirok etib, bolajonlar va ularning ota-onalarini qutladi. Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, oilalarga mehr va e’tibor ko‘rsatish borasidagi ezgu ishlar izchil davom ettirilayotgani ta’kidlandi. Bayramona tadbir davomida to‘y bolalariga velosipedlar va turli xil o‘yinchoqlar sovg‘a qilindi. Sovg‘alarni qo‘lga kiritgan bolajonlarning quvonchi, yuzlaridagi tabassum shodiyonaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. — Bugungi kun biz uchun katta quvonch bo‘ldi. Farzandimning sunnat to‘yi el-yurt e’tibori va g‘amxo‘rligi ostida o‘tayotganidan juda mamnunman. Bunday ezgu tashabbuslar biz kabi oilalar uchun katta ko‘mak va dalda. Tashkilotchilarga samimiy minnatdorlik bildiraman, — deydi “Usmonshayx” mahallasida yashovchi Gulruh Rahmonova. Shodiyonaning badiiy qismida tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, musiqiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bolajonlar uchun tashkil etilgan bayramona dastur ularning quvonchiga quvonch qo‘shdi. Darhaqiqat, ezgu tashabbusning qiymati uning ko‘lamida emas, inson qalbiga bergan quvonchida namoyon bo‘ladi. Olot tumanida o‘tkazilgan ushbu sunnat to‘yi ham mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik kabi qadriyatlar xalqimiz hayotida nechog‘lik muhim o‘rin tutishining yana bir yorqin namunasi bo‘ldi. https://t.me/olottumani
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи