Ummu BeSaMu
СтатистикаMening energiya manbayilarim: Bekmirzo, Sa’diyaxon, Muhammadali Murojaat uchun: @ummu_besamu
- Последний пост
- 20 июн.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Har inson sizni farqli taraflaringiz bilan tanishi ajoyib-a ? Kimdir uchun quvnoqsiz, Kimdir uchun g'amgin. Kimdir uchun yaqinsiz, Kimdir uchun uzoq. Kimdir uchun sokinsiz, Kimdir uchun sho'x. Kimdir uchun donosiz, Kimdir uchun ahmoq. Kimdir uchun butun dunyosiz, Kimdir uchun hech kim. Aslida bularni barchasi rostdan ham sizsiz. Shunchaki, qandayligingiz kimni yonida ekanligingiz bilan bog'liq xolos... Ummu Zaynab
#bola_tarbiyasi FARZANDLAR BILAN TANLASHGA arziydigan 8 ta "jang" Ota-onalik juda qiyin. Bolalar bilan arzimas narsalar ustida talashib tortishmang. Bolalarning sog'lom rivojlanishi uchun ota-onalar o'zlarining "janglarini" tanlashlari kerak. Mana, farzandlaringiz bilan tanlashga arziydigan 8 ta jang: O'qish jangi: Farzandlaringizni kitobxon qiling. Chunki o'qish kognitiv rivojlanishdan tortib diqqatni jamlash qobiliyatigacha bo'lgan barcha narsalar bilan bog'liq. Farzandlaringizni hozir yoshligidan o'qishga rag'batlantiring va majbur qiling. Tashqarida vaqt o'tkazish: Farzandlaringizni tashqariga chiqishga majbur qiling. Tabiiy dunyo bizga ko'p narsalarni o'rgatadi. Qolaversa, tashqarida ularni quyosh nuri, toza havo va jismoniy mashqlar kutmoqda. Eng muhimi, tabiat bizning dunyomizda etishmayotgan narsalarga to'la: kashfiyot, hayrat, tinchlik, quvonch. Ish kurashi: Farzandlaringizni uyda ishga soling. Qanchadan-qancha ota-onalar o'z farzandlariga uyda barmog'ini ham ko'tarishni talab qilmasligidan xafaman. Faqat qo'lingizda supurgi yoki changlatta bilan o'rganishingiz mumkin bo'lgan bebaho hayotiy tamoyillar mavjud. Ularning ustozi ter - bola ter to'ksin. Birga ovqatlanish uchun kurash: Farzandlaringiz bilan oila sifatida birga ovqatlaning. Bizning hayotimiz tinimsiz faoliyatdan iborat bo'lib qoldi. Hamma yugurgan, hamma band. Oilaviy birgalikda ovqatlanish - bu bandlik qurbongohida osongina qurbon qilingan qadriyatimizni tiklash uchun jismoniy pauza. Hech narsa oiladan muhimroq emas. Zerikish kurashi: Farzandlaringiz zerikish bilan hamnafas yashasin. Har bir mashinada DVD ko'rsatmang, qo'lida doim telefon bo'lmasin. Bolalarga rejadan tashqari hech narsa bilan shug'ullanmaydigan vaqt kerak. Va qanchalik g'alati tuyulmasin, zerikish - bu mahorat. Ota-ona sifatida zerikish shikoyatlari bilan kurashish qiyin. Ammo agar siz taslim bo'lsangiz va ularning vaqtini mashg'ulotlar bilan to'ldirsangiz, siz bolani bandlikka qaram qilasiz. Ularga bo'sh vaqt ajrating, zerikib qanday bo'lishni va nima qilishni o'zi kashf etsin. "Birinchi men" jangi: Farzandlaringizni oxirgi o'ringa qo'ying. Hamma narsa uchun va har doim ham emas. Ammo shuni yodda tutish kerakki, dunyo ular atrofida aylanmaydi. Taqsimlashda eng kichik bo'lakni bering. Pultdan voz kechiring. Birovning ishlarini bajarsin. Ularning eng sevimli tanlovini doim bo'lmasligini tushunsin. Bu ularga yoqmaydi, lekin ularga kerak. Noqulay suhbat kurashi: Farzandlaringiz bilan noqulay suhbatlar o'tkazing. Jinsiy aloqa, jinsini almashtiruvchilar, tana qiyofasi, diniy va madaniy qadriyatlar... Farzandlaringiz ko'zlarini aylantirib, qarshilik ko'rsatadilar. Siz qoqilib, duduqlanasiz. Lekin ular sizning nuqtai nazaringiz, olingan saboqlaringiz va tajribangiz bilan bo'lishishingizga muhtoj va ichidan xohlashadi. Cheklash kurashi: Cheklovlar ichida yashashni o'rganish qimmatli hayotiy mahoratdir. Darhaqiqat, kattalardagi ko'plab muammolar ularni qabul qila olmaslikdan kelib chiqadi. Ekranni ishlatish vaqti chegaralari, ovqatlanish cheklovlari, o'yin va mashg'ulotlar cheklovlari - bularning hammasi yaxshi. Hammamiz ham qiyin bir davrda farzand o'stiryabmiz. Bolalar bilan ko'p hollarda kelisha olmay qolamiz. Talashamiz, tortishamiz. Lekin ota-ona sifatida siz janglaringizni to'g'ri tanlashingiz kerak. Yuqoridagi kurashlar oson emas, lekin ular kurashishga arziydi. Devid Morris (tarjimada ba'zi shaxsiy fikrlarim ham qo'shilgan) Iroda Ahmed @YaqinOzbek
Men, raqobat emas, shafqat bor joyda bo'lishni yaxshi ko'raman; O'zimni isbotlashga majbur qolmaydigan joylarimda bo'lishni yaxshi koraman; Sukutimni ham so'zsiz tushunadiganlar orasida bo'lishni yaxshi ko'raman; Meni borimcha qabul qiladiganlar ichida yashashni yaxshi ko'raman; O'zimni ochiqlashga ehtiyoj tuymaydigan manzillarimda bo'lishni yaxshi ko'raman; Qalbim charchamaydigan, o'zimni yonida xotirjam his qiladiganim insonlar orasida qolishni yaxshi ko'raman; O'zimga o'zim begona bo'lmaydigan davralarda bo'lishni yaxshi koraman, sizchi ? Ummu Zaynab
Dam olish kunlari, bolaligim o’tkan qishloqda bo’ldik. Havo shunaqa mazzaki, hech qaytgim kelmadi. Yoshim o’tyaptimi deyman, qishloqdagi odamlar, hayot meni o’ziga tortyapti. Kindik qoni to’kilgan makonga talpinish, asli fitratimizda bor. Shundaymi? U yerdagi, yaqinlar diydori, ichki huzurni hali bir kun o’tmay sog’inyapman. Ayni damda yana tirband ko’chalarda, o’qishdan o’qishga shoshyapman. O’zi bilan o’zi ovvora odamlarga to’la shahar. Hamma narsa bor, faqat huzur kam ko’chalar….🙃
#mulohaza Ayni paytlarda vaqtim juda tig’iz. Sababi, 2 joyda o’qiyapman. Ham dunyoviy ham diniy ilim olishga urunyapman. Bir pog’ona o’sayotgandekman. Lekin, oson bo’lmayapti. Juda ko’p narsadan vos kechishga majbur bo’lyapman. Daqiqalarim qadrini sezyapman. Pul vaqtdan qimmat, degan tushunchani yanada yaxshiroq anglayapman. Juda konfortda yashayotgan ekanman. Rivojlanish harakatidaman. Oson bo’lmayapti. Allohim, ilmimni ofiyatda ziyoda qil. (Bu duoni har qanday ilm o’rganayotganlar aytib yurishsa, hudo hohlasa foydasi bo’ladi).
19.02 #otamdanqolganmeros Bugun dadamning tug’ilgan kunlari. Hayot bo’lganlarida 64 yoshni qarshilagn bo’lar edilar. Hozir, avtobusda o’qishdan uyga qaytyapman. Yodimga bir gaplari keldi. “O’qish - turmush qurishdan oldin bo’lishi kerak. Hoh er bo’l, hoh ayol oila qurilgach, o’qish ikkinchi darajali bo’ladi. Natijaga erishish uchun ko’proq mashaqqat va mehnat talab qiladi”. Ayni shu hayotda yashayotgandekman, uydan o’qishga, o’qishdan uyga shoshaman. Hayotim davomida bergan o’gitlari doim as qotgan. Bugundan, yuqoridagi rukun ostida, ulardan eshitgan va o’rganganlarim bilan bo’lishib boraman. Ramazon ayyomi muborak, nur yuzlilar. Shu yergacha o’qigan bo’lsangiz, duolaringizda dadamni eslab qo’ying! Alloh, barchamizni mag’firat qilsin!!!
Ramazon bog'i Siz ertadan Ramazon atalmish bog‘da sayr qilasiz… Bog‘ shirinidan shakar mevalaru anvoiy ozuqalarga to‘la. Ulardan bir kun, olti oy, bir yil, yo‘ umringiz oxirigacha yetadiganini terib olishingiz mumkin. Bu sizning istagingiz! Faqat bog‘ga kirish imkoniga ega bo‘la turib, hech narsasiz chiqib ketib qolmang! Bog‘ning mevalari behisob. Shu kunlarda hamma «savatini» noz-ne’matlarga to‘ldirish bilan ovora. Bu bog‘ning bog‘boni esa o‘zining eng sabotli, eng ixlosli mehmonlariga chegirmalar e’lon qilgan. Ha, ha, ajoyib chegirmalar! Birga yetmish barobar! Hamma xohlagan mevasidan istaganicha zaxira to‘plasin! Shuncha ne’matdan quruq chiqqan, oxirat uchun zaxira ololmagan kishi naqadar baxtsizdir! Imkonni qo‘ldan boy bermaylik! Barchamizga Ramazon oyi muborak. Nurli yuzingiz, baxtdan doim porlab tursin!!! Manbaa: Xadicha.uz
без подписи
#Audiokitob ▶️ Nomi: «Qulog'im senda, qizim!» ✍️ Muallif: Abdulloh Abdulmu'tiy 💖 Qismlar soni: 1 ta 📍 Hajmi: 423 MB 💖 Vaqti: 7 soat 43 daqiqa 📚 @kitob_nuri
#Audiokitob 📖Abdulloh Abdulmu'tiy: Qulog'im senda, qizim! Abdulloh Abdulmuʼtiy, Huda Saʼid Bahlul tomonidan yozilgan mazkur kitob qizlarimiz hayotda duch kelayotgan qiyinchiliklar, sinovlar haqidadir. Bu holatlarda qizlar qanday yo‘l tutishi kerakligi kitobchada hayotiy tajribalar asosida amaliy ko‘rsatmalar berilgan. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, kitob faqat qizlar uchun mo‘ljallanmagan. Kitobdagi maʼlumotlar, o‘gitlar, tavsiya va tajribalar nafaqat o‘smir qizlar, balki katta yoshdagi ayollar uchun ham, onalar uchun ham foydalidir. Ayni paytda kitobni onasi, ayoli, opa-singlisi, qizi bor erkaklar ham o‘qishi tavsiya qilamiz. Kitobda qizlarning ichki dunyosiga, feʼl-atvoriga oid ko‘plab maʼlumotlar, qizlar hayotida ko‘p duch keladigan muammolar berilganki, ko‘pchilik erkaklarimiz bulardan bexabardir. Kitobni yosh yigitlar, otalar ham o‘qisa, ayol kishining nimadan xursand bo‘lib, nimadan xafa bo‘lishi, uni nima mahzun qilishi va yana shu kabi turli holatlarni yaxshiroq tushunib, ularga munosib yechim topa oladilar, ahli oila bilan muomala qilishda, tarbiyasi o‘ta nozik sanalgan qiz farzandlarini voyaga yetkazishda qiynalmaydilar, inshaalloh. 📚 @kitob_nuri
Hayot bir bog‘ga o‘xshaydi: unda gul ham o‘sadi, qalampir ham. Gul - quvonch, mehr, orzular timsoli. Qalampir esa hayotning achchiq tomoni, sinovlari, saboqlari. Lekin faqat gul bo‘lsa - hid bor, lekin ta’m yo‘q. Faqat qalampir bo‘lsa - kuch bor, lekin go‘zallik yo‘q. Ikkisi birga bo‘lgandagina hayotning haqiqiy ma’nosi seziladi. 🌹
📖Kahf surasidan nimalarni o‘rganamiz? 🟢1. Fitnalar vaqtida dinga mahkam yopishish va (iymonni saqlab qolish uchun) u bilan qochish lozimligi. (As’hobi Kahf - g‘orga yashiringan yigitlar qissasi misolida). 📿Kahf surasi, 9-26- oyatlar mazmuni. 🟢2. Mol-mulk va farzandlar, shuningdek, dunyoning boshqa ziynatlari vaqtinchalik o‘tkinchi matoh ekani, boqiy qoluvchi solih amallar esa eng yaxshi xayr ekani. (Ikki bog‘ egasining qissasi misolida) 📿Kahf surasi, 32- 46- oyatlar mazmuni. 🟢3. Ilm talabida kamtarlik, sabr va odob zarurligi hamda har bir bilimli kishining ustida biluvchi (Alloh) borligiga iymon keltirish. (Muso alayhissalom va Xizrning birga kechgan safari qissasi) 📿Kahf surasi, 60-82- oyatlar mazmuni. 🟢4. Barcha kelajakdagi ishlarni Allohning xohish-irodasiga bog‘lash vojibligi. 📿Kahf surasi, 23-24- oyatlar mazmuni. 🟢5. Quvvat va saltanat faqat yaxshilikka xizmat qilish va uni zaiflarga yordam berish uchun ishlatish kerakligi. (Zulqarnayn qissasi) 📿Kahf surasi, 83-98 - oyatlar mazmuni. 🟢6. Haq ustida yordam beruvchi solih do‘stlarning suhbati, do‘stligining muhimligi. 📿Kahf surasi, 28-31 - oyatlar mazmuni bilan tanishish tavsiya etiladi. 📝Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim "Kahf" surasining avvalidan o‘n oyatini yodlasa, Dajjoldan saqlanadi", dedilar". Imom Muslim, Ab-u Dovud va Termiziylar rivoyat qilgan. 🟢Sura haqida: U Makkada nozil bo‘lgan. 110 oyatdan iborat. "Kahf" so‘zi "g‘or" ma’nosini anglatadi. Suradagi asosiy qissa qahramonlari –☝️ Robblariga iymon keltirgan yosh yigitlar o‘z zamonlari podshohining zulmidan qochib, iymonlarini saqlash maqsadida g‘orga kirib oladilar va o‘sha yerda ilohiy mo‘jiza sodir bo‘ladi. Suraning nomi shundan olingan. Kahf surasi Qur’oni Karimdagi "Al-hamd-u" lafzi bilan boshlangan besh suraning biridir. Bu surada asosiy urg‘u qissalarga berilgan. Bir yuz o‘n oyatdan iborat bo‘lgan Kahf surasining yetmish bir oyati qissalardan iborat. Surayi karimada kahfga kirib olgan yigitlar, ikki bog‘, Odam va iblis, Muso alayhissalom va solih banda hamda Zulqarnayn qissalari keladi. #juma_mubotak #juma #duo #kahf #kahf_surasi Ta’lim muassasasining ijtimoiy tarmoqlariga a’zo bo‘ling! 🔗 t.me/xadichauz - diniy-ma'rifiy kanal! Telegram 🕊| Instagram📱 Facebook📱| Youtube 📺
Kerakli masalliqlar: 1 stakan un 1 stakan sut 1 stakan qaynoq suv 3ta tuxum 0,5 choy qoshiq tuz 1 osh qoshiq shakar 1 osh qoshiq yog’
без подписи
Hech qanday duroja va istemol sodasiz, bittada o’xshab chiqadigan blinchik retsepti.
без подписи
Nihoyat, 1 hafta deganda uyga qaytdim. Bir haftadan beri, oilaviy shamolladik. Hammasi juda oddiydek tuyilgan edi. O’tkan Chorshanba doimgidek, amaliyotga borib keldim. Ertalab issig’i chiqqanligi sababli, Muhammadali boxchaga bormagan edi. Har safar qo’llaydigan muolajalarimni qilishni boshladim. Kelganimda ahvoli yaxshi edi. Birga tushlik qildik. Kechka mehmonlar kelishi kerak va men tayyorgarlikni boshladim. Mehmonlar kelishdi, o’sha payt Muhammadalini harorati 37.5 ni ko’rsatdi. Faqat suv berdim. Uyqisi kelayotganini aytdi va uhladi. Ovqat suzish paytida uyg’ondi. Harorat bir kam 40😱. Dovdiraganimdanmi, bunaqasini ko’rmaganimdanmi shosha-pisha parasitamol berdim. Dorini ichishi bilan yotgan joyida bolaning ko’z qorachig’i orqaga keta boshladi. Keyingi bo’lgan voqealarni eslasam qo’rqib ketyapman, to’g’risi. Shunday qilib, tez yordam mashinasida 16-shaxar shifoxonasiga keldik. Bu yerda mening farzandimdan battarroq ahvoldagi bolalarni ko’rdim. Shifoxonada navbat tig’iz edi. 3 oylik chaqaloqdan tortib turli yoshdagi bolalarda kechayotgan noodatiy shamollash juda avj olgan. Allohdan o’zga najot yo’qligini tushundim. Zikr, istig’forni to’xtatmadim. Bugun hammasi yaxshi. Hayotning bu darsidan ham ko’p anglashlar oldim. Hayot pas-u balandliklardan iborat. Har ish Allohdan ekanligiga ishonish, qalbga taskin beradi. Bu dunyoda qancha umrimiz qolganligini bilmaymiz. Bir narsani aytishim mumkinki, vaqt borida ulgiring, yaqinlarga mehr berishga, atrofdagilarga yaxshilik qilishga, shirin so’z, tabassum…
Shu oyni boshida 28 yoshli jiyanim avtohalokatda vafot etdi. Bir oydan keyin to'yi ekan, eshitib ancha kun o'zimga kelolmadim. Vafotidan keyin, yigit haqida juda ko'p yaxshi gaplar eshitdim. Har eshitganimda, avvalgidan ham ko'proq qiynaldim. Allohni qadari, hammamizni boshimizda bor deymanu, lekin ich-ichimdan ota-onasini o'ylab ezilib ketaman. Shunaqa vaqtlar turmush o'rtog'imga dardimni aytaman, ancha nasihat qilib, o'zimga keltiradilar. O'lim balki u inson uchun go'zal bo'lgandir, qiynalmagandir, dunyo tashvishlaridan qutilgandir, yotgan joyi Jannat bog'chalaridir. Bu tomondan ham o'ylab ko'r, mendan ko'proq bilasanku bu narsani, hadeb o'ylanaverma deydilar. Biroz ko'nglim yorishadi, bezovta ruhimni xotirjamlik egallaydi. Kecha esa, yaxshi ko'rgan opam, bir muddat ustozlik qilgan eng yaxshi talabalarimdan biri vafot etdilar. O'z oyoqlari bilan kirib borgan kasalxonalaridan, bir-necha soatdan keyin jonsiz chiqyaptilar. Osma ukol reaksya beribdi. Eshitganimda tamom bo'ldim. Yolg'iz boshlariga ikki farzand tarbiya qilayotgan, hokisor, mushtipar, ilmga chanqoq, vazmingina ayol edilar. Yoshlari mendan katta bo'lsa ham, doim ustoz deb murojaat qilardilar. Menga yozib turardilar, oxirgi safarlar o'qib javob yozolmagandim. Kech qolganlik, ulgurmaganlik, endi hech qachon yozib ularni xursand qilolmasligimni bilish hissi, meni juda dovdiratib qo'ydi. Go'yo ichimga bir cho'g' tushdi, achityapti, qiynayapti, yondiryapti, lekin so'ndirishga kuchim yetmayapti. Tirikliklarida ko'ngillarini ko'tarib, uzun-uzun suhbatlar qurish imkoni menda bor edi, lekin qo'ldan boy berdim va vafotlari sababidan soatlab yig'layapman, uyat. Bir dalda, yupanch, tasalli istab yana turmush o'rtog'imga dardimni aytdim. Yozish kerak edi-da, nega yozmading vaqtida dedilar. Keyingi holatimni tasavvur qilavering, vafotlariga bir kuysam, e'tiborsizligimga o'n kuydim. O'lim haq, u yosh ham, zamon ham tanlamaydi. Yosh bolasi bor demaydi, hali yosh edi ham demaydi. Tugatmagan ishlari bor edi, hali tavba qilishga ulgurmagandi ham demaydi. Dunyoda daqiqasiga 100 dan oshiq inson vafot etadi. Ya'ni, siz bu xabarni o'qishni boshlab tugatguningizcha, 100 lab insonlar jon talvasasida bu foniy dunyodan abadiy dunyoga rihlat qilgan bo'ladilar. Yaqinlaringizni tirikliklarida qadrlang, hech narsani kechiktirmang. Ertaga demang, keyinroq demang, aqlingizdagini hoziroq bajaring. Chunki ertangi tong, hammaning ham nasibasi bo'lmasligi mumkin. Ummu Zaynab
#dildan_suhbat 🎙Suhbat mavzusi: Bolalar va kattalarda kitob o'qish ko'nikmasini shakllantirish. Mehmonimiz kanallari https://t.me/onalardavrasi https://t.me/YaqinOzbek
Bugungi ayyom bilan barcha ustozlarni tabriklayman! Zahmatli mehnatlaringiz rohatini ko’ring!