"DOMINANT" O'zbek tili MS
СтатистикаBu kanal barcha O'zbek tili va adabiyoti fanidan Milliy sertifikat olmoqchi bo'lganlar uchun! Onlayn yoki oflayn o'qishni xohlovchilar uchun to'liq ma'lumotlar: @Aslonbek_Maxammadiyev
- Последний пост
- 4 мар.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
💭NISBAT QOʻSHIMCHALARI OʻTIMLI-OʻTIMSIZLIK 💭 Ortirma nisbat qoʻshimchalari oʻtimsiz fèlni oʻtimli fèlga aylantiradi. ➡️M: Uxla+di ==>> oʻtimsiz Uxla+t+di ==>> oʻtimli Yugur+di ==>> oʻtimsiz Yugur+tir+di ==>> oʻtimli Oʻtimsiz fèl + ortirma nisbat qoʻshimchasi == oʻtimli fèl 📃Oʻzlik va majhul nisbat qoʻshimchalari oʻtimli fèlni oʻtimsiz fèlga aylantiradi. ➡️M: Toʻqi+di ==>> oʻtimli Toʻqi+l+di ==>> oʻtimsiz Kiy+di ==>> oʻtimli Kiy+in+di ==>> oʻtimsiz 🔈Demak,fèllarning oʻtimli-oʻtimsizligi masalasida orttirma nisbat qoʻshimchasi oʻzlik va majhul nisbat qoʻshimchalariga zidlanadi. 📊Birgalik nisbat qoʻshimchasi oʻtimli-oʻtimsizlikka daxl qilmaydi. ➡️M: Oʻqi+di ==>> oʻtimli Oʻqi+sh+di ==>> oʻtimli Yugur+di ==>> oʻtimsiz Yugur+ish+di ==>> oʻtimsiz Kanal: https://t.me/onatiliMS_dominant
✔️Ushbu test Milliy sertifikat testlaridagi 4 savolda shakllar asosida tushadi. Test soni 50 ta Foydasi tegsa, reaksiya qoldiring.😇 Kanalimiz: https://t.me/onatiliMS_dominant
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ ⚡️Ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar ro‘yxati ❗️2026-yil 1-apreldan so'ng YANGI (36 ta) adabiyotlar ro‘yxati asosida tayyorgarlik ko‘rishi tavsiya etiladi. ❤️Telegram kanal https://t.me/onatiliMS_dominant
без подписи
без подписи
https://t.me/onatiliMS_dominant
📃ZULQOFIYATAYN📃 Zulqofiyatayn (ar. ذوالقافيتين – ikki qofiyali) – qofiya bilan bogʻliq sheʼriy sanʼatlardan biri, ikki qofiyaga asoslangan sheʼriy sanʼat. Bunda bir bayt tarkibida asosiy qofiyadan tashqari yana bitta qofiyadosh soʻzlar juftligi keltiriladi. Zulqofiyatayn sheʼrning ifodaliligini oshirib, musiqiyligini kuchaytiradi. Shoirdan katta mahorat va sanʼatkorlikni talab qiladi. Alisher Navoiy sheʼriyatida bu badiiy sanʼatdan koʻp bilan foydalanilgan. Bunda qofiyadosh so‘zlar misralar oxirida ketma-ket (mutakarrin qofiya) keltirilishi yoki misralarning turli o‘rinlarida (mahjub qofiya) kelishi mumkin. Mahjub qofiya asosida yuzaga kelgan zulqofiyataynga misol: Lola qadahini toshqa urdung, Jola guharini boshqa urdung. (“Layli va Majnun”) Mutakarrin zulqofiyataynga misol: Bog‘ anga bir sahfai gulshan misol, Jadvali atrofida ravshan zulol. (Navoiy) Demak, oddiy qofiyalanishdan farqli o'laroq, zulqofiyatayn san'atida birinchi misradagi ikki so'z ikkinchi misradagi ikki so'zga o'zaro qofiyadosh shaklda kelar ekan. https://t.me/onatiliMS_dominant
📃TAQSIR📃 Taqsir san'ati shoirning o'zini uquvsiz, gunohkor, kam bilimli, qobiliyatsiz qilib ko'rsatish usulidir: Taqsir san'ati mohiyatidan va shu san'atning she'rdagi xizmatidan xabardor kitobxon shoir tavozesiga oʻta kamtarligiga qoyil qoladi. Masalan, Darig'o, Furqatiy, beilm qoldim, O'zimni jahl zindonig'a soldim. Ushbu baytda Furqat o'zini ilmsiz ekanligini ta'kidlamoqda. Masalan, Laqabi Solihu, oʻzi - tolih, Nur Said o'g'li Muhammad Solih. Ushbu baytda esa Muhammad Solih o'zini ilmsiz, ilmdan behabar inson sifatida tasvirlamoqda. Masalan, Mening shoirligim yolg'ondir, ammo Fuzuliy she'riga oshiqligim rost Ushbu baytda esa Erkin Vohidov o'zini shoirlikdan yiroq inson sifatida tasvirlamoqda. Demak, ijodkor o'zini kamtarona holatga solib, o'zining ijod va mehnatini, hayotdagi muvaffaqiyatini past sanasa TAQSIR san'ati hisoblanar ekan. https://t.me/onatiliMS_dominant
Ehtimoliy esse mavzusi: 12 yillik majburiy ta'limning joriy etilishi bilan bog'liq turli xil qarashlar qarashlar yuzaga kelmoqda : - Ayrimlar bu holatga ta'lim tizimidagi ijobiy o'zgarish sifatida qaramoqda ; - Ayrimlar o'quvchilarning ta'limga erta jalb qilinishi muammolarga sabab bo'lishi mumkinligidan xavotirda . Ijobiy tomonni qo‘llab-quvvatlovchi fikrlar (tarafdorlar fikri): 1. Ta’lim sifati oshadi. 12 yillik tizim o‘quvchilarga bilimni bosqichma-bosqich va chuqurroq o‘zlashtirish imkonini beradi, bu esa xalqaro standartlarga yaqinlashish demakdir. 2. Kasbiy tayyorgarlik kuchayadi. Yuqori sinflarda o‘quvchilar o‘z qiziqishlariga mos yo‘nalishni tanlab, kelajakdagi kasbga puxta tayyorlanadi. 3. Bola huquqlari himoyasi ta’minlanadi. Majburiy ta’lim yillarining uzaytirilishi bolalarning erta mehnatga jalb etilishini kamaytiradi, ularni ijtimoiy himoyada saqlaydi. Salbiy tomonini ko‘rsatuvchi fikrlar (qarshi bo‘lganlar fikri): 1. O‘quvchilarga yuklama ortadi. Darslar va yillar sonining ko‘payishi o‘quvchilarning ruhiy va jismoniy charchoqlarini oshirishi mumkin 2. Ta’lim infratuzilmasi yetarli emas. Maktablar, o‘qituvchilar va darsliklar tizimi to‘liq tayyor bo‘lmasa, bu sifatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 3. Ijtimoiy tengsizlik kuchayishi mumkin. Uzoq davom etadigan ta’lim ba’zi oilalar uchun iqtisodiy yuk bo‘lib, ularning farzandlari o‘qishni erta tark etishiga sabab bo‘lishi ehtimoli bor. https://t.me/onatiliMS_dominant
📚O‘zbek va jahon adabiyotida yoshlarning qiziqishi ☑️Alisher Navoiy – satrlar orasidan hikmat qidiradigan, chuqur maʼnolarni o‘rganishga harakat qiladiganlar ☑️Abdulla Qodiriy –ijtimoiy hayotga qiziqadigandek ko‘rinib lekin xalqqa asl holatini analiz qilishga qiziqadigan millatparvar yoshlar ☑️O‘tkir Hoshimov– ona, vatan va tarix mana shu uchta mavzuga judayam qiziqishadi, qadrlashadi, ibrat olishadi. Hoshimovchilar haqiqatni hazil bilan aytishni yoqtirishadi 🌍Jahon adabiyotidan ✔️Jorj Oruell – juda sezgir, hamma ham qiziqmaydigan mavzularga qiziqadigan, tasavvurlari juda keng bo‘lib, qiyin sudjetlarni yoqtirishadi ✔️Tolstoy – dunyo va dinni madaniyatlarini qiziqib o‘rganadigan hamda tandqidiy fiklashi zo‘r bo‘lganlar
✔️ 1-2-noyabr kuni TUSHISHI EHTIMOLI JUDA YUQORI ESSE MAVZULARI: 1. ✅ Ba'zilar inson faoliyati tufayli yer shari zararlanib borayotganini ta'kidlashmoqda, ayrimlar esa inson faoliyati sayyoramizni yashash uchun yaxshiroq joyga aylantiradi deb o'ylaydi. 2. ✅Koʻp qavatli uylar qurilishining avj olishi shahar arxitekturasi va dizayniga yangicha tus beradi. Biroq bunday uylar o’rniga xonadon yoki manzarali uylar afzal ekanligini ta’kidlovchilar ham yo’q emas 5. ✅ Ayrimlar texnologik rivojlanish insoniyatga bir qator imkoniyatlar yaratganini aytishadai. Boshqalar esa bu orqali kiberjinoyatchilik tahdidi ortayotganligini ta’kidlashadi. 6. ✅Ayrimlar turli shoular va yutuqli oʻyinlar odamlarning bir- biriga boʻlgan ishonchini so’ndiradi degan fikrda, baʼzilar esa bunday oʻyinlarning afzalligini aytishadi. 7. ✅Texnologiya rivojlanib borayotgan hozirgi davrda sun'iy intellekt asosiy pozitsiyaga chiqmoqda. Ayrim insonlar sun'iy intellektning dahshatli oqibatlari haqida ogohlantirmoqda. 9. ✅Zamonaviy kitobxonlar audio kitoblarning afzalliklarini taʼkidlashmoqda, ammo baʼzilar bu fikrga qarshi. 10. ✅Ayrimlar kosmosni zabt etish insoniyat taraqqiyotining navbatdagi pog’onasi , deb hisoblaydi. Ba’zilar esa bu global xavf manbaiga aylanishi mumkinligini aytadi. 11. ✅ Ayrimlar ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda test tizimini ustun sanashadi. Boshqalar esa an’anaviy baholash tizimini ma’qul ko’rishadi. 12. ✅ Bugungi kunda ayrimlar ta'lim sifatini oshirishda o'quvchilarning bilim darajasiga qarab guruhlarga ajratish muhimligini ta'kidlashsa, boshqalar bilim saviyasi turlicha bo'lgan o'quvchilarni bir sinfda to'plash ahamiyatli ekanligini uqtirishadi. 15. ✅Ayrimlar chet tilini o'rganish madaniylik belgisi deb bilsalar, ba'zilar o'zga tilni bilish moddiy hayotni yaxshilaydi deydilar. 16. ✅ Aksariyat maktab bitiruvchilari oliy ta'limni talab etmaydigan zamonaviy kasblarni egallashga qiziqish bildirishsa, ayrimlar zamonaviy kasblar insonga butun umrlik faoliyat bo'lib qolishiga ishonmaydilar. 17. ✅Yurtimizda chet tillarni o'rganishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ba'zi faollar chet tiliga qaratilgan e'tiborni o'z ona tilimizga ham qaratishni ta'kidlashmoqda. Umuman olganda, jamiyatning turli qatlamlarida chet tili va o'zbek tilining rivoji bo'yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. 18. ✅Hozirgi kunda ayrim insonlar reklamalar ma'lumot ulashishning eng samarali usuli deb qarashsa, ayrimlar bu borada cheklov qo'yish kerak deb hisoblaydilar 19. ✅Ayrimlar oilaviy muammolar aks etgan videolavhalarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi jamiyat ma'naviyatiga va ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi deb bilishsa, ayrimlar aksincha fikrda. Rushana Davlatova MILLIY SERTIFIKAT SAVOLLARI ⬇️⬇️⬇️ t.me/adabiyotquiztest kanalida
без подписи
без подписи
без подписи
Ma min soʻm 😂
узингиз ёзиб куринг🥢
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи