ONA TILI - QALBIMDA
СтатистикаOna tili fanidan kanalda e'lon qilingan ma'lumotlar darslik va internet manbalari asosida bo'lib, sizlar uchun ko'mak beradi https://t.me/+VOpRkkqr5DZMD9k_
- Последний пост
- 8 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 94
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 406
- 1/48двое суток
- 465
- 1/72трое суток
- 501
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
The owner of this channel has been inactive for the last 18 months. If they remain inactive for the next 8 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.
Najot kemasi nima? Ba’zan insonni tashqaridagi xavf emas, qalbidagi og‘irlik, gunoh va beparvolik ko‘proq charchatadi. Shunday damlarda uni yengillatadigan, Robbisiga yaqinlashtiradigan bir amal bor... Bu — najot kemasi. Unga chiqqan inson o‘zini omon va xotirjam his qiladi. Xavf-xatarlar ortda qolgandek, qalbi yengil tortadi. U insonni yuksak manzillarga boshlaydi, qalbini nurlantiradi, gunohlar kirini esa asta eritadi. Vujuddan og‘irlik va tanballik ariydi. Eng muhimi, u — Unga yaqinlashish ostonasi, ilohiy huzurning poygahi va munojot minbaridir... Bu nima ekanini topdingizmi? Javobingizni izohda yozib qoldiring. 👉 @Mr_Yusupali 👈
4–5 yoshli bolalarda eng faol rivojlanadigan jarayonlardan biri — ijodkorlikdir. Aynan shu davrda ularning tasavvuri, fikrlashi va qo‘l harakatlari jadal shakllanadi. Bolalarni tasvir chizishga o‘rgatish nafaqat ularning ijodiy qobiliyatini, balki fikrlash jarayonini ham rivojlantiradi. Chunki rasm chizish — bu qo‘l va miya o‘rtasidagi mustahkam aloqaning shakllanishidir. Bola chizayotganida u nafaqat qalamni boshqaradi, balki kuzatadi, tasavvur qiladi, tahlil qiladi va o‘z fikrini ifodalashni o‘rganadi. Shu bois, maktabgacha ta'lim muassasalarida (MTM) ijodkorlik darslarini alohida fan sifatida joriy etish maqsadga muvofiqdir. Chunki ijodkor farzand — mustaqil fikrlaydigan, izlanadigan va kelajakda yangilik yaratishga qodir shaxs bo‘lib voyaga yetadi. 👉 @Mr_Yusupali 👈
The owner of this channel has been inactive for the last 17 months. If they remain inactive for the next 27 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.
Sizni hamma tushunishi shart emas. Ba’zan muammo odamlar sizga qarshi ekanida emas. Balki sizning fikringizni yetarlicha aniq, asosli va tushunarli qilib aytilmaganida. Har kim maslahat beradi. Har kim o‘z tajribasidan kelib chiqib gapiradi. Lekin har kim sizning vaziyatingizni to‘liq tushunmaydi. Chunki uning tajribasi — uning hayoti uchun ishlagan. Sizning hayotingizda esa sharoit, imkoniyat, mas’uliyat va oqibat boshqacha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir fikrni haqiqat deb qabul qilish ham xato. Har bir qarshilikni “menga qarshi chiqishyapti” deb tushunish ham xato. Sizning fikringizni kim baholayapti? Ko‘chadagi odam shifo haqida gapirishi mumkin. Lekin davolashni shifokor biladi. Xuddi shunday, hayotingizdagi muhim qarorlarni ham har kimning fikri bilan emas, vaziyatni tushunadigan, tajribali va mutaxassis insonlarning bahosi bilan tekshirish kerak. “Meni tinglashmadi...” “Meni tushunishmadi...” “Aytganimni qilishganda, boshqacha bo‘lardi...” Bu gaplar tanish bo‘lishi mumkin. Siz ularni tushunishga harakat qildingizmi? Yoki faqat ular sizni tushunishini kutdingizmi? Tushunishlarini kutmang. Tushuntirishni o‘rganing. Fikringiz kuchli bo‘lsa, uni his-tuyg‘u bilan emas, asos bilan himoya qiling. Qaroringiz muhim bo‘lsa, uni shunchaki odamlarga emas, to‘g‘ri baho bera oladigan insonlarga tekshirtiring. Chunki hayotingizdagi katta qarorlarning oqibatini maslahat berganlar emas, siz yashaysiz. 👉 @Mr_Yusupali 👈
Kanalimizda 2026-yil yozilgan postlar mundarijasi: 1. “Latte omili” — faqat pulda emas, vaqtda ham bor 2. Deraza ortidagi kadr yoki quloqlarim sog' edi 3. Sababsiz ketganlar uchun xafa bo'lma, ... 4. Bahor keldi, endi nigohlar o‘zgaradi. 5. Ishdagi asosiy muammolardan biri — layoqatsizlik. 6. ... insonni budilnik emas, ichki mas’uliyat uyg‘otadi. 7. Farzandingizga olib berayotgan ... 8. Kasbidan qoniqmaslik — bu shunchaki norozilik emas, bu ichki ziddiyat. 9. Mag‘lubiyatga yo‘l ko‘p, tanlovni o‘zimiz qilamiz… 10. Yaxshi amallaringizni ko‘paytiring 11. “Biri ikki qachon bo‘ladi?” 12. Yetishmovchilik qayerdan boshlanadi? 13. AI (sun’iy intellekt) zamonida bilim shart emasmi? 14. Vaqtning narxini bilish — pulni boshqarishning boshlanishi 15. Yangi daraja — yangi raqobatchilar 16. O‘zgaruvchan daromadda o‘zgarmas xarajat xavfli 17. 3 ta 8 qoidasi 18. Maktab yoshigacha bolaga til muhimmi yoki tarbiya? 19. Ishonchi singan odamlarga malham bormi?.. 20. Faoliyatingizda qo'shimcha kasb toping 21. Og‘riq tomon yuring. 22. Muvaffaqiyatsizlik tahlili 23. Shogirdlik davrining kechikishi 24. Oila qurishda adashmaslik formulasi 25. Ajrimlar yoqasidagi yashirin sabablar 26. Qiz tanlovi, uylanish 27. Ustoz imtihonidan o‘tish 28. Ichki sezgi va ustoz-shogird munosabati 29. Qabul qilingan hissiy charchoqlar 30. O‘rniga qo‘yib ko‘ring... 31. Ish joyi — teatr 32. Yoshi o‘tgan sari... 33. Kredit botqog‘iga olib borayotgan ikki illat 34. Xudbinlik ehtiyoj vaqtida bilinadi 35. G‘oyangizni oson o‘zlashtiriladigan qilib aytmang 36. Hamkorlik taklifi 37. Tashqi ko‘rinish ahamiyatli 38. O‘zingizga berilayotgan tashqi baholarni to‘g‘ri qabul qiling. 👉 @Mr_Yusupali 👈
Tashqi ko‘rinish ahamiyatli Agar siz o‘zingizni borligingizcha qabul qilishlarini istasangiz, xato qilasiz. Chunki odamlar sizning asl kimligingizni bilishi uchun bu kamlik qiladi. Ular ko‘pincha siz haqingizda o‘z tasavvuri, tajribasi va ko‘rgan tashqi belgilariga qarab baho bera boshlaydi. Shuning uchun sizda ham ma’lum bir niqob bo‘lishi, eng muhimi, chegaralarni bilishingiz kerak. Tashqi ko‘rinishingizni o‘zingizga mos obrazga aylantiring va odamlarning siz haqingizdagi fikrini boshqarishni o‘rganing. “Asling kabi ko‘rin”, deyishadi. Lekin siz bunga amal qilayotganingizni hammaga tushuntirib chiqolmaysiz. “Ko‘ringaning kabi bo‘l”, deyishadi. Ammo ba’zan siz ko‘rinayotgan obrazingizdan orqada qolib ketishingiz mumkin. Bu esa sizga bo‘lgan ishonchga ta’sir qiladi. Shu sababli tashqi ko‘rinish shunchaki kiyim yoki uslub emas. U siz haqingizdagi birinchi xabar, birinchi taassurot va ba’zan sizga beriladigan imkoniyatlarning eshigi bo‘lishi mumkin. Odamlar avval ko‘radi, keyin eshitadi, undan keyin ishonadi. Demak, tashqi ko‘rinish ichki dunyoni almashtirmasligi kerak, lekin uni to‘g‘ri ifodalashi shart. Obrazingiz sizni aldovchi niqob emas, balki kim ekaningizni tushuntirishga yordam beradigan vosita bo‘lsin. Sizning hozirgi tashqi ko‘rinishingiz odamlar ongida siz haqingizda qanday tasavvur uyg‘otyapti? 👉 @Mr_Yusupali 👈
Hamkorlik taklifi Ba’zan “hamkorlik qilaylik” degan taklif ortida haqiqiy sheriklik emas, balki sizga og‘ir ishni yuklab qo‘yish niyati yashiringan bo‘ladi. Haqiqiy hamkorlikda ikki tomon ham mehnat qiladi, mas’uliyatni bo‘lishadi, natijadan esa adolatli foydalanadi. Ammo ayrim insonlar hamkorlik nomidan sizning bilimingiz, vaqtingiz, tajribangiz va kuchingizdan foydalanishni istaydi. Shuning uchun har qanday taklifga darrov rozi bo‘lish shart emas. Avval aniq bilib oling: Kim nima qiladi? Mas’uliyat qanday taqsimlanadi? Foyda va natija kimga qanday tegadi? Sizning mehnatingiz qadrlanadimi? Hamkorlik — bu birovning yukini ko‘tarib berish emas. Hamkorlik — bu bir maqsad yo‘lida teng harakat qilishdir. O‘zingizni, vaqtingizni va mehnatingizni qadrlang. Chunki sizning tajribangiz ham, bilimingiz ham bepul foydalaniladigan imkoniyat emas. 👉 @Mr_Yusupali 👈
O‘rniga qo‘yib ko‘ring... Birovning hayoti haqida gapirishdan oldin, bir marta bo‘lsa ham o‘zingizni uning o‘rniga qo‘yib ko‘ring. Har bir insonning siz bilmagan dardi, siz ko‘rmagan sababi, siz tushunmagan holati bo‘lishi mumkin. Tashqaridan qarab maslahat berish oson. Lekin o‘sha vaziyatni ichidan his qilish hammaga ham oson emas. Kimnidir darrov hukm qilishga, unga aql o‘rgatishga shoshilmang. Balki siz bilmayotgan tomonlari bordir. Balki u siz o‘ylagandan ham ko‘proq narsani ichida saqlab yurgandir. Insonni tushunish uchun avval uni eshitish kerak. Uning kuchli va zaif tomonlarini, qiziqishlarini, ichki kechinmalarini anglashga harakat qiling. Ba’zan eng yaxshi yordam aql o‘rgatish emas, shunchaki tushunishga urinishdir. Sizningcha, nega odamlar vaziyatni to‘liq bilmay turib boshqalarga maslahat berishga shoshilishadi? 👉 @Mr_Yusupali 👈
Maktab yoshigacha bolaga til muhimmi yoki tarbiya? Maktab yoshigacha bolaga til o‘rgatish, albatta, muhim. Bola qancha erta eshitib, takrorlab, muloqot qilsa, uning nutqi va fikrlashi shuncha yaxshi rivojlanadi. Lekin bu davr faqat til o‘rganish va so‘z yodlash davri emas. Bu, avvalo, bolani hayotga tayyorlaydigan birinchi tarbiya bosqichidir. Bola bu yoshda ovqatlanish madaniyati, kiyinish tartibi, kattalarga hurmat, navbat kutish, o‘yinchoqni bo‘lishish, yo‘l qoidalariga rioya qilish, xavfsizlikni tushunish, tozalik va mas’uliyat kabi oddiy, lekin hayot uchun zarur ko‘nikmalarni ham o‘rganishi kerak. Til bilgan, lekin o‘zini tutishni bilmagan bola jamiyatga moslashishda qiynaladi. Aksincha, tarbiya, intizom va hayotiy ko‘nikmalar shakllangan bola keyingi bilimlarni ham osonroq qabul qiladi. Chunki tartib bor joyda o‘rganish ham samarali bo‘ladi. Shuning uchun savol “tilmi yoki tarbiyami?” bo‘lmasligi kerak. To‘g‘ri javob — ikkalasi ham kerak. Ammo poydevor sifatida avvalo tarbiya, intizom va hayotni anglash darslari turishi zarur. Bola avval hayotga tayyorlanishi kerakmi yoki faqat darsga? 👉 @Mr_Yusupali 👈
3 ta 8 qoidasi 3 ta 8 qoidasi — inson vaqtini muvozanatli taqsimlash haqidagi oddiy, lekin juda muhim qarashdir. Bu qoidaga ko‘ra, kun 3 qismga bo‘linadi: 8 soat ishga, 8 soat oilaga va shaxsiy hayotga, 8 soat esa uyquga ajratiladi. Bu qoida inson faqat ishlash uchun yashamasligi kerakligini eslatadi. Chunki doimiy ish, dam olmaslik va oilaga vaqt ajratmaslik oxir-oqibat charchoq, asabiylik va munosabatlardagi sovuqlikka olib keladi. 8 soatlik ish — daromad va kasbiy rivoj uchun. 8 soatlik oila va shaxsiy vaqt — mehr, tarbiya, suhbat, o‘z ustida ishlash va hayotdan zavq olish uchun. 8 soatlik uyqu esa sog‘liq, energiya va fikr tiniqligi uchun zarur. Albatta, hammaning hayot tarzi bir xil emas. Ba’zida ish ko‘payadi, ba’zida oila ko‘proq e’tibor talab qiladi. Lekin asosiy mezon shuki: inson vaqtini faqat pul topishga emas, sog‘lom yashash, yaqinlariga vaqt ajratish va o‘zini tiklashga ham sarflashi kerak. Sizning kuningizda 8 soat ish, 8 soat hayot va 8 soat dam olish muvozanati bormi? 👉 @Mr_Yusupali 👈
Yangi daraja — yangi raqobatchilar Inson yangi darajaga chiqqanda uning raqobatchilari ham o‘zgarishi kerak. Chunki eski muhit, eski mezon va eski raqobat ko‘pincha yangi o‘sishga xizmat qilmaydi. Agar odam doim o‘zidan pastroq yoki bir joyda turganlar bilan solishtirib yashasa, u o‘zini kuchli his qilishi mumkin, lekin rivojlanishi sekinlashadi. Haqiqiy o‘sish esa o‘zidan kuchliroq, tajribaliroq va natijasi balandroq insonlar orasida boshlanadi. Yangi daraja odamdan yangi fikrlashni, yangi tartibni va yangi mas’uliyatni talab qiladi. Shuning uchun muvaffaqiyatga erishgan inson o‘z oldiga yanada kuchliroq mezon qo‘yishi kerak. Raqobatchi o‘zgarmasa, maqsad ham kattalashmaydi. Maqsad kattalashmasa, inson bir joyda turib qoladi. Siz bugun kim bilan raqobat qilyapsiz: kechagi o‘zingiz bilanmi yoki ertangi darajangizga olib chiqadigan insonlar bilanmi? 👉 @Mr_Yusupali 👈
AI (sun’iy intellekt) zamonida bilim shart emasmi? Bugun ayrim yoshlar shunday o‘ylaydi: “Narsa qanday yaratilgani muhim emas, undan foydalanishni bilsam bo‘ldi. Kerak bo‘lsa, bilim manbasini keyin topib olaman. AI zamonida bilim emas, undan foydalanish muhim”. Lekin aslida poydevori borlar yutadi. Chunki AI tayyor javob berishi mumkin, ammo uni tushunish, tekshirish va to‘g‘ri qo‘llash uchun baribir bilim kerak. Asosni bilmay turib, tez natija olishga intilish xavfli. Boshqalar yaratgan ishni ozgina o‘zgartirib, “men bajardim” deyayotgan avlodda mustaqil fikr, mantiq va haqiqiy ko‘nikma shakllanmaydi. Mutaxassislar AI yordamida bilimini boyityapti, yoshlar esa ba’zan poydevorsiz bino qurishga urinayotgandek asosiy bilimlarni chetlab o‘tmoqda. Bunday yo‘l davom etsa, bu avlodni tashqi ko‘rinishda “natija bor”, lekin ichkarida bilim, tahlil va mas’uliyat yetishmaydigan kelajak kutadi. Shuning uchun AI’dan foydalanishni o‘rgatish bilan birga, bilim, mantiq, mehnat va halollik chegaralarini ham belgilash vaqti kelmadimi? 👉 @Mr_Yusupali 👈
Mag‘lubiyatga yo‘l ko‘p, tanlovni o‘zimiz qilamiz… Hayotda muvaffaqiyatga eltuvchi yo‘l bitta emas, lekin mag‘lubiyatga olib boruvchi yo‘llar juda ko‘p. Eng qizig‘i — bu yo‘llarning aksariyatini biz o‘zimiz tanlaymiz. Ba’zida harakat qilmaslikni tanlaymiz. Ba’zida qo‘rqishni tanlaymiz. Ba’zida “ertaga boshlayman” deb o‘zimizni aldashni tanlaymiz. Aslida esa har bir kichik qaror — bu katta natijaning boshlanishi. Siz bugun nima tanlaysiz — harakatmi yoki bahonami? Unutmang: Muvaffaqiyat tasodif emas. U — to‘g‘ri tanlovlarning natijasi. Bugungi tanlovingiz — ertangi hayotingizni belgilaydi. 👉 @Mr_Yusupali 👈
https://youtu.be/ro2RP-krJkA?si=GhaxZqGCpW2hs_zA
Bahor keldi, endi nigohlar o‘zgaradi. Qish – sinov fasli. Sovuq kunlar insonni ichkariga, o‘z fikrlariga qaytaradi. Sukut ko‘payadi, mulohaza chuqurlashadi. Bahor esa tashqariga chorlaydi — harakatga, o‘sishga, yangilanishga. Tabiatdagi har bir o‘zgarish aslida hayot falsafasining tirik dalilidir. Bu shunchaki fasl emas — bu umrning bir bosqichi. Umid va orzular natijaga aylanishi mumkin bo‘lgan davr. Bu — mehnatning boshlanishi. Yerga urug‘ tashlash, niyatni amaliyotga aylantirish vaqti. Qishda reja qilgan odam bahorda ish boshlaydi: kimdir ilmda, kimdir tadbirkorlikda, kimdir o‘zini tarbiyalashda. Hayot nuqtayi nazaridan bahor uch narsani anglatadi: Yangilanish — kechagi xatolarni muzdek tuproq ostiga ko‘mib, yangi qaror bilan maydonga chiqish. Harakat — reja qog‘ozda emas, amalda ko‘rinishi kerak. Mas’uliyat — urug‘ tashlasang, uni parvarish qilish ham sening vazifang. Tabiat shuni o‘rgatadi: hech narsa o‘z-o‘zidan gullamaydi. Mehnat, sabr va vaqt — har qanday hosilning uch ustuni. Bahor keldi — fikrlar o‘zgaradi. Bahor keldi — rejalar aniqlashadi. Bahor keldi — inson o‘zini yangilashi shart. Chunki hayotda ham hosil niyatga emas, harakatga qarab yetiladi. Tabiat yangilanayotgan bir paytda, biz o‘zgarmasak, ayb fasldami yoki o‘zimizdami? 👉 @Mr_Yusupali 👈
без подписи
Deraza ortidagi kadr yoki quloqlarim sog' edi Ko‘pchilik aldaganida ham, men haqiqatni bilardim. Balki u tuzalib ketar, yaxshilanar deb umid qilib, yana imkon berardim. Lekin “indamayapti” degani — u hech narsa qilmaydi degani emas. Har kim qilganini qiladi. Agar u noto‘g‘ri yo‘lni tanlagan bo‘lsa, buning jazosi mendan emas, Allohdan bo‘ladi. Oilada ham shunday: hammaga imkon berib, ularga hurmat va e’tibor ko‘rsatib yashaysan. Ammo bu sening och qolib, kechikib yashashing hisobiga bo‘lishi kerakmi? Kimningdir tinchini buzishga to‘g‘ri kelsa ham, uni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, unga yordam berish, ba’zan qattiqqo‘l bo‘lish ham kerakdir. Shayton vasvasasiga kirib, yomonlik bilan javob berish — bu ham bir yo‘l. Lekin bu yo‘lning oxiri nima bo‘lishini bilmayman. Sabrning ham chegarasi bor. Har kimning hayotida bir chiziq bor: uni o‘tib ketganda, inson o‘zini ham, boshqalarni ham tushunib bo‘lmaydigan darajaga yetadi. Shunday ekan, kimga imkon berish, kimni esa qo‘yib yuborish kerakligini qanday aniqlaymiz? Haqiqiy sabr bilan ko‘nikish orasidagi chiziqni qayerdan bilamiz? Sizningcha, sabr ham cheksizmi, yoki har bir sabrning ham bir kuni tugaydimi? 👉 @Mr_Yusupali 👈
без подписи
“Latte omili” — faqat pulda emas, vaqtda ham bor Odatda “Latte omili” moliyaviy hayotda mayda-chuyda sarf-xarajatlarning yig‘ilib, katta yo‘qotishga aylanishini anglatadi. Aslida, shu holat vaqtimizda ham mavjud. Biz ko‘pincha quyidagi “mayda chalg‘ituvchilar”ni jiddiy qabul qilmaymiz: – ijtimoiy tarmoqlarda bekor skroll qilish – foydasiz yoki cho‘zilib ketadigan suhbatlar – faqat zavq uchun tomosha qilinadigan seriallar – vaqtni “yeyuvchi” o‘yinlar (karta, narda va boshqalar) Har biriga “10–15 daqiqa” deb qaraymiz. Ammo ular kun davomida yig‘ilib, bir necha soatga aylanadi — natijada o‘qish, rivojlanish, dam olish yoki oilaga ajratilishi kerak bo‘lgan vaqt yo‘qoladi. Bu vaqt qaytmaydi. Eng og‘iri — u sezilmasdan ketadi. Shuning uchun o‘zingizdan so‘rab ko‘ring: - Bugun mening vaqtimni qaysi “latte omili” yeb qo‘ydi? - Ularning o‘rniga nima foydaliroq ish qilishim mumkin edi? Mayda odatlarni nazorat qilish — katta natijaga olib boradi. 👉 @Mr_Yusupali 👈