tgindex
Ong.kodeksi
@ongkodeksiузбекский

• Huquq, adabiyot, she'riyat, shaxsiylik reallik • Kitoblar, tajriba, saviya, fikrlash, rivojlanish Murojaat uchun: @bdilnuraa

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
8
Всего постов
39
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
208
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
142
39 постов
Вовлечённость
68,3%
к подписчикам
Постов в день
1,1
всего 39
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
66
1/48двое суток
75
1/72трое суток
81

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Kamgaplikni kibrga yoʻyish💆🏻‍♀️ @ongkodeksi

  • Oʻzi qiynalgani uchun boshqalarni ham qiynalishini xohlash? tushunmimanda shunaqa odamlarni + har narsaga asab boʻlib yana boshqalar kayfiyatiga taʼsir qiladiganlarni Nima zaril, arzimaydi axir arzimaydi @ongkodeksi

  • без подписи

  • Kamyuda adashdiya😁

  • Jo March — Louisa May Alcottning “Little Women” (“Kichkina ayollar”) romanidagi asosiy qahramon. Film va seriallarda ham turlicha talqin qilingan. Jo — erkin ruhli, mustaqil, o‘z fikriga ega va jamiyatning “qiz bola bunday bo‘lishi kerak” degan qoliplariga…

  • Jo March — Louisa May Alcottning “Little Women” (“Kichkina ayollar”) romanidagi asosiy qahramon. Film va seriallarda ham turlicha talqin qilingan. Jo — erkin ruhli, mustaqil, o‘z fikriga ega va jamiyatning “qiz bola bunday bo‘lishi kerak” degan qoliplariga sig‘ishni istamaydigan qiz. • Yozuvchi bo‘lishni xohlaydi — uning eng katta orzusi ijod qilish va o‘z asarlarini yaratish. • Juda kuchli xarakterli — hissiyotlarini ichida saqlab yurmaydi, noroziligini ochiq bildiradi. • Mustaqillikni sevadi — turmush qurishni hayotining majburiy maqsadi deb hisoblamaydi. • Oilasi uchun juda mehribon — tashqaridan qattiqroq ko‘rinsa ham, opa-singillariga chuqur bog‘langan. • Impulsiv — ba'zan jahli ustida gapirib yoki ish qilib qo‘yadi va keyin pushaymon bo‘ladi. • O‘zligini izlaydi — “men aslida kimman va qanday hayot xohlayman?” degan savol uning rivojlanishining markazida turadi. • Sevgi va mustaqillik o‘rtasidagi ziddiyatni boshdan kechiradi. @ongkodeksi

  • Ertaga koinotda ajoyib 3 xil hodisa roʻy beradi. 1. Quyoshning toʻliq tutilishi (Total Solar Eclipse) Oy Yer bilan Quyosh orasidan oʻtib, ikkisining orasiga aynan bir chiziqda joylashadi va Quyosh nurini Yergacha yetib kelishini butunlay toʻsadi. Natijada kunduz kuni soya tushgan hududda bir necha daqiqaga tunda boʻlgandek qorongʻilik choʻkadi va osmonda Quyoshning tashqi atmosferasi — toji yorqin koʻrinadi. Toʻliq tutilish Yer yuzasining faqat tor tasmasida (Oy soyasi tushgan hududlarda) kuzatiladi. Afsuski, 2026-yil 12-avgustdagi Quyoshning toʻliq tutilishi hodisasi, Yevropa va Shimoliy Amerika (Shimoliy qutb va Grenlandiya) qitʼalari hududidan oʻtadi. 2. Oltita planeta paradi (Six Planet Parade) Quyosh tizimidagi oltita sayyoraning Yerdan qaraganda osmon gumbazida bir chiziq yoki tor bir burchak boʻylab tizilishi. Fazoda sayyoralar haqiqatda bir chiziqqa saf tortmaydi, lekin ularning orbital harakati sababli Yer istiqbolidan osmonda bir hududda toʻplangandek koʻrinadi. Ushbu hodisa davomida tungi osmonda bir vaqtning oʻzida bir nechta sayyoralarni (ba'zilarini oddiy koʻz bilan, ba'zilarini durbi yoki teleskop orqali) kuzatish mumkin boʻladi. ​3. Perseidlar meteor oqimi (Perseid Meteor Shower) Har yili avgust oyining oʻrtalarida (asosan 12–13-avgust kunlari peak nuqtasiga chiqadigan) roʻy beradigan eng yorqin meteor oqimlaridan ("yulduz uchishi") biri. Yer oʻz orbitasi boʻylab harakatlanib, Svift-Tattl (Swift-Tuttle) kometasi qoldirgan chang va mayda tosh zarralari bulutini kesib oʻtadi. Bu zarralar Yer atmosferasiga juda yuqori tezlikda kirib yonib ketadi va osmonda yorqin izlar qoldiradi. Meteorlarning manbai osmonda Persey yulduz turkumiga toʻgʻri kelgani uchun ushbu nom berilgan. @satrlariiiim✨

  • ❗Hayvonlarni ham endidan ro'yxatdan o'tkazish kerak 📌Qachon identifikatsiya qilinadi? 🐄Qoramol — tug‘ilganidan 14 kun keyin 🐑Qo‘y va echki — 14 kun keyin 🐪Tuya — 14 kun keyin 🐎Ot — 4 oy keyin       Cho‘chqa — 1 oy keyin 🐈It va mushuk — 3 oy keyin 🌎Chet eldan olib kirilgan hayvonlar esa O‘zbekistonga olib kirilgan kundan boshlab 21 kundan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi lozim. ➖Hayvon so‘yilsa, nobud bo‘lsa, o‘lsa, yo‘q qilinsa yoki chetga olib chiqilsa, u 7 kun ichida hisobdan chiqariladi. ⚖️ASOS: Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisidagi qonun ✈️Kanalimizga obuna bo'ling: https://t.me/yurist_anvarovv

  • Sheʼrsiz qolib kettik-a, hademay kuz keladi

  • 8 авг.116101

    Kundan kunga insonlarga hurmatim oshib ketyapti, har xil insonlarni kuzatish shunaqangi boshqacha zavq Allaqachon oʻz amakimdan yaqin amaki, bobo, buvi aka uka singil opalarni topdim😁 +tanishlar Introvert sifatida bu qobiqdan qutulganimga shukuuur, ancha yoʻlimni toʻsgan ekan Va muhimi oʻz prinsiplarimni kashf qilyapman yaʼni men kimman degan savolga javob huddi boʻlak boʻlak boʻlib yuborilayotganga oʻxshaydi Amal qilmasam afsuslanishim aniq, 1 oy ishga konikkanim yetadi endi koʻproq izlanaman va ozim ertaga afsuslanmaydigan hayot yoʻlini tutaman @ongkodeksi

  • — dinni bilishdan maqsad, o’zini boshqarishdir, boshqalarni emas. @ongkodeksi

  • Huquq — uni talab qila oladigan, himoya qila oladigan va undan foydalana oladigan inson bilan tirikdir. @ongkodeksi

  • "Ekzistensial yolgʻizlik" Kafka ijodida eng koʻp eʼtiborimni tortgan ibora, maʼnosi bir kitob kabi Menimcha hamma duch keladi @ongkodeksi

  • Qonun oldida, hikoya Frans Kafka Qonun oldida bir darvozabon turadi. Uning huzuriga qishloqdan kelgan bir odam kelib, qonunga kirishga ruxsat so'raydi. Ammo darvozabon unga hozircha kirishga ruxsat bera olmasligini aytadi. Odam biroz o'ylanadi va keyinroq…

  • Qonun oldida, hikoya Frans Kafka Qonun oldida bir darvozabon turadi. Uning huzuriga qishloqdan kelgan bir odam kelib, qonunga kirishga ruxsat so'raydi. Ammo darvozabon unga hozircha kirishga ruxsat bera olmasligini aytadi. Odam biroz o'ylanadi va keyinroq kirishiga ruxsat beriladimi, deb so'raydi. — Mumkin, — deydi darvozabon, — ammo hozir emas. Qonun darvozasi, odatdagidek, ochiq turardi. Darvozabon bir chetga chiqadi. Odam ichkariga nazar tashlash uchun engashadi. Buni payqagan darvozabon kulimsirab deydi: — Agar seni ichkariga kirish istagi shunchalik o'ziga tortayotgan bo'lsa, taqiqimga qaramay kirishga urinib ko'r. Ammo shuni unutma: men qudratlidorman. Holbuki, men darvozabonlarning eng quyi martabalisiman. Ichkarida esa zaldan zalga darvozabonlar turadi; ularning har biri avvalgisidan ham qudratliroqdir. Hatto uchinchi darvozabonning nigohiga ham men bardosh bera olmayman. Qishloqdan kelgan odam bunday qiyinchilikni kutmagan edi. Axir, uning nazarida qonun har kim uchun hamisha ochiq bo'lishi kerak edi. Ammo u darvozabonning mo'ynali to'niga, katta qirg'iyburuniga, uzun, ingichka, qora tatar soqoliga sinchiklab razm solar ekan, ruxsat olguncha kutish ma'qulroq, degan qarorga keladi. Darvozabon unga kichkina kursi beradi va darvoza yoniga o'tirishiga ruxsat etadi. Shu tariqa kunlar, yillar o'tadi. Odam qayta-qayta ichkariga kiritishni so'raydi va iltijolari bilan darvozabonni holdan toydiradi. Darvozabon esa vaqti-vaqti bilan undan qisqacha so'roq qiladi: vatani, yurti va boshqa mayda-chuyda narsalar haqida so'raydi. Ammo bu savollar buyuk amaldorlarga xos sovuq va befarq savollar edi. Har safar suhbat oxirida u bir xil javobni takrorlaydi: — Seni hozircha ichkariga kirita olmayman. Safarga puxta hozirlik ko'rgan odam darvozabonning ko'nglini olish umidida o'zi bilan olib kelgan barcha qimmatbaho narsalarini unga beradi. Darvozabon hammasini oladi, ammo shunday deydi: — Bularni faqat keyinchalik: «Qo'limdan kelganini qilmabman», deb o'ylab qolmasliging uchun olyapman. Yillar o'tgan sayin odam darvozabonni deyarli uzluksiz kuzatadi. Bora-bora u boshqa darvozabonlarni unutadi. Endi uning nazarida qonunga eltuvchi yo'ldagi yagona to'siq shu birinchi darvozabon edi. Dastlab u bu badbaxt tasodifni ovoz chiqarib la'natlaydi. Keyinchalik, qarigach, faqat o'zicha g'udranib qo'yadigan bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan u go'yo bolalarcha sodda bo'lib qoladi. Darvozabonni yillar davomida sinchiklab kuzatar ekan, hatto uning mo'ynali yoqasidagi burgalarni ham tanib oladi va ulardan ham darvozabonning fikrini o'zgartirishga yordam berishni so'raydi. Nihoyat ko'zlari xiralasha boshlaydi. Atrof chindan ham qorong'ilashayotganini yoki bunga faqat ko'zlari sabab bo'layotganini anglay olmaydi. Ammo zulmat ichida u qonun darvozasidan so'nmas bir yog'du taralayotganini ko'radi. Endi umrining oxiri yaqinlashgan edi. O'limi oldidan butun umri davomida orttirgan barcha tajribalari uning xayolida bitta savolga jamlanadi. Bu savolni u shu paytgacha darvozabonga hech qachon bermagan edi. Qotib borayotgan tanasini ko'tara olmagani uchun, unga faqat qo'li bilan ishora qiladi. Darvozabon uning oldiga chuqur engashishga majbur bo'ladi. Chunki yillar davomida ular o'rtasidagi bo'y farqi qariyaning zarariga o'zgarib ketgan edi. — Endi yana nimani bilmoqchisan? — deydi darvozabon. — Sen haqiqatan ham to'ymas ekansan. — Axir, hamma qonun sari intiladi, — deydi odam. — Unda nega shu yillar davomida mendan boshqa hech kim bu kirish joyidan o'tishga ruxsat so'ramadi? Darvozabon odamning umr poyoniga yetganini anglaydi. So'nib borayotgan eshitish qobiliyatiga ovozi yetishi uchun baland ovozda deydi: — Bu yerga sendan boshqa hech kim kira olmas edi. Chunki bu kirish joyi faqat sen uchun mo'ljallangan edi. Endi esa men uni yopaman. @ongkodeksi

  • 1 авг.175163

    Agar o'qimasangiz bir nechta bilak uzuk, uyning qimmat mebellariyu, tashqi go'zalligini ijtimoiy tarmoqda maqtanishni "Haqiqiy qadriyat" deb biladigan ayollarga aylanib qolasiz. @ongkodeksi

  • Bir gap keldiyu, mayli

  • Huquqdan sertifikat chiqibdi

  • Kuzning yaqinligini bilish ham insonga oʻzgacha baxtli his beradi) @ongkodeksi

  • Financially stable Mentally unstable Aaaaaaaa @ongkodeksi