Pedagog Khusanova💡🔋
СтатистикаUshbu kanal Pedagogika+Metodikaga oid foydali ilm va ma'lumotlarni ulashish maqsadida ochilgan. Avvalgi ijod sahifamiz https://t.me/khusanova_sahifasi Murojaat uchun: @Karimaxon_Khusanova
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 47
- 1/48двое суток
- 53
- 1/72трое суток
- 58
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Сен, сен бўл! Шод экансан, сўз берма. Хафа экансан, жавоб берма. Дарғазаб экансан, қарор берма! Мавлоно Жалолиддин Румий @rovitalk | Instagram | YouTube
#ustozdan Qadimdan yaxshi ota-onalar farzandini faqat o‘z tarbiyasi bilan cheklab qo‘ymagan. Uni ustozga topshirgan. Ulamolar ilm izlab uzoq yurtlarga borgan, yillar davomida ustozlariga ergashgan, xizmat qilgan. Ular ustozdan faqat ilm emas — odob, muomala va hayot tarzini ham o‘rgangan. Imom Molikning onasi uni ustoz huzuriga yuborar ekan, mazmunan: “Avval uning odobini o‘rgan, keyin ilmini”, deganlari rivoyat qilinadi. Demak, farzand tarbiyasida azaldan uchta katta kuch bo‘lgan: Oila. Ustoz. Muhit. Bugun esa ko‘p maktablar ba’zan tarbiyaning butun mas’uliyatini oilaga yuklab qo‘ymoqda. Ustozlar o‘zini chetga olmoqda tarbiya masalasida. Lekin zamon o‘zgardi. Bolaga ota-onadan tashqari maktab, do‘stlar, telefon, internet va ijtimoiy tarmoqlar ham qaysidir vaziyatda “tarbiya” beryapti. Shunday ekan, maktabning vazifasi faqat matematika, ingliz tili yoki boshqa fanlarni o‘qitish bilan tugamasligi kerak deb hisoblayman.
📢 MUHIM E’LON — GRANT IMTIHONI VAQTLARI! Hurmatli ota-onalar! 🌟 Ibrat School tomonidan e’lon qilingan 200 000 000 so‘mlik ta’lim granti uchun tanlov imtihoni 9-avgust kuni maktab binosida bo‘lib o‘tadi. ⏰ O‘quvchilar quyidagi vaqtlarda imtihonga kelishlari so‘raladi: 🕗 1–4-sinf o‘quvchilari — soat 08:00 🕙 5–9-sinf o‘quvchilari — soat 10:00 ❗ Imtihon o‘z vaqtida boshlanishi sababli barcha ishtirokchilardan 15–20 daqiqa oldin kelishlarini so‘raymiz. 🏆 Har bir sinf kesimida eng yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar 🌟Ibrat Schoolda grant asosida bepul ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. 📍 Manzil: Yangiyer shahar, Loyihachilar ko‘chasi, 2-uy 📞 Ro‘yxatdan o‘tish: +998(94)702 44 56 ⚡️ Farzandingizga o‘z bilim va salohiyatini namoyon etish imkoniyatini bering! 💬Telegram 📹Instagram
#xotira Bundan 8 yil oldin aynan shu kuni Toshkentga, UzExPo markaziga borib, imtihon topshirib kelgandim va 8-avgust kuni talaba bo'lgandim😊
без подписи
Borliqni anglash bilan inson orasida ustoz turadi. Uni ko'pchilik ko'prik deb o'ylaydi. Go'yo u bizni narigi sohildagi haqiqatga olib o'tadigandek. Ba'zilar esa uni narvon deydi. Go'yo u bizni hammadan balandroqqa olib chiqadigandek. Mening nazdimda, ustoz na ko'prikdir, na narvon. U derazadir. turt tomoni berk xonaga ochilgan derazasi. Chunki haqiqatga hech kim bizni ko'tarib olib bora olmaydi. Hech kim bizning o'rnimizgga borliqni anglay olmaydi. Ammo bir inson kelib, derazani ochishi mumkin. Shunda biz birinchi marta olamni emas, o'zimizni boshqacha ko'ra boshlaymiz. Ehtimol, haqiqiy ustozning vazifasi javob berish emas, nigoh uyg'otishdir. @ustozdan_ustozga
Ta'lim uchta ustunga tayanadi: Qalb — ishonch, mehr, qiziqish va ma'no uyg'otadi. Aql — tushunish, tahlil qilish va fikrlashni rivojlantiradi. Harakat — o'rganilgan bilimni odat va ko'nikmaga aylantiradi. Agar faqat aqlga murojaat qilsak, bola yodlaydi, ammo o'zgarmaydi. Faqat qalbga murojaat qilsak, ilhomlanadi, ammo ba'zan tizimli o'rganolmaydi. Faqat harakatga urg'u bersak, mexanik ijrochiga aylanishi mumkin. Yaxshi ta'lim esa uchalasini birlashtiradi. "O'qitish bolaning qalbidan boshlanadi, aqli orqali shakllanadi va harakati bilan haqiqiy bilimga aylanadi." @ustozdan_ustozga
Bir inson sizdan yordam so'raganida, shunday tushuning: U avval Allohdan so'radi, Alloh esa unga sizning manzilingizni berdi. ©kimdir...
KARIMAXON XUSANOVA Akademik direktor | Metodolog | Ta'lim sifatini rivojlantirish bo'yicha mutaxassis Kasbiy tavsif: Karimaxon Xusanova — filolog va metodolog sifatida ta'lim tizimida o'qituvchilarni kasbiy rivojlantirish, ta'lim sifati monitoringini yo'lga…
KARIMAXON XUSANOVA Akademik direktor | Metodolog | Ta'lim sifatini rivojlantirish bo'yicha mutaxassis Kasbiy tavsif: Karimaxon Xusanova — filolog va metodolog sifatida ta'lim tizimida o'qituvchilarni kasbiy rivojlantirish, ta'lim sifati monitoringini yo'lga qo'yish hamda zamonaviy metodikalarni amaliyotga joriy etish yo'nalishida faoliyat yuritadi. U Guliston davlat universitetida bakalavr va magistr bosqichlarini tamomlagan. Til sertifikatlari: Ona tili — Milliy sertifikat (B+) Turk tili — Xalqaro sertifikat (B2) Ingliz tili — CEFR (B2) Shuningdek, metodolog Dilafruz Xidoyatovaning "Metodolog 2.0" kursini muvaffaqiyatli tamomlagan. Loyihalar va mualliflik ishlari: "Ibrat ustozlari — Ibratli ustozlar" loyihasi; "Ibratli qadamlar" loyihasi; "Upgrade Ustoz" mualliflik kursi; "Komillik sari" shaxsiy rivojlanish kursi. Kasbiy faoliyati: Faoliyati davomida maktab o'qituvchisi, mentor, boshqaruv bo'limi xodimi hamda metodist sifatida ishlagan. Yangi o'quv yilidan "Ibrat School" xususiy maktabida Akademik direktor lavozimida faoliyat olib boradi va quyidagilar bilan shug'ullanadi: -Ta'lim sifatini oshirish; -O'qituvchilar kompetensiyalarini rivojlantirish; -Dars kuzatuvlari va metodik tahlillarni tashkil etish; -Zamonaviy baholash tizimlarini joriy qilish; -Maktabning akademik strategiyasini shakllantirish; -O'qituvchilar uchun seminar va treninglar ishlab chiqish; -Ta'limda sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish; -Pedagogik jamoani rivojlantirish; -Ta'lim sifatini tizimli boshqarish. Kasbiy maqsad: Doimiy o'rganish, innovatsion yondashuv va natijaga yo'naltirilgan boshqaruv tamoyillariga tayangan holda, ta'lim muassasalarida yuqori akademik natijalarga erishish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda zamonaviy ta'lim muhitini shakllantirish — asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu yo'lda ta'lim tizimiga amaliy, innovatsion va barqaror yechimlarni joriy etish orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishni maqsad qilgan.
🎓 200 000 000 SO'MLIK GRANT E'LON QILAMIZ! Farzandingizning ta'limi uchun katta imkoniyat! 🌟IBRAT MAKTABI yangi o‘quv yili qabuli doirasida 1–9-sinf o‘quvchilari uchun jami 200 000 000 so‘mlik GRANT dasturini e'lon qiladi. 🏆 Agar farzandingiz bilimli, intiluvchan va o‘z ustida ishlashga tayyor bo‘lsa, u grant asosida BEPUL ta'lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin. ✅ Grantlar har bir sinf kesimida ajratiladi. ✅ Bilim darajasi va saralash natijalariga qarab taqdim etiladi. ✅ Joylar soni cheklangan. Tanlov imtihoni 9-avgust sanasida maktab binosida bo‘lib o‘tadi. Bu shunchaki chegirma emas. Bu — iqtidorli bolalar uchun kelajak sari ochilgan imkoniyat! 📍 Manzil: Yangiyer shahar, Loyihachilar ko‘chasi, 2-uy 📞 Murojaat uchun: +998 94 702 44 56 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va imkoniyatdan foydalanib qoling! 💬Telegram 📹Instagram
https://www.instagram.com/reel/DbVi3mXt5cC/?igsh=MW9nYThhdXpmOTR1dA== Instagramda "30 kunda 30 ta metod" chellenge ini boshlaganmiz, yuqoridagi havola orqali 1-metod qaysi ekanligini bilib olishingiz mumkin 😊
Pedagog Khusanova💡🔋 pinned a photo
🚨 MAKTAB BOSHLANISHIGA ATIGI 1 OY QOLDI! 📚 Oldinda yangi o'quv yili, yangi sinflar va katta mas'uliyat kutmoqda. ❓Siz 1 yillik "jang"ga tayyormisiz? 📖Sizga "Upgrade ustoz" loyihasini taklif qilamiz, u yerda siz quyidagilarni o'rganasiz: 🔹 Ustozlik falsafasi va professional kompetensiyalar; 🔹 Darsni rejalashtirish va samarali metodika; 🔹 O'quvchi psixologiyasi; 🔹 AI va zamonaviy raqamli vositalar; 🔹 Nutq, imidj va shaxsiy brend; 🔹 Ota-onalar bilan samarali muloqot; 🔹 Baholash va sifatli feedback; 🔹 Liderlik va jamoa bilan ishlash; 🔹 Shaxsiy va kasbiy rivojlanish. ⚔️ Har bir ustozning eng kuchli quroli — METODIKA! 🎁 Upgrade Ustoz loyihasiga qo'shilgan ustozlarga BEPUL: ✅ 100+ zamonaviy metodikalar bazasi; ✅ Dars uchun eng samarali enerjayzerlar; ✅ Ustozlar uchun 100+ ilmiy va badiiy adabiyotlar bazasi. 🎉 Bundan tashqari, hozir ayni fursat! Upgrade Ustoz loyihasiga 30% CHEGIRMA e'lon qilindi! Alohida xarid qilmoqchi bo'lsangiz: 📌 Metodikalar + enerjayzerlar bazasi — 30 000 so'm 📌 Har bir ustoz o'qishi kerak bo'lgan ilmiy va badiiy adabiyotlar bazasi — 30 000 so'm 📌 Metodikalar + adabiyotlar bazasi (ikkala kanal) — 50 000 so'm 🔥 Loyiha ishtirokchilari esa barcha bonuslar mutlaqo bepul. 📩 Hoziroq @Karimaxon_Khusanova ga yozing. Sentabrgacha o'zingizga qilgan eng yaxshi investitsiyangiz aynan shu bo'lishi mumkin
https://www.instagram.com/reel/DbNcxfoNcrW/?igsh=bjc3dWR6bWxkb2s0 Instagramga yangi, foydali post joyladik😌
Ustozning eng katta xatosi: bilimni pedagogika deb o'ylash. Hozir maktabimizda yangi ustozlarni ishga olish jarayoni ketmoqda. Eng ko'p ko'zga tashlanayotgan xatolardan biri shuki, ko'pchilik bilim va pedagogikani bir tushuncha deb qabul qiladi. "Men matematikani yaxshi bilaman." "Tarixni mukammal tushuntira olaman." "Biologiyani chuqur o'qiganman." Bularning barchasi juda muhim. Ammo bularning hech biri hali pedagog ekaningizni anglatmaydi. Fan bilimi sizga nima o'rgatishni aytadi. Pedagogika esa qanday o'rgatishni o'rgatadi. Fan bilimi javoblarni beradi. Pedagogika esa bolani shu javobni o'zi topadigan yo'lga boshlaydi. Agar bilimning o'zi yetarli bo'lganida, eng yaxshi olimlar eng yaxshi ustoz bo'lar edi. Hayot esa buning aksini ko'rsatadi. Ba'zan ilmiy salohiyati o'rtacha bo'lgan ustoz sinfda mo'jiza yaratadi. Chunki u bolaning psixologiyasini tushunadi, savol berishni biladi, qiziqish uyg'otadi, ishonch bera oladi. Pedagogning vazifasi bilimni namoyish qilish emas. Pedagogning vazifasi — bilimga bo'lgan muhabbatni uyg'otish. O'quvchi darsdan chiqayotganda: "Ustozim juda aqlli ekan", deb emas, "Buni yana o'rgangim kelyapti", deb chiqsa, haqiqiy ta'lim boshlanadi. Chunki yaxshi mutaxassis bilim yaratadi. Yaxshi pedagog esa bilimni insonning ichki ehtiyojiga aylantira oladi. @ustozdan_ustozga
#ijro_time She'r muallifi: Rashid Xo'jamov https://t.me/khusanova_sahifasi
O’qituvchini sifati oshmaguncha, o’quvchini sifati oshmaydi! Nimaga ekan..? @rovitalk | Instagram | YouTube
Do‘stim, senga bir gap aytaman... So‘nggi vaqtlarda men amal qilayotgan va hayotimni o‘zgartirgan eng oddiy jumlalardan biri: "Menga nima?" "Senga nima?" Qiziq. Ko‘pchilikning tinchini buzayotgan narsa muammolar emas. O‘ziga tegishli bo‘lmagan ishlarga ortiqcha aralashish. Kim nima kiyibdi. Kim nima minibdi. Kim qancha topyapti. Kim nima qildi. Kim nima dedi. Shular bilan umr o‘tib ketadi. Shunda o‘ylab qolaman. Har bir insonning o‘z imtihoni bor. O‘z vazifasi bor. O‘z hisobi bor. Sen esa ba'zan o‘zingning vazifangni unutib, boshqalarning hayotini muhokama qilish bilan ovora bo‘lib qolasan. Qiziq. Ko‘pchilik "Menga nima?" deyishni qo‘pollik deb o‘ylaydi. Menimcha esa, ba'zi vaziyatlarda bu odob. Chunki o‘zingga tegishli bo‘lmagan narsaga aralashmaslik ham tarbiya. Do‘stim... Hayot ancha yengillashadi. Qachonki har bir voqeadan oldin o‘zingga bitta savol bersang: "Bu mening vazifammi?" "Buni menga aloqasi bormi?" Agar javob "Yo‘q" bo‘lsa... Unda qalbingni ham, vaqtingni ham bekorga band qilma.