tgindex
4K PEDAGOGIKA
@pedagogika4kузбекский

4 K PEDAGOGIKA TAʼLIMIY KANALINING MAQSADI O‘qituvchilarni: - 4 K koʻnikmasini oʻquvchilarda shakllantirishda yordam beradigan - zamonaviy ta’lim yangiliklari va metodlari bilan tanishtirib borish Ulashing: https://t.me/pedagogika4k

Последний пост
10 июл.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
201
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
78
27 постов
Вовлечённость
38,8%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 27
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Facebookda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi sahifasida keltirilgan yangilikning asl matni quyida keltirilgan👇 Yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablar uchun “Canva” kompaniyasining taʼlim platformasidan bepul foydalanish bo‘yicha kelishuv imzolandi ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasida “Canva” kompaniyasi bilan grant kelishuvini imzoladi. Mazkur shartnomaga ko‘ra, mamlakatimizning 10 mingdan ziyod maktablar uchun Canva for Education platformasidan 3 yil davomida bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi. Grantning umumiy qiymati 20 million AQSH dollariga teng. ➖ Ma'lumot o'rnida: ushbu kelishuv Parij shahridagi YUNESKO Bosh qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan "Taʼlim transformatsiyasi sammiti +4" (TES+4) doirasida tashkil etildi. 🔰 Canva Education o‘zi nima? Canva – Avstraliyada tashkil etilgan, bugungi kunda dunyoning 190 dan ortiq mamlakatida qo‘llanilayotgan yetakchi vizual dizayn platformasi. Uning taʼlimga mo‘ljallangan bo‘limi – Canva for Education – o‘quvchilar va o‘qituvchilarga maxsus moslashtirilgan minglab taqdimotlar shablonlari to‘plamini taqdim etadi. Platforma o‘quvchilarga nima beradi? 🔹Kreativ tafakkurni rivojlantirish – minglab shablon va dizayn vositalari orqali o‘quvchilar ijodiy fikrlash qobiliyati; 🔹Taqdimot va infografika ko‘nikmalari – zamonaviy vizual materiallar yaratish; 🔹Sunʼiy intellekt asosidagi vositalar – SI yordamida taʼlim materiallarini tezkor va sifatli tarzda tayyorlash; 🔹Jamoa bo‘lib ishlash – bir vaqtning o‘zida guruhlar onlayn tarzda jamoa bo‘lib ishlash; 🔹Raqamli savodxonlik – o‘quvchilar raqamli dunyo uchun muhim bo‘lgan ko‘nikmalarni o’rganish. https://www.facebook.com/share/p/18WJrRagnB/ P.S. Maktab o'qituvchilari uchun ta‘lim sifatini oshirish hamda darslarni qiziqqarli, sifatli o'tishda yordam beradigan Raqamli ta'lim platformalari va Sun'iy intellekt platformalaridan foydalanishda o'qituvchilarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, ya'ni platformalarni pro versiyasidan foydalanishni bepul qilish orqali yordam berish g'oyasini Ishonch jamg'armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan Unesco hamkorligida tashkil etilgan Mentorlar tayyorlash dasturi treninglarida ishtirok etganimda Unesco va Vazirlik vakillariga ushbu g'oyani ilgari surgan edim. Mana ushbu g'oyani qo'llab-quvvatlashning birinchi qadami qo‘yilibdi. Mentor Rustam

  • ENGLISH 🌱 Ishonch bilan o‘rganamiz, kelajakni birgalikda quramiz Joriy yilning 22-iyunidan boshlab Surxondaryo hududiy pedagogik mahorat markazida "Ishonch" loyihasi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), sun'iy intellekt va zamonaviy pedagogik yondashuvlarga bag‘ishlangan treninglar boshlandi. Ushbu treninglarda ishtirok etayotgan mentor-o‘qituvchilar tanlov asosida saralangan bo‘lib, ular avval loyihaning pedagogika va andragogikaga bag‘ishlangan birinchi modulini muvaffaqiyatli yakunladilar. Endilikda ular ta'lim jarayoniga AKT va sun'iy intellektni samarali integratsiya qilish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda. 💬 Trening davomida yangragan muhim fikrlardan biri: "Sun'iy intellekt o‘zi yechim emas — uning haqiqiy qiymati o‘qituvchining undan qanday va qanchalik maqsadli foydalanishida." "Ishonch" loyihasi doirasidagi kasbiy rivojlanish dasturi mentor-o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish orqali zamonaviy, sifatli va inklyuziv ta'limni rivojlantirishni maqsad qiladi. Zero, har bir rivojlanayotgan o‘qituvchi o‘z bilim va tajribasini yuzlab o‘quvchilar hamda boshqa pedagoglar bilan ulashadi. Mazkur faoliyatlar ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning "AKT va raqamli ta'limni qo‘llash orqali ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish" qo‘shma dasturi doirasida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda YUNESKO hamkorligida amalga oshirilmoqda. #ISHONCH #RaqamliTalim #AKT #SuniyIntellekt #PedagogikMahoratMarkazlari 🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: 📱 Instagram | 📱 Facebook |📱 Website

  • Bugun biz katta yo‘lni boshlayapmiz. Ishonch Ustozlari Bu — o‘sishni istagan ustozlar uchun hamjamiyat. #ISHONCH #RaqamliTalim #AKT #SuniyIntellekt #PedagogikMahoratMarkazlari Telegram | @YerdagiYulduzchalar01⭐️

  • 21:00  31.05.2026 ENG CHEKKA HUDUDLARNI HAM QAMRAB OLAYOTGAN KITOBXONLIK HARAKATI #Surxondaryo muxbir: Sobit Qaynarov https://t.me/zamon_lavhalar

  • 📣 Vazir jamg‘armasi uchun o‘tkaziladigan navbatdagi sinov jarayonlari tartibi, manzillari va kunlari tasdiqlandi ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan ustama toʻlanadigan pedagoglarni aniqlash uchun oʻtkaziladigan saralash sinovlari 2-bosqichi – kasbiy mahoratni baholash boʻyicha suhbat oʻtkazish tartibi va baholash mezonlari tasdiqlandi. ➖ Ikkinchi bosqich suhbat jarayonlari joriy yilning 2-6-iyun kunlari belgilangan reja-grafikga muvofiq hududiy Pedagogik mahorat markazlarida o‘tkazilishi belgilandi. 📊 Nomzodlar suhbat jarayonida tasodifiy tanlangan 4 ta savol boʻyicha maksimal 20 ballik tizimda baholanadi. Har bir nomzod bilan suhbat oʻtkazish uchun 12 daqiqa vaqt ajratiladi. ➖ Suhbat davomida har bir nomzod baholash mezonlarining har bir bandi boʻyicha alohida-alohida baholanadi. Suhbat komissiyasining yakuniy qarori belgilangan tartibda bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi hamda komissiya tomonidan tasdiqlanadi. ➖ Agar kvota chegarasida oxirgi oʻrinlar boʻyicha nomzodlarning yakuniy ballari teng kelib qolsa, ustunlik belgilangan ketma-ketlik asosida belgilanadi hamda unda ham ballar teng boʻlib qolgan taqdirda tegishli nomzodlar bilan qoʻshimcha suhbat oʻtkaziladi. 👉 Barcha suhbat jarayonlari toʻliq videoyozuvga olinadi. Suhbat natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat ichida pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali murojaat qilishlari mumkin. 👉 Eslatma: nomzodlarning 2-bosqich suhbat jarayonlarida ishtirok etish kuni va vaqti bo‘yicha vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan xabardor qilinadi 👉 Suhbat oʻtkaziladigan manzillar rasmda

  • ISHONCH mentorlari kim? Ular ISHONCH loyihasida o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitib, bu tajribani boshqalar bilan ulashishga tayyor, ilhomlantiruvchi ustozlardir. 📈 Ishonch bilan o‘rganamiz, 🌱 Ishonch bilan birga o‘samiz Kanalimizga obuna bo'ling! #IshonchUstozlari #TeachWithIshonch

  • 📚 Tayyorlangan materialni yuqoridagi fayldan yuklab olishingiz mumkin 👆 2026-yil 11-sinf o'quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan metodik tavsiyadagi 20 ta savollar bazasidagi savollar uchun maxsus namunaviy va tavsiyaviy javoblarni navbati bilan ishlab chiqmoqdamiz. ✅ Bu faylda 1-5-savollar bazasidagi jami 50 ta savollarga namunaviy, tavsiyaviy javoblar keltirilgan! 👨🏻‍💻 👩🏻‍💻Keyingi savollar bazasidagi savollarning javoblari bilan tanishib borish uchun kanalimizni kuzatib boring! Yangi taqdimotlar va foydali metodik materiallarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring! 👉 Kanalga ulanish: @huquq_attestatsiya_testlar

  • #davlat_dasturi_2026 “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturi hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturining eng muhim maqsad va vazifalarini oʻz ichiga olgan kengaytirilgan formatdagi infografik toʻplam tayyorlandi. Markaz rasmiy sahifalari Website | Telegram | Facebook | Youtube

  • O‘quv yili ham oxirlab qoldi… O‘qituvchi, ham o‘quvchi ham charchagan. Bu tabiiy holat. Bunday paytda darsda nimalar qilgan yaxshi: 👩‍🏫 O‘qituvchilar uchun: ‐O‘zingizdan ideal bo‘lishni talab qilmang. Hammasiga ulgurish shart emas. -Darsni biroz yengilroq formatda o‘ting (o‘yin, suhbat, testlar). -Kun davomida kichik tanaffuslar qiling. Sayr qiling, o'zingiz bilan gaplashing. -O‘quvchilarga bosimni kamaytiring. Hozir ularga qo‘llab-quvvatlash muhim. -O‘zingizni qadrlang: “Men qo‘limdan kelganini qilyapman”. @stressiz_talim

  • 🎉 Katta quvonch va yangi marralar sari! Sizlar bilan men uchun juda qadrli bo‘lgan muvaffaqiyatimni bo‘lishmoqchiman. ​Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan "Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi" respublika tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladim! 🏆 ​Eng asosiysi, ushbu natija orqali tanlovning nufuzli respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdim! 🇺🇿 ​Bu yutuq — ta’lim sohasi, yoshlarimizning huquqiy savodxonligini oshirish va ustozlik yo‘lidagi doimiy izlanishlarimizning o‘ziga xos samarasidir. Bu yo‘lda meni qo‘llab-quvvatlagan, o‘z maslahatlari va ishonchi bilan dalda bo‘lgan yaqinlarimga, do'stlarimga, hamkasblarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Respublika bosqichida ham ta’limdagi o‘z yondashuvlarimizni eng yuqori darajada ko‘rsatishga harakat qilaman. ​Duo va ezgu tilaklaringiz uchun oldindan rahmat! Qadamlarimiz va muvaffaqiyatlarimiz bardavom bo'lsin! ✨

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Surxondaryo viloyatida xalqaro loyiha doirasida treninglar boshlandi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish: AKT va raqamli ta’lim orqali sifatli va inklyuziv ta’limni ta’minlash” loyihasi doirasida qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Mazkur loyiha doirasida 2026-yil 21–23-aprel kunlari Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida mentor-o‘qituvchilar uchun o‘quv treninglari yo‘lga qo‘yildi. Ayni vaqtda trening jarayonlari boshlangan. Treninglarda hududlardan tanlab olingan 40 nafar mentor-o‘qituvchilar ishtirok etib, ularga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, raqamli ta’lim vositalarini amaliyotga joriy etish hamda inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berilmoqda. Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati 👇👇👇 Telegram|Facebook|Website|Youtube|Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи