Uzbekistan Pencak Silat Federation
СтатистикаO’zbekiston Pencak Silat Federatsiyasi rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz. Murojat uchun: 950531234
- Последний пост
- 9 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Honored to be part of the welcoming dinner held in honor of H.E. Mr. H. Ahmad Muzani, Chairman of the People’s Consultative Assembly of the Republic of Indonesia. Ushbu nufuzli kechada Oʻzbekiston pencak silat sportchilari ham ishtirok etib, Indoneziyaning boy milliy madaniyati va anʼanalarini namoyish etishdi. 🇮🇩🤝🇺🇿
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Hamkorlik_doirasida_uchrashuv 2026-yil 12-iyun kuni Institutning Samarqand filiali hamda O‘zbekiston Penchak silat federatsiyasi Samarqand viloyati bo‘limi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda sport ta’limi va ilmiy-uslubiy faoliyatni rivojlantirish, penchak silat sport turini ommalashtirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida Jizzax davlat pedagogika universiteti professori F.Axmedov, Institutning Samarqand filiali dotsenti J.Axmedov hamda O‘zbekiston Penchak silat federatsiyasi a’zolari O.Nasimjonov va B.Alimovlar hamkorligida tayyorlangan uslubiy qo‘llanmaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur qo‘llanma murabbiylar hamda mutaxassislar uchun amaliy va nazariy manba sifatida xizmat qiladi. Taqdimot yakunida mualliflar tomonidan uslubiy qo‘llanma Samarqand filialining Axborot-resurs markaziga topshirildi. MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati: Rasmiy sayt | Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Uzbekistan 🇺🇿 Terma jamoasi mashg’ulotlarni tizimli ravishda olib borishmoqda https://t.me/pencaksilatuz
без подписи
https://youtu.be/LdCaewF9hig?si=8GR5Y-ZnXEps4EW3
Kunlik uch mahal mashg’ulotlar davom etmoqda https://t.me/pencaksilatuz
Respublikamizning barcha sportchilari diqqatiga! Kimda-kim O‘zbekiston terma jamoasi bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazish, o‘z mahoratini oshirish va tajriba orttirish istagida bo‘lsa, terma jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etishi mumkin. Bunda mashg‘ulotlarda qatnashish bilan bog‘liq shaxsiy xarajatlar (yo‘l, yashash, ovqatlanish va boshqa xarajatlar) sportchining o‘z hisobidan qoplanadi. Mashgulotlar esa bosh murabbiy tomonidan bepul o’rgatiladi. O‘zbekiston terma jamoasining rasmiy a’zolari esa vazirlik hamda homiy tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda moliyalashtiriladi. Biz barcha sportchilarni o‘z ustida ishlashga, tajriba almashishga va yuksak natijalar sari intilishga chorlaymiz. Mehnat va intilish har doim muvaffaqiyat kalitidir. https://t.me/pencaksilatuz
Bugun sportchilarimiz o‘z ixtiyorlari bilan terma jamoa mashg‘ulotlariga tashrif buyurishmoqda. Bu ularning sportga bo‘lgan muhabbati, intilishi va yuksak maqsadlari yo‘lida tinimsiz mehnat qilayotganining yorqin namunasidir. Qo‘qon va Kattaqo‘rg‘onlik Dadaxon ustoz hamda Shamshod ustoz tarbiyalagan sportchilar xalqaro maydonlarda musobaqalarida yuqori natijalar ko‘rsatish maqsadida, o‘z natijalarini yanada yaxshilash va mahoratini oshirish uchun terma jamoa safida qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishga kelishdi. Bu esa ularning kelajakka bo‘lgan ishonchi va g‘alabaga intilishidan dalolat beradi. O‘sish va rivojlanishning yagona yo‘li — mehnat, intizom va uzluksiz izlanishdir. Har bir sportchi o‘z ustida ishlasa, bilim va mahoratini muntazam oshirib borsa, xalqaro maydonlarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qiladi. Bayrog‘imiz doimo baland hilpirashi, madhiyamiz xalqaro arenalarda jaranglashi uchun birgalikda mehnat qilamiz. Kelajak — intilayotgan, mehnatdan cho‘chimaydigan sportchilar qo‘lida!
Muhim e’lon! Issiqko‘ldagi xalqaro chempionat uchun ertaga 02.06.2026 19:00 gacha ro‘yxat topshirishning oxirgi kuni hisoblanadi. Shundan so‘ng yuborilgan hech qanday ro‘yxat qabul qilinmaydi. Buning sababi, federatsiyasi tomonidan ro‘yxatga olish jarayoni rasman yopiladi va keyingi qo‘shimcha arizalarni qabul qilish to‘xtatiladi. Shu sababli, musobaqada ishtirok etmoqchi bo‘lgan barcha murabbiylar va sportchilar hujjatlarini hamda yakuniy ro‘yxatlarini ertaga kechiktirmasdan topshirishlari so‘raladi. Keyinchalik “ro‘yxatdan qolib ketdim” degan murojaatlar qabul qilinmaydi. Barchadan mas’uliyat bilan yondashishlarini so‘raymiz. 950531234 https://t.me/uzbpencaksilat
The whole world is preparing for the World Championship being hosted in Uzbekistan. This will not be just another competition — it will be a historic and unforgettable journey for athletes, coaches, and fans from every corner of the globe. The best Pencak Silat fighters will gather in Tashkent to showcase their skills, spirit, and determination on the world stage. New champions will rise, unforgettable memories will be created, and together we will witness a celebration of unity, culture, and sporting excellence. Uzbekistan is ready to welcome the world, and the world is ready for Uzbekistan! https://t.me/pencaksilatuz
Jahon chempionati oldidan barcha yosh toifalaridagi sportchilar saralab olindi, ularning jismoniy va texnik tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilib, mahorat darajalari atroflicha baholandi. Saralash va nazorat mashg‘ulotlari davomida har bir sportchining imkoniyatlari tekshirilib, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladigan eng munosib nomzodlar tanlab olindi. Mazkur tadbir sportchilarning tayyorgarlik holatini aniqlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda Jahon chempionatiga yanada puxta hozirlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Kelgusida ham sportchilarimizning mahoratini oshirish va yuqori natijalarga erishish yo‘lida tizimli ishlar davom ettiriladi. https://t.me/pencaksilatuz
без подписи
без подписи
Hurmatli guruhimiz a’zolari, muhim e’lon! 8–9 yosh, 10–11 yosh, 12–13 yosh, 14–16 yosh, 17–35 yosh, Master 1 (35 yoshdan kattalar), Master 2 (45 yoshdan kattalar) toifalari o‘rtasida bu yil Dekabr oyida Yangi Olimpiya shaharchasida ilk marotaba Butunjahon Pencak Silat Chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan barcha sportchilarni 29–30–31 may kunlari o‘tkaziladigan saralab olish dasturiga taklif qilamiz. Mazkur saralash musobaqasi haqida respublikamizdagi barcha murabbiylarga bir necha hafta oldin rasmiy xatlar yuborilgan hamda ma’lumotlar yetkazilgan. Hech kim “bizga ma’lum bo‘lmadi” yoki “qolib ketdik” demasligi uchun ushbu e’lon rasmiy kanallar orqali ham berilmoqda. Barcha viloyat federatsiyalari, murabbiylar va sportchilardan faol ishtirok so‘raladi. 🇺🇿 O‘zbekiston Pencak Silat Federatsiyasi https://t.me/pencaksilatuz
O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi — Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
https://t.me/pencaksilatuz