Toshkent farmatsevtika instituti ilmiy-axborot kanali
СтатистикаUshbu kanalda ilmiy sohaga oid yangiliklar, ilmiy-amaliy anjumanlar, e`lonlar, dolzarb mavzulardagi seminarlar haqida ma`lumotlar muntazam ravishda berib boriladi. Muhokama uchun: https://t.me/Pharmiilmiy_muhokama
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 60
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 77
- 1/48двое суток
- 88
- 1/72трое суток
- 95
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🚀 INNO LAB AKSELERATSIYA DASTURIGA ARIZALAR QABULI BOSHLANDI! Sizda ilmiy g‘oya, innovatsion loyiha yoki startap tashabbusi bormi? Endi uni rivojlantirish uchun yangi imkoniyat! 📌 Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda: 🔬 Biotexnologiya 🧬 Biomuhandislik 💻 Ilm-fandagi raqamli texnologiyalar ⚗️Kimyo va yangi materiallar 💊 Tibbiyot va farmatsevtika 🌱 Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari 🍎 Oziq-ovqat texnologiyalari ✅Ishtirok etish mutlaqo bepul ✅ Mentorlar va ekspertlar ko‘magi ✅ Loyihalarni rivojlantirish imkoniyati ✅ Zamonaviy laboratoriyalardan foydalanish imkoniyati ✅ INNOTEXNOPARK kovorking maydonida ishlash ✅ Investorlar va sanoat vakillari bilan uchrashuvlar 📅 Arizalar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola 🇺🇿 Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash ofisi Bizni kuzating👇🏻 Telegram| Instagram| Facebook| Web
#DIQQAT 😄 Ko‘plab izlanuvchilar talabiga binoan hujjatlar namunasi taqdim etilmoqda. Ilovada Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilinib kelayotgan xorijiy ilmiy stajirovkalar tanlovida ishtirok etish uchun ariza topshirishda zarur hujjatlar namunasi biriktirilgan. Tanlovga hujjatlar internship.ilmiy.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
“Menda pul yoʻq, shuning uchun oʻz startapimni ocha olmayman...” Deb oʻylayotgan boʻlsangiz, adashsiz Marhamat, quyidagi 6 ta saytdan foydalaning va oʻz startapingizni boshlang: 1. Stratup.ai 2. Namelix 3. Claude 4. Playto.so 5. Stripe / Paypal 6. feedda.com Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
#diqqat_tanlov Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 📥 Koreya Respublikasining Sejong universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Germaniyaning Freiburg konchilik va texnologiyalar universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥 “Singapur–O‘zbekiston kelajak ilm-fan yetakchilari dasturi” doirasida qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥 AQShning "Texas A&M" Universitetiga "(Xalqaro qishloq xo‘jaligi va rivojlanish bo‘yicha Norman Borlaug instituti) qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Baku oliy neft maktabida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tang Muddat: 30.07.2026 ✅ Arizalar 23:59 ga qadar internship.ilmiy.uz orqali qabul qilinadi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
✅✅✅✅ 🔵Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti (MBFITI) hamkorligida Web of Science xalqaro ma'lumotlar bazasining Oʻzbekistondagi vakili ishtirokida "Web of Science bo‘yicha maxsus seminar: Xalqaro nashrlarga yo‘l ochiladi" mavzusida seminar tashkil etiladi. 📌Seminar davomida Web of Science platformasining ilmiy tadqiqotlar uchun yaratayotgan imkoniyatlari, nufuzli xalqaro jurnallarni tanlash mezonlari, ilmiy maqolalarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash, ilmiy faoliyatning xalqaro ko‘rinuvchanligini oshirish, muallif profillarini rivojlantirish hamda ilmiy natijalarning iqtiboslanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etiladi. 🎙️Ma'ruzachi: Abdumuminova Diana Temurlanovna Web of Science xalqaro ma'lumotlar bazasining Oʻzbekistondagi vakili 📆Sana: 29-iyul (chorshanba) 🕚 Vaqt: 11:00 📍 Manzil: BioPharma City Seminar ilmiy xodimlar, doktorantlar, magistrantlar, mustaqil izlanuvchilar va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi barcha mutaxassislar uchun moʻljallangan. Barcha qiziquvchilarni seminarda ishtirok etishga taklif etamiz! MBFITI AXBOROT XIZMATI | Websayt | Instagram |Telegram | | Facebook | Youtube | Linkedin |
#Venture #Insights ⁉️ Taqdimot paytida startapchilar eng ko‘p qanday xatolarga yo‘l qo‘yadi? Noto‘g‘ri taqdimot sabab yaxshi g‘oya ham e’tibordan chetda qolishi mumkin. Pitch shunchaki taqdimot emas, u investorga nima uchun aynan sizga ishonishi kerakligini ko‘rsatish imkoniyati hisoblanadi. 🔎 IT Park Ventures bosh direktori Dalerxon Nodirov founderlar orasida eng ko‘p uchraydigan uchta xatoni sanab o‘tdi: investorni ishontirish o‘rniga taassurot qoldirishga urinish, bozordagi talabni tasdiqlamasdan mahsulot yaratish va bir-birini to‘ldirmaydigan jamoa shakllantirish. 👉 To‘liq javobni videoda tomosha qiling. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
⏩️ UEnter “Women Cup” akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda Dastur Shveysariya hukumati va “Virtual Accelerate” ko‘magida kreativ iqtisodiyot sohasidagi ayollar loyihalarini rivojlantirish uchun tashkil etilmoqda. ✅ Qamrab olinadigan sohalar: Dizayn, arxitektura, to‘qimachilik, san’at, media, animatsiya, geymdev, 3D-printing va raqamli ishlab chiqarish. ✅ Imkoniyatlar: - Ekspert va mentorlarning individual mashg‘ulotlari; - Biznes modeli va brend strategiyasini takomillashtirish - Yangi bozorlar hamda xalqaro hamkorlikka chiqish - Saralangan finalistlar uchun noyabr oyida BAAda o‘tadigan Dubai Design Week haftaligida qatnashish Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola Arizalar qabuli: 2026-yil 2-avgustgacha Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Eron Islom Respublikasi Prezidenti shafeligida Eron fan va texnologiyalar ilmiy-tadqiqot tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan 40-Xorazmiy xalqaro mukofoti uchun arizalar qabuli boshlandi. Ushbu tanlov fan, texnologiya, tadqiqot va muhandislik yo‘nalishlarida salmoqli ilmiy natijalarga erishgan olim, tadqiqotchi va ixtirochilarni xalqaro miqyosda e'tirof etish hamda taqdirlashga qaratilgan. 🔹 Tanlovda ishtirok etish uchun: • https://ka.irost.org/en/ • https://ka.irost.org/en/docs/guide/AppGuidelines.pdf?2026
📢📢📢📢📢 📰ILMIY MAQOLANGIZNI SCOPUS YOKI WEB OF SCIENCE JURNALIDA NASHR ETMOQCHIMISIZ? Unda Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti (MBFITI) tomonidan tashkil etilayotgan 3 kunlik amaliy seminarda ishtirok eting! Seminar davomida siz: ✅ Scopus va Web of Science bazalarining imkoniyatlari bilan tanishasiz; ✅ Ilmiy maqolani xalqaro standartlar asosida yozishni o‘rganasiz; ✅ IMRAD formatida maqola tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lasiz; ✅ O‘z tadqiqotingiz uchun mos xalqaro jurnalni tanlashni o‘rganasiz; ✅ Manuskriptni jurnalga topshirish (Submission) jarayonini bosqichma-bosqich o‘zlashtirasiz; ✅ Peer-review jarayoni va reviewer izohlariga professional javob yozishni o‘rganasiz; ✅ Ilmiy etika, plagiat va mualliflik qoidalari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lasiz. 👥Treningda quyidagi toifadagi ishtirokchilar qatnashishi mumkin: 🔹Tibbiyot va farmatsiya sohasi mutaxassislari; 🔷Ilmiy xodimlar; 🔷Klinik tadqiqotchilar; 🔷professor-o‘qituvchilari; 🔷Magistratura talabalari; 🔷PhD va DSc izlanuvchilari; 🔷Yosh olimlar; 🔷Ilmiy maqolalarni xalqaro jurnallarda nashr etishga qiziqish bildirgan barcha xohlovchilar. 📆Sana: 27-28-29 - iyul ⏱️Vaqti: 10:00 📌Manzil: BioPharma City majlislar zali ⏪️Ro‘yxatdan o‘tish uchun⏩️ 📌Barcha qiziquvchilarni mazkur amaliy treningda ishtirok etishga taklif etamiz! MBFITI AXBOROT XIZMATI | Websayt | Instagram |Telegram | | Facebook | Youtube | Linkedin |
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 💧Suvsizlanishga qarshi zamonaviy yondashuv "Innovator" jurnalining 4-soni tibbiyot sohasidagi innovatsiyalarga bagʻishlanadi. Ushbu sondan tibbiyot va farmatsevtika yoʻnalishida ishlab chiqilayotgan eng istiqbolli innovatsion loyihalar oʻrin olgan. Ana shunday qiziqarli ishlanmalardan biri — Toshkent farmatsevtika instituti Klinik farmatsiya yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Temurbek Abduravidov tomonidan ishlab chiqilgan ElectroReboot loyihasidir. ElectroReboot — organizmdagi suvsizlanish va elektrolitlar tanqisligini bartaraf etishga moʻljallangan, suvda tez eriydigan regidratatsiya kukunidir. Loyihaning asosiy afzalligi shundaki, mahsulot tarkibiga nafaqat muhim elektrolitlar, balki organizm uchun zarur vitaminlarni ham qoʻshish rejalashtirilgan. Mahsulot sportchilar, harbiy xizmatchilar, sayohatchilar hamda issiq iqlim sharoitida mehnat qiluvchi insonlar uchun moʻljallangan boʻlib, bir martalik, qulay qadoqlarda ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan. 🚀Quvonarlisi, ushbu innovatsion loyihaga Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan dastlabki investitsiya kiritilgan. ⚡️ElectroReboot loyihasining yaratilish tarixi, uning ilmiy asoslari va yosh innovator Temurbek Abduravidovning faoliyati haqida batafsil maʼlumot olish uchun "Innovator" jurnalining yangi sonini mutolaa qilishingizni tavsiya etamiz. Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱
Xoʻsh, siz bu startapni qanday baholaysiz? 😁 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
📣 Hurmatli ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar! Sizni ilmiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida uchrayotgan muammolar, mavjud imkoniyatlar hamda takliflarni o‘rganishga qaratilgan so‘rovnomada ishtirok etishga chorlaymiz. Mazkur so‘rovnoma natijalari ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, mavjud muammolarni tahlil qilish va tegishli takliflarni ishlab chiqishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. ✅ So‘rovnomada ishtirok etish orqali ilm-fan rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing. ➡️ So‘rovnoma havolasi: https://forms.gle/DNrdQyEdo8m1ykSq9
📢 DIQQAT, HURMATLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA ILMIY XODIMLAR! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari hamda Innovatsion rivojlanish agentligining topshirig‘iga muvofiq fan yo‘nalishlari bo‘yicha Ilmiy-texnik kengashlar (ITK) tarkibini shakllantirish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan, belgilangan talablarga mos professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlardan 2026-yil 25-iyulga qadar quyidagi platformalarda ro‘yxatdan o‘tish hamda shaxsiy ma’lumotlarini to‘liq va sifatli kiritish so‘raladi: 🔹 my.ilmiy.uz – shaxsiy kabinetni yaratish va ilmiy faoliyatga oid ma’lumotlarni to‘ldirish; 🔹 kutubxona.ilmiy.uz – ilmiy faoliyatga oid elektron kutubxonadagi ma’lumotlarni to‘liq shakllantirish. 📅 Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 2026-yil 25-iyul. ❗️ Ma’lumotlarni to‘ldirishda ilmiy daraja, ilmiy unvon, nashrlar, Scopus/Web of Science bazalaridagi ko‘rsatkichlar hamda boshqa ilmiy faoliyatga oid ma’lumotlarning to‘liq va ishonchli kiritilishiga alohida e’tibor qaratishingiz so‘raladi. 📞 Qo‘shimcha ma’lumot va amaliy yordam uchun Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.