tgindex
Последний пост
8 мая 2025 г.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
150
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
574
22 постов
Вовлечённость
382,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15-dars. Hozirgi davomli zamon (The fifteenth lesson: Present continuous tense) Present continuous tense gapirilib turgan paytda davom etayotgan ish-harakatlarga nisbatan ishlatiladi. Present continuous tense zamonining yasalish formulasi: Postive form: S+am/is/are+Ving Negative form: S+am/is/are+not+Ving Question form: Am/is/are+S+Ving? Present continuous tense zamonining ishlatilish holatlari: 1. Hozir (ayni vaqtda) sodir bo‘layotgan ish-harakatlarni ifodalash uchun present continuous tense ishlatiladi. Eg. Amanda is sleeping now. 2. Hozirgi vaqt atrofidagi sodir bo‘layotgan ish-harakatlarni ifodalash uchun ham present continuous tense ishlatiladi. Bunda ish-harakat aynan hozir sodir bo‘layotgan bo‘lishi shart emas. Asosiysi ish harakat boshlangan va davom etmoqda. Eg. Steve is talking to a friend on the phone. He says: I am reading a really good book at the moment. It is about... . 3. "Always" "frequently" "constantly" "continually" kabi payt ravishlari qatnashgan gaplarda present continuous tense ishlatilib, norozilik, g‘azab, jahl, shikoyat, tanbeh va xasadni ifodalaydi. Ma'no doim sodir bo‘ladigan ish harakat dek tarjima qilinadi. Eg. You are always losing your things. She is frequently taking my things without asking. 4. Kelasi zamonda qilishni rejalashtirgan ish harakatlarni ifodalash uchun ham present continuous tense ishlatiladi. Eg. Can you go swimming with us tomorrow morning? No, I'm meeting with the doctor at 9:00 a.m. tomorrow. 5. O‘zgarayotgan vaziyatlarni ifodalash uchun ham present continuous tense ishlatiladi. Bunda asosan quyidagi fe'llar ishlatiladi. Get, fall, change, grow, become, improve, increase, rise. Eg. The population of the world is rising very fast. 6. Chaqiriq(da'vat)ga undovchi so‘zlar bilan boshlangan gaplarning keyingi qismida, agar ish harakat davomiy sodir bo‘layotganligini ifodalamoqchi bo‘lsak, present continuous tense ishlatiladi. Shhhh! - Tsss!. Come on! - Keling!. Listen! - Quloq soling!. Look! - Qarang!. Hurry up! - Shoshiling!. Be careful!, Watch out, Look out! - Ehtiyot bo‘ling! Eg. Look! The dog is running after your son. Note. Ammo yuqoridagi chaqiriqqa undovchi so‘zlardan keyin kelgan gapdagi ish harakat doimiy bo‘lmasa, u boshqa zamonlarda kelishi mumkin. Eg. Look! Somebody has broken the window. 7. "Today" "this week" "this month" "this season" "this year" kabi vaqt oralig‘idagi vaqtinchalik ish harakatlarni ham present continuous ifodalaydi. Eg. You are working bard today. Note. Bu signal so‘zlar qatnashgan gaplarda har doim ham present continuous kelavermaydi. Boshqa zamonlardaham kelishi mumkin. Eg. I'm not learning math this month. (hali ham davom etmoqda.) I have read three novels this month. (tugallangan ammo hali yana davom etishi mumkin.) 8. Agarda "to be" fe'li present continuous zamonida ishlatilsa, biror bir insonni yoki narsani vaqtinchalik o‘zini qanday tutayotganligini ifodalaydi. Eg. Amanda is nice to me. Amanda is being nice to me these days. I wonder why. Thanks everybody! See you soon the next lesson. @pmtest_english

  • 15-dars. Hozirgi davomli zamon (The fifteenth lesson: Present continuous tense) 👋 Hello everybody. How are you? Are you ready for our the fifteenth lesson? Let's get started... Davomi keyingi postda ⬇️ @pmtest_english

  • 14-dars. Oddiy hozirgi zamon (The fourteenth th lesson: Present simple tense) Present simple tense (hozirgi oddiy zamon)ni yasalish formulasi: Positive form: S+V(s, es) Negative form: S+DO, DOES+NOT+V Question form: DO, DOES+S+V Ushbu zamon fe'lning bosh shakli infinitive dan yasaladi. Eg. I speak English You speak English We speak English They speak English Bu zamondagi fe'lning 3-shaxs birligida infinitivga (s yoki es) qo‘shimchasi qo‘shib yasaladi. Eg. He speaks. She speaks. It works. Note. "ss, sh, ch" harf birikmalari bilan tugagan fe'llardan so‘ng 3-shaxsga s va es qo‘shimchasi qo‘shiladi. Eg. He washes his hands. Every day the man passes by them. Bessy watches TV in the evening. Noaniq hozirgi zamondagi fe'lning inkor shaklini ifodalaganda yordamchi fe'l (do va does) fe'lidan so‘ng "not" inkor yuklamasi qo‘yib yasaladi. Eg. I do not read this text. He does not this text. Note. "Do" bilan "not" qo‘shilib "don't", "does" bilan "not" qo‘shilib "doesn't" bo‘lib yozilishi va o‘qilishi ham mumkin. Eg. I don't know him. He doesn't know us. 📌 Bu odatda og‘zaki nutqga xosdir. So‘roqni ifodalanga esa yordamchi fe'l "do" "does" egadan oldinga qo‘yiladi. Eg. Do you know English? Does he speak English? So‘roq gapning inkor shakli esa quyidagicha hosil bo‘ladi. Eg. Don't you know English? Doesn't he speak English? Present simple zamonining ishlatilish holatlari.⬇️ 1. Odatiy, doimiy, kundalik, tez-tez sodir bo‘lib turadigan ish-harakatlarni ifodalash uchun present simple ishlatiladi. Eg. We clean our room every Sunday. 2. Umumiy haqiqat va tabiat qonunlariga oid ish-harakatlarni ifodalash uchun ham present simple ishlatiladi. Eg. The earth goes round the sun. Water boils at 100 c°. 3. Jadvallarga asoslangan ish-harakatlar (time-table)ni ifodalash uchun "kelasi zamon" ma'nosida present simple ishlatiladi. Eg. The train leaves for Budapesht at 7 tonight. 4. Sport komentariyalari va hikoyalardagi voqealarni aytishda present simple ishlatiladi. Eg. Cristiano Ronaldo passes Dybala the ball and Dybala scores a goal. 5. Kimgadir qo‘llanma yoki ko‘rsatma berganda ham present simple ishlatiladi. Eg. You sprinkle some cheese on the pizza and you bake it. 6. Quyidagi kirish so‘z birikmalari asosan gap boshida keladi va asosan present simpleda qo‘llaniladi. Bu holatda ulardan keyingi keladigan gapning zamoni nazarda tutilmaydi, ularning o‘zi kelgan zamon nazarda tutiladi... Eg. I advise - maslahat beraman I apologize - uzr so‘rayman I think - o‘ylayman I insist - talab qilaman I agree - roziman I suggest - tavsiya qilaman I disagree - qo‘shilmayman I promise - va'da beraman I refuse - rad etaman. Eg. I promise I will not be late. Thanks everybody. See you soon the next lesson. @pmtest_english

  • 14-dars. Oddiy hozirgi zamon (The fourteenth th lesson: Present simple tense) 👋 Hello everybody. How are you? Are you ready for our the fourteenth lesson? Let's get started... Davomi keyingi postda ⬇️ @pmtest_english

  • 13-dars. Zamonlar ularning turlari va nomlanishi (The thirteenth lesson: Tenses) Bilasizki, ingliz tilida Active voice (aniq nisbat) shakli bor. Aniq nisbatdagi ish-harakat ma'lum bir shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi, ya'ni bu fe'llar ifodalagan harakat holatning bajaruvchisi aniq bo‘ladi. Ingliz tilida barcha zamonlar aniq nisbat shaklida kela oladi. 🟢 Tenses (zamonlar) Ingliz tilida asli 4ta zamon bor bo‘lib, ularning har birining 4tadan shakli bor. Shuning hisobiga 16ta zamon deb aytiladi. Ular quyidagilar: 🟢 PRESENT TENSES 1. PRESENT SIMPLE TENSE Hozirgi oddiy zamon. 2. PRESENT CONTINUOUS TENSE Hozirgi davomli zamon. 3. PRESENT PERFECT TENSE Hozirgi tugallangan zamon. 4. PRESENT PERFECT CONTINUOUS TENSE Hozirgi tugallangan davomli zamon. 🟢 PAST TENSES 5. PAST SIMPLE TENSE O‘tgan oddiy zamon. 6. PAST CONTINUOUS TENSE O‘tgan davomli zamon. 7. PAST PERFECT TENSE O‘tgan tugallangan zamon. 8. PAST PERFECT CONTINUOUS TENSE O‘tgan tugallangan davomli zamon. 🟢 FUTURE TENSES 9. FUTURE SIMPLE TENSE Kelasi oddiy zamon. 10. FUTURE CONTINUOUS TENSE Kelasi davomli zamon. 11. FUTURE PERFECT TENSE Kelasi tugallangan zamon. 12. FUTURE PERFECT CONTINUOUS TENSE Kelasi tugallangan davomli zamon. 🟢 FUTURE IN THE PAST TENSES 13. FUTURE SIMPLE IN THE PAST TENSE O‘tgan zamondagi kelasi oddiy zamon. 14. FUTURE CONTINUOUS IN THE PAST TENSE O‘tgan zamondagi kelasi davomli zamon. 15. FUTURE PERFECT IN THE PAST TENSE O‘tgan zamondagi kelasi tugallangan zamon. 16. FUTURE PERFECT CONTINUOUS IN THE PAST TENSE O‘tgan zamondagi kelasi tugallangan davomli zamon. 🔺 Aslida "Future Simple in the Past" degan zamon yo‘q. Lekin ba'zi manbalarda buni ham zamon deb o‘rgatiladi. Shu sababdan bularni ham zamon sifatida sizga qolgan zamonlarga qo‘shib ma'lumot beraman. Keyingi darslarda har bir zamonni alohida o‘rganishni boshlimiz. Thanks everybody. See you soon the next lesson. @pmtest_english

  • 13-dars. Zamonlar ularning turlari va nomlanishi (The thirteenth lesson: Tenses) 👋 Hello everybody. How are you? Are you ready for our the thirteenth lesson? Let's get started... Davomi keyingi postda ⬇️ @pmtest_english

  • Eid Mubarak everyone. @pmtest_english

  • 29 мар. 2025 г.490из ibragimmansurov_blog

    Inglizcha qo’shiqlar eshtish — tilni o’rganishga yordam beradimi? Foydalimi o’zi? Batafsil javob videoda. @ibragimmansurov_blog

  • 12-dars. So'z tartibi (The twelfth lesson: Word order) 1. Ingliz tilida so‘z tartibi o‘zbek tilinikidan ancha farq qiladi. Bilamizki, o‘zbek tilida kesim (fe'l) asosan gap oxirida keladi. Ingliz tilida esa doim egadan keyin keladi. Gap tuzish uchun bizga quyidagi 5 ta gap bo‘laklari kerak bo‘ladi. 1-darajali bo‘laklar: Ega (Subject) Kesim (Predicate) 2-darajali bo‘laklar: To‘ldiruvchi (Object) Hol (Modifire) Aniqlovchi (Attribute) 2. Biz bu gap bo‘laklarini ingliz tilida quyidagi tartibda joylashtiramiz. Subject-Verb-Object-Manner Modifire-Place Modifire-Time Modifire. Masalan: Jack cheks the documents very fast at the office every morning. 3. Aniqlovchning aniq o‘rni yo‘q. U gapda egani ham, to‘ldiruvchini ham, holni ham oldidan kelib, ularni aniqlab kelishi mumkin. Masalan: A beautiful girl is reading an interesting book in a wonderful garden now. 4. Agar fe'limiz harakat qatnovni ifodalovchi fe'l (go/come/visit/depart/walk etc.) bo‘lsa, joy holi birinchi, usul holi ikkinchi keladi. Subject-Verb-Place-Manner-Time Masalan: Jack and Jill walk to school slowly every morning. Vaqt holi (Time modifire) gapning boshida ham qo‘llanilishi mumkin. Bunda unga ta'kid kuchayadi. Masalan: Tomorrow they will send the goods to Canada. 5. Ba'zi ravish hollari (always/normally/usually/typically/frequently/often/sometimes/seldom/rarely/hardly ever/never/just/already /just now) shuningdek, all va both olmoshlari 3 xil usulda joylashadi. a) Agar gap tarkibida faqat asosiy fe'lning o‘zi bo‘lsa, undan oldin keladi. Masalan: Although she lives next to our, we hardly ever see her. b) Agar gap tarkibida ham asosiy fe'l, ham yordamchi fe'l yoki modal fe'l (do/does/will/shall/have/has/did/may/must/should/could/can etc) kelsa, ularning o‘rtasida qo‘llaniladi. Masalan: Alice is always losing her things. c) Agar gap tarkibida bog‘lovchi fe'llar (asason to be- am/is/are/was/were) kelsa, ulardan keyin qo‘llaniladi. Masalan: You are always late, I am fed up with this. 6. Buyruq gaplarda ega yashiringan bo‘lganligi sababli ularda gap tartibi fe'ldan boshlanadi. Inkor shaklda esa "Don't" shaklida boshlanadi. Subject-Object-Manner-Place-Time. Masalan: Put the flowers into the vase. Don't put the flowers into the vase. Thanks everybody. See you soon the next lesson. @pmtest_english

  • 12-dars. So'z tartibi (The twelfth lesson: Word order) 👋 Hello everybody. How are you? Are you ready for our the twelfth lesson? Let's get started... Davomi keyingi postda ⬇️ @pmtest_english

  • 11-dars. There is/There are There is, there are u yerda bor degan ma’noni bildirib, biror joyda biror nima borligini bildiradi. Masalan: There is an apple in the fridge. Xolodilnikda olma bor. There is/are'ni have/has'dan farqi, have/has biror shaxsda yoki predmetda biror nima borligini bildirsa, there is/are esa biror yerda biror nima borligini bildiradi. Masalan: There’s a boat. U yerda qayiq bor. There are three fish. U yerda uchta baliqlar bor. Avvalgi darslarimizda, biz sizga “is”ni birlik “are”ni esa ko’plik uchun ishlatilishini aytib o’tgandik, xuddi shunday there is – birlikdagi otni, there are esa ko’plikdagi otlarni borligini ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Masalan: There is a pen on the table. Stol ustida ruchka bor. There are two pens on the the table. Stol ustida ikkita ruchkalar bor. Biz there is/are dan inkor gap yasaganimizda to be fe’li (is/are) dan keyin not yuklamasi qo’yiladi va u yerda yo’q deb tarjima qilinadi. Masalan: There is not a pen in my bag. Mening sumkamda ruchka yo’q. There are not five flowers in the classroom. Sinfxonada beshta gullar yo’q. Biz there is/are dan so’roq shaklini yasaganimizda esa to be fe’li (is/are) egadan oldinga qo’yiladi va u yerda bormi deb tarjima qilinadi. Masalan: Is there a cat in your home? Sizning uyingizda mushuk bormi? Are there two copybooks in your bag? Sumkangizda ikkita daftaringiz bormi? Ingliz tilida ko’pincha to be fe’lini qisqartmalaridan foydalaniladi. There is/are'ni quyidagicha qisqartirib foydalanish mumkin. there is = there’s there is not = there isn’t there are not = there aren’t Thanks everybody. See you soon the next lesson. @pmtest_english

  • 11-dars. There is/there are birikmasi. 👋 Hello everybody. How are you? Are you ready for our the eleventh lesson? Let's get started. Davomi keyingi postda ⬇️ @pmtest_english

  • 10-dars. Bor bo'lmoq, ega bo'lmoq (Have / Have got) Have yoki have got bor bo’lmoq, ega bo’lmoq degan ma’nolarni anglatadi. Masalan: I have a book.Yoki I have got a book. Biz III shaxs birlik uchun (he, she, it) has ishlatamiz, qolgan barcha shaxslarga have ishlatiladi. Masalan: She has got a pen. He hasapples. Have got dan inkor yasalganda, have va got orasiga not yuklamasi qo’yiladi. Masalan:  I have not got a pen. Menda ruchka yo’q. They have not got a dog in their house. Ularning uyida it yo’q. Have got = ‘ve got Has got = ‘s got Have not got = haven’t got Has not got = hasn’t got Savol shaklini yasash uchun esa have yoki has egadan oldinga qo’yiladi. Masalan: Have you got a pen? Ruchkangiz bormi? Has Lily got a brother?  Lilyning akasi bormi? Savollarga qiyidagicha qisqa javob berish mumkin: Have you got a pen?   Yes, I have/ No, I haven’t. Has she got two pens? Yes, she has / No, She hasn’t. Thanks everybody. See you soon the next lesson. @pmtest_english

  • 9-dars. Ko‘rsatish olmoshlari (The ninth lesson: Demonstrative pronouns) Demonstrative pronouns ko’rsatish olmoshlari bo’lib, biror shaxs, narsa yoki predmet ko’rsatilganda ishlatiladi. Ko’rsatish olmoshlari 4ta bo’lib, ular: this, that, these va those. This – bu (yaqindagi 1ta narsa uchun) This is a pen. These – bular (yaqindagi 1dan ortiq narsalar uchun) These are pens. That – u, anavi (uzoqdagi 1ta narsa uchun) That is a tree. Those – anavilar, ular (uzoqdagi 1dan ortiq narsalar uchun) Those are trees. Ko’rsatish olmoshlaridan inkor yasalganda to be fe’lidan so’ng not yuklamasi qo’yiladi. Masalan: This is a flower. This is not a flower. Those are elephants. Those are not  elephants. Ko’rsatish olmoshlari bilan savol tuzish to be fe’li egadan oldinga qo’yish orqali yasaladi. Masalan: This is a flower. Is this a flower? Those are children. Are those children? Thanks everybody. See you soon the next lesson. @pmtest_english

  • 8-dars. Kishilik olmoshlari (Personal pronouns) Ingliz tilida personal pronouns deganda kishi (shaxs)ni o’rniga ishlatiladigan olmoshlar tushuniladi. Masalan: John is my brother. He is my brother. (John mening akam. U mening akam). Bu yerda John ot bo’lsa, he uning o’rnida ishlatilyapti. Ya’ni shaxs o’rniga qo’llanilmoqda. Children are playing in the garden. They are playing in the garden. (Bolalar bog’da o’ynashyapti. Ular bog’da o’ynashyapti). Ingliz tilida 3ta shaxs mavjud. I-shaxs so’zlovchi, II-shaxs tinglovchi, III-shaxs boshqa, suhbatga aloqasi bo’lmagan odam. Birlikda (Singular) I-shaxs       I – men II-shaxs      you – sen, siz III-shaxs     he, she, it – u Ko’plikda (Plural) I-shaxs      we – biz II-shaxs     you – sizlar III-shaxs    they – ular Biz he deb faqat erkak kishi yoki o'g’il bolaga, she deb faqat qiz yoki ayolga, it deb esa narsa buyum va jonivorga nisbatan ishlatamiz. O’zbek tiliga u deb tarjima qilinadi. Ko’plik shaklida esa hammasiga faqatgina they (ular) qo’llaniladi. To be fe’li To be fe’li bo’lmoq, hisoblanmoq degan ma’noni bildiradi yoki o’zbek tilidagi -man, -san, -dir qo’shimchalariga to’g’ri keladi. To be fe’lini asosan ot, sifat, son bilan ishlatiladi. To be fe’lining 3 ta shakli mavjud. Ular shaxslarga qarab tuslanadi. Bular: am, is, are. Biz doimo "I" - shaxs ya’ni "I" bilan to be ni "am" shaklini ishlatamiz. II-shaxs "you" bilan esa "are" ni III-shaxs ya’ni "he", "she", "it" bilan esa "is" ni qo'laymiz. Ko’plikda barcha shaxslar ya’ni we, you, they ga "are" ishlatamiz. Masalan: I am a pupil. Men o’quvchiman. (ot bilan) He is 18 years old. U 18 yoshda(dir). (son bilan) This flower is beautiful. Bu gul chiroyli(dir). (sifat bilan) To be ning qisqartma shakli. Ingliz tilida to be ni qisqartma shakli ko’p uchraydi. Bular: I am – I’m You are – You’re He is – He’s She is – She’s It is – It’s We are – We’re They are – They’re To be ning inkor shakli. To be'ni inkor shaklini yasash uchun to be dan keyin not yuklamasi qo’yiladi. I am not a pupil. Men o’quvchi emasman. He is not 18 years old. U 18 yoshda emas. They are not beautiful. Ular chiroyli emas. To be ning savol shakli. To be ning savol shakli yasash uchun To be fe’lini egadan oldinga qo’yiladi. Masalan: You are a pupil. Sen o’quvchisan. Are you a pupil? Sen o’quvchimisan? Javob berish: Yes, I am/No, I am not. Thanks everybody. See you soon next lesson! @pmtest_english

  • 8-dars. Kishilik olmoshlari. (The eighth lesson: Personal pronouns) To be fe'li 👋 Hello everybody. How are you? Are you ready for our the eighth lesson? Let's get started. Davomi keyingi postda ⬇️ @pmtest_english

  • 7-dars. Ot (The seventh lesson: Noun) Ingliz tilida otlar 2 ga bo‘linadi: 1. Atoqli ot. (Proper noun) 2.Turdosh ot. (Common noun) 1. Atoqli otlarga atab qo‘yilgan otlar kiradi. Misol: Navbahor. Tashkent. Ben. 2. Turdosh otlarga bir turga mansub otlar kiradi. Misol: Book. Pen. Flower. 3. Turdosh otlar 2 xil bo‘ladi. -Moddiy otlar (material noun) -Mavhum otlar (abstract noun) 4. Material noun. Misol: Water. Steel. Oil. 5. Abstract noun. Misol: Ish. Harakat. Holat. Ko‘rinish. Belgi. Fan. San'at. Honesty. Brawery. Darkness. Work. Winter. History. Music kabilar kiradi. 6. Ingliz tilida otlar sanaladigan otlar (countable noun) va sanalmaydigan otlar (uncountable noun) ga ham bo‘linadi. 7. Countable noun. Sanasa bo‘ladigan otlar sanaladiganotlardeyiladi. Misol: a pen - pens 8. Uncountable noun. Sanab bo‘lmaydigan otlar sanalmaydigan otlar deyiladi. Ularga moddiy va mavhum otlar kiradi. Bu otlar faqat birlikda aniq artikl bilan ishlatiladi. 9. Moddiy otlar: moddalarning turini ifodalasa ko‘plikda ishlatiladi. Mavhum otlar: aniq bo‘lganda ko‘plikda ishlatiladi. Misol: He made a speech yesterday. His speeches are always interesting. Kecha u nutq so‘zladi. Uning nutqlari har doim qiziq. Thanks everybody. See you soon next lesson. @pmtest_english

  • 7-dars. Ot (The seventh lesson: Noun) 👋 Hello everybody. How are you? Are you ready for our the seventh lesson? Let's get started. Davomi keyingi postda ⬇️ @pmtest_english

  • 6-dars. Aniq artiklning ishlatilmaydigan holatlari (The sixth lesson: No use definite article) 1. Ismlar oldidan: Navbahor, Kate, Gurgella. 2. Qit'alar oldidan: North America, Asia. 3. Otning oldida birorta ko‘rsatkich bo‘lsa: My room. This room. Amirxon's room. 4. Ko‘l nomi lake so‘zi bilan kelganda: Lake Baikal. 5. Unvonlar oldidan: Mr. Dr.Professor. 6. Fan nomlari oldidan: Phonetics. History. 7. Umumiy ma'no ifodalagan ot oldidan: Music. Knowledge. Sport. 8. Dunyoning 4 tomoni -ern, -al qo‘shimchalarini olganda: Eastern. Central. 9. Tog‘ cho‘qqisi oldidan: Elburs. Montblans. 10. Ko‘cha, maydon, xiyobon, yo‘llar oldidan: Wall street. Times Square. Hyde park. Queens Road. 11. Kompaniyalar oldidan: Fiat. Sony. Britian Airways. Kodak. IBM. 12. 1 ta orol oldidan: Madagaskar. Bermuda. Sicily. 13. Joy nomlari kishi yoki biror joyning nomi bilan atalganda: Munic Airport. Paddington station. West Minister Abbey. Cambridge University. London ZOO. Edinburg Castle. Buckingham Palace. 14. Sport va o‘yin nomlari oldidan: Tennis. Carat. 15. Otdan keyin sanoq son kelsa: Lesson one. Text two. Room six. 16. Ovqat mahallari ya'ni ovqat paytlari oldidan: Breakfast. Dinner. Supper. Lekin sifat bilan kelsa noaniq artikl ishlatiladi. A big breakfast. 17. Space = Universe. Fazo-kosmos ma'nosida artikl olmaydi. Lekin joy ma'nosida artikl oladi. 18. Quyidagi birikmalar artiklsiz keladi. Go to sea. Be at sea. Go/be. On a voyage. Watch Tv. Go to bed. Be in bed. Go to work. Be at work. Home. Go home. At home. 19. Biror joyni ochgan kishi nomi bilan atalgan joy 's yoki s deb kelsa: Maxim's restaurant. 20. St ya'ni (st /saint) Avliyo bilan atalgan cherkov nomlari oldidan: St Johns Church. 21. From... to (till) birikmasida: From East to West. G‘arbdan Sharqga. 22. Bir modda boshqasiga qarshi qo‘yilganda: Which do you prefer: tea or coffee? 23. Yarimorollar oldidan: Indo-China. 24. Bayramlar oldidan: Navruz. CHristmas. 25. Hafta kunlari va oylar oldidan: Monday. September. 26. Night. At night- tunda holatida aniq artikl ishlatilmaydi. 27. Planeta va yulduzlar turkumlari oldidan: Venus. Mars. Orion. 28. New (yangi) yoki tomonlar sifat bo‘lib kelgan joylar bilan: New Zeland. South Africa. North Korea. 29. Shtatlar oldidan: Florida. Colifornia. 30. Murojaat qilganda: Doctor. Father. Mother. 31. Kasallik nomlari ko‘p hollarda ma'lum kasallikni turini atash uchun ishlatilganligi sababli artiklsiz keladi. He had almost deed of Cholera. 📌Ammo birikma holida noaniq artikl bilan ishlatiladi. Had a headache (Toothache. Boile. Sore. Throat. Cough.) 32. Man (inson) so‘zi umumiy ma'noda kelsa: Surely he had suffered everything that man can endure. 33. Class — mashg‘ulot, dars ma'nosida kelsa artikl ishlatimaydi. 34. Time — marta ma'nosida va It's time birikmasida kelganda. 35. Grade — maktabdagi sinf ma'nosida kelsa. 36. Palin Beach — plyaj oldidan aniq artikl ishlatilmaydi. Thanks everybody. See you soon next lesson. @pmtest_english

  • 6-dars. Aniq artiklning ishlatilmaydigan holatlari (The sixth lesson: No use definite article) 👋 Hello everybody. How are you? Are you ready for our the sixth lesson? Let's get started. Davomi keyingi postda ⬇️ @pmtest_english