- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 53
- Всего постов
- 213
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Спорт (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 92
- 1/48двое суток
- 105
- 1/72трое суток
- 113
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
✅Respublikamiz bo‘ylab oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini kompleks o‘rganish hamda sohaga yangi mexanizmlarni joriy etishga qaratilgan amaliy ishlar Qashqadaryo viloyatida davom etdi. Shahrisabz shahri va G‘uzor tumanida mutasaddilar, mahalla “yettiligi” hamda “xotin-qizlar faollari” ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazilib, tizimni isloh qilish bo'yicha qator jiddiy takliflar ilgari surildi. Xususan, ayollarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini ko‘paytirish va hunarmandlik mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash, erta nikoh va tug‘ruq holatlari oldini olish, “himoya orderi” berish tizimini takomillashtirish, “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi ehtiyojmand xotin-qizlarga uy-joy ta’mirida yordam ko‘rsatish hamda mahallalarda psixologlar faoliyatini kengaytirish. O‘rganishlar faqat muloqotlar bilan cheklanmadi. G‘uzorda “Xotin-qizlar balansi”ni shakllantirish jarayoni chuqur tahlil qilingan bo‘lsa, Shahrisabzda ehtiyojmand va nogironligi bo‘lgan ayollar holidan xabar olindi. Shuningdek, tadbirkor ayollarning oilaviy biznesi bilan tanishilib, kerakli tavsiyalar berildi. Endigi vazifa — ko‘tarilgan barcha masalalar va bildirilgan takliflarni qat’iy nazoratga olgan holda, amaliy yechimlarga erishishdir! 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin
Yaponlar qanday qilib koʻp kitob oʻqiydi? 🌍Biz bilan kuzatib boring!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Harbiy qismda ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Namangan viloyat bo'limi vakili so'zga chiqib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni asrash, Vatanga sadoqat, milliy birlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, yoshlarni yuksak ma'naviyat hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida fikr-mulohazalar bildirdi. Shuningdek, joriy yil Mustaqillik bayramining bosh g'oyasi — "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori mazmun-mohiyati keng yoritilib, ushbu ezgu g'oya har bir yurtdoshimizni Vatan ravnaqi, xalq farovonligi va Yangi O'zbekiston taraqqiyoti yo'lida yanada jipslashishga chorlaydigan ulug' da'vat ekani ta'kidlandi. Tadbir yakunida askarlar Vatanga sadoqat, ona yurtga muhabbat va xalqimiz tinchligini asrash har bir harbiy uchun sharafli burch ekani ta'kidlandi.
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin
#31_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи