tgindex
All about Baby💙

All about Baby💙

Статистика
@prikormbyjasminaузбекский

Prikorm,BLW by Jasmina Eslatma❗️ Bu yerda berib boriladiga maslahatlar tajribalar, oʻrganilgan va oʻrganilayotgan jarayonlarimdan bir parcha xolos va bu malumotlar har bir bola uchun individual

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
11
Всего постов
29
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
161
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
110
29 постов
Вовлечённость
68,3%
к подписчикам
Постов в день
1,6
всего 29
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
55
1/48двое суток
63
1/72трое суток
67

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Hali davomi bor! Sizlar esa shuncha narsani note qilib olganim uchun imkon qadar reactiooons bosishingiz mumkin.

  • Noto’gri davolar💊 Tonzilgon- bir nechta giyohlar aralashmasi booʻgani sababli ilmiy jihatdan tasiri isbotlanmagan.Hech bir rivojlangan davlat tavsiyasida bunga oʻxshagan preparat mavjud emas. Protargol- bakterial dnks bn boglanadi. Shamollash virusli deb tepada aytildi. Burunda bakteriyali kasalliklar gaymorit,sinusit boʻshliqlarda joylashga boʻladi shunda ham bu dori ichiga kirib borolmaydi shunchaki shunchaki tomoqqa qarab oqib ketadi. Yoʻriqnomada berilgan cheklangan miqdordagi bakteriyalarga qarshi ishlaydi. Furasol-bakteriyaga qarshi. Siz viruslimi bakteriyali infeksiya boʻladimi tomoqni chayqaganiz foydasi yoʻq. Bakteriya toʻqima ichkarisda joylashgan boʻladi. Faqat tomoqda ogʻriq bolganda tuzli suvda chayish ogʻriqni kamaytirishga yordam beradi xolos. Kasallikni davolamaydi. Genferon- oxiri feron bilan tugaydigan birorta dori samarali hisoblanmaydi va royhatdan oʻtmagan.Bazi bir shifokorlar shunchaki sizni tinchlantirish uchun tasiri yoqligi uchun beriladi. ❌ Yirik RCT (randomizatsiyalangan klinik tadqiqotlar) yo'ą ❌Cochrane meta-tahlillari yo'q ❌Xalqaro miqyosda isbotlangan klinik samaradorlik yo'q. Montelukast dorilar faqat 2 holatda beriladi bolalarda allergik rinit va bronxial astmada ishlatiladi. Ularga kiradi! 🔅Kulento 🔅Sington 🔅Simonte plus 🔅Montiket @prikormbyjasmina

  • Shamollashning sababchilari🔍 Viruslar- 90-95% Bakteriyalar-5-10% Bu degani deyarli barcha holatlarda shamollash virusli infeksiya boladi va davo talab qilmaydi.Vaksina bilan himoyalangan bolalarda esa bakteriya bolish koʻrsatkichi yana pasayadi.Hech qaysi shifokor agar “Marsdan tushga boʻlmasa “qon analizsiz bakteriyali tashxis qoʻya olmaydi! @prikormbyjasmina

  • 1. Burun oqishi Virus ta’sirida burun shilliq qavati yallig‘lanib, ajralma ko‘payadi. Dastlab suyuq va tiniq bo‘lib, keyinchalik quyuqlashishi mumkin. Ajralmaning sarg‘ayishi har doim ham bakterial infeksiya degani emas. 2. Burun bitishi Burun ichidagi shilliq qavat shishgani sababli bola burundan erkin nafas ololmaydi. Ayniqsa, chaqaloqlarda emish, ovqatlanish va uxlash qiyinlashishi mumkin. 3. Aksirish Burunga tushgan viruslar va yig‘ilgan shilliqni tashqariga chiqarishga qaratilgan tabiiy himoya refleksidir. Shamollashning dastlabki kunlarida ko‘proq kuzatiladi. 4. Yo‘tal Tomoq va nafas yo‘llarining ta’sirlanishi yoki burun ajralmasining tomoq orqasiga oqishi natijasida paydo bo‘ladi. Yo‘tal quruq yoki balg‘amli bo‘lishi mumkin. Shamollashdan keyin yo‘tal boshqa belgilar yo‘qolgach ham bir muddat davom etishi mumkin. 5. Tomoq og‘rig‘i Viruslar tomoq shilliq qavatini yallig‘lantiradi. Bola yutinishda og‘riq, achishish yoki qichishishni his qiladi. Kichik bolalar buni ayta olmagani uchun ovqatdan bosh tortishi yoki yutinayotganda yig‘lashi mumkin. 6. Isitma Organizmning infeksiyaga qarshi tabiiy javobidir. Oddiy shamollashda ko‘pincha yengil bo‘ladi, lekin kichik bolalarda yuqoriroq ko‘tarilishi mumkin. Uch oylikkacha bo‘lgan chaqaloqda 38°C yoki undan yuqori harorat shoshilinch tibbiy ko‘rikni talab qiladi. 7. Holsizlik va lanjlik Organizm infeksiya bilan kurashayotgani sababli bola odatdagidan kamroq o‘ynaydi, ko‘proq uxlashi yoki injiq bo‘lishi mumkin. Bola juda sust bo‘lsa, uyg‘otish qiyinlashsa yoki atrofdagilarga javob bermasa, bu xavfli belgi hisoblanadi. 8. Ishtahaning pasayishi Burun bitishi, tomoq og‘rig‘i va umumiy holsizlik tufayli bola kamroq ovqatlanadi. Qisqa muddat ovqatning kamayishi ko‘pincha xavfli emas, ammo bola yetarli suyuqlik ichishi va siyishi muhim. 9. Bosh og‘rig‘i Isitma, burun bitishi, suvsizlanish yoki yuz-bo‘shliqlaridagi bosim sababli yuzaga kelishi mumkin. Kichik bolalarda bosh og‘rig‘i injiqlik, boshini ushlash yoki yorug‘likni yoqtirmaslik orqali namoyon bo‘lishi mumkin. 10. Ko‘zlarning yoshlanishi Burun va ko‘z yosh yo‘llari bir-biriga bog‘liq bo‘lgani uchun burun shilliq qavatining yallig‘lanishi ko‘zlarning yoshlanishiga olib keladi. Ko‘zlarda kuchli qizarish, yiringli ajralma yoki qovoqlarning yopishib qolishi kuzatilsa, kon’yunktivit ehtimoli bor. Bolalardagi shamollash odatda viruslar sababli yuzaga keladi va belgilar asta-sekin, odatda 2–3 kun ichida kuchayadi. @prikormbyjasmina

  • Shamollashning asosiy belgilari Burun oqishi Burun bitishi Aksirish Yo'tal Tomoq og'rigi Isitma Holsizlik, lanjlik Ishtahaning pasayishi Bosh og'rig'i Ko'zlar yoshlanishi @prikormbyjasmina

  • Heyy,there!!! Va nihoyat vaqt topib bugun sizlar uchun “Shamollashni toʻgʻri davolayapmiz” vebinarda postlar yozaman. Hali toʻliq tugatmabman, hozirgacha kerakli ma’lumotlarni tashab boraman. @prikormbyjasmina

  • 13 авг.5915из hodophileers

    Bir kuni doktor bobomga qarab: — “Siz juda kuchli insonsiz. O‘tkir buyrak yetishmovchiligida bunday natijaga erishib, hayotini davom ettirayotganlar juda kam. Siz eng baxtli insonlardan ekansiz”, — dedi. Bobom esa o‘ylamay: — “Meni shu darajaga olib kelgan — buvisi. U meni bir soniyaga ham yolg‘iz qoldirmaydi, hech kimga ishonmay o‘zi qaraydi. U bo‘lmaganida, men allaqachon o‘lib ketgan bo‘lardim…”dedilar. Shu gapni eshitib, ko‘zlarimga yosh keldi… Demak, men shu paytgacha sevgining asl ma’nosini to‘liq anglamagan ekanman.Haqiqiy sevgi — faqat yoshlikdagi gullar, sovg‘alar va chiroyli so‘zlar emas ekan. Haqiqiy sevgi — 70 yoshda ham juftingni bir soniyaga yolg‘iz qoldirmaslik. Uning dardini o‘z dardingdek his qilish. Uni hech kimga ishonmay, o‘zing asrash. Butun dunyoni bersalar ham, uni hech narsaga alishmaslik ekan… ❤️ Allohim, bobom bilan buvimning umrlarini uzoq, sog‘liklarini mustahkam qilsin. 🤲 Shunday sevgiga qarab, qarilikdan emas, birga qarimaslikdan qo‘rqish kerakligini tushunasan…

  • без подписи

  • Breakfast Dinner ideas✨✨✨✨ @prikormbyjasmina

  • без подписи

  • Nonushta ✨ 1,7 months old 1.Bananli pankeyk (eeeeng sevimlisi) 2. Tvorog 3. Ovsyanka kasha @prikormbyjasmina

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Baby uchun shunaqa montessesor mebellar tanlayabman. Juda ham chiroyli-a? Yozni deyarli ko‘chada o‘tkazdik — sayr, toza havo, o‘yinlar.Endi havo salqinlashgani uchun vaqtimizning ko‘proq qismi indoor o‘tadi. Menimcha, bolani gadgetlarga bog‘lanib qolishdan asrashning eng yaxshi yo‘llaridan biri unga komfort, qiziqarli va o‘ziga mos muhit yaratib berish. @prikormbyjasmina

  • #PEDIATRIYA INFANTIL KOLIKA 1. TA’RIFI Infantil kolika — sog’lom va normal rivojlanayotgan 5 oylikkacha bo’lgan chaqaloqlarda sababsiz, uzoq davom etuvchi va takrorlanuvchi yig’lash xurujlari bilan kechadigan funksional ichak buzilishidir. Rome IV mezonlari 5 oylikkacha bo’lgan chaqaloqda: uzoq davom etuvchi yig’lash; tinchlantirish qiyin; organik kasallik aniqlanmaydi; vazni normal ortadi; rivojlanishi normal. Kolika odatda 2–3 haftalikda boshlanadi, 6–8 haftada eng yuqori cho’qqiga chiqadi, 3–4 oylikda kamayadi va 5 oylikgacha yo’qoladi. ⸻ 2. EPIDEMIOLOGIYASI Chaqaloqlarning 15–25 % ida uchraydi. O’g’il va qiz bolalarda bir xil. Emiziladigan va sun’iy oziqlanadigan bolalarda uchrashi deyarli bir xil. Dunyo bo’yicha eng ko’p pediatrga murojaat qilish sabablaridan biri. ⸻ 3. ETIOLOGIYASI Aniq sabab hozirgacha to’liq isbotlanmagan. Taxmin qilinayotgan omillar: Ichak mikrobiotasining o’zgarishi. Ichak motorikasining yetilmaganligi. Gaz hosil bo’lishining ortishi. Visseral gipersezgirlik. Ichak nerv tizimining yetilmaganligi. Ota-onaning stressi. Sigir suti oqsiliga allergiya (kam hollarda). ⸻ 4. PATOGENEZI Ovqatlanish ↓ Ichak motorikasi va mikrobiota muvozanati buzilishi ↓ Gaz va ichak spazmi ↓ Visseral og’riq ↓ Kuchli yig’lash ↓ Ko’proq havo yutish ↓ Gaz yanada ko’payadi ↓ Yig’lash davom etadi “Yig’lash — gaz — yana yig’lash” aylanishi hosil bo’ladi. ⸻ 5. KLINIKASI Asosiy belgilar: Kechki payt kuchayuvchi yig’lash. Oyoqlarini qorniga tortadi. Qorni taranglashadi. Gaz chiqaradi. Yuzi qizaradi. Mushtlarini qisadi. Tinchlantirish qiyin. Yig’lashdan keyin odatda tinchlanadi. Vazni yaxshi ortadi. ⸻ 6. XAVF OMILLARI Birinchi farzand. Ota-onadagi kuchli stress. Homiladorlik davrida chekish. Passiv tamaki tutuni. Noto’g’ri ovqatlantirish. Aerofagiya. Erta antibiotiklar. Ichak mikrobiotasining buzilishi. ⸻ 7. DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI Infantil kolikani quyidagilardan farqlash kerak: Gastroezofageal reflyuks (GERD) qusish; ovqatdan bosh tortish; vazn ortmasligi. Sigir suti oqsiliga allergiya ekzema; qonli najas; diareya. Ichak invaginatsiyasi kuchli og’riq; qonli najas. Siydik yo’llari infeksiyasi isitma; bezovtalik. Otit qulog’ini ushlashi; isitma. Inguinal churra chovda shish. Ichak tutilishi safro aralash qusish; qorin dam. ⸻ 8. XAVF BELGILARI (RED FLAGS) Quyidagilar bo’lsa, kolika deb hisoblamang: Isitma. Safro aralash qusish. Qonli najas. Vazn ortmasligi. Letargiya. Nafas buzilishi. Tutqanoq. Kuchli qorin shishi. Doimiy qusish. Yig’lashning 5 oylikdan keyin boshlanishi. Bu holatlar shoshilinch tekshiruvni talab qiladi. ⸻ 9. DAVOLASH 1-bosqich Ota-onani tinchlantirish. Kolika vaqtinchalik holat ekanligini tushuntirish. ⸻ 2-bosqich Ovqatlantirish texnikasini to’g’rilash. ko’p ovqatlantirmaslik; emizish holatini to’g’rilash; havo yutishini kamaytirish. ⸻ 3-bosqich Ko’krak suti bilan oziqlantirishni davom ettirish. Sun’iy ovqatlanadigan bolalarda faqat shifokor tavsiyasi bilan formula almashtiriladi. ⸻ 4-bosqich Ba’zi hollarda: Lactobacillus reuteri DSM 17938 (faqat ayrim emizikli bolalarda foydasi ko’rsatilgan). Sigir suti oqsiliga allergiyadan shubha qilinsa — 2–4 haftalik eliminatsion dieta yoki keng gidrolizlangan formula. ESPGHAN tavsiyasi: simetikon, proton nasosi ingibitorlari va boshqa dorilarni barcha kolikali chaqaloqlarga muntazam tavsiya etmaydi. ⸻ 10. PROGNOZI ✅ Juda yaxshi. 6–8 haftada kuchayadi. 3–4 oyda kamayadi. 5 oyga borib deyarli yo’qoladi. Kelajakdagi rivojlanishga salbiy ta’sir qilmaydi. Cpr. DrOlmosov