SamDU, Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti rasmiy kanali
СтатистикаPsixologiya va ISFF
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 93
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 245
- 1/48двое суток
- 280
- 1/72трое суток
- 302
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
✅✅✅ “Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi. ❗️Testni ishlash uchun botga rasmdagidek /start bosib, keyin “Testlarni ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish 🔹Bugungi testlarni ishlash soat 21:00 da yakunlanadi. Ertaga ham 50 ta test ishlash kerak bo‘ladi. Agar referal yetarli emas deb chiqsa, bugun ham referal yig‘ish mumkin. 🔹Bugun va ertangi jami 100 ta testdan kamida 44 ball yig‘gan ishtirokchilar QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!
#Eʼlon #Tanlov 🗣Ijodiy ishlar tanloviga qabul muddati uzaytirildi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida e’lon qilingan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi. ↪️Eslatib o‘tamiz, tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 📋 Tanlov nizomi 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
#kiberogohlik #Xavfsiz_va_sogʻlom_yurt Talabalar va ijarada yashash maqsadida xonadon qidirayotganlar diqqatiga! So'nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda "juda arzon va shinam xonadon" nomi ostida yolg'on e'lonlar ko'payib bormoqda. Videoni diqqat bilan ko‘ring va ogoh bo‘ling! Website | Telegram |Facebook |Instagram | Youtube
Ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash bo‘yicha komissiyalar bayonnomalari Samarqand davlat universitetida talabalarga ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash jarayoni doirasida Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha komissiya hamda Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya tomonidan rasmiylashtirilgan bayonnomalar. Yuklash: 👉 https://www.samdu.uz/uz/announcements/65161 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐 Samarqandim.uz|✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹You tube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
📌 Samarqand davlat universitetida talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida talabalar turar joylari (yotoqxonalar) va ijarada yashash masalalari bo‘yicha Ma’lumotlar markazi faoliyat boshladi. Mazkur markazda talabalarni turar joy bilan ta’minlash hamda shu bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi. Kelib tushgan murojaatlar mas’ul xodimlar, tyutorlar va ko‘ngillilar (volontyorlar) tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularga tezkor amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘riladi. 📌 Ma’lumot uchun: Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjatlar to‘plab, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi "Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish" xizmati orqali murojaat qilish kifoya. 🔗 https://my.gov.uz/uz/service/get/870 Qo‘shimcha ma’lumot: 🔗 https://t.me/MyGovUz/3959 Ariza ma’qullangach, talabaga elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilganidan so‘ng esa uning turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olingani haqidagi qayd varaqasi shakllantiriladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada belgilangan muddat yakuniga qadar amal qiladi. 📍 Joylashuv: https://maps.google.com/maps?q=39.651431,66.963985&ll=39.651431,66.963985&z=16 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐 Samarqandim.uz|✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹You tube
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🏛 Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi mumkin. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
Samarqand davlat universiteti amaliy psixologiya kafedrasi dotsenti Sadriddin Nasimovning "Mehnat va muhandislik psixologiyasi" nomli o'quv qo'llanmasi nashr etildi... ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐 Samarqandim.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 You tube
без подписи
без подписи
без подписи
Samarqand davlat universitetining professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari hamda talabalari Turkiyada tashkil etilgan "2026 Türkiye Summer School" xalqaro yozgi ta'lim dasturida ishtirok etmoqda. Dastur davomida ishtirokchilar turk tili va madaniyati, islom sivilizatsiyasi, tarix hamda zamonaviy ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadilar. Shuningdek, ular xalqaro tajriba almashish, xorijiy oliy ta'lim muassasalari vakillari bilan ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mazkur xalqaro ta'lim dasturida ishtirok etish professor-o‘qituvchilar, talabalar va yosh tadqiqotchilarning bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish, xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Samarqand davlat universitetining xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐 Samarqandim.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 You tube
❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. 👉 @xushnudbek 👈
📌 Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin? ✅ Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin: ✅yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi: 👉 ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar; 👉 chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar); 👉 mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari; 👉 hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar. ✅ umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi: 👉 umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari; 👉 vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga. 📲"SamDU Yoshlari"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | Facebook
⚡️ GPA nima va nega u muhim? Ko‘pchilik GPA haqida faqat grant tanlovi boshlanganda eslaydi. Aslida esa GPA — talabalik davridagi eng muhim ko‘rsatkichlardan biri. 🎓 GPA (Grade Point Average) — bu siz barcha fanlardan olgan baholaringizning o‘rtacha reytingi. U odatda 4 ballik tizim asosida hisoblanadi. Masalan: 🔹 4.0 — aʼlo natija; 🔹 3.5+ — juda yaxshi; 🔹 3.0 — yaxshi; 🔹 3.0 dan past — ko‘plab imkoniyatlarni cheklashi mumkin. 📌 GPA nima uchun muhim? ✅ Davlat granti va grant-kontrakt tanlovlarida ishtirok etish uchun; ✅ Magistratura va doktoranturaga qabulda; ✅ Xorijiy universitetlarga o‘qishga topshirishda; ✅ Turli stipendiya va akademik almashinuv dasturlarida; ✅ Ayrim ish beruvchilar tomonidan nomzodlarni baholashda. ⚠️ Esda tuting: Bir semestrdagi past baholar GPAʼni tushirib yuborishi va kelajakdagi ko‘plab imkoniyatlardan mahrum qilishi mumkin. 🎯 Shuning uchun GPA haqida faqat bitiruv oldidan emas, 1-kursdan boshlab qayg‘urish kerak. Bugungi baholaringiz ertangi imkoniyatlaringizni belgilaydi. 📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | Facebook