tgindex
QALAM VA QONUN

QALAM VA QONUN

Статистика

Kanal egasi: @Advokat_Azizova

Последний пост
20 мар.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
197
−3 за 4 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 786
20 постов
Вовлечённость
906,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 20 мар.1 392810

    DARAXTNI TORTMANG, ILDIZINI SUG'ORING. 🌱 Ota-ona: — Bolam qachon natija qiladi?! Hayot: — Endi ekilgan daraxtni qulog‘idan tortib o‘stirib berishni iloji yo'q!... 🌱 Ba’zi ota-onalar bor… urug‘ni bugun ekadi-da, ertaga soyasida dam olishni xohlaydi. Bola — daraxt emas… lekin daraxtdan ham nozik. Uni tortib o‘stirib bo‘lmaydi. Uni faqat parvarishlab, kutib, sabr bilan ulg‘aytiriladi. Ko‘pincha aytamiz: “Dangkasasan!” Lekin bir lahza to‘xtab o‘ylab ko‘rdikmi?.. Balki u dangasa emasdir… balki uning miyasi noto‘g‘ri metodikaga qarshi isyon qilayotgandir. Telefon kodini ketma-ket xato tersangiz — u blok bo‘ladi. Qanchalik urinsangiz ham — ochilmaydi. Bola miyasi ham xuddi shunday. Siz: — “Yana o‘qi!” — “Yana takrorla!” — “Yana yodla!” deganingiz sari… u ichidan “blok” qo‘yadi. Ilm — bu majburiyat emas. Ilm — bu muhabbat. Muhabbat esa… qichqiriq bilan emas, mehr bilan uyg‘onadi. Ota-onalar o‘ylashadi: “Qo‘liga kitob oldi — bo‘ldi, dahoga aylandi.” Yo‘q… Kitobni ochish — boshlanish. Kitobni sevish — mo‘’jiza. Har bir bola ichida bir nur bor. Ba’zilar uni shamol bilan o‘chiradi…ba’zilar esa sabr bilan yoqadi. Siz qaysisiz?.. P/S: Har bir jumla o'zimning 5 yoshli bolamga ingliz tilini yodlatayotib hayotimdan kechirganlarim asnosida yozildi! Ilm yo'li katta sabrni talab qiladi! @QALAMVAQONUN

  • 14 февр.1 68059

    💳 OMAD — badali oldindan to‘langan MEHNATNING kechikib kelgan CHEKIDIR. 🌙 Omad — kechasi hech kim ko‘rmayotgan paytda to‘langan badallar yig‘indisi. 📖 Omad — ko‘z yosh bilan o‘qilgan sahifalarning tovon puli. 😓 Omad — charchoq ustiga yana turib ketishning mukofoti. 🔥 Omad — badali to‘lanmagan mehnatlarning bir kun kelib jamlanib, bir martada qo‘linga tutqizilishi. 🧑‍🧒‍🧒 ULAR natijani ko‘radi. ❤️‍🔥 SEN esa jarayonni yashading. Ba’zan achchiq. Ba’zan og‘riqli. Ba’zan hech kim bilmagan holda… 🤕 Bitta savol uchun yuz marta urilgan boshni hech kim ko‘rmaydi. Ular faqat natijani ko‘radi. Va deydi: — “Voy, qanday omadli…” @QALAMVAQONUN

  • 12 февр.2 0521515

    ICHINGDAGI 4 FASL! 🌦 Haqiqatki, abituriyentlik ruhiyatining ob-havosiga hamma ham chidolmaydi… 🔥 Ba’zan u yozdek kuyadi. Ichida shunday issiq yonadiki — 30/30 qilaman! deb kitobni quchoqlab uxlaydi. 📚✨ ❄️ Ba’zan esa qish kiradi. Qo‘llari soviydi. Sahifalar muzlaydi. Kitob bir chetga uchadi… “Men charchadim…” 😔 🍂 Ba’zan kuz. Sokin. Mayus. “ Kech emasmikan?” degan savol bargdek yuragidan uzilib tushadi… 🍁 🌸 Ba’zan bahor. Birdan ishonch gullaydi. Bir modda tushunarli bo‘ladi — va u o‘zini yengib bo‘lgandek his qiladi. 🌷📖 🎓 Abituriyent — bu shunchaki o‘quvchi emas. U har kuni ichida fasl almashtiradigan mitti inson! … Ammo… 🌤 ☀️ Osmonda fasllar o‘zgaradi. Lekin quyosh bir joyda turadi. Agar maqsading quyosh bo‘lsa — 🔥 issiq ham, ❄️ sovuq ham, 🍂 kuz ham, 🌸 bahor ham o‘tadi. 🤍 Sabr qil. Ruhingdagi ob-havo emas — qaroring seni YURIST qiladi. ⚖️✨ @QALAMVAQONUN

  • 6 февр.1 7322615

    ONAM: Ha qaysaraa.... Qaysarlar, yaqinroq o‘tiraylik. Abituriyent qalbining ichidan keladigan: “Men TDYUga loyiqman” degan signal. Senga ham aytishgan bo‘lishi mumkin: — “Bu qaysarliging seni yiqitadi.” — “Shunchaki boshqa joyga topshira qol.” — “Bunaqa yopishib olish ahmoqlik.” — “Shukr qil, qo‘lingdan kelgani shu.” Va sen asta-sekin o‘zingga shubha qila boshlagansan. Qaysarligingni xato deb o‘ylagansan. Go‘yo aynan shu qaysarlik boshingga yetgandek… Ammo haqiqat boshqa. TDYUga kiraman degan qaysarlik — bu injiqlik emas. Bu — ongning: “Men bundan PASTIGA tushmayman” degan ichki chegarasi. Qaysarlik — seni og‘ir yo‘lga boshlaydi, lekin to‘g‘ri yo‘lga ham aynan u boshlaydi. Hamma oson yo‘lni tanlayotganda, sen murakkabini tanlaysan. Hamma “bo‘ldi” deyotganda, sen “hali emas” deysan. Va bilasanmi eng achchiq joyi qayeri? Ko‘pchilik o‘yin boshidayoq charchab qoladi. Taslim bo‘ladi. Keyin esa yelkasini qisib yuradi: “Nasib qilmadi.” Aslida esa nasib emas — qaror yetishmagan bo‘ladi. Agar ichingda hali ham bir ovoz bo‘lsa: “Men baribir TDYUga kiraman” .....demak, bu ovozni o‘chirma. Chunki ba’zan qaysarlik — bu imkon. O‘zingga bo‘lgan imkon. TDYUga kirganlar bilasanmi eng kuchlilari emas gohida, oxirigacha qaysarlikni saqlab qolganlardir. Agar sen ham shular jumlasidan bo‘lsang — o‘rning tayyor. Faqat yo‘lni oxirigacha yur. Davomi bor... @QALAMVAQONUN

  • 24 окт.1 483159

    DADA... Siz JIM turib sevishning, fido bo'lib MEHR ko‘rsatishning eng buyuk namunasisiz. DADA sizsiz hayotim... Borligingizda ba'zan qadringizni bilmasman, lekin siz yo'q bo'lsangiz osmonim qulab tushadi. DADA SIZNI YAXSHI KO'RAMAN!! Bir Advokat_xonim qizingiz sizni juda yaxshi ko'radi! ❤️ @QALAMVAQONUN

  • OTA.... "O‘qigin!" degan so‘zida, butun ORZUSI yashiringan aslida!

  • ❓ “Ustoz, men o‘qishga kira olamanmi?” — “Bolam, agar sening qalbingda shubha bo‘lsa, u seni yeb qo‘yadi. Chunki shubha — bu eshikni taqillatib, ichkariga kirishga qo‘rqishdir. Iymon esa, shu eshikni ochib ichkariga dadil kirishdir.” 🕌 Iymon g‘alabaga olib keladi, shubha esa mag‘lubiyatga. 🌪 To‘siqlar keladimi? Ha, keladi! Ammo ular seni sindirish uchun emas, seni mustahkamlash uchun keladi. 🔥 Agar ishingni Allohga topshirib harakat qilsang, u har bir qadamda yordam beradi. ⸻ 💡 Qadrli abituriyent! Shubhalanishni bas qil. Alloh sening mehnatingni ko‘rib turibdi. U sening tunlaringni, sabrlaringni va ko‘z yoshlaringni behuda qoldirmaydi. 👣 Qadam tashla. To‘siqlarni yeng. Iymon bilan yurgan odam uchun imtihon — faqatgina ko‘tarilish zinasi. ⸻ 🤲🏻 Duo qil, sabr qil, mehnat qil. 📋 Shunda sening ism-sharifing ham natijalar ro‘yxatida porlab turadi!!! @QALAMVAQONUN

  • 4 сент. 2025 г.1 091101из metodik_formula

    🌊 Hayot meni hech qachon tinch qo‘ymaydi. Go‘yo ataylab qilgandek, har safar bir maqsad qo‘ysam, darrov sinovlarini yuboradi. ⚡ Komfort zonaga o‘ralib qolmasligim uchun, o‘zimni bemalol his qilmasligim uchun, meni yana va yana po‘rtana ichiga tashlaydi. ⸻ 😔 Ba'zida hayron qolaman: ❓ Nega har bir orzu ortidan albatta azob keladi? ❓ Nega maqsad bilan birga dovul ham keladi? ⸻ 🔥 Lekin shu azob, shu alam ichimdagi TUG'YONNI TIRILTIRADI. Shu sinovlar menga kuch beradi. Shu mashaqqatlar ichida men kurashaman, yiqilaman, qonim to‘kiladi, ammo azartim uyg‘onadi va yana tiklanaman. ✅ Pirovardida maqsadga erishganimni ham bilmay qolaman. 🌊 Maqsad bajarilgach esa hammasi sokin daryodek tinadi. Go‘yo oqim o‘zi meni sekingina qirg‘oqqa chiqarib qo‘yadi. ⸻ ⏳ Ammo baribir tinchlik uzoqqa cho‘zilmaydi. Yangi maqsad tug‘ilishi bilan yana sinovlar ketma-ket kelaveradi. Men yana o‘sha po‘rtanaga tashlanaman. 💢 Yana alam, yana kurash, yana tirishish… Men shu kurashdan zavq olaman. ❤️ Shu og‘riqlardan ruhim mazza qiladi. ⸻ 👨‍👩‍👧 Ota-ona qizim uyda bemalol yotib serial ko‘rib yeb-ichib dunyoda yashayapti deb maqtanmaydiku. Lekin shunday deydi: 🌟 “Qizim mashaqqat ila ulkan markaz bunyod qildi. Minglab o‘quvchilarga ta’lim berdi. Tunlari bedor bo‘lib, halol rizq topish yo‘lida o‘zini qurbon qildi. Jamoasiga halol oylik ulashishga sababchi bo‘ldi.” ⸻ 🌌 Hayot, sen po‘rtana daryosan. Mitti jonimni himoyasiz qayiqdek bag‘ringda to‘lqin-to‘lqin urasan. Balki bilasan: bu qizcha ulkan maqsadlarni o‘z gavdasi bilan ko‘tara olmaydi. Balki shuning uchun meni yana azoblaysan. 💪 Ammo men sening sinovlaringdan kuch olaman. Sen meni sindirmaysan, balki shakllantirasan. ⸻ 🖋 Agar imkonim bo‘lganida — men eng kuchli ijodkor bo‘lardim. 📖 Tarix zarvaraqlarida qoladigan asarlar bitardim. 🌠 Balki hali mavridi kelar… Balki hali qalamimning eng og‘ir so‘zi dunyoni larzaga solishga ulgurar. P/S: Har so'zi Ustozingizning hayot yo'lidan olindi.

  • 💔 Ularning og‘rig‘i — natija yo‘qligida emas. 🔥 Ularning og‘rig‘i — kuchi borligini bilib turib, o‘sha kuchni yetkazib chiqara olmaslikda. @QALAMVAQONUN

  • TDYU!?.... Ha, men unga ILHAQMAN. Lekin… ILHAQLIK degani — yuragingda bir eshik ochiq qolishi degani. TDYUga ilhaq bo‘lgan yurak — na o‘zini tinchitadi, na o‘sha dargohni unutadi. Bu — orzuni Alloh bergan. Bu — siz tanlagan yo‘l emas, siz uchun tanlangan yo‘l. Men TDYUga ilhaqman. Na kirgan Universitetimga o‘rgana oldim, na TDYUdan voz kecha oldim.... Bu muhabbat emas — bu ruhimni mendan qarzi. TDYU men uchun — nafaqat Universitet... Bu, bu...— mening ko‘z yoshim. O‘zim bilan o‘tkazgan soat 02:47 larim, qorni och qolib, ammo kitobni yopmay uxlagan tunlarim. Shu sabab, har gal kitob o‘qisam — yuragim TDYU zalida o‘tirgandek bo‘ladi. Har gal savolga javob bersam — go‘yoki o‘sha qizil rangdagi kafedrada turgandek his qilaman. “Men TDYUni tanlaganim yo‘q. U meni tanladi” desam — ko‘pchilik kuladi. Lekin ular qayerdan bilsin… Ko‘ngil bilan sevgan odamni faqat Alloh sinaydi. P/S: TDYUga kirishni juda istab ilhaq qolgan bir o'quvchimning nigohi ijodga undadi! Advokat_xonim kundaliklari @QALAMVAQONUN

  • Menga sen kerak — xuddi yulduzga kecha kerak bo‘lgandek. Sensiz porlashimga maydon yo‘q. Menga sen kerak — xuddi qalamga siyoh kerak bo‘lgandek. Sensiz so‘zlarim chala, hikoyam yarimta! Advokat_xonim kundaliklaridan... @QALAMVAQONUN

  • 🕯 Tananing miyaga savoli — Nega tinch qo‘ymaysan meni? Har kun o‘zim bilan kurashaman. “Bo‘ldi, yetar. Ojizasan. Ayolsan. Onasan. Uy bekasisan. To‘xta…” — deyman. Ko‘chada och qolayotganim yo‘q. Turmush o‘rtog‘im toparmon, tutarmon. Farzandlarim bor, uylim bor. Ishim bor, sevgan kasbim bor. Ammo ichimda bir olov… Bir ovoz: “Yugur! Qil! Yetkaz! O'qi!” — deydi. Kechalari miyam bir soniya ham o‘chmaydi. “Yana nimadir qilish kerak… Yana, yana…” Shu savollar qiynadi, yedi. Ozib-to‘zib cho‘p bo‘lib qolganman. Mol-dunyoga o‘ch emasman. Tilla istamayman. Kiyim-kechak — to erim olib bermaguncha esimga kelmaydi. Qo‘limdagi uzukni ham kechagina u olib berdi. Avtobusdan avtobusga yuraman, ammo qo‘limdan millionlar aylanadi. Hashamatga ko‘nglim yo‘q. Bir burda qora non yeb, suv bo‘yida o‘tirish — mening bayramim. Maqtanishga, kibrga o‘ch emasman. Agar shunday bo‘lganimda… O‘zimni qora terga botadigan, sochimni oqartiradigan, asabimni yeydigan, o‘zligimni unutdiradigan ta’lim sohasida topmasdim. 80 ming obunachi..Yo‘q… bloger bo‘lib, ikki og‘iz chiroyli so‘z bilan millionlab obunachiga erishib, maqtovlar ichida yashashim mumkin edi. Ammo maqsadim nima? Nega bir zum miyam o‘chmaydi, Shalola? “Bo‘ldi, ayolligingni his qil. Endi ojiza bo‘lib yashagin”, — deganimda… Nega meni yana tinch uxlatmaysan, ey joning halak bo‘lgan ichki ovoz?

  • KURASHIB CHARCHADIM!🥺

  • Ushbu postni tunda yig'lab yig'lab yozganman va har bir talabaning har bir abituriyentning dildagi so'zlari go'yo... Bu qo'shiq so'zlari esa postimga "jon" bergandek go'yo. Naqadar betakror ijro. Onam kasalman demang Bolam kasalman demang Holi yomonman demang Ado bo'laman Jon-u jahonim mening Guli rayhonim mening So'lib borayapman demang Tamom bo'laman Ko'zlarimning nurisiz Siz qalbimning to'risiz Olam aro mehrda Onalar mashhurisiz Advokat_xonim kundaliklari Instagrami yo'qlar so'rashdi rosa. Shunga tashladim. @Metodik_formula

  • 9 авг. 2025 г.54881из metodik_formula

    🔥 Bir narsadan juda achchiqlanyapman… Hozir juda ko‘p o‘quv markazlaridan o‘quvchilar yoppasiga mening kursimga yog‘ilib kelmoqda. Sababini tushunyapsizmi? 📌 Chunki otning kallasidan qiymat qo‘yib, lekin: ❌ Na metodika, ❌ Na oson yodda saqlash texnikasi, ❌ Na xorijiy tajriba, ❌ Na pedagogik mahorat, ❌ Na bola bilan ishlash, uning tilida tushuntirish usuli, ❌ Na qiyin ma’lumotni kalit so‘zlar, belgilar orqali yengillashtirish yo‘li bor… Shunchaki kitobdan 4 dona gapni o‘qib berib, “dars berdim” deydiganlar ko‘payib ketdi. ⸻ 💬 Iltimos, sal o‘z ustingizda ishlang! 📚 Kitobdan o‘qib berish o‘rniga, uyda o‘zingiz doska oldida avvalo o‘zingizga dars o‘ting. 🎯 Bolaga bilimni yetkazish texnikalarini o‘rganing. 🌍 Pedagogik mahoratingizni xalqaro tajribalar bilan oshiring — kurslar bor, YouTube’da bepul darslar bor. Kitobni ochvolib Quruq “g‘o‘ng‘illab” o‘qib berish va 4 ta motivatsiya berib vaqt o'tkazish “dars” deb atalmaydi. ⸻ 👩‍🎓 Abituriyent sizga umid ko‘zi bilan keladi. U “daromad” manbai emas — u bola sizga bir yil umrini ishonib topshiradi. “Ustoz” degan nomga dog‘ tushirmang‼️‼️‼️‼️ 📌 PEDAGOG — ta’lim va tarbiyani uyg‘unlashtirgan, — zamonaviy o‘qitish metodikasiga ega, — o‘z texnikasi, o‘z usuli, o‘z tizimi bo‘lgan ustozdir. Quruq kitobni xonada o‘qib berib, “uyda yodlab kel” deyish — bu dars emas. Uni bola o‘zi ham uyda eplaydi! ⸻ ⚡ Va bu mening shaxsiy fikrim. Lekin shuni bilib qo‘ying — bu so‘zlarni Respublikada yagona o‘z o‘qitish metodikasiga ega, natijalari o‘zi gapirib turgan ustoz yozmoqda. Bunga haqqim bor deb o'ylayman va shunga e'tirozingiz bo'lsa mana maydon ZARINGIZ va ZO'RINGIZ bo'lsa ham "tashash" va kerak bo'lsa bilim borasida "JOYINGIZGA" o'tkizib qoyishga o'zimga ishonaman Allohga shukur. Allohning fazli ila kechayu kunduz ilm ketidaman. Boshqalar tahlildan nariga o‘tolmay yurgan paytda, men: 📹 2 soatlab jonli dars o‘tib berib butun auditoriyani "jimm" qo'yganman kanalni o'zida. 💡 Ijtimoiy tarmoqlarda metodikalarni uyg‘unlashtiraman, 🎥 Kitob yoki boshqa manbadan foydalanmasdan, soatlab kamera qarshisida videolar yozganman. Men kecha kirib kelgan, “dars o‘tyapman” deb yurgan, tajribasiz, ilmsiz, qonunning ko‘chasiga yo‘lamagan bir shaxs emasman. Va ushbu postimni to'g'ri ma'nida qabul qiling. ABITURIYENTning haqqiga xiyonat qilmang. Mehr bering, Alloh o'n baravar qilib qaytaradi InshaOlloh! ⸻ Muallif: Advokat_Azizova @METODIK_FORMULA

  • 8 авг. 2025 г.4714из metodik_formula

    Markazimda hozir remont. Men uyimda… u esa — Markazimda. Men sizga post yozayapman, u devorga rang surtyapti. Men kursga metodika tuzyapman, u ustalar orasida gapga ustalik qilyapti. Men dars rejasini qilyapman, u bozor oralab kraska tanlab horigan. Ichimdan duo qilaman: Allohim, shunday shogirdlarni asra. Yuraklaridagi halollik va fidoyilikni hech o‘chirib qo‘yma. Orzulariga, niyatlariga yetkazgin. Ba’zi odamlar ustoziga so‘z bilan xizmat qiladi. Ba’zilar esa — umridan vaqt yulib, yuragidan joy berib xizmat qiladi. "Ustozimning ishini bitiraman” deydi. Ana shundaylar — ustozning haqiqiy duosini oladi. Ba’zi shogirdlar “Ustozim, ustozim” deb minbardan tushmaydi — ammo orqada g‘iybatni yeydi. Allohim… Ustoziga qilgan xizmatini O‘zing qaytar, O‘zing orzulariga yo‘l och, qo‘liga kalit tutqaz, yuragiga shodlikni to‘ldir. Jannatlar bilan siylagin! Ustozning duosini olish — bu diplom emas, sertifikat emas… Bu — hayotdan oladigan eng yirik mukofotingdir! 08.08.2025 Ushbu sana va ushbu video shu yerda qolsin. 08.08.2026 yilda eslab shodlanishimiz uchun InshaOlloh! @Metodik_formula

  • YODDA SAQLASHNi kuchaytiruvchi 7 ta XALQARO tan olingan usul 1. 🧠 “Visualization” – Tasavvur orqali yodlash Prinsip: Qiyin qonun matnini ham tasvirga aylantirib miyaga “kino” kabi solasiz. Masalan: “Konstitutsiyaning 27-moddasida 48 soat ushlab turishda, o'rtog'ingizni asossiz ushlab turishgani va sizga umid bilan boqayotgani misolida vahk. ⸻ 2. 🧩 Memory Palace (Xotira saroyi) usuli Prinsip: Tanish joylarga ma’lumotlarni “joylashtirib” yodlaysiz. Masalan, uyingizdagi har bir xona — bitta Qonun aylanadi. Yoki shkaf, muzlatkich, televizor har bir moddalar... 📍 Xotira chempionlari shu usul bilan 500 ta raqamni 5 daqiqada yodlaydi. ⸻ 3. 📈 Feynman texnikasi (4 bosqichli o‘zlashtirish metodi) 1. O‘rgan 2. Bolaga tushuntirgandek soddalashtirib yoz 3. Tushunmagan joyingni aniqla 4. Soddalashtirib qayta yoz 👉 Bu metod mavzuni tushunmagan holda yod olishning oldini oladi. ⸻ 4. ⏱ Pomodoro + Spaced Repetition (interval yodlash) • 25 daqiqa o‘qiysiz, 5 daqiqa dam olasiz. • Ma’lumotni 1 kun, 3 kun, 7 kun, 1 oyda takrorlaysiz. 📌 Bu Ebbinghaus unutilish egrisiga qarshi kurashadi. Yodlangan narsa uzoq saqlanadi. ⸻ 5. 🧩 Chunking – Ma’lumotni bo‘laklash O‘rganilayotgan matnni kichik qismlarga bo‘lib, har birini alohida o‘zlashtirish. 📘 Misol: “Jinoyat Kodeksining 3-moddasi”ni bitta modda emas, 3 kichik bo‘lakka ajratib yod olish. ⸻ 6. 🎤 Active Recall – Faol eslash Matnni qayta o‘qish emas, o‘zingizga savol berish va eslash orqali mashq qiling. 🧠 Bu passiv o‘qishdan 2 barobar samaraliroq. ⸻ 7. 🎵 Assotsiatsiya va Ritim She’r, qo‘shiq, kulgili bog‘liqliklar orqali murakkab matnni esda qoldirish. 🎧 Misol: “Fuqarolik kodeksining 27-moddasi”ni rap yoki she’r tarzida aytib eslab qolish. Xullaski, Respublikada o'quvchilarimizning birinchi bo'lish sirlaridan biri Advokat_xonimning mana shunday usullardan o'nlabini o'z dars jarayonlarida qo'llashidir. 🟨 Qisqacha xulosa: • O‘qishni tezlashtirish — bu texnika. • Yodda saqlash — bu strategiya. • O‘qilganini unutmaslik — bu esa tizim va mashq bilan bo‘ladi. OFFLINE kurslarimizga tashrif buyuring va kanalimizdan yiroqlashmang. Muallif: "Advokat xonim" (@Advokat_Azizova) @QALAMVAQONUN

  • 📘 O‘quvchiga darslikni yodlashni emas, darslik ichida yashashni o‘rgatish kerak. Chunki: 🔹 Tarixni darslikda emas — yurakda sezgan bola VATANPARVAR bo‘ladi. 🔹 Konstitutsiyani yodlagan emas — his qilgan bola ODIL bo‘ladi. 🔹 Qonunni tushungan emas — yuragiga singdirgan bola INSON bo‘ladi. ⸻ 📚 Ijodni formula qilib berib bo‘lmaydi. Ammo qalbga singdira olamiz. Ustoz — dars emas, ruh beradi. Chunki… Ba’zi bilimlar qog‘ozda emas — QON tomirlarda oqishi kerak. 🌿 Ba’zan bola modda yodlab kirmaydi — ko‘zida chaqnagan adolat orzusi bilan kiradi. 📍Dars emas… hayot kerak unga. Kitob emas… yurakda yonayotgan nur kerak unga. Kaminaning online kurslari ham ba'zi o'quvchilarimizning ko'zida "uchqun" yoqqan edi. Muallif: "Advokat xonim" (@Advokat_Azizova) @QALAMVAQONUN

  • 🎭 “Ko‘z uchun” KURSLAR… Yoshlikdan bizga o‘rgatilgan: 📌 Tadbir bo‘lsa javonda chang bosgan eng qimmat idishlarni ol— odamlar ko‘zi uchun. 📌 Bahoni ol — ikki enlik kundalikni to'ldirish uchun 📌 Institut tanla — qo‘shni qiz turmushga chiqib ketdi, sen ham odam bo‘lgin, deganlar uchun. 📌 To‘y qilgin — kimni?, nima uchun?, nega? — muhim emas, odamlar ko‘zi uchun! Va mana endi — 🔖 Telegramda kursga to‘langan checkni tashlash ham shart bo‘lib qoldi. Aks holda "BUNI kursiga qo‘shilganlar yo‘q , foyda yo‘q… Ey, “odamlar ko‘zi uchun” yashayotgan millatim! Ko‘z bilan kirmasa ham, yurak bilan kiradiganlar ham bor-ku! Check tashlamaganlar darsga kirmaydi degan qoidani qachon chiqarib oldik o‘zi? 📌 Shu yo‘lda men ham “ko‘zbo‘yamachi” bo‘lib qolmayapmanmi deb ba’zida o‘zimga tanbeh beraman… Lekin keyin yana odamlar ko‘ziga “muvaffaqiyatli” ko‘rinishim uchun o‘zimni ovutaman… 😄 Xullas, mana sizga “odamlar ko‘zi uchun” kursga to‘langan checklar! Qani endi “Alloh ko‘radi” degan haqiqatlar uchun ham shunday isbot kerak bo‘lsa! Muallif: "Advokat xonim" (@Advokat_Azizova) @QALAMVAQONUN

  • 🧠 DXX, Diplomat, Prokuror, Sudya, Advokat… qaysi biri ko‘p daromad oladi? 📩 Savol oddiy. Lekin tagida faqat PUL turganini tan olamizmi? 📜 Qonun deyilgan sohani o‘rganaylikmi? — yo‘q… 🕊 Adolat uchun kurashaylikmi? — yo‘q… ⚖ El xizmatida bo‘laylikmi? — yo‘q… 🥷 Faqat bir savol: “Pul ko‘p qayerda?” 📌 Aytaylik endi: — Pul izlagan odam, kasb emas — bozor tanlashi kerak. — Qonunni emas, valyutani yod olishi kerak. — Odam emas, sistemani sotishi kerak. ❗Yurist bo‘lish — bu DXXga kirib qolish degani emas. ❗Prokuror bo‘lish — har oy yangi iPhone degani emas. ❗Advokat bo‘lish — “Neksiya”ni “BMW”ga almashtirish vositasi emas. Dunyoga intilma. Dunyo qalbinga kirmasin QADRDON ABITURIYENTIM!!!! Muallif: "Advokat xonim" (@Advokat_Azizova) @QALAMVAQONUN