- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 169
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 114
- 1/48двое суток
- 130
- 1/72трое суток
- 140
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Mustaqillik_35_yilligi Bugungi adliya — bu zamonaviy texnologiyalar, ochiq muloqot, qulay xizmatlar va eng muhimi, inson manfaatlariga xizmat qiladigan adliya tizimidir. 🌀Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️ 🌐 facebook |▶️️️️• youtube |🌐 • rasmiy sayt |🌐 • telegram |🌐 • instagram
#Mustaqillik_35_yilligi Bugungi adliya — bu zamonaviy texnologiyalar, ochiq muloqot, qulay xizmatlar va eng muhimi, inson manfaatlariga xizmat qiladigan adliya tizimidir. 🌀Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️ 🌐 facebook |▶️️️️• youtube |🌐 • rasmiy sayt |🌐 • telegram |🌐 • instagram
🩺 Shifokorning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi 📌 Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida Qamashi tuman Tibbiyot birlashmasining Guliston oilaviy shifokorlik punkti shifokori Y. Xudayarovning mehnat huquqlari buzilgani aniqlandi. 🔎 Xususan, fuqaroning 2020-yilda foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun yakuniy hisob-kitob qilinmagani ma’lum bo‘ldi. ⚖️ Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan tegishli taqdimnoma kiritildi. 💰 Natijada, fuqaro Y. Xudayarovga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun hisoblangan 5 457 134 so‘m pul mablag‘i to‘lab berildi. ✅ Shu tariqa, fuqaroning buzilgan mehnat huquqlari to‘liq tiklandi.
#adliya_ogohlantiradi “SOXTA TREYDERLARDAN EHTIYOT BO‘LING!” Bugun internetda bir qarashda juda jozibali takliflarga duch kelamiz: “Pul tiklang — daromadingizni bir necha barobar oshiramiz!”, “Katta foyda kafolatlanadi!”, “Hech qanday xavf yo‘q!” Lekin bir narsani unutmang: oson va tez boyish va’dasi ortida katta xavf yashiringan bo‘lishi mumkin. Firibgarlar soxta trading platformalari yaratadi, chiroyli saytlar va sahifalar ochadi, hatto dastlab sizga oz miqdorda foyda ko‘rsatib, ishonchingizni qozonadi. ⚠️ Soxta treyderlarga aldanmang. Moliyaviy xavfsizligingizga befarq bo‘lmang! 🌀Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️ 🌐 facebook |▶️️• youtube |🌐 • rasmiy sayt |🌐 • telegram |🌐 • instagram
#adliyadan_qulaylik SIZ FHDY GA BORMASDAN TURIB NIKOHGA ARIZA BERISHINGIZ MUMKIN! 🌀Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️ 🌐 facebook |▶️️• youtube |🌐 • rasmiy sayt |🌐 • telegram |🌐 • instagram
https://www.facebook.com/share/p/1bYNGwQvVR/
Telegram kanalimiz https://t.me/qamashiadliya
❗️STOP KORRUPSIYA! Korrupsiyaga qarshi kurash – faqat huquqiy talab emas, balki har birimiz uchun ma’naviy burch. Chunki halollik – farzandlarimizning kelajagi uchun qo‘shgan eng katta hissamizdir. ‼️Bir lahzalik manfaat bir umrlik pushaymonlikka arzimaydi. Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya
#adliyadan_qulaylik 🔻Endilikda qabriston nazoratchisi tomonidan vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish faqat elektron modul yoki uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi; 🔻Qabriston nazoratchilari tomonidan dafn etish ishlarini ro'yxatdan o'tkazishni qog'oz shaklida yuritish tartibi bekor qilinadi. 🔻Mazkur yangilik fuqarolarga davlat xizmatlaridan qulay va tezkor foydalanish imkoniyatini yaratishga qaratilgan. 🔻Ushbu muhim ma’lumotni yaqinlaringiz va mahalla guruhlariga ulashishingizni so‘raymiz 🌀Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️ 🌐 facebook |▶️️️️• youtube |🌐 • rasmiy sayt |🌐 • telegram |🌐 • instagram
https://t.me/qamashiadliya
https://www.facebook.com/share/p/1AC4sEVwAk/
Erta turmush – keltirar tashvish Qamashi tumani Ma'naviyat bo‘linmasi hamda tuman FHDYO bo‘limi hamkorligidagi tadbirning asosiy maqsadi yoshlar, ayniqsa qizlar o‘rtasida erta turmush va voyaga yetmaganlar nikohining salbiy oqibatlari haqida huquqiy hamda ma'naviy tushunchalarni kengaytirish, oilani mustahkam poydevor asosida qurishning ahamiyatini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida FHDYO bo'limi mutaxassisi S.Almardonova nikohni qonuniy tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning ahamiyati, nikoh yoshi va amaldagi qonunchilik talablari haqida batafsil ma'lumot berib o'tdi. Ma'naviyat bo'linmasi rahbari S.Xudoyqulova sog‘lom oila jamiyatning tayanchi ekani, ilm olish, kasb egallash va mustaqil hayotga puxta tayyorgarlik ko‘rish har bir yoshning eng muhim vazifasi ekanini ta'kidladilar. https://t.me/qamashiadliya
без подписи
❗️Fuqarolar uchun yangi imkoniyat 🔹2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston mahallalari uyushmasining “Raqamli mahalla” yagona platformasi Adliya vazirligining smartoffice.adliya.uz axborot tizimi bilan integratsiya qilindi. 🔸Ushbu yangi platforma orqali mahalla raislariga fuqarolarning murojaatlarini elektron tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishli adliya organlariga yuborish imkoniyati yaratildi. Bu esa murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirish, shaffoflikni oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
@Qamashiadliya telegram kanalimizga obuna boʻling
#So'rovnoma 📣 Hurmatli kuzatuvchi, adliya organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting! 💬 So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu 👉 havolaning 👈 ustiga bosing! ❗️Ushbu anonim so‘rovnoma orqali Sizning fikr va takliflaringiz adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
https://www.facebook.com/share/v/18h9wAgzzs/
#Adliya_xabari DIQQAT! MUHIM YANGILIK! ✅Notarial xizmatlardan masofadan turib (onlayn) foydalanish yanada arzonlashdi! 👨⚖️Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, onlayn notarial xizmatlar uchun video-konferens-aloqa xizmati bo‘yicha undiriladigan qo‘shimcha to‘lov (123 600 so‘m) bekor qilindi. ➡️ Natijada, notarial xizmatlardan onlayn yoki notarial idoraga borib foydalanish uchun undiriladigan haq miqdorlari bir xil bo‘ldi. ✅ Mazkur o‘zgartirish Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 7-iyulda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3235-8). 🖋 Endi ortiqcha xarajatlarsiz notarial xizmatlardan masofadan turib ham foydalanishingiz mumkin! Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Adliya vazirligi Nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasida nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3889, 07.07.2026-y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. 🔰 Unga ko‘ra: 🔹 tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini avtomatlashtirilgan tarzda baholash mexanizmi joriy etiladi; 🔹 xavf darajasini aniqlashda davlat organlari axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, OAV va boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi; 🔹 xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi; 🔹 xavf darajasini nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohalari bo‘yicha alohida mezonlar asosida amalga oshiriladi; 🔹 huquqbuzarlik xavfi darajasi yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi; 🔹 yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi; 🔹 past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazilmaydi; 🔹 elektron tizimda aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik subyektiga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir choralari qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/qamashiadliya
#Avval_Hozir 🏷 Firma nomiga ega bo‘lish imkoniyatlari kengaydi 🔹 Avval firma nomidan faqat yuridik shaxs shaklida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari foydalanishi mumkin edi. 🔹 Hozir esa yakka tartibdagi tadbirkorlar ham firma nomiga ega bo‘lish huquqiga ega bo‘ldi. ✅ Ushbu o‘zgarish yakka tartibdagi tadbirkorlarga o‘z faoliyatini brend ostida yuritish, mijozlar ishonchini mustahkamlash hamda bozordagi raqobatbardoshligini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratmoqda. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram https ://t.me/qamashiadliya| 📷Instagram qashqadaryoadliya| 🔵Facebook @qamashiatumanadliya| 📱YouTube @qashqadaryovolioyatadliya