Qamashilik👍
СтатистикаAssalomu alaykum obunachilar. Qamashi tuman yoshlar ishlari bo'limining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! Admin: @AxmedovSHA t.me/qamashidan
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 26
- Всего постов
- 83
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 95
- 1/48двое суток
- 108
- 1/72трое суток
- 117
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#ТЕЗКОР 🎓🇺🇿 ‼️ MANDAT ЧИҚДИ! ⚡️ 2026/2027-ўқув йили учун якуний танлов натижалари — мандат эълон қилинди! 📌 Олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовлари бўйича якуний танлов натижаларини энди текшириш мумкин. 🔎 Натижани 3 хил усулда билиш мумкин: 1️⃣ my.uzbmb.uz орқали Абитуриентнинг паспорт серияси ва рақами ҳамда ЖШШИР маълумотларини киритиш керак. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz орқали Абитуриентнинг ID рақамини киритиб, натижани кўриш мумкин. 3️⃣ Тест натижалари қайдномаси орқали Натижалар олий таълим муассасаларига ҳам тақдим этилади. 🎉 Барча абитуриентларга омад ва талаба бўлганларга муборак бўлсин! 🎵 @Taronabot – Исталган мусиқани топувчи бот 🇺🇿@DAVLATXIZMATCHISI_UZ – Давлат хизматчилари учун ҳақиқий канал
Qamashi tumani IIB huzuridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi ogohlantiradi! Hurmatli fuqarolar! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-iyundagi PF–115-son Farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-sentabridan bazaviy hisoblash miqdori 412 000 so‘mdan 440 000 so‘mga oshiriladi. Shu munosabat bilan davlat xizmatlari uchun to‘lovlar ham quyidagicha o‘zgaradi: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish qiymati 412 000 so‘mdan 440 000 so‘mga; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun beriladigan ID-karta qiymati 366 680 so‘mdan 391 600 so‘mga oshiriladi. Shu sababli, biometrik pasportingiz yoki ID-kartangizning amal qilish muddati yakunlanayotgan bo‘lsa, muddat tugashidan oldin, kechiktirmasdan o‘zingizga qulay bo‘lgan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi. Eslatib o‘tamiz, shaxsni tasdiqlovchi hujjatni belgilangan muddatda almashtirmaslik O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223-moddasi talablariga muvofiq ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Germaniyada ishlash istagidagi yoshlar uchun uchrashuv o‘tkazildi Qamashi tumanida Germaniyada qonuniy va tartibli mehnat migratsiyasi asosida ishlash istagidagi yoshlar uchun uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov, viloyat Ta’lim va texnologiyalar markazi rahbari Zahriddin Qambarov, Kasbiy ta’lim boshqarmasi mas’ullari hamda Germaniyada ishlab, tajriba orttirib qaytgan yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlarga Germaniyada mehnat qilish imkoniyatlari, ishga joylashish tartibi, kasbiy tayyorgarlik, zarur ko‘nikmalar hamda qonuniy mehnat migratsiyasining afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mutasaddilar yoshlarni xorijda mehnat qilish jarayonida qonuniy yo‘llardan foydalanish, kasb-hunar va til ko‘nikmalarini rivojlantirishga chaqirdi. Tadbirning amaliy jihatlaridan biri — Germaniyada bo‘lib qaytgan yoshlarning o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashgani bo‘ldi. Ular Germaniyada ishlash jarayoni, duch kelgan imkoniyat va tajribalari, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida fikr bildirdi. #YoshlarKuni #Qamashi #Uchrashuv Gov.uz |Facebook | Telegram |Instagram| Youtube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Qamashilik xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov xorijda bo'lib turgan qamashilik yoshlar bilan navbatdagi onlayn uchrashuvni o‘tkazdi. Muloqotda Yaponiya, Xitoy, Germaniya va Rossiya davlatlarida ta’lim olayotgan hamda mehnat faoliyatini olib borayotgan qamashilik yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida xorijga chiqish va chet elda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda, avvalo, xorijiy tillarni puxta o‘rganish muhimligi alohida ta’kidlandi. Shu bois tumanda yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish kurslari faoliyatini yanada kengaytirish, ularning qamrovini oshirish va yoshlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratish belgilandi. Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, taklif va murojaatlarini yo‘lladi. Bildirilgan murojaatlarning har biri mutasaddi rahbarlar tomonidan ko‘rib chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. #YoshlarKuni #Qamashi #Muloqot Gov.uz |Facebook | Telegram |Instagram| Youtube
Қашқадарёда 856 нафар талабаларнинг 3 миллиард 780 миллион 600 минг сўмлик контракт маблағлари тўлаб берилмоқда Президентимиз ташаббуслари амалда: ёшлар таълими фаол қўллаб-қувватланмоқда Мамлакатимизда инсон капиталини ривожлантириш, ёшларнинг сифатли таълим олиши учун зарур шарт-шароитлар яратиш, ижтимоий ҳимояга муҳтож ва ўқитишга қурби йўқ оилалар фарзандларини ҳар томонлама қўллаб-қувватлашга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Мустақиллигимизнинг 35 йиллиги арафасида бу борадаги эзгу ташаббуслар Қашқадарё вилоятида изчил давом эттирилмоқда. Вилоят ҳокими Муротжон Азимов томонидан эҳтиёжманд оилалар фарзандларининг олий таълим олишини қўллаб-қувватлашга қаратилган қарор қабул қилинди. Унга кўра, Қашқадарё вилоятидаги 856 нафар талаба-ёшнинг олий таълим муассасаларида таҳсил олиши учун жами қарийб 3 миллиард 780 миллион 600 минг сўм миқдоридаги контракт маблағлари ажратилди. Мазкур амалий ёрдам, аввало, таълим олиш истагида бўлган, аммо оилавий шароити туфайли контракт маблағларини тўлашда қийинчиликка дуч келаётган ёшларни рағбатлантиришга хизмат қилади. Шунингдек, ташаббус хотин-қизларнинг олий таълим олиш имкониятларини кенгайтириш, уларнинг билим ва касбий салоҳиятини ошириш, ёшларнинг келажакка ишончини мустаҳкамлашда муҳим аҳамият касб этади. Бугун дунёда билим ва инсон капитали тараққиётнинг энг муҳим омилларидан бирига айланаётган бир пайтда ёшлар таълимига қаратилган ҳар бир кўмак мамлакатнинг эртанги тараққиётига киритилаётган катта сармоядир. #Mustaqillik35 #UZB35 #Inson_qadri 📱Gov.uz| 📱Telegram| 📱YouTube| 📱FB|📱Instagram| 📱X
Qamashilik xorijdagi fuqarolar bilan onlayn uchrashuv! Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov tashkilot rahbarlari ishtirokida xorijda istiqomat qilayotgan qamashilik yoshlar bilan navbatdagi onlayn uchrashuvni o‘tkazadi. 🗓 Sana: 2026-yil 13-avgust ⏰ Vaqt: 11:00 (O‘zbekiston vaqti bilan) 💻 Format: onlayn Kimlar ishtirok etishi mumkin? Xorijda ta’lim olayotgan hamda mehnat faoliyatini olib borayotgan barcha qamashiliklar onlayn uchrashuvda ishtirok etishlari mumkin. 📌 Onlayn muloqotda ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar botirali1616 telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Qamashidan
#Diqqat #Vakansiya Qamashi tumanidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Qamashi tumanidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi: ▪️ Qamashi tumani Yoshlar ishlari bo'limi: "BUNYODKOR" mahallasidagi yoshlar yetakchisi ❗️Arizalar 15.08.2026-yil kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
видео или голосовое, без подписи