tgindex
Қодирова | таҳрирчи

Қодирова | таҳрирчи

Статистика
@qodirova_gузбекский

Ҳаётга муҳаррир, саҳифаловчи ва копирайтерча қарашлар жамланмаси.

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
32
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
704
+4 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
579
32 постов
Вовлечённость
82,2%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 32
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
223
1/48двое суток
255
1/72трое суток
275

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Gap qopim ochilganda aytib olay. Modomiki, bola haqida gap ketgan ekan, kattalar tomonidan bolalik qalbimga tekkan jarohat haqidayam gapirmoqchiman. Bola o'ta ziyrak va sezuvchan bo'ladi. O'ziga qilingan shafqatsizlikni kechirmaydi. 8 yoshimgacha Sirdaryoning 8-savxoz degan joyida yashaganmiz. Qaqroq, daraxti kam, sho'r yerlar edi. Kanaldan suv ichardik. Kran suvlari uch-to'rtta ko'chada bitta bo'lardi. Xullas changlik yuqori edi. Biz bolalar doim changga botib yurardik. Rezinka tapochkada oyog'imiz terlab, loy bo'lardi. 5 yosh bo'lsam kerak. U vaqt qo'l telefonlar endi tarqalayotgan, bitta-yarimta odamdagina uchrab qoladigan vaqtlar edi. Dadam ham yangi olgandi. Bir kun dadam bozorlik qilishga Gulistonga ketdi. Bozor faqat Gulistondan yoki Yangiyerdan qilinardi. Uyda muhim nimadir narsamiz qolmaganini ko'rib qolgan onam "Chop, falon qo'shnimiznikiga kirib iltimos qil, dadangga tel qilib bersin. Fiston narsayam olib kelarkansiz de", dedi. Chopqillab qo'shninikiga kirdim. O'ziga to'q, yaxshi oila edi. Qo'shni xola non yopayotganakan, juda mehribon, yumshoq ayol, meni yaxshi ko'rardi. Dardimni aytdim. "Kir bolam, uyda xo'jayin ovqatlanib o'tiribdi. Aytsang, tezda qilib beradi, gaplashvolasan" dedi. Kirdim. Chindanam xontaxta yonida ovqatlanib o'tiribdi ekanlar. Masalamni aytdim. Qo'liga telefonni olib, dadamga qo'ng'iroq qildilar. Ulanavermadimi, yoki ko'tarmadilarmi asabiylasha boshladilar. Men beriroqda g'o'ddaygancha turib qoldim. Ko'zim alang-jalang. Imkon qadar dasturxonga qaramaslikka urinyapman. Chunki ota-onam shunday o'rgatgandi, "birovning dasturxoniga suqlanib qarama, begonaning yotog'iga beruxsat kirma" deyishardi. Uyoq-buyoqqa qarab turarkanman, quloqlarim ostida men bir umr eslab qolgan so'zlar yangradi: "EY, BOR, TASHQARIGA CHIQIB TUR, ISQIRT!" Ohang shu qadar bepisand, shu qadar taxqirli tuyuldiki, unda mendan jirkanish, hazar qilish, umuman, hammasi jam edi. Bu gap menga aytildimi degandek, taraddudlanib, mo'ltirab gap egasiga qaraganim ham yodimda. O'zimga aytilganini bilgach, eshikni amallab topib chiqib ketganim ham esimda. Ko'zimda g'iltillagan yoshdan har joy xira, aralash bo'lib ketganiyu, yosh donalarim yerga to'kilib ketmasligi uchun ehtiyotlab zinadan tushib ketganim ham, zinalar soni 6 ta ekaniyam yodimda. Tashqariga chiqqach ziyrak qo'shni ayol hammasini tezda angladi. "Ha, Gulasal, gaplashdingmi? Pochchang nimadir dedimi, xafa qildimi?" deb so'radi darrov. Ko'nglimni olishga urinib, issiq nonidan tutdi. Hozir nimadir desam, yana ozgina tursam, ko'zyoshim to'kilib ketishidan qo'rqib, to'xtamay chiqib ketdim. Yig'lamadim. Uyga kiribam onamga indamadim. Nega aytmaganimni o'zimam bilmayman. O'zimdan uyalganman, chindan o'zimni isqirt, isliqidek his qilganman deb o'ylayman hozir. Yoki chindan juda kir, yag'ir yurganmanmiyam deyman. Ammo bola edim. Maktabga kirmagandim hali. Yaqinda bu voqeani qizimga aytib berdim. Ko'zlari katta-katta bo'lib ketdi. Ko'zimdan beixtiyor oqqan yoshni arta turib, "Ayajon, endi sizni kimdir isqirt desa, menga ayting, xo'p. O'zim boplayman" dedi. "Yo'q, qizim. Agar kimdir senga shunday muomala qilsa, darrov menga ayt. Burchakka borib yig'lama menga o'xshab. Kim seni haqoratlasa, borib o'shani yeb tashlayman" dedim. Balki to'g'ri aytgandirman, balki yo'q, ammo shunday degim keldi bolamga. Bola unutmaydi, mana menam unutmadim, unutolmadim. Shu sabab ham bolalar bilan muomalada kattalar bilan bo'lganimdanam ko'ra ko'proq ehtiyotkor bo'laman. Ularning qalbi nozik. @qodirova_g

  • Hozir qizim begona odamning sal tanbehini, tanbeh emas oddiy "ko'zingga qarab yur, bolam" degan gapini ko'tarolmay yig'lab yuboradi. Bunda ba'zan o'zimni ayblayman. Bolani o'ta ta'sirchan tarbiyalayapmanmi deyman. Odamovimas, odamlar bilan kommunikatsiyasi kuchli. O'ziga ishongan qiz. Yoki tanqid ko'tarolmaydimiyam deb xayollayman. Balki. Ammo bolaligimda o'zim ham shunday edim. Ota-onamning har qancha urib-so'kishiga bezraysam-da, begona odamlarning yarim og'iz gapiga chidagim kelmay, burchakka borib piqillardim. O'qituvchimning tanbehi o'lim bilan baravar edi. Esimda, birinchi marta mardikorlikka chiqqanimda hali bola edim. 6-sinfga ko'chgandim, adashmasam. Sholi ekayotgandik. Xotinlardan ortda qolib ketaverdim. Shunda ayollardan biri: "Yetishib yur, chaqqon qimirlamasang ertaga seni sherikka olmaymiz", dedi. Shundoq ham yetishib yurishga jonim boricha urinayotgan, qolib ketayotganimdan hijolatda bo'lgan menga bu gap darradek tekkan. Indamay ishimda davom etarkanman, sholi polining layqa suviga ko'zyoshlarim cha-chak tomavergan. Umuman olganda bu qattiq gap ham emasdi. Bilmasam, yig'loqi bo'lganman-da. Ammo yillar o'tdi, qancha odam ko'rdim, qancha tanqid eshitdim. Sekin-sekin yuzim qotdi, sog'lom va nosog'lom tanqidni ajrata boshladim. Nosog'lomini joyida yoqasiga yopishtiradigan, ahamiyatsiz bo'lsa pasha qo'rigandek beparvo qo'l siltab ketadigan bo'ldim. Sog'lomi ustida ishlab, o'zimni tuzatishga o'rgandim. Endi yig'lamayman, masalaning mohiyatiga qarayman. Qizim masalasidayam shunday bo'ladi deb o'ylayman. Yillar o'tgan sari u ham qattiqlashadi. Har narsaga ta'sirlanavermaydigan holga keladi. Mening birgina ishim bor – unga tanqidni to'g'ri qabul qilishni o'rgatish. Kuchli shaxslar aynan shu sabab o'sadi, unadi. @qodirova_g

  • 35 mingga shunaqa ice-coffee olib yurganlar, beriroq keling, tekin maslahat bor. 15 mingga shunaqa kapuchanka apparat, 15 mingga qadoqlangan suyuq sut olsangiz, shundoq muzlatkichdagi qotirilgan muzdan olib solsangiz, butun oila to‘ygulik ice-coffee chiqarkan. Kofe bilan shakar hammaning uyida topilsa kerak. Ha, endi buyam bir maslahat. Rohatini bildim, sizgayam ilindim. Bunday iqtisodchi ayol qayda boreeey😎

  • 6 авг.548433

    Oilada xotirjamlik bor, oilada halovat bor, oilada xavfsizlik, keraklilik bor. U sizni qo'rg'ondek himoyalab, quvvatlab turadi. Yirtqichdek tish qayrab turgan yolg'izlikdan asraydi. Albatta, bu risoladagidek oila sifatlari. @qodirova_g

  • Sotuvchi amaki meni mo‘min-qobilgina deb o‘ylaganov. "Javvvvob, mana shu qovunni oling, shirin chiqadi", deb aldab-suldadi. Qaytarib obchiqib beradiganlardanman. Nechtasini qaytarganman. Lekin hecham baraka topmaganman😅

  • 5 авг.560232

    Odatda mening tanlagan qovunlarimdan ko‘ra tushirgan "qovunlarim" shirin chiqadiyee. Bugunam, mana, baxtimni sinab ko‘ray deb qovun olib kelgandim. Huzurini shaharning mollari ko‘radigan bo‘lib turibdi. Shuni puliga ikki kilo shaptoli olsam bo‘lmasmidi😐 @qodirova_g

  • 5 авг.610356

    Kecha manti sotib yurgan bir kattaroq ayolga he yo'q-be yo'q baqirayotgan yigitni ko'rgandim. Mantichi xola aravasini yetaklagancha shunchaki uning mashinasini chetlab o'tayotgandi. Xuddi mashinasining biror joyini qirib qo'yayotgandek nariroqdan hayvondek o'shqirib-pishqirib shafyor yetib keldi. Onasi tengi ayolga baqira boshladi. Naryog'dan aylanib o'tishi kerakmish. Jahlim chiqib ketdi. Yo'lni shunga o'xshash beparasatlar to'sib olgan. – Aka, o'ziz qayerda turibsiz? Tratvaldasiz-ku. Bu yer shu xola va menga o'xshaganlarning yo'li. Oling mashinangizni baqiravermay, – dedim. Olmazor metro pitagida turadigan shafyorlardan edi. Indamay ketdim-u yomon alam qildi. Bugun ovqatlanishdan qaytayotsam, yana bir shafyor aqli noqisroq, qarovsizroq ko'ringan odamga ko'tani chiqqudek bo'lib o'shqirib yotibdi. Atrofida haybarakallachilari yetarli ekan. Indamadim ayol boshim bilan. Aslida unday baqiroq bechoralarni ham tushunaman. Qanday odam o'zidan pastroq darajadagilarni ko'rsa, tilla topgan gadodek xursand bo'lib, qo'rsayib ketadi, bilasizmi? Men bilaman. Ilmiy emas, hayotiy tahlillab beraman. Aslida o'zini kamsitilgandek, omadsizdek his qiladigan, o'ziga ishonchi yo'q, hokimlik tuymaydigan, birortasiga haddi sig'ib so'zini o'tkazolmaydigan shaxslar, o'zidan-da ojizlarni ezg'ilab, sindirib, zug'um qilib rohatlanadi, sal bo'lsa ham o'z egosini qondiradi. Inson zoti hokimlikka, hurmat-u obro'ga moyil shaxs. U nima qilib bo'lsayam, e'tibor topishga urinadi. Oilasida, mahallada, qishloqda, umuman jamiyatda hech qanday ustunlik his qilmasa, o'zidan kuchsizlarga zug'mini o'tkazishga, shu orqali o'ziga o'zini ko'rsatib qo'yishga urinadi. Tengdoshlari orasida so'zi o'tmaydigan erkak kelib ayolidan alam oladi. Uch-to'rt mushdan keyin o'zini tengsiz kuch sohibidek his qiladi. Xotinigayam kuchi yetmaydiganlari esa mana shunday ko'chadagi bechoralarga, eng pastkashlari bo'lsa, bolalarga tirg'aladi. Hammaning oldida o'shqirib, hangrab, ochko ishlamoqchi bo'ladi. Ularga achinish kerak. O'zini hurmat qilgan, atrofdan ham hurmat topgan insonlar esa, aksincha, aqli noqislar, to'ni yupqalar-u bechoralarga oddiy kishilarga ko'rsatganidan ko'ra ko'proq muruvvat ko'rsatadi. Bolalarni esa ardoqlaydi. Chunki ularning egolari to'q. Ular hech qanday ochkogayam, kuchliligini dalillashga ham muhtoj emas. Undaylar dunyo hammaniki ekanligini, Olloh uchun hamma banda barobarligini yaxshi anglagan. Dadamni yoki onamni biror ojizga baqirganini, yupunni behurmat qilganini yoki bechoraning ustidan qotganini ko'rmaganman. Umuman, o'zim hurmat qilgan shaxslarning bunday pastkashlik qilganlariga guvoh bo'lmaganman. Shu sababdan ham bunaqa voqealarni hazm qilishim qiyindir balki. @qodirova_g

  • Qizim qishloqqa ketdi. Eng yaqin dugonamni yo'qotib qo'ygandek his qilyapman o'zimni. Shoppingga, ovqatlanishga, kechki sayrga, birga uxlashga sherik edi. Hamma narsani tinmay muhokamalashadigan bahsdosh, tinmay savol yog'dirib zeriktirmaydigan hamroh, xafa bo'lsam yupatadigan dardkash u. Usiz vaqt sekin o'ta boshladi. Ayollarning aqllisi qiz tug'adi degan gap rost shekilli (hazil). @qodirova_g

  • 5 авг.556412

    Qo'limga Yangi O'zbekiston haqida to'lib-toshib yozilgan she'r tahrir uchun kelib qoldi. Tanlov uchun ekan. Hayron qoldim. Yoshlar shu qadar ilhomni qayerdan olyapti va buncha yolg'onni qayerdan o'rganyapti? @qodirova_g

  • 2 авг.7341313

    Qalbing kerak, o‘zing chiroyli Bo‘lmasang ham bo‘laveradi. @qodirova_g

  • Ona-bolaning kechasi ilhomi kelib qolganda😇 Alifboni o‘qish davomida qizimga har bir so‘zning maʼnosini izohlab ketishga harakat qilaman. Buning natijasi sezilyapti. Bolaning so‘z boyligi ortyapti. Ular hozir judayam qiziquvchan. Har bir so‘zni miyasiga muhrlab olishadi. @qodirova_g

  • без подписи

  • без подписи

  • Yo‘q, men tushunmaymanda. Doktorlar sal tushunarliroq yozishsa, obro‘lari kamayib qoladimi? Odam shoshilgandayam bunaqa aji-biji yozolmaydi-ku. Doktor desang, hamshirasiyam shu. Yaxshiyam hamshiralar 7 yil maʼruza yozib ezilmagan. Polklinikamda hamshiram ikkitagina so‘z yozgan-u tushunolmay o‘tiribman endi qaysi xonaga kirishim kerakligiga. Gapirsang, labini burib yomon ko‘radi @qodirova_g

  • 40 daraja issiqda ataylab Chilonzorga kelib, tik turgancha qaynoq perashki, gummani achchiq sous bilan yeb, muzdek limonadni ichib, yana salqin metroga tushib ketishdan kayf qilish ham bir devonalikda) @qodirova_g

  • Doktor ko‘rigidan o‘tishda men: — Shu kungacha boshdan o‘tkazgan kasalliklaringiz? — Gripp — Ginikologik og‘ir kasallik kuzatilganmi? — yo‘q. — Katta- kichik operatsiya bo‘lganmisiz? — Yo‘q. — Qon quydirganmisiz? — Yo‘q. — Irsiy kasallik bormi? — Yo‘q. — Boshdan qattiq lat yeyish bo‘lganmi? — Yo‘q. — Biror narsaga allergiya bormi? — Yo‘q. — Suvchechak, qizamiq kabilar bilan kasallanganmisiz? — Yo‘q. — Vaqtidan avval tug‘ib qo‘ymaganmisiz? — Yo‘q, hammasi vaqtida bo‘lgan) Ehhee, shu savollarga javob berarkanman, eng baxtli insonlardan ekanimni angladim. Ota-onam ham meni sog‘lom o‘stirganlaridan minnatdor bo‘ldim. Behisob shukr. @qodirova_g

  • 30 июл.6301912

    Bilaman, sevgilim... Meni sog'inmading, sog'inding o'sha – seni otashlarda yondirgan hisni. Muhabbat bo'lmasa, havas bo'lmasa, nima edi o'sha tuyg'uning ismi? Bilaman, sevgilim, eslay olmaysan ko'zimda chalingan kuyning ohangin. Osmonga uzatsam, qo'llarim teggan billur qandillarning quvnoq jarangin. ...Men bir yolg'izoyoq yo'l edim balki qalbing bog'chasiga seni eltguvchi. Ul bog'ning eng sara guli emasdim – boqsang, nigohlaring sarxush etguvchi. Men qanoting edim, jonim, ehtimol, pushti bulutlarning bag'rin qonatgan. Yo'q, osmon emasdim, sevgilim, aslo lablaringga hurlik sharobin tutgan. Balki rom etmagan seni ko'zlarim, olov hislaringdan qolgan eding lol. Balki o'z qalbingga bo'lganding oshiq, meni sevmagansan, jonim, ehtimol. Axir, qanotlarin sog'inmas qushlar, Osmonin qo'msaydi, parvozin qo'msar... ✍ Shohinur Vohidjon qizi @qodirova_g

  • Erkakning omadi bilan o‘ynashma deyishadi. Menga qolsa, ayolning omadi bilan o‘ynashmaslikni ham maslahat berardim. Ayolning omadi nima? Ayolning omadi — ayol o‘z-o‘zini anglab qolganida. Anglab o‘ziga eng yaxshilarini loyiq ko‘ra boshlaganida. Salohiyati nimadaligini bilib, o‘sa boshlaganida. Bilimgina uni yuksaltirishini tushunib yetganida. Agar ayolning omadi kulgudek bo‘lsa, unday ayolning mulkini olarsiz, moddiyatini tortqilarsiz, ko‘chada qoldirarsiz. Ammo uning bilimlarini, rivojlantirgan salohiyatini tortib ololmaysiz. Bu rivoj uni hech qachon ko‘chada qoldirib qo‘ymaydi. Unday ayolga "to‘rt tomoning qibla, bor ketaver" deyolmaysiz. Bunday gap boradigan joyi yo‘q ayollarga aytiladi. Qayerga borsayam, yashnab ketishi aniq bo‘lgan ayollarga o‘ylab muomala qilinadi. Xo‘sh, ayolning omadi bilan ham o‘ynashib bo‘lmasmikan? @qodirova_g

  • Erimni manipulyatsiya qilish uchun hozirda yuborayotgan videolarimdan😂 @qodirova_g

  • O‘zimcha kichik biznes boshlayapman. Turmush o‘rtog‘im doimgidek qo‘llab-quvvatlash pozitsiyasida. Boshqacha pozitsiyada turishining iloji ham yo‘q. Baloga qoladi🤭 Biz beqaror ayollar baxtiga erlar sog‘ bo‘lsin)) @qodirova_g