- Последний пост
- 24 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- арабский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 128
- 1/48двое суток
- 146
- 1/72трое суток
- 158
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#maqola #ilm #talaba 📚Olim bo‘l… 👥Shari’atimizda ilmga juda ham katta e’tibor berilgan. Shunga ko‘ra, ilm o‘rganishga ko‘p targ‘ib qilinadi. Bu haqda hadisi sharifda shunday deyilgan: Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir. Ilmni o‘z ahlidan boshqa o‘ringa qo‘yuvchi to‘ng‘izlarga javhar, dur va tillo taquvchi inson kabidir”, dedilar. (Imom Ibn Moja rivoyati) Batafsil saytda: Ustiga bosing❤️ 🖋 Shokirjon Madaminov “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudarrisi 🕊@kukaldoshuz – diniy-ma'rifiy kanal! 📱Rasmiy sahifalarimiz: taplink.cc/kukaldoshuz
💡💡💡💡💡💡💡💡💡💡💡💡💡 📎وَلَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنسَانَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِ نَفْسُهُ وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ📎 1⃣6⃣. Аlbatta, insonni Biz yaratganmiz va uning nafsi nimani vasvasa qilishini ham bilurmiz. Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz. 📎إِذْ يَتَلَقَّى الْمُتَلَقِّيَانِ عَنِ الْيَمِينِ وَعَنِ الشِّمَالِ قَعِيدٌ📎 1⃣7⃣. Ikki kutib oluvchi oʼngda va chapda oʼtirgan hollarida kutib olganda... 📎 مَّا يَلْفِظُ مِن قَوْلٍ إِلَّا لَدَيْهِ رَقِيبٌ عَتِيدٌ 📎 1⃣8⃣. biror soʼz talaffuz qilmas, illo huzurida hoziru nozir borlar. 📎 وَجَاءَتْ سَكْرَةُ الْمَوْتِ بِالْحَقِّ ذَلِكَ مَا كُنتَ مِنْهُ تَحِيدُ 1⃣9⃣. Oʼlim talvasasi haqiqat boʼlib keldi. Mana shu sen qochib yurgan narsadir. 📎 وَنُفِخَ فِي الصُّورِ ذَلِكَ يَوْمُ الْوَعِيدِ📎 2⃣0⃣. Va dudga puflandi. Mana shu vaʼid kunidir. 💡💡💡💡💡💡💡💡💡💡💡💡💡
без подписи
без подписи
🕌🔗
📎Shayx Hazratlari tabiatan nixoyatda sabrli odam edilar. Fe'llari keng, har narsaga achchiqlari chiqavermas, Birorta odamni xafa qilmas, vaqtlarini, gaplarini behuda sarflamas edilar. O'zlarining xohishlarini birovga majburan o'tkazmasdilar. Suhbatdoshlarini, Hamkorlarini o'z ixtiyoriga qo'yib qo'yardilar.📎 📎Islomga bag'ishlangan Umr📎 kitobidan
без подписи
Haqiqatdan-da Islomga Bag'ishlangan Umr *️⃣
1989-yil 6-fevral, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlari rasman Muftiy bo'lganlar. "Islomga Bag'ishlangan Umr" kitobidan📕
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🔗
без подписи
без подписи
Ba'zi odamlarning hayvonot bog'iga borishlari silayi rahm hisoblanadi) ✈️Arab hikmatlari
Pivo festivali haqida jiddiy ogohlantiruvchi post bo'libdi! Yuridik koma yoxud Qonunning raqsi: Poytaxtdagi festival tizimni qanday kalaka qilmoqda? Toshkent markazida ketma-ket to‘rt marta o‘tkazilgan "Pivo festivallari" atrofidagi shov-shuvlarni hammamiz ko'rdik. Qiziq bir paradoks yuz bermoqda: davlat qonunlari ochiqchasiga tanaffusga chiqib, yirik kapital o‘zining qoidalarini yozmoqda. Qanday qilib? Avval qonunchilikka qaraymiz: 1. "Reklama to‘g‘risida"gi qonun (38-modda): Alkogol mahsulotlarini reklama qilish, tekin tarqatish, alkogol brendlari nomidan ommaviy tadbirlarga homiylik qilish qat'iyan taqiqlanadi. 2. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks (187-modda): Ish joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida va boshqa jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish taqiqlanadi. Qoidalar aniq belgilab qo`yilgan. Lekin poytaxtning qoq markazida, davlat idoralarining bevosita ruxsati va qo`llovi bilan bu moddalar qanday qilib ketma-ket to‘rt marta aylanib o‘tildi? 1-zarba: Siyosiy zondaj (2025-yil iyun). Tashkilotchilar poytaxtda ochiq "Pivo festivali" uyushtirdi. Ommaviy degustatsiya, yutuqli o‘yinlar va brending ishladi. Siyosatchilar orasidan faqatgina "Milliy tiklanish" partiyasi raisi o‘rinbosari Firuza Muxamedjanova bunga e`tiroz bildirdi, bu loyihani "milliy an'analarga tupurish" deb atadi. U jamiyat bitta daraxt uchun oyoqqa turishini, lekin o'zligini yo'qotayotgan festivalda jim qarab turganini ochiq tanqid qildi. Boshqalar esa kar va ko`r. 2-zarba: Qadoqdagi nayrang (2025-yil avgust). Qonunni chalg‘itish uchun loyihani "Mangal Fest" deb nomlashdi. Taras Shevchenko ko‘chasida 50 ming odam yig‘ildi. Go‘sht shunchaki rekvizit bo‘lib, 20 ta pivo stendi (Carlsberg, Guinness, Qibray) ochiqchasiga daryo bo‘lib oqdi. 3-zarba: Xaosning normallashuvi (2025-yil oktyabr). Kuzda xuddi shu ssenariy uchinchi bor takrorlandi. Pivo daryosi, "ochiq raqslar", ijtimoiy tarmoqlardagi daxshatli nafrat. MJtKning 187-moddasi shahar hokimiyati ruxsatnomasi va PRi oldida taslim bo‘ldi. 4-zarba va Klimaks: Qonunning raqsi (2026-yil iyun). To‘rtinchi bor o‘tkazilgan tadbirda hudud odamga shunchalik to'ldiki, tarmoqlarda "havo ham navbatda turibdi" degan gaplar tarqaldi. Jamoat joyida alkogol ochiq sotilmoqda, qonun buzilmoqda. Xo'sh, shu tartibsizlikni nazorat qilishi, 187-modda ijrosini ta'minlashi kerak bo‘lgan huquq-tartibot xodimi nima qildi? U xavfsizlik minorasiga chiqib, musiqa ritmiga moslashib raqsga tusha boshladi. Bu shunchaki "vayb" emas. Bu — qonun himoyachisi qonun buzilishini minorada turib, raqs bilan nishonlayotganining yorqin metaforasidir. Agar siz loyiha nomini chiroyli o‘zgartirsangiz va yirik byudjetga ega bo‘lsangiz, qonunlar shunchaki sizga xalaqit bermaydigan fon musiqasiga aylanib qolarkan. Bugun jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi stoldagi yurisprudensiya bilan emas, balki "vayb" va alkogol lobbisining xohishi bilan boshqarilmoqda. Savol ochiq qolmoqda: Qonun hammaga barobarmi, yoki byudjeti kattalarga "barobarroq"mi? Muallif: Bekzod Kasimov
وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا إِنَّ اللَّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ 18. Аgar Аllohning neʼmatlarini sanasangiz, sanogʼiga yeta olmassiz. Аlbatta, Аlloh oʼta magʼfiratlidir, oʼta rahmlidir. 💚 Nahl surasi, 18 - oyat