الرحلة مع القرآن
СтатистикаShovqinli olamda Qur’on bilan sakinat toping ✨ Owner: @musiyra
- Последний пост
- 18 дек.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
“Qur’on safarim”dan maktub 💌 Guruhga qo‘shilishdan oldin ichimda ko‘p o‘ylab, ikkilanib yurdim. Shoshilib qaror qilgim kelmadi. Shu sabab 2–3 kun istixora o‘qidim va Allohdan: agar bu yo‘l men uchun xayrli bo‘lsa, qalbimni xotirjam qilsin, deb so‘radim. Shundan keyin bir tush ko‘rdim. Tushimda tashqarida oppoq qor pag‘a-pag‘a yog‘ayotgan ekan. Atrof juda sokin va toza edi. Ko‘chaga chiqqanman, qaytishda yo‘lda daydi itlar paydo bo‘lib, menga qarab vovullay boshladi. O‘sha payt ichimda biroz qo‘rquv paydo bo‘ldi. Shu paytda oldimdan bir qiz o‘tayotgan ekan. Men ham shu tomonga ketayotganimni aytib, birga ketaylik dedim. Ancha yo‘lgacha yonma-yon bordik. Qiziq tomoni shuki, atrofdagi itlar bizga yaqinlashmadi, go‘yo yonimdagi qizdan hayiqqandek chetda qolib ketdi. Keyin bir joyga kelib, shu yerda ajralamiz, siz yo‘lning u tarafiga, men bu tarafiga ketaman, dedi. Bu tushdan keyin qalbimda tushuntirib bo‘lmaydigan bir xotirjamlik paydo bo‘ldi. Qarorimni Allohga tavakkal qilib qildim va shu guruhga qo‘shildim. Hozir o‘qish jarayonida shuni his qilyapman-ki, tajvid va Qur’on ilmi — shunchaki bilim emas, balki insonning qalbini tartibga soladigan, ichki tinchlik beradigan yo‘l ekan. Ba’zan qiyin bo‘ladi, ba’zan o‘zimga ishonchim pasaygandek tuyuladi, lekin Qur’on bilan band bo‘lgan paytlarimda qalbim yana joyiga tushadi. Boshlaganimdan afsus yo‘q. Aksincha, ilgari davomiy bo‘lmagan o‘qishlarim uchun hozir yanada jiddiyroq yondashishga harakat qilyapman. Bu yo‘lda sabr, davomiylik va ixlos qanchalik muhimligini tobora chuqurroq anglayapman. Yana bir muhim jihati shundaki, darslarimiz sahar 5:00 da boʻlayotgani. Bu tufayli tahajjudga odatlandim, deyarli tahajjud namozini qoldirmay oʻqiyapman, alhamdulillah. 11:88 | @quron_safari
Bu bir shifokor tanishimning hayoti. Blogiga joylagan ekan. O'ziniki ekani bilinmasligi uchun oxiriga "tarjima", deb qo'yibdi. Deya “Qur’on safarim” loyihasi uchun maktub yoʻllashibdi. Oʻzgacha va haqiqatda toʻgʻri rakursdan qaralgan xulosalar. Allohumma baarik! @quronsafari 💌
Eng chiroyli ovoz - Qur’on tilovat qilgan ovoz Eng barakali kun - Qur’on tilovati bilan boshlangan kun Eng goʻzal qalb - Qur’on firoqiga chiday olmaydigan qalb Dunyoda ham, Uxroda ham sizga shafoatini kafillovchi yagona doʻst - Qur’ondir ✨ Unga yaqinlashganingiz sari darajangiz koʻtarilib boraveradi, chunki u - qalb quvvati. Tavakkulingizni yuksaltiradi, qalbingizni sakinat bilan bogʻlaydi, umrlarni fido qilishga arzimaydimi yoʻqsa…
Qur’on tinglashning 15 foydasi 💌 🤍 Qur’onni tinglab, undagi hukmlarga amal qilganlarga ulkan xushxabar berilgan. Qur’oni Karim unday kishilarni “Alloh hidoyat qilganlar” va “Sogʻlom aql sohiblari” deb vasf qilgan. Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan: ﴿ الَّذِينَ يَسْتَمِعُونَ الْقَوْلَ فَيَتَّبِعُونَ أَحْسَنَهُ ۚ أُولَٰئِكَ الَّذِينَ هَدَاهُمُ اللَّهُ ۖ وَأُولَٰئِكَ هُمْ أُولُو الْأَلْبَابِ﴾ “Bas, bir bandalarimga xushhabar ber. Ular gapni eshitib eng goʻzaliga ergashadiganlardir. Ana oʻshalar, ha , oʻshalar aql egalaridir” #tinglash
без подписи
Oli Imron surasi | 133 - 138 Taqvodorlar uchun tayyorlab qoʻyilgan Jannatga shoshiling…🌧️ #tilawa
“Qur’on safarim”dan maktub 💌 Avvalo men 9 yoshga kirgunimcha dindan umuman habarim bolmagan. Ammo onam bazi bir suralarni qiroat qilganda oson yod olar edim.. Mahallamizda Shaxlo degan bitta opam bo'lardi u shu paytlar Qur'onni hatm qilgan edi. Ortogim Qur'on organish haqida fikrini aytgandan song meni qalbimda unga nisbatan qandaydir gayr paydo boldimi bilmayman men ham organishga tushdim. Lekin Alhamdulillah shu gayr meni Qur'onga muhabbat qoyishga undadi. O'sha paytlar 10 yoshlardan edim. Yaqin dugonalarim bn quronni shunaqangi tez organardikki ustozam ham lol edi. Ustozimning uyida soatlab o'tirib oqrdik. Qur'on organish davrimda kelinoyim menga toganoq bola boshladi. Jiyanim beshikda yotadigan jiji edi. Onam o'qishga borardi. Men vazifamni topshirishim kk desam. Quron qorin toydirmaydi kirsez kirurin men ovqat qimiman kechga sababini esa oyijonga oziz aytasiz. Bolaga kimdir qarashi kk derdi. Men rosa yiglardim. Akam ham ilmli inson edi. Ammo u ham ayolini gapiga kirib meni ermaklardi. Ustozimni oldiga kirishimga har safar unamasdi. Shunda oqishim sekinlab harflarni hammasini zorga tugatib kalimalarga tushgandim. 6 ta kalimani yodlab topshirishim kk edi. 2 ta yodlagan joyimda oqishni tashladim. 1 yoki 2 yil o'tdi. Ozi ustozim qoshnim edi. Nega kirme qoydin deb soradi. O'sha zahoti men yana ilmga shongidim. Kalimalarni yodlab Qur'onga tushdim. Boshida qiynaldim. Orada ustozim erga tegdi. O'zimni qarindoshimga bordim ustozimni ustoziga bordim. Hullas kop ustoz almashdi. Oxiri mahallamdagi bir ayolda qattiq oqidim. Qur'onni 1 yilda oqib tugatdim. 6-sinfda birinchi hatmimni qildim. 2024-yilda yodlashga tushgandim ammo oxshamadi. Onatili ingliztili oqiganim uchun chalkashib ketdim. Hozir 9-sinfman. InshaaAlloh sertifikatlarimni olib bolganimdan song Qur'onni yod olmoqchiman. Turmushga chiqgunimcha murattab Qoriya bolaman deb niyyat qilganman🥹❤️ P.s: Alloh niyatlaringizga yetkazsin ❣ Siz ham oʻz sarguzashtingiz bilan boʻlishing va ajr oling: https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=180f9a4c66de42
Qur’on tinglashning 15 foydasi 💌 🤍 Qur’onni tinglash insonni hidoyatiga sabab boʻladi. Qur’onni tinglagan, oʻqigan, undagi hukmlarga amal qilgan kishilar dunyo va oxoratda adashmaydilar, badbaxt boʻlmaydilar. Alloh taolo bu haqida shunday deb marhamat qilgan: ﴿ إِنَّ هَٰذَا الْقُرْآنَ يَهْدِي لِلَّتِي هِيَ أَقْوَمُ وَيُبَشِّرُ الْمُؤْمِنِينَ الَّذِينَ يَعْمَلُونَ الصَّالِحَاتِ أَنَّ لَهُمْ أَجْرًا كَبِيرًا﴾ “Albatta, bu Qur’on eng toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilur va yaxshi amallarni qiluvchi moʻminlarga, albatta, oʻshalarga, ulugʻ ajr borligini xushxabarini berur” #tinglash
Qur’on tinglashning 15 foydasi 💌 🤍 Qur’on tinglash iymon nurining ziyoda boʻlishiga sabab boʻladi. Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qilgan: ﴿ إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ الَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ اللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَإِذَا تُلِيَتْ عَلَيْهِمْ آيَاتُهُ زَادَتْهُمْ إِيمَانًا وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ﴾ “Albatta, Alloh zikr qilinsa, qalblari titraguchi, oyatlari tilovat etilsa, iymonlarini ziyoda qilguvchi va Robblariga tavakkul qilguchilargina mo’minlardir” #tinglash
Safo keltirdingiz, yoʻldoshlar ✨ Ushbu manzilda ushbu xabarni oʻqib turganingiz bejiz emas, biz siz bilan Qur’on ummoniga shoʻngʻishga tayyormiz, siz tayyormisiz? Hozircha kunlik re’jamiz: 💗Qur’on tinglashni 15 foydasi 💗Har kunlik oyat tilovati va tarjimasi 💗”Qur’on safarim” ga kelgan maktublar Qolaversa asosiy kanalimiz @musiyra da har hafta Qur’on bilan faoliyat olib boruvchi muslimalar bilan jonli suhbatlar olib boramiz. Navbatdagisi kelasi yakshanba 15:00 da qatnashib koʻring qiziqib qolasiz. Qolaversa, savollaringizga javob olish imkoningiz bor ✨ Maqsadimiz - Qur’onga muhabbatingiz ziyoda boʻlishiga sababchi boʻlish!
سورة يونس: 23 ﴿ إِنَّمَا مَثَلُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا كَمَاءٍ أَنزَلْنَاهُ مِنَ السَّمَاءِ فَاخْتَلَطَ بِهِ نَبَاتُ الْأَرْضِ مِمَّا يَأْكُلُ النَّاسُ وَالْأَنْعَامُ حَتَّىٰ إِذَا أَخَذَتِ الْأَرْضُ زُخْرُفَهَا وَازَّيَّنَتْ وَظَنَّ أَهْلُهَا أَنَّهُمْ قَادِرُونَ عَلَيْهَا أَتَاهَا أَمْرُنَا لَيْلًا أَوْ نَهَارًا فَجَعَلْنَاهَا حَصِيدًا كَأَن لَّمْ تَغْنَ بِالْأَمْسِ ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ﴾ “Bas, qachonki, U Zot ularga najot bersa, koʻribsizki, ular yer yuzida nohaqdan zulm qilurlar. Ey odamlar, bu zulmingiz faqat oʻz ziyoningizgadir. Bu, hayoti dunyo matohi xolos. Soʻngra, bizga qaytishingiz bor. Bas, Biz nima amal qilganingiz habarini berurmiz”. #tilawa
Qur’on tinglashning 15 foydasi 💌 🩷Qur’onni tinglash Alloh taoloning rahmatiga erishishga sabab boʻladi. Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan: ﴿ وَإِذَا قُرِئَ الْقُرْآنُ فَاسْتَمِعُوا لَهُ وَأَنصِتُوا لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ﴾ “Qur’on tilovat qilinganda uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad, rahmatga erishsangiz” Ushbu oyatda ulamolarimiz Qur’oni Karim tilovat qilinganda unga jim turib quloq osish vojibligi haqida hukm qilganlar. #tinglash
🌸🌹 🌺مَثَلُ الْجَنَّةِ الَّتِي وُعِدَ الْمُتَّقُونَ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ أُكُلُهَا دَائِمٌ وَظِلُّهَا تِلْكَ عُقْبَى الَّذِينَ اتَّقَوْا وَعُقْبَى الْكــــــــافِرِينَ النَّارُ🌺 “Taqvodorlarga vada qilingan jannatning misoli: ostidan anhorlari oqadi, mevalari va soyalari doimiydir. Bu, taqvo qilganlarning oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa, doʻzaxdir”. 🌺القارئ : عبدالله الخلف #tilawa
"Mening hikoyam bitta postga sig'masdi. Kichik bo'lsada kitob qildim", deya bir kuzatuvchimiz "Qur'on safarim"ga shu tarzda maktub yo'llabdilar, Alloh rozi bo'lsin! Maroqli mutolaa 🌳 #quronsafarim
🤍ur’on 🤍afarim loyihasi endi buyerda davom etadi 🤍 - Qur’onga oid qanday ilmni oʻrganish bosqichida boʻlishingizga qaramasdan, hayotingizda qanday iliq oʻzgarishlar boʻlayotganiga nazar solasiz va bular haqida bizga 💌 yozasiz. Biz esa sahifada ulashamiz ❤️ Masalan, ilk mus’haf sotib olganingizda, Qur’on suralarini ilk bora tajvid bilan oʻqiganingizda, ilk xatm qilganingizda, ilk juzni yod olganingizda, oyatlarni tarjima-tafsirlari bilan tanishganingizda, hayotingizda tatbiq qilganingizda hattoki bu ilmga kirmagan holatda boʻlsangiz ham Qur’on tilovati tinglayotganingizda nimalarni his qilganingiz haqida yozishingiz mumkin ☁️☁️ Sizga qanday foyda beradi? ☁️Hayotingizga Qur’on kirib borgandan keyin ham, shunchaki, yashab ketavermaysiz. ☁️U moʻjizaviy Kalom ekanini his qilishga urinasiz, mohiyati va mukofotlari haqida izlanasiz ☁️Qur’on hayotingizga hislar orqali rang olib kiradi. Yanada izchil boʻlishga tirishasiz, ixlosingiz avvalgiga nisbatan ancha oshishi mumkin, biiznillah Loyiha maqsadi nima? Maqsadimiz hikoyangizni oʻqigan inson balki sizdagi hech kim payqamagan hislar tufayli, hayotingizdagi oʻzgarishlar tufayli Qur’on oʻqishni boshlar, avval boshlab keyin tashab qoʻyganlar esa davom ettirar. Alloh niyatimiz va harakatimizga koʻra ajrlantiradi. Natija - Allohdan, biz natijadan soʻralmaymiz‼️ Hikoyalar uchun: https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=180f9a4c66de42
📖 Alloh taologa qasamki, eng buyuk mahrumlik Qur’ondan uzoq boʻlishdir! Xafa, xavotir yoki behalovatmisiz? Sizning shifongiz Qur'ondir... Musiqani tark etishni xohlaysizmi? Qur'on bilan band bo'ling… Yuragingiz qattiqmi va u yumshashini hohlaysizmi? Sizning davoyingiz Qur'ondadir... Qur'on hamma narsaga davo, lekin biz o'z nafsimizga baxillik qiluvchilardanmiz! 💭 @quronsafari
U Kitob - Qur’on shunday bir kitobki: “Albatta, U aziz kitobdir. Uning oldidan ham, ortidan ham botil kelmas. U oʻta hikmatli va oʻta maqtalgan Zotning tushirganidir.” 41:42 Anglagan kimsalar uchun, u Kitobda sodir boʻlgan qissalardan va habarlardan dars chiqarish va ibrat olish yoʻllari paydo boʻladi. U Kitobda buyurilgan hukmlar isloh qilinishi kerak bo'lgan munosabatlar va to'g'ri yo'lni aniqlab beradi. Halol va haromni bir biridan ajratadi u Kitob! U bir nurdir, u bir oydinlikdir! Uning soyasida insonni aldagan shaytonning yolgʻonlari fosh boʻladi. Chunki Unda: “Qalblardagi dardlarga davo bordir” 10:57 @quronsafari
без подписи
без подписи
Channel created