QUVA TAʼLIM YANGILIKLARI
СтатистикаQuva tumani Maktab va Maktabgacha ta'lim tizimiga oid kanalga xush kelibsiz. Tizimga oid eng so‘nggi yangiliklar, tasdiqlangan ma'lumotlar, rasmiy munosabatlarni bizning kanalda biz bilan kuzatib boring. @QuvaMMTB Bizni kuzatib boring
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 12
- Всего постов
- 139
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 220
- 1/48двое суток
- 252
- 1/72трое суток
- 271
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#диққат ‼️ Олийгоҳ битирувчиларига имтиҳонсиз тўғридан-тўғри тоифа берилади! 🎓 Бакалавр даражаси учун тўғридан-тўғри (аттестациядан ўтказилмасдан) иккинчи малака тоифаси, магистр даражаси учун эса тўғридан-тўғри (аттестациядан ўтказилмасдан) биринчи малака тоифаси берилиши жорий этилмоқда. Вазирлар Маҳкамасининг 2026 йил 29 июлдаги 411 сон қарори билан педагогларни аттестациядан ўтказиш тартибига (ВМҚ-572) жуда муҳим ўзгартириш киритилди. 2026 йилдан бошлаб ишга кирадиган ёш мутахассислар учун янги имтиёзлар белгиланди. 🔴 Бакалавр битирувчилари учун: Имтиёзли (қизил) диплом билан битирганлар диққатига! Бакалавриатни имтиёзли диплом билан тугатган битирувчилар мактабга илк бор ишга кирганида имтиҳонсиз тўғридан-тўғри Иккинчи малака тоифаси (катта ўқитувчи лавозими) берилади. Оддий диплом билан битирганларга эса одатдагидек мутахассис лавозими берилади. 🟢 Магистр битирувчилари учун: Магистратура босқичини битириб, барча фанлардан ва аттестациядан "5" (аъло) баҳо (90-100 балл) кўрсаткичига эга бўлганларга катта имтиёз берилади. Бундай битирувчилар биринчи бор таълим ташкилотига ишга кирганида уларга тўғридан-тўғри Биринчи малака тоифаси (етакчи ўқитувчи) берилади. Бошқа оддий магистр даражасига эга бўлганларга эса тўғридан-тўғри иккинчи малака тоифаси берилиши давом этади. Бу янгилик олийгоҳларни аъло баҳоларга битирган билимли ёш кадрларни мактабларга жалб қилиш ва уларни илк иш куниданоқ юқорироқ маош билан таъминлаш мақсадида жорий этилмоқда. 👉 Vodiy1.uzга уланиш учун https://t.me/Vodiy1uzofficial. Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Gandbol bo‘yicha viloyat bosqichi yakunlandi “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gandbol bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi Farg‘ona viloyati bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqada viloyatning 19 ta tuman va shahridan kelgan iqtidorli jamoalar g‘oliblik uchun murosasiz va shiddatli bahslarda ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — Dang‘ara tumani jamoasi 🥈 2-o‘rin — Farg‘ona tumani jamoasi 🥉 3-o‘rin — Quva tumani jamoasi Farg‘ona tumani jamoasini munosib 2-o‘rin bilan samimiy muborakbod etamiz! Respublika bosqichida ham jamoamizga omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tilaymiz! Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
Farg'ona viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bo'sh (vakant) maktab direktori lavozimlariga ochiq tanlov e'lon qiladi. Viloyatimizning shahar/tumanlaridagi maktablarning bo'sh (vakant) direktori lavozimlari manager.uzedu.uz saytida menejerlik sertefikatiga ega bo'lgan nomzodlar uchun ochiq mustaqil tanlovga qo'yildi. DIQQAT!!! Farg'ona viloyatidagi umumta'lim maktablari bo'sh (vakant) direktorlari lavozimlari uchun Platformada ariza berish 2026-yilning 10-avgust kunidan 14-avgust (shu kuni ham) sanasiga qadar davom etadi. Farg'ona viloyati Direktorlar kengashi.
Quva tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2026-yil davomida sohalar kesimida eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan hududlarda aniqlangan tizimli muammolarni chuqur o‘rganish hamda ularni bartaraf etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabullar tashkil etilishi belgilangan. Mazkur sayyor qabullar tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, “Inson qadri” tamoyili asosida hududlarda o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan, Quva tumani Damariq M.F.Y. hududidagi 56-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi binosida 📅 2026-yil 12-avgust kuni ⏰ soat 11:00 da sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur qabulda ta’lim sohasi bilan bog‘liq murojaatlar, taklif va muammolar ko‘rib chiqiladi. Barcha fuqarolar va manfaatdor tashkilotlar vakillari faol ishtirok etishga taklif etiladi.
Farg‘ona vodiysi qizlari uchun "Digital Kaleidoscope" AT taʼlim dasturi! School 21 , Women in Tech Uzbekistan va UNICEF bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida qizlar uchun "Digital Kaleidoscope" keng qamrovli AT dasturini ishga tushirmoqda. Agar siz 18–24 yoshda bo‘lsangiz hamda Farg‘ona, Andijon yoki Namangan viloyatlaridan birida yashasangiz va AT sohasida o‘z faoliyatingizni boshlashni istasangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun! Dastur doirasida sizni nimalar kutmoqda? 📍 Farg‘onada 3 kunlik oflayn intensiv — IT muhitiga sho‘ng‘ish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda yangi do‘stlar orttirish imkoniyati; 💻 6 oylik onlayn ta’lim — o‘qish yoki ish bilan birgalikda olib borish uchun qulay format; 💼 AT kompaniyalarda 3 oylik amaliyot — olgan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llash va haqiqiy ish tajribasiga ega bo‘lish imkoniyati; 🌐 Ekspertlar bilan uchrashuvlar — dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi AT mutaxassislari bilan amaliy sessiyalar; 🤝 Dastur davomida mentorlik ko‘magi — tajribali mentorlar bilan muntazam uchrashuvlar, maslahatlar va professional rivojlanish uchun amaliy ko‘mak. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, siz School 21, UNICEF va Women in Tech tomonidan beriladigan sertifikatga ega bo‘lasiz. Talab yuqori bo‘lgan 4 ta yo‘nalishdan birini tanlang: 1️⃣ Data Science 2️⃣ BSA — Biznes va tizimli tahlil 3️⃣ QA — Dasturiy ta’minotni testlash 4️⃣ Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish Eng muhimi — o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqingiz! Muhim sanalar: 15-sentyabrgacha — arizalar qabuli 20-sentyabrgacha — saralash bosqichi 2026-yil oktyabr – 2027-yil mart — onlayn ta'lim 2027-yil mart – may — amaliyot 2027-yil iyun — bitiruv va sertifikatlarni topshirish 👉 AT sohasidagi ilk qadamingizni qo‘ying — hoziroq ariza topshiring! 📲 Barcha savollar bo'yicha: f.ataxanova@21-school.uz 🤝 Dastur Ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma dastur (Women’s Economic Empowerment Joint Programme) doirasida amalga oshiriladi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpa.uzbekistan | @unwomenca _______________ IT-программа Digital Kaleidoscope для девушек из Ферганской долины! School 21 совместно с Women in Tech Uzbekistan и UNICEF при финансовой поддержке Европейского Союза запускает масштабную IT-программу Digital Kaleidoscope для девушек. Если вам от 18 до 24 лет, вы живёте в Ферганской, Андижанской или Наманганской области и хотите начать свой путь в IT — эта возможность именно для вас! Что вас ждёт в рамках программы? 📍 3-дневный очный интенсив в Фергане — погружение в IT-среду, новые знания и навыки, а также новые знакомства; 💻 6 месяцев онлайн-обучения — удобный формат, который легко совмещать с учёбой или работой; 💼 3 месяца стажировки в IT-компаниях — возможность применить полученные знания на практике и получить реальный опыт работы; 🌐 Встречи с экспертами — практические сессии с ведущими IT-специалистами из разных стран мира; 🤝 Менторская поддержка на протяжении всей программы — регулярные встречи с опытными менторами, консультации и практическая помощь в профессиональном развитии. После успешного завершения программы вы получите официальный сертификат от School 21, UNICEF и Women in Tech. Выбирайте одно из 4 востребованных направлений: 1️⃣ Data Science 2️⃣ BSA — Бизнес- и системный анализ 3️⃣ QA — Тестирование программного обеспечения 4️⃣ Разработка программного обеспечения Главное — ваше желание учиться! Ключевые даты: До 15 сентября — приём заявок До 20 сентября — отбор участников Октябрь 2026 – Март 2027 — онлайн-обучение Март – Май 2027 — стажировка Июнь 2027 — финал и вручение сертификатов 👉 Сделайте первый шаг в IT — подайте заявку прямо сейчас! 📲 По всем вопросам и для связи: f.ataxanova@21-school.uz 🤝 «Программа реализуется в рамках Совместной программы по расширению экономических возможностей женщин (Women’s Economic Empowerment Joint Programme) и финансируется Европейским Союзом» @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpauzbekistan| @unwomenca 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹LinkedIn
🌿 "Yoz o‘tmoqda soz" loyihasi doirasida 📍 Quva tumani 60-DMTT kichik guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlari doirasida "Ayron party" tashkil etildi. 🥛 Tadbirning asosiy maqsadi tarbiyalanuvchilarda sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, yozgi mavsumda organizm uchun foydali ichimliklarni iste'mol qilishning ahamiyatini tushuntirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va qiziqarli tashkil etishdan iborat bo‘ldi. 🎈 Tadbir davomida bolajonlar mazali ayron bilan mehmon qilinib, turli harakatli o‘yinlar, quvnoq mashg‘ulotlar va jamoaviy faoliyatlarda faol ishtirok etdilar. Bunday tadbirlar tarbiyalanuvchilarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ijobiy kayfiyat ulashish hamda jamoada hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 👩💼 Direktor: M. Ergashova 👩🏫 Tarbiyachi: N. Mamasharipova 🌞 Quva tumani 60-DMTT jamoasi yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlarini bolalarning sog‘lom, xavfsiz va mazmunli dam olishini ta'minlash maqsadida izchil davom ettirmoqda.
Quva tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2026-yil davomida sohalar kesimida eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan hududlarda aniqlangan tizimli muammolarni chuqur o‘rganish hamda ularni bartaraf etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabullar tashkil etilishi belgilangan. Mazkur sayyor qabullar tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, “Inson qadri” tamoyili asosida hududlarda o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan, Quva tumani Xonabod MFY hududidagi 13-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi binosida 📅 2026-yil 5-avgust kuni ⏰ soat 11:00 da sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur qabulda ta’lim sohasi bilan bog‘liq murojaatlar, taklif va muammolar ko‘rib chiqiladi. Barcha fuqarolar va manfaatdor tashkilotlar vakillari faol ishtirok etishga taklif etiladi.
💻 Siz qayerda bo‘lsangiz — ISFT ham o‘sha yerda! Chunki ISFTda Masofaviy ta’lim chegara bilmaydi. Ish, joylashuv yoki vaqt oliy ma’lumot olishingizga to‘sqinlik qila olmaydi. Masofaviy ta’lim shakli yo‘nalishlari: 1. Moliya sohasida boshqaruv 2. Buxgalteriya hisobi va moliya 3. Biznes va menejment 4. Xalqaro munosabatlar 5. Psixologiya 6. Bank ishi va audit 7. Iqtisodiyot 8. Marketing 9. Axborot tizimlari va texnologiyalari 10. Menejment ✅️ Kontrakt narxlari 10,300,000 so‘m. ❗️UzBMB (DTM) ballingiz bilan imtihonsiz talaba bo‘lish imkoniyati ham bor! Shoshiling! Diplomi dunyoning 70 ta davlatida tan olinadigan ISFTda hujjatlar qabuli davom etmoqda! Hujjat topshirish: admission.isft.uz ❤️ +998555061717 ❤️ @ISFTqabul_bot ❤️ Litsenziya ISFT Toshkent: Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek t., Mirzo Ulug'bek k, 122/5 (Chimgan Ecobozor ro'parasi) ISFT Samarqand: Samarqand shahri, Mirzo Bedil ko‘chasi, 24-uy ✅ISFT — orzularingiz ro‘yobi! Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
Quva tumani 16-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari "Jajji nurli yulduzlar" ko‘rik-tanlovida folklor yo‘nalishi bo‘yicha munosib ishtirok etib, o‘zlarining milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va xalq og‘zaki ijodi namunalarini mahorat bilan namoyish etdilar. Tanlov yakunida jajji ishtirokchilarning ijodiy chiqishlari hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib, ular Maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar. Mazkur yutuq tarbiyalanuvchilarning iste'dodini yuzaga chiqarish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat, sahna madaniyati va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan samarali ishlarning amaliy natijasi bo‘ldi. Quva tumani 16-DMTT jamoasi taqdirlangan barcha tarbiyalanuvchilarni hamda ularning ustozlarini samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi tanlovlarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaydi. "Jajji nurli yulduzlar" festivali maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
❗️Бошланғич таълим ўқитувчиларига малака сертификати, ҳуқуқшунослик фанидан эса миллий сертификат бериш йўлга қўйилади Ҳукуматнинг тегишли (411-сон, 29.07.2026-йил) қарори билан, 2026/2027 ўқув йилидан бошлаб: ➖ Бошланғич таълим ўқитувчиларининг билим даражаси ва педагогик маҳорати аниқланиб, уларга 3 йил муддатга амал қилувчиA+, A, B+, B, C+, C сертификатлари берилади. B+ ва ундан юқори сертификатга эга ўқитувчиларнинг ҳар ойлик маошига 15 фоиз устама тўланади; ➖ Ҳуқуқшунослик фанини билиш даражасини аниқлаш ва миллий сертификат бериш йўлга қўйилади; ➖ Хитой, корейс, япон, испан, италян, форс, дарий, пушту, урду, ҳинд ва уйғур тилларидан чет тилини билишнинг кўп даражали (multi-level) тест тизими жорий этилади 👉 @Uzbekcha_Gap каналига аъзо бўлинг
Японлар қандай қилиб бугунгидек тартибли, навбатда турадиган, кўчага чиқинди ташламайдиган халқ бўлиб қолди? Манба Telegram | YouTube
Quva tumani 16-DMTTda "Ilk qadam" Milliy dasturi yuzasidan o'quv seminar bo'lib o'tdi Quva tumani 16-DMTTda pedagog xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda "Ilk qadam" Milliy o'quv dasturining 3-nashri mazmun-mohiyatini amaliyotga samarali joriy etish maqsadida seminar tashkil etildi. Seminar davomida "Ilk qadam" Milliy o'quv dasturining asosiy yo'nalishlari, undagi yangiliklar, bolalarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, rivojlantiruvchi muhitni yaratish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Direktor oʻrinbosari: M. Jaloliddinova
#Sayyor_qabul 💥 Quva tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining jismoniy va yuridik shaxslar bilan navbatdagi “Sayyor qabuli” bo‘lib o‘tadi. ⌛Sanasi va vaqti: 2026-yil 29-iyul kuni soat 10:00 da 🔸Manzil: Farg‘ona viloyati Quva tuman 5-son umumta'limi maktabi binosi, Qaqir MFY, Begat ko'chasi 100-uy. 🔰 Mo‘ljal: Andijon-Farg'ona magistral yo'li bo'yida. 📞 Bog‘lanish uchun: (73) 244-31-18, (73) 244-30-93 Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.