Hayotiy🍃
Статистика• Shaxsiy blog... • Kitoblardan iqtiboslar.. • Shaxsiy oʻy-fikrlar... Wishlist - @istardimki_r Blog - https://t.me/+qW3viHglsB0zYzky 10.10.2024
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 29
- 1/48двое суток
- 33
- 1/72трое суток
- 35
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Oʻylab qarasam koʻp narsa oʻzgaripti. Sekin sekin koʻpchiliga boʻlgan ishonchim soʻnib boryapti(balkim ularniki ham menga nisbatan shundaydur) va voz kechishni boshladim. Lekin Alhamdulillah sanoqli boʻlsa ham doʻstlarim bor. Doim yonimda turib padeshka qilib, qizgʻonchiq va arazchi🙃
)))
https://t.me/ahli_kitobxonlar Va nihoyat oʻzim xohlagandek guruh. Men buni anchadan beri kutib yurodim. Xohlavchilar qoʻshilvolilar. Kitoblar yuzasidan suxbatlar boʻladi. Bir kitobni tanlab uni oʻqib tahlil qilib boramiz. Inshaalloh manfatli boʻladi🤍
Zikrning eng afzali Qur'on tilovatidir.
Bu yolg’on dunyoda jannatim bo’lgin..
#yakunlandi Kitob: "Kecha va kunduz" Muallif: Abdulhamid Choʻlpon Janr: Roman Tugatildi: 10.08.2026 Oʻsha davrdagi ayollarni mensimaslik, qizlarni oʻrni yoʻqligi, koʻpxotinlik, kundoshlarning bir biriga qilinayotgan muomilasi. Otalar qizlarini yoshlari orasidagi farq anchagina katta boʻlgan insonlarga turmushga berishi kabi mavzular yaqqol yoritilgan... Zebining bir kunlik erkinligi oʻzi uchun juda ham qimmatga tushgani... Miryoqub oʻqigan, tushuna oladigon, lekin hamma narsani koʻrib bilib tursada hech nima qilalmaydi...
Boʻlaveradi)
Bugun vaqtinchalik Instagramimni o‘chirdim. Oxirgi paytlarda erkaklik — xotinini ko‘z-ko‘z qilib, to‘yda vals tushish-u, ochiq-sochiq kiyinib, begona erkaklar oldida uni uyalmay suratga olib, ommaga namoyish qilishdan iboratdek bo‘lib qoldi. Instagramdan…
Bugun vaqtinchalik Instagramimni o‘chirdim. Oxirgi paytlarda erkaklik — xotinini ko‘z-ko‘z qilib, to‘yda vals tushish-u, ochiq-sochiq kiyinib, begona erkaklar oldida uni uyalmay suratga olib, ommaga namoyish qilishdan iboratdek bo‘lib qoldi. Instagramdan o‘rganyapmiz: ayol qanday bo‘lishi kerak, erkak qanday bo‘lishi kerak. Qaynona bilan yashash kerakmi yoki alohida yashashmi? Er-xotin bir-biriga qanday munosabatda bo‘lishi kerak? Ayolning qadri nimada, erkakning mas’uliyati nimada? Lekin aslida biz kimdan o‘rnak olishimiz kerak edi? Rasululloh ﷺdan. U zotning ahli oilalariga bo‘lgan munosabatlarini o‘rgansak edi… Ayollarini hurmat qilishni, ularning ko‘ngliga qarashni, mehr bilan muomala qilishni, uy ishlarida yordam berishni, g‘azab paytida ham adolatni unutmaslikni… Ayol esa eridan nimani kutishi, oilasini qanday asrashi, hayo va hurmatni qanday saqlashi kerakligini o‘rgansa edi. Biz esa ba’zan hayotimizning eng muhim masalalarida dinimizdan emas, Instagramdagi trendlar-u begona oilalarning hayotidan mezon izlayapmiz. Kimdir baxtni ko‘p surat joylashda ko‘rsatadi. Kimdir oilaviy hayotini hammaga namoyish qilishni muhabbat deb o‘ylaydi. Kimdir esa boshqalarning hayotini ko‘rib, o‘z oilasini kamdek his qila boshlaydi. Holbuki, baxt — hammaga ko‘rsatish uchun emas. Ba’zi go‘zal narsalar ommaga namoyish qilinmaydi. Ba’zi mehrlar kamera uchun emas. Ba’zi oilaviy suhbatlar esa faqat er-xotinning o‘rtasida qolishi kerak. Chunki oila — kontent emas. Erkaklik — ayolini hammaga ko‘rsatish emas, uni asrash. Ayollik — erini hammaga maqtash emas, uning yo‘qligida ham hurmatini saqlash. Baxt — boshqalarga isbotlash emas, Alloh huzurida xotirjam yashash. Rasululloh ﷺning oiladagi hayotlariga qarasak, biz bugun “zamonaviy” deb qabul qilayotgan ko‘plab narsalardan ko‘ra go‘zalroq bir mezonni ko‘ramiz: mehr, rahm-shafqat, hurmat, hayo, sabr va mas’uliyat. Balki bizga Instagramdan biroz uzoqlashib, yana o‘sha asl manbaga qaytish kerakdir. Kim qanday yashayotganini kuzatishdan oldin, Rasululloh ﷺ qanday yashaganlarini o‘rganishimiz kerakdir. Chunki bizga eng yaxshi namuna — trendlar emas. Rasululloh ﷺ.
Har kimning qalbida hech kim bilmaydigan bir urush bo’ladi. Kimdir tabassumi bilan dardini yashiradi, kimdir sukuti bilan. Shuning uchun insonlar ustidan hukm qilishga shoshilmang. Balki u siz ko’rmayotgan og’riqlar bilan kurashayotgandir.
Arazlash bizga Momo Havvodan me’ros:)
)))
Aslida buni yechimi oddiy yechimi mayli qo'shimcha bonuslari ham bor.. • Jismimiz energiya sarf qiladi, jism energiyani aksarini iste'mol qilinadigan narsalardan oladi, jismga quvvat kerak bo'lganidek ruhga ham quvvat kerak bu quvvatni qayerdan oladi albatta zikrdan. • Zikr bu sizdan biror joyga borishni, tahoratni, joy yoki makonni, alohida vaqtni talab qilmaydigan ibodatdir. Zikr bu lug'atda "eslash" "yodga olish" degan ma'noni bildiradi, islom dinida Alloh taoloni til bilan aytib, dildan e'tirof etib yodga olish, uning ulug'vorligini eslash ibodati tushuniladi. Qalblar faqat Allohni zikri ila orom topur Qalbiz qiynaldimi zikr qiling, qalbiz torayib ketdimi zikr qiling, ishlariz orqaga ketdimi zikr qiling, qalbiz charchadimi zikr qiling. Zikr bu - Quyosh yerni qanday nurlantirsa qalbizga ham shunday nur olib kiradi. Muammolariz ko'payib, dunyo tor ko'rinib ketyabdimi? Yaqinizda ishonganlariz qolmadimi? O'zizga oxshagan ojizga ishonganiz, ishonchizni oqlay olmadimi? Shunchaki yechim - Allohga suyaning, zikr qiling, Allohni ko'p eslang, Alloh sizni ko'p eslaydi. Sizni yo'qdan bor qilgan, jirkanch suvdan go'zal inson holatiga olib kelgan Allohdan so'rang barcha muammolaringizni o'zi hal qilib beradi. Kundalik ravishda Istig'for, Salovat, duolarni ko'paytiring. Har bir holatizni to'g'rilashingiz uchun duolar bor ularni tark qilmasdan Allohdan so'rab yuring, aniq ishoning Alloh ijobat qiladi. Kundalik zikrlar misollar: • Astag'firulloh - Allohdan gunohlarimni kechirishini so'rayman" (Istig'for). Fazilati: Rizqni kengaytiradi, g'am-tashvishlarni ketkazadi va balolardan saqlaydi. • Alhamdulillah - "Allohga hamd bo'lsin" (Shukrona). Fazilati: Ne'matlarning yanada ko'payishiga sabab bo'ladi va qiyomatda tarozini to'ldiradi. • Subhanallohi va bihamdihi, Subhanallohil Aziym - Allohni hamd aytish bilan poklab yod etaman, Ulug' Alloh barcha ayb-nuqsonlardan pokdir". Fazilati: Tilga yengil, tarozida og'ir va mezonni to'ldiradigan, Allohga eng sevimli bo'lgan kalimalardir. • Hasbunallohu va ni'mal vakiyl - "Bizga Allohning O'zi kifoya, U zot eng yaxshi vakildir (g'amxo'rdir)". Fazilati: Qiyinchilik, qo'rquv va biron-bir tashvishga tushganda o'qilsa, inson qalbida kuchli xotirjamlik va himoya paydo bo'ladi. • La havla va la quvvata illa billah - "O'zgartirish ham, quvvat ham faqat Alloh kabidir (Allohdangiz o'zga kuch yo'q)". Fazilati: Jannat xazinalaridan biri bo'lib, insonni tushkunlik va ojizlikdan xalos etadi. Davomi bor
#yakunlandi Kitob: "Otamdan qolgan dalalar" Muallif: Togʻay Murod Janr: Roman Tugatildi: 7.08.2026 Shoʻro tuzumidan aziyat koʻrgan 3 avlod.... SSSR davridagi hamma qilingan ishlarni koʻrsatib bergan kitob. Bu kitobni shunchaki oʻqib boʻlmaydi. Oʻzbeklarni qande xoʻrlaganlarini koʻrib, oʻqib insondi koʻziga yosh keladi. Shunchaki tuxmat qilib necha million insonlar qamalib ketilgan....
🤭
Qur’onni o‘qiyotganingda Allohning senga ulkan rahmatini esla — U seni ko‘pchilik orasidan tanlab, O‘z Kitobini o‘qish va o‘rganish imkonini berdi. Keyin esa bu yo‘lda senga yordam berib kelayotgan insonlarni esla: ota-onangni, ustozlaringni. Ular senga vaqtlarini, sabrlarini va mehnatlarini bag‘ishlashdi. Eng avvalo shukrga eng loyiq Zot — Alloh taolodir. Ular esa sening samimiy duolaringda unutilmaslikka loyiq insonlardir.
😁🤭
Alloh biz uchun nimani tanlasa xam albatta u biz uchun gozaldir, garchi u bizni istaklarimizga zid bolsa xam, chunki uning tanlovi bizning foydamiz uchundir)
🌊💧
без подписи