Rahim Sadiy | rahimsadiy.uz
Статистикаrahimsadiy.uz • Naming & Logo-Branding Designer • Samaradorlik va Shaxsiy rivojlanish murabbiysi. Asoschi: 1. RedFox.uz 2. Nomlab.uz 3. @Frilansus (frilansus.com) • • • Shogird tushish: https://rahimsadiy.uz/Rahim+Sadiy/Shogirdlik/Shogirdlik
- Последний пост
- 4 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 208
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 313
- 1/48двое суток
- 358
- 1/72трое суток
- 386
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
1Fit (vonfit) olgan do'sting bilan, prosto lyuboy bitta zalga oylik to'lov qilgan do'sting farqi ))
Munosabatlar — o'zimiz bergan his-tuyg'ularning aks-sadosidir. Insonni tushunmaydigan kishilar o'zlariga mutanosib munosabat ko'radi. Zotan, empatiyaning javobi empatiya, apatiyaning javobi apatiyadir. (Hayot Mohiyati kitobidan, © Rahim Sadiy. 3 avgust 2026 yil 14:50)
Iqtisodiy muammosi bor odamga "sport bilan shug'ullan" deyish, bu xuddi bo'ydoqqa "qachon uylanasan?" deyishga oʻxshaydi.
#hayot_mohiyati Bugun 2 yillik natijani o'qisak bo'ladi 🔥 Har doim "Klassik xatolar" haqida gapirganimda, umrimning ham kitobimning ham bir qismini egallaydigan mavzu ekanini his qilardim. Bugun "Insoniyatning klassik xatosini" 14 ta eng muhimini asosiy ta'rif va izohlari yozib tugatishga muvaffaq bo'ldim. (insoniyatni klassik xatolarini o'z kitobimda o'z talqinim bilan taqdim qilishim o'zim uchun judayam katta baxt 😊) MAVZUDAN PARCHA Tajriba — o'ta qimmat maktab. Agar biz haqiqatni faqat o'z xatolarimiz orqali o'rganmoqchi bo'lsak, uni tushunib yetgunimizcha ortga qaytarib bo'lmas fojialarga yuz tutamiz yoki oradan 50 yil o'tib, to'g'ri yashash uchun na vaqtimiz na toqatimiz qolmaydi. Shuning uchun bizga universal qoidalar, asrlar davomida insoniyat qayta-qayta boshi uriladigan "klassik xatolarni"ni tanib olishimiz kerak. Zero, bilimning asl vazifasi ham shunda — u bizga vaqtdan yutish, umrni uzaytirish imkonini berishi lozim. Qisqa yo'lning ikki qanoti Hayotni ongli ravishda, ortiqcha yo'qotishlarsiz va mazmunli yashab o'tish uchun oldimizda faqat ikkita o'ta muhim vazifa turadi: 1. Klassik qoidalarni bilish: Asrlar davomida sinalgan, insoniyat tajribasida o'zini oqlagan fundamental haqiqatlarni o'zlashtirish va ularni hayot kompasiga aylantirish. 2. Klassik xatolarni anglash: Boshqalar minglab yillar davomida takrorlab kelgan va inson ongi doimiy ravishda tushadigan qopqonlarni oldindan tanib olish va bu xatolarga qayta qoqilmaslik. To'liq o'qish: https://rahimsadiy.uz/Kitoblar/Hayot+mohiyati/Insoniyatning+klassik+xatolari
Muammo o'zidan ekanligini bilmaydigan insonlar, yechimni boshqalarning tinchligini buzishda topadilar. (Jaloliddin Rumiy)
#hayot_mohiyati Kitobimizga yana bir insoniyatning klassik xatolaridan biri bo'lmish "Kelinchak tuzog'i" fenomenal mavzusi yozib bitkazildi 🔥 KELINCHAK TUZOG'I (maqoladan parcha) ...Oilada so'nggi hukmni o'qish, yakuniy qarorni qabul qilish huquqi erkak kishiga berilgani bejiz emas. Chunki erkak tabiatida mantiqiy fikrlash har qanday his-tuyg'ulardan doimo ustun turadi. Shu sababli, erkakning qarorlari ko'pincha muammolarni hal qilishga, faqat oldinga — yechim sari harakatlanishga yo'naltirilgan bo'ladi. Ayol tabiati esa butunlay boshqacha: uning qarorlari ko'pincha ayni damdagi his-hayajonlar va ruhiy ehtiyojlariga chambarchas bog'liq. Ayol uchun hayot to'lqinlarida aynan qaysi tomonga harakatlanish unchalik ham ustuvor emas. O'ngmi yoki chap, balandlikmi yoki pastlik — bularning bari ayol uchun shunchaki hayot dinamikasidir. Shu boisdan ham, ayol kishi o'z erining arzimas bir xatosini bo'rttirib, butun boshli dramaga aylantirishi uning tabiati uchun normal holat hisoblanadi. Chunki ayol har qanday holatda ham yashashni, hayotni chuqur his qilishni istaydi va u uchun bu yashash tarzi zerikarli bo'lmasligi kerak. Bu jarayon ehtirosli shodlik bilan kechadimi yoki ko'z yosh-u iztiroblar bilanmi — buning ahamiyati yo'q. Eng muhimi, u o'zining yashayotganini butun vujudi bilan his qilsa bas. To'liq o'qish: https://rahimsadiy.uz/Kitoblar/Hayot+mohiyati/Kelinchak+tuzog'i
Сиз энг майда ва маиший аҳлоқингизга боқинг, сизга қайси ӯйин қоидлари билан яшаётганингизни яққол очиб беради. Ҳуддики, биз мусулмонлар софлардек. Одамнинг катта машинага муомаласи билан кичиги ӯртасида қилаётгани уни иерархик тизим қурбони эканини намоёндасидир. Ислом шу жумладан, уловдаги пиёдага, турган ӯтирганга, ӯтирган эса ётганга саломни жорий қилган. Ҳӯп, буни амалга оширдингиз ҳам, лекин, бу ердаги моҳият ҳам аслида салом эмас эди. Биз ва бошқалар орасида устунлик йӯқ эканини эслатиб турувчи, буни бӯйни билан синдириб ташловчи амал. Акси бӯлганда, бу ғурурни орттириб, инсонни ёлғон хом-ҳаёлга кӯмиб қӯйган бӯлур эди.
"الحياة معلمة ظالمة جدا، أولا تمتحننا ثم تعلمنا" Hayot eng zolim ustozdir, avval bizni imtihon qiladi so'ng ta'lim beradi. ©Andre Gide @xossahifa
Hayotimda qilgan eng to'g'ri qarorlarimdan bu dizayn o'rganganim va shogird tushganim deb bilaman. Uni butun umrlik kasb qilib ololmadim o'zimga, ammo u yerda o'rgangan ko'nikmalarim butun umr men bilan qoladi. Ustozim shu qadar faylasufona gaplar aytardiki…
Hayotimda qilgan eng to'g'ri qarorlarimdan bu dizayn o'rganganim va shogird tushganim deb bilaman. Uni butun umrlik kasb qilib ololmadim o'zimga, ammo u yerda o'rgangan ko'nikmalarim butun umr men bilan qoladi. Ustozim shu qadar faylasufona gaplar aytardiki inson tafakkur qilishga majbur qolardi. Men ham ulardek Ustoz bo'lishni xohlayman, o'quvchilar hayotida faqat dars beruvchi mudarris sifatida qolishni istamasdim. Dizaynni muhimliligini his qilishimiz uchun aytgan eng ta'sirli gaplari: "Bilasizmi, Allohga eng yaqinlashtiruvchi kasb dizaynerlik. Olamga qaraysizda tushunasiz, bu go'zallik o'z-o'zidan paydo bo'lib qolishi mumkin emasligini. Ulug' bir Musovvir unga chiroy ato etganini." "Alloh o'zining sifatlaridan bir kichik qismini insonlarga bergan. Siz ham u berilgan sifat orqali go'zallik yaratishiz uchun. Hadisda aytilgani kabi "Alloh go'zal narsalarni yaxshi ko'radi" Shunday ekan, hayotni go'zallashtiring" Bu gaplarni eshitib qanday dizaynni tashlab ketdim hayronman?
31-kuni bekarchilar bo'lsa qo'l ko'tarsin Bir yoshlikni eslaylik, zerikdi odam ))
без подписи
без подписи
Bir uxlab tursam 25 ming odam ko'ribdi, instagram adashib ketdi shekilli ))
Chala sotsiolog sifatida instagramdagi "millat tafakkur tarzi"ni tushunib boryapman. Yuqoridagi savolimga ham bog'liqlik joyi bor. Instagramdan olgan xulosalarimga ko'ra: "Erkak kishi oʻz holicha hech kim yoki hech narsa." Erkakni faqat unga bogʻlangan foydali xususiyatlari bilangina yaxshi koʻrishadi va qadrlashadi. Materialistik qarashda hozircha buni normal hisoblashyapti. Lekin dunyo faqat materiyadan iborat bo'lmagan olamda inson — baribir muqaddas maxluqot. U yaxshi ko'rishga ham, yaxshi ko'rilishga ham moyil. Menimcha, erkakka faqat pul topish mashinasi sifatida qarash uzoqqa bormaydigan, sifatsiz, hissiz va yuzaki munosabatlarni keltirib chiqaradi. Chunki oxir oqibat erkak ichidagi asl istaklari va ruhiy ehtiyojlari roʻyobga chiqmayotganini baribir his qiladi. Afsuski, oʻz ongini Instagramga topshirib qoʻyganlar eʼtiqodiga koʻra, erkak hech qanday koʻmak va tirgaksiz, mutlaqo yolgʻiz muvaffaqiyat qozonishi kerak degan qarash ilgari surilmoqda. Vaholanki, hech qanday maʼnaviy tirgaksiz choʻqqiga chiqqan erkak atrofidagilarga nisbatan minnatdorlik emas, aksincha, ruhiy uzoqlashish his qiladi. Faraz qiling, agar erkak hech qanday tirik motivatsiyasiz, ortida samimiy muhabbat va suyanchisiz biron muvaffaqiyatga erishsa... oʻsha choʻqqiga yolgʻiz chiqqanidan keyin hatto yonidagi ayolni ham qadrlay olmay qoladi. Yoxud uni shunchaki jamiyat yozib qoʻygan normalar tufayli qadrlaydimi? Yoki dogmalarga tayanib: "Bu mening majburiyatim" deydimi? Agar insonning his-tuygʻularini oʻchirib, ogʻriqni yutishga va faqat sovuqqonlik bilan natija qilishga majbur qilsak, uning hissiy datchiklari kuyib ketadi. Qoʻpol qilib aytganda, moddiyat uchun hamma hissiyotini qurbon qilgan erkakda samimiy munosabatlar uchun kerakli yoqilgʻi qolmaydi. Insonning barcha his-tuygʻulari faqat pul topishga evrilib ketgan zamonda, qanday qilib samimiy hissiy hayot kutish mumkin? Bu shafqatsiz dunyo erkakni avval robotga aylantirdi, so'ngra undan muhabbat talab qilmoqda... Bunday paytda erkakning ongida tabiiy ravishda bir oʻy aylanadi: "Bular meni emas, mening choʻntagimni, mening ashyolarimni yaxshi koʻrishadi". Afsuski, bu ishonchsizlik bor joyda, chinakam muhabbat unib chiqmaydi. Agar munosabatlar shunday mexanik shaklga kelsa, mazmunli va baxtli hayot qayerda?
Sizlarga bir topishmoq savol beraman: Farazan bir erkak kishi qarzdor bo'lib qoldi va shu paytda iqtisodiy qiyinchilik bilan hayot kechiryapti. Bunday vaziyatda shu insonni koʻproq kim qo'llab-quvvatlaydi?
Kecha shu haqida gaplashgandik, yapon boboy ham ancha yaxshi tushintirib bergan ekan 👍 Ruhsiz kapitalizm yoxud Gedonizm
#hayot_mohiyati Muhabbat vodiysi Muhabbat — aql va ruh bilan pishib yetilgan, ego qobig‘idan mutlaqo ozod bo‘lgan sof xolislik makonidir. U ehtirosli sevgi yashinidan so‘ng qalbda barqaror yonib turuvchi mo‘tadil olovdir. Uning poydevorida chuqur anglash va his qilish, samimiylik, ishonch, hurmat va qabul qilish kabi yadroviy sifatlar ushlab turadi. Bu barcha muhtasham qadriyatlarni o‘zida birlashtirib, yaxlit saqlab turuvchi eng ulkan fundamental kuch esa — fidokorlikdir. "Insonlarga bo‘lgan sof muhabbat – o'zlikka sig'inish va egodan xalos bo‘lishning yagona yo‘lidir." (Mark Avreliy) Sevgi — bu jo‘shqin his-tuyg‘u, ehtiros va kutilmagan tortilishdir. U ko‘pincha ob'ektning tashqi jozibasiga, yuzaki go‘zalligiga va zohiriy shakliga tayanadi. Muhabbat esa shunchaki his-tuyg‘u emas, balki aql va ruh bilan pishib yetilgan anglash, chuqur hurmat va botiniy qabul qilish san'atidir. Sevgi insondagi go'zallikni qidirsa, muhabbat o'sha insonning ichki mohiyatiga, fitratiga (qalbiga) oshiq bo'ladi. Muhabbatda kir bo'lmaydi, shuning uchun u har qanday ezguliklarning poydevori va boshlanishidir. (Rahim Sadiy) O'qish: https://rahimsadiy.uz/Kitoblar/Hayot+mohiyati/Muhabbat+vodiysi
Oʻzingiz qalbingizdan joy bergan odamni istagan paytda quvib chiqara olmaysiz. Quvib chiqargan taqdiringizda ham uning boʻsh stuli hamisha oʻsha yerda qoladi. (Erich Remarque)
Live stream finished (1 hour)