Rahma | 🪷
СтатистикаSiz kuchga to'ladigan, qo'llab-quvvatlanadigan va xotirjam onalikka yo'l oladigan maskan🪷 Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: You tube sahifamiz: @rahmauz Instagram sahifamiz: @rahma_acd Menejer: @rahma_manager
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 662
- 1/48двое суток
- 758
- 1/72трое суток
- 818
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
16-hafta: hozir u avokado kattaligiga yaqin. U bachadon ichida buriladi, tepadi, qo‘l-oyoqlarini harakatlantiradi, hatto kindik ichakchasini ushlab, yana qo‘yib yuborishi ham mumkin. Xavotir olmang — bu uning tabiiy harakatlaridan biri. Qarang, mittivoyingiz huddi kattalardek harakatlanishni boshladi🥹 Endi bolajoningiz sizni eshita boshlaydi Bu haftalarda bolaning eshitish tizimi rivojlanishda davom etadi. U bachadon ichidagi tovushlarni, jumladan, onasining ovozini asta-sekin eshita boshlaydi. Shuning uchun bolajoningiz bilan gaplashing, unga mehrli so‘zlar ayting. Bo‘lajak dada ham suhbatga qo‘shilsa, yanada yaxshi. Bolajoningizning yuragi juda kichkina bo‘lsa-da, faol ishlamoqda. U bor kuchi bilan sizning kuchli farzandingiz bo'lish uchun harakat qiladi. Uning o‘pkalar esa hali tug‘ilishdan keyingi mustaqil nafas olishga tayyor emas. Ammo bola bachadon ichida nafas olishga o‘xshash harakatlarni bajarib, o‘pkalarini "mashq qildira" boshlaydi. Bu paytda u kislorodni nafas orqali emas, yo‘ldosh va kindik ichakchasi orqali sizdan oladi. O‘pkadagi bunday harakatlar esa kelajakdagi ilk nafasga tayyorgarlik vazifasini bajaradi. 16-haftada bolajoningiz har kuni yangi ko‘nikmalarni egallamoqda. Siz esa uning rivojlanishi uchun eng muhim manba — mehr, oziqa va kislorod bilan ta’minlayotgan insonsiz!🤱 🌸rahma_acd
Sizga bir onajonimiz bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan voqeani aytib beraman...👇 40-haftalikda onajonimiz shifokor ko‘rigiga borib, bachadon bo‘ynini tekshirtirganlar. Shifokor bachadon bo‘yni yumshaganini, biroz kutishlari kerakligini aytgan. Oradan 2–3 kun o‘tgach, vaqti-vaqti bilan quyuq, to‘q jigarrang ajralmalar kela boshlagan Shu kuni menga havotiiiir bilan yozdilar🥵 Nega bu holat kuzatildi? Homiladorlikning oxirgi haftalarida, ayniqsa ginekolog ko‘rigidan keyin, bachadon bo‘yni ta’sirlanishi sababli oz miqdorda qon aralash, jigarrang ajralma kuzatilishi mumkin. Ba’zan bu shilliq probka chiqishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Probka birdaniga yoki bir necha kun davomida bo‘lib-bo‘lib chiqishi mumkin❗ Odatda, uning rangi tiniq, pushti, jigarrang yoki qon aralash bo‘ladi. Shuning uchun bunday holatni ko‘rganingizda darhol vahimaga tushmang. Ammo ko‘p miqdorda yorqin qizil qon kelishi, suv ketishi, kuchli yoki muntazam og‘riqlar, bolaning harakatlari kamayishi kabi belgilar kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Onajonimizning hikoyalari qanday tugadi?🥹 41-haftada tug‘ruq o‘z-o‘zidan boshlandi. 20 soatlik tug‘ruqdan so‘ng esa onajon nihoyat farzandlarini bag‘rilariga bosdilar🤍 Ba’zan biz kutgan kun kelishi uchun organizmga biroz ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi🥰
Hellouu, oyparchalar💖 Bugun yangi rubrika boshlaymiiiiiiiz... Endi o'zim konsultatsiya o'tkazgan homilador onajonlarim bilan bog'liq qiziq holatlar va ularga bergan maslahatlarimni kanalda bo'lishib boraman😍 Boshlaymizmi? - ❤️ 🌸rahma_acd
Xo'sh, choklardan qachon qutulamiz?🤍 Kesarcha tug'ruqdan keyin, tashqi choklar 7-14 kun ya'ni 1 yoki 2 haftada bitishi norma hisoblanadi. Chok sohasida tortishish bo'lsa, ozgina chidab turasiz, oyparcha, bu ham vaqt o'tishi bilan yo'qolib ketadigan holat. Chokdan qolgan bo'rtiqlarni yog' klechatkalarimiz 90 kunda sekinlik bilan o'z holatiga qaytaradi. Endi ichki choklarga kelsak, ularning bitishiga ko'proq, 6-8 hafta, holatingizga qarab undan ham ko'proq vaqt ketishi mumkin. Bu masalani, jinsiy hayotga "dam berish" postimizda ham aytib o'tdik. Choklarning butunlay asoratlarsiz yo'qolib ketishi uchun umumiy 1.5 yil vaqt talab qilinadi. Choklarning yaxshi bitishiga nimalar yordam beradi? ✅ Chok sohasini toza va quruq saqlash. ✅ Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish. ✅ Oqartuvchi va oqsilga boy ovqatlanish, temir, rux hamda C vitaminini yetarli qabul qilish. ✅ Shifokor tavsiya qilgan parvarish vositalaridan foydalanish. ✅ Og'ir jismoniy zo'riqishdan vaqtincha saqlanish. 🌸rahma_acd
Kesarcha tug‘ruqdan keyin nega 2 oy jinsiy aloqa tavsiya etilmaydi❓ Ilmiy isbotlangan faktlar haqida gaplashamiz👇 Buning sababi siz o'ylagandek faqatgina choklar yoki tug'ruqdan keyingi ajralmalar emas❌ 1.Bachadonning yo‘ldosh ajralgan joyi 6 haftagacha bitadi. Shu sababli ham bachadon hali to'liq tiklanmagan bo'ladi. Bu davrda jinsiy aloqa infeksiya tushishi va bachadon yallig‘lanishi xavfini oshirishi mumkin. 2. Lohiya – tug‘ruqdan keyingi ajralma Ajralma davom etayotgan bo‘lsa, organizm hali tiklanish jarayonida ekanini bildiradi. Loyiha ajralishi tahminan 4-6 haftada to'xtaydi. 3.Kesarcha operatsiyasidan keyingi ichki choklar bitishi ham vaqt talab qiladi. Erta jinsiy aloqa og‘riq, noqulaylik va tiklanish jarayonining sekinlashishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli shifokorlar tomonidan kesarcha tug‘ruqdan keyin kamida 6–8 hafta (taxminan 2 oy) kutishni tavsiya etishadi. 💚 Har bir onaning tiklanish sur'ati individual. O‘zingizni shoshirmang — sog‘lig‘ingiz va to‘liq tiklanishingiz eng muhimidir. Sizda choklar necha kunda bitgan, commentariyaga yozing ? Keyingi postimiz shu muhim mavzu haqida bo'ladi... 🌸rahma_acd
O'tgan kungi Kesarcha haqidagi postlardan bildikki, kanalda bu usulda tuqqan oyparchalar ko'p ekan!🤍 Keserevo qilish sabablarini ko'rib chiqdik, ancha havotiringiz kamayib, holatni yaqqol tushuna boshlagandirsiz... Bugun bu usulda tug'adigan ayollarimiz uchun, tug'ruqdan keyingi CHOKLAR parvarishidan tortib, JINSIY HAYOTni tiklashgacha ma'lumotlar beramiz? Qiziqmi? - ❤️ 🌸rahma_acd
Kesarevo amaliyoti tug'ruq vaqtida ona yoki homila hayoti xavf ostida qolsa, amalga oshiriladi. Asosan quyidagi ko'rsatmalar bilan tezkor operatsiya qo'llaniladi⤵️ 🟣Homilada o'tkir kislorod yetishmovchiligi 🟣Yo'ldoshning muddatidan oldin ajralishi. 🟣Kindik ichagining tushib qolishi. 🟣Kuchli qon ketish. Shifokor nazorati bilan homiladorlik davomida xavfli holatlar aniqlansa, rejalashtirilgan kesarcha quyidagi ko'rsatmalar bilan qo'llaniladi: 🟣Yo'ldoshning bachadon bo'ynini to'liq yoki qisman yopib turishi 🟣Homilaning yirik bo'lishi 🟣Bachadonda avvalgi kesarcha kesishdan qolgan chandiq xavfli deb topilishi 🟣Tos suyagining torligi yoki tug'ruqqa mos emasligi. 🟣Ona jinsiy yo'llaridagi ayrim kasalliklar. Masalan, faol genital gerpes 🟣Ayrim og'ir yurak, nevrologik yoki ko'z kasalliklari sababli tabiiy tug'ruq tavsiya etilmasa. Eng muhimi, xavotir olmang, kesarcha kesish "oson yo'l" ham, "yomon tanlov" ham emas. Bu — zarurat tug'ilganda ona va chaqaloq salomatligini saqlash uchun qo'llaniladigan tibbiy usul. Muhimi, tug'ruq usulini mustaqil emas, shifokor bilan birgalikda ona va homilaning holatiga qarab tanlashdir. 🌸rahma_acd
Tug'ruq mavzusida real vaziyatlarda foyda beradigan talaygina ma'lumotlar berib kelyapmiz... Lekin tug'ruqxonaga borgandan so'ng birdan KESARCHA amaliyoti qo'llanilishidan qo'rqadigan homiladorlar ham yo'q emas🥲 Shu sababdan ham bugun kesarcha tug'ruq qanday ko'rsatmalar asosida amalga oshirilishini gaplashamiz! Oramizda birdan KESARCHA tug'ruqqa olib kirilgan ayollar bormi? Yoki oldindan rejalashtirganmisiz? 🌸rahma_acd
Bugun 20:00 da "6 oydan 6 yoshgacha bolalarni tog'ri ovqatlantirish" bo'yicha BEPUL JONLI DARS bo'ladi esingizda-ya?😍 Darsimiz shu kanalda bo'lib o'tadi👇 https://t.me/prikorm_blw_uz Prikormdagi muammolardan tortib, farzandi ovqatlanishga nisbatan juda injiq onalarning masalasini ham hal qilamiz bugun😉 ✅ farzandi bilan prikorm boshlash arafasidagi onalar; ✅farzandi ovqat yemaydigan yoki tanlab yeydiganlar; ✅bolasida ba’zi bir mahsulotlarga o'ta sezuvchanlik bor ayollar ; ✅ farzandining ichi ko’p qotadiganlar; ✅farzandini sog’lom ovqatlantirib, defitsitlar bo’lmasligini xohlaydiganlar uchun INTENSIVda yechim topasiz!
Siz uchun tug'ruqxonada eng muhimi nima?❤️ Yozib qoldiring👇 🌸rahma_acd
Hay-hay, oyparchalar, vahima qilmaymiz!🤍 Kindik ichagi bolaning bo‘yniga bir yoki bir necha marta o‘ralishi juda ko‘p, hatto 20-30% holatlarda kuzatiladi. Kindik juda qattiq tortilib, siqilib qolsa, bola kislorod yetishmovchiligiga uchrasa yoki yurak urishi pasayib ketsa bu holatni xavfli deb hisoblashimiz mumkin 📣Bunday holatlar shifokor va akusherlar tomonidan tug‘ruq davomida KTG (kardiotokografiya) orqali kuzatib boriladi. Kindik o‘ralishi har doim ham gipoksiyaga olib kelmaydi. Kindik ichagi ichida maxsus himoya qiluvchi Varton jelesi deb nomlangan qism tomirlarni siqilishdan himoya qiladi. Kindik ichagida 2 ta arteriya va 1 ta vena bo‘ladi. Ular yaxshi himoyalangan bo‘lgani uchun oddiy o‘ralish odatda qon oqimini buzmaydi. Shuning uchun UTTda “kindik bo‘yniga o‘ralgan” degan xulosa chiqsa, bu darhol xavf degani emas. “Kindik o‘ralgan bolalar ko‘k rangda tug‘iladi” – degani ham keng tarqalgan noto‘g‘ri tushuncha. Agar kindik o‘ralishi qon aylanishiga jiddiy ta’sir qilmagan bo‘lsa, bola normal rangda va sog‘lom tug‘iladi. ❤️Faqat juda kam hollarda, agar tug‘ruq vaqtida uzoq davom etgan kislorod yetishmovchiligi yuzaga kelsa, chaqaloqda terining ko‘kimtir tus olishi va sust nafas olish kuzatilishi mumkin.Lekin bunga faqat kindik o‘ralishi emas, boshqa tug‘ruq asoratlari ham sabab bo‘lishi mumkin. Kindik o'ralishi har doim ham kesarcha kesishga sabab bo'la olmaydi! Agar bolaning yurak urishi normal bo‘lsa, gipoksiya belgilari bo‘lmasa, tug‘ruq yaxshi kechayotgan bo‘lsa, ayol tabiiy yo‘l bilan tug‘ishi mumkin🥰 🌸rahma_acd
Konsultatsiya bergan bir onajonimga, bola o'z o'qiga o'ralib tug'ilgan, shuning uchun rangi ko'k, deyishibdi🤍 Aslida, homila o'qiga o'ralsa ham, o'ralmasa ham, rangi siyohrangga yaqin, ko'kish bo'lib tug'ilishi mutlaqo normal! Bolaning o'z o'qiga o'ralishi qanchalik xavfli, shu haqida gaplashamiz bugun👇
Tayyormisiiiiiiiz🥳 Unda sizni 1- AVGUST KUNI MUTLAQO BEPUL INTENSIVga taklif qilaman! 6 oydan - 6 yoshga qadar bolalarni ovqatlanishi haqida eng sara ma'lumotlarga ega bo’lasiz! Intensiv ushbu kanalda bo'lib o'tadi 👇 https://t.me/prikorm_blw_uz Jonli efirdagi super ma'lumotlardan qolib ketmaslik uchun, qo'shilib oling!!!
Oxirgi JONLI EFIRdan keyin tuqqanlar ham farzandi bilan hademay prikorm boshlasa kerak-a?🤍 Farzandini sog'lom ovqatlantirishni xohlaydigan, lekin nimadan boshlashni, qanday davom etishni bilmayotgan onalar shu yerdamisiz? Reaksiya qoldiring, shunday onalarimiz nechta ekanini bilib olaylik - ❤️ 🌸rahma_acd
Yaxshi UZI toping, bu haftadan jinsni aniqlaymiz!🥰 🍎15-haftada mittigina moʻjizangizning kattaligi olmaga teng. U kaftingizga sigʻadigan darajaga yetdi... Endi qo'llaringizni asta bachadon ustiga qo'yib, kaftingiz bilan teng kuchni his qila olasiz! Chaqalogʻingiz endi yorugʻlikni sezishni boshlaydi. Koʻzlari hali yumuq boʻlsa-da, tashqi yorugʻlikka javob bera oladi. Tirnoqchalari shakllanib bo‘lgan. Hademay shu mitti tirnoqlarni o'z qo'llaringiz bilan parvarish qilishni boshlaysiz... Bu haftalarda, chaqaloqning holatiga va UZI apparati sifatiga qarab, jinsini aniqlash ham mumkin bo‘ladi😍 🦴Suyaklari tez sur’atda rivojlanmoqda. Shu sababli homiladorlik davrida kalsiyga boy mahsulotlarni yetarli miqdorda iste’mol qilish muhim. Qarang, har bir haftada mittigina moʻjizangiz siz bilan uchrashishga yana bir qadam yaqinlashmoqda... 🌸rahma_acd
Gestatsion diabet — bu homiladorlik davrida qondagi qand miqdorining me'yordan oshishi bo'lib, bunga ko'pincha homiladorlik gormonlari sabab bo'ladi. Gestatsion diabetning eng muhim jihati shundaki, u ko'p hollarda hech qanday alomat bermaydi. Shuning uchun homiladorlikning 24–28-haftalarida shifokor tavsiya qiladigan glyukoza testi juda muhim. Agar qondagi qand nazorat qilinmasa: ❤️ bola me'yordan katta vazn bilan tug'ilishi mumkin; ❤️tug'ruq jarayoni murakkablashishi ehtimoli ortadi; ❤️ onada preeklampsiya va keyinchalik 2-tip diabet rivojlanish xavfi oshadi. Yaxshi xabar esa shuki, gestatsion diabet o'z vaqtida aniqlansa, ko'p hollarda uni to'g'ri ovqatlanish, jismoniy faollik va shifokor tavsiyalariga amal qilish orqali nazorat qilish mumkin. 🔖 Oyparchalar, homiladorlik davridagi tekshiruvlarni e'tiborsiz qoldirmang. Erta aniqlangan muammo — ona va bola salomatligi uchun eng katta yutuqdir. 🌸rahma_acd
Oyparchalar, salomatmisiz?🤍 Hech kim katta ahamiyat qaratmaydigan, lekin juda muhim bo'lgan bir mavzuga to'xtalamiz bugun... Bu kasallik haqida albatta, tug'ruqdan oldin bilib olishingiz shart! Xalqimizda chaqaloq vazni katta tug'ilsa, polvon bola tug'ildi, baquvvat, kasal bo'lmaydi deyishadi. Lekin bu har doim ham tog'ri emas❌ Chunki chaqaloqdagi vaznning ko'pligi gestatsion diabet belgisi bo'lishi mumkin❗ 🌸rahma_acd
Sizga aytgan, tug'ruq sumkasi yig'ishdagi kulgili xatoyim haqida videoda aytganman...😂 Hali-haligacha qilgan ishimni eslasam, kulib qo'yaman) Siz qanday "foydali" narsa bilan borgansiz, yozib qoldiring😆👇 🌸rahma_acd
3. Bolalar pyuresi Ha, tog'ri o'qidingiz!😊 Tug'ruq zaliga kirishdan oldin, odatda onalar ishtahasiz, kuchsiz bo'lishadi🥲 Bolalar pyuresi esa yeyishga qulay, tez va ko'p energiya beradi! Tug'ruqxona sumkasiga shunday mahsulotlardan solib olsangiz, tug'ruq vaqtida kuchni tez yo'qotib qo'ymaslikka va holatni yengil o'tgazishga yordam beradi! Do'konlardan xohlagan turdagi pyurelarni sotib olishingiz mumkin!
без подписи