- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 22
- Всего постов
- 36
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 43
- 1/48двое суток
- 49
- 1/72трое суток
- 53
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Oilangiz bilan ichilgan choy, oilangiz bilan qilingan suhbat, oilangiz bilan oʻtkazilgan daqiqalar... Oilangiz bilan boshlanadigan har narsa goʻzal🤍
Ayol daraxtni ildizi bo'ladi,ko'zga ko'rinmas,ammo farzandlari uni tanitadi.
Abdulloh (ibn Umar) roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Har biringiz rahbardirsiz. Har biringiz qo‘l ostingizdagilar haqida so‘ralasizlar. Odamlarga amir bo‘lgan odam rahbardir, ular haqida so‘raladi. Kishi o‘z oilasiga rahbardir, ular haqida so‘raladi. Xotin erining uyi va bolalariga rahbardir, ular haqida so‘raladi. Qul xojasi moliga rahbardir, o‘sha haqida so‘raladi. Ogoh bo‘linglar, har biringiz rahbarsizlar, qo‘l ostingizdagilar haqida so‘ralasizlar!” (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Ibn Hibbon rivoyat qilgan). Farzandga rahbarlik katta mas’uliyat. Shu mas’uliyatlardan biri ilmida rahbar boʻlish, ilmga ragʻbatni oshirish. Bolaga yoshlikdan uyda ta’lim berish juda muhim. Olim boʻlib, katta ishlarda ishlashi uchungina emas! Yoshlikdan tanqidiy fikrlashi, miyasi yaxshi rivojlanishi va ma’lumotlarni filtrlash koʻnikmalari rivojlanishi uchun. Alloh farzanddek omonatingizni goʻzal asrashda, ta’lim-tarbiya berishda Oʻzi qoʻllasin!
Har qismatda bir hikmat...
📎Menga hammasidan ham koʻproq qiziq bir narsa bor. Dinning ustuni boʻlgan qiroati goʻzal Qorilar,Faqih ulamolar,eng ishonchli muhaddislar va jamiki dindagi yetuk shaxslarning onalari qanday boʻlganki ularning farzandlari dunyo va oxiratda martabasi ulugʻ zotlar boʻlib murodga erishgan? Ularning onalari qanday boʻlganki,ular nafaqat dinning ustuni,balki,ummatning ishongan olimlari,paygambar merosxoʻrlari,jamiyat tanazzuliga qarshi kurashuvchilari,ma'rifat ulashuvchilari,ilm tarqatuvchilari,yoyingki,millat va ummat ustozlariga aylanishgan? Ularning onalari qanday usulda ularni tarbiya qilganki,farzandlari tarbiya uchun eng goʻzal namuna boʻlgan? Ularning onalari qanday taomlar tayyorlaganki,insonlar ular bilan birga oʻtirilgan dasturxonni ham tabarruk qilishadi, Ularning onalari qanday muomalada boʻlganki,ular bilan bir ogʻiz suhbat dillarni yashnatadi? Ularning onalari qanday kitoblar oʻqib berganki,ular yozgan kitoblar mayoqdek yoʻl yoritadi. Ularning onalari qanday pok boʻlganki,farzandlari ziyodek nur taratadi? Ajaboo!Ular qandayin ayol boʻlganlarki,Alloh ularga eng ulugʻ ne'mat solih farzand ato etgan ekan-a? •FahriyaFarhod
-Duo qilaver har yahshiligu yomonlikka ko’zing tushganda, Robbing ne’mati bilan hayratlantirganda, har niyatiga yetganni ko’rganda, uyqing qochganda, ishlarga ko’milib ketganingda pichirlab bo’lsa ham tinma… -Ezgu niyat qilaver har bir qadamingda, ota-onang yuziga boqqanda, charchab ketsang ham, tinkang qurisa ham, hoh ustingda bo’lsin, hoh qalbingda davom etaver… -Robbing rahmatiga shu qadar tashna bo’lki, sahroda suvsiz qolib, suvga yetgan kabi… C
Garchi, ilmli va taqvoli qiz oilaning dur-u gavharidir🌷
Chekkan mashaqqatlaring miqdoricha ajrlarga ega bo'lasan...
Yusuf alayhissalom zindonga tushganlarida,u kishi bilan birga yana ikki yigit ham bor edi. Yusuf alayhissalom ularning orasida eng pokizasi edi.Shunga qaramasdan zindondan ikkisidan keyin kechikib chiqdilar. Fazilatli boʻlishiga qaramasdan zindonda bir necha yil qolib ketdi. Yigitlarning biri xizmatchi boʻlish uchun zindondan chiqdi. Ikkinchisi osilish uchun u yerdan chiqdi. Yusuf alayhissalom zindondan chiqishni uzoq vaqt kutdi va zindondan chiqib Misrning shohi boʻldilar. Orzu umidlari amalga oshishi kechikayotganlar bilib qoʻyishsin! ✨Alloh bir narsani olib qoʻysa hikmatga asosan olib qoʻyadi. ✨Bir narsani qoldirsa rahmatiga binoan qoldiradi. ✨Bir narsani kechiktirsa, neʼmatni koʻpaytirish uchun uni kechiktiradi. Shunday ekan, Allohga boʻlgan gumoningizni chiroyli qiling...
Har bir qalbda hayo qilib ayta olmagan duo bo’ladi! Ammo Alloh buni ham biladi... Goʻzal taskin shu emasmi? ♥️
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Ota-onamning qalbida menga nisbatan mehr va hurmatni ekib qo'ygani uchun Olamlarning Robbiga behisob shukrlar bo'lsin) Alloh meni va barcha farzandlarni shu maqomga loyiq qilsin.
Vaqt o'tgan sari inson hayotida turmushning ahamiyati qanchalik muhimligini judayam qattiq tushunyapman. Menimcha,oila qurishda faqat foniy dunyo hayotida birga yashashgina o'ylanilmaydi,balki abadiy hayotda birga bo'lish maqsad qilinadi. Zeroki,oila qurishlikdan ham asl maqsad Alloh roziligidir. U bilan abadiy birga bo'lish uchun dunyodagi bazi mashaqqatlar ,muammolarga sabr qilamiz. Albatta,eng yaxshi juft sizga Allohni eslatadigan,sizni jannatga yetaklaydigan juftdir.Noto'g'ri tanlov qilishlikdan Alloh asrasin. Barchamizni juftimiz oxirat yo'ldoshi bo'lsin.
Har bir dard chekkanning darmoni sensan...