ToshDavTU | 2- davolash fakulteti Rasmiy
Статистика2-son davolash fakultetining barcha o'quv, ma'naviy-ma'rifiy va sportga oid tasdiqlangan xabarlari tashlab boriladi. Boshqa norasmiy kanallardan no'to'g'ri ma'lumot olmasligingiz uchun tashkil qilindi.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 109
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 729
- 1/48двое суток
- 835
- 1/72трое суток
- 901
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Hammani ishtirok etishlarini so'raymiz!!!
🎓 FUNDAMENTAL FANLAR BO‘YICHA ONLINE FAN OLIMPIADA Hurmatli talabalar! Sizlarni bilim va salohiyatingizni sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan Fundamental Fanlar bo‘yicha Online Olimpiadada ishtirok etishga taklif qilamiz! 📚 Olimpiada quyidagi 10 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi: 🔹 Normal anatomiya 🔹 Tibbiy kimyo 🔹 Biokimyo 🔹 Mikrobiologiya 🔹 Gistologiya 🔹 Tibbiy biologiya 🔹 Patologik anatomiya 🔹 Normal fiziologiya 🔹 Patologik fiziologiya 🔹 Farmakologiya 📝 Olimpiada formati: • Jami 100 ta test savoli • Har bir fandan 10 tadan savol • Har bir savol uchun 20 soniya vaqt • Kahoot uslubidagi tezkor baholash tizimi ⏰ Olimpiada vaqti: 📅 Sana: 17.08.2026 🕙 Boshlanish vaqti: 20:00 🕦 Yakunlanish vaqti: 21:30 🏆 Eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar taqdirlanadi. Registratsiyadan o‘tishning oxirgi muddati 16.08.2026 soat 23:59 ga qadar. Registratsiya uchun sayt — https://olympiad.tashmeduni.uz/ Universitetning olimpiadalar telegram sahifasiga qo'shiling. Telegram Qo'shimcha savollar uchun: @TDTU_ITITFTEB 🇺🇿 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqoqt faoliyatini tashkil etish bo'limi!
видео или голосовое, без подписи
#kitobxonlik 🔖Sentabr oyiga qadar kutubxonaga a’zo bo‘lish bepul. 14 yoshdan boshlab kitobsevarlar a’zo bo‘lishlari mumkin. Kutubxonaning ish vaqti ham juda qulay: 📚 Dushanba–juma: 09:00–22:00 📚 Shanba: 09:00–18:00 Universitet ARM yetakchi mutaxassisi Mohidilbonu Nazarova tashrif taassurotlarini shunday ifodaladi: “Kitobxonlikni targ‘ib qilishda ana shunday keng imkoniyatlarga ega ziyo maskanlaridan unumli foydalanishimiz kerak. Kitobxon yoshlar ishtirokida davra suhbatlari, yangi adabiyotlar taqdimotlari va ma’rifiy uchrashuvlarda qatnashishni yanada faollashtirish lozim.” 👉https://telegra.ph/ZIYOGA-OCHILGAN-ESHIK-BU-KUTUBXONAGA-BORISHGA-ARZIYDI-08-13 ✅Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin
✅✅✅ “Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi. ❗️Testni ishlash uchun botga rasmdagidek /start bosib, keyin “Testlarni ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish 🔹Bugungi testlarni ishlash soat 21:00 da yakunlanadi. Ertaga ham 50 ta test ishlash kerak bo‘ladi. Agar referal yetarli emas deb chiqsa, bugun ham referal yig‘ish mumkin. 🔹Bugun va ertangi jami 100 ta testdan kamida 44 ball yig‘gan ishtirokchilar QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!
🔴 ⭕️⭕️⭕️⭕️ 🔹 Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqichiga suhbat asosida qabul qilish jarayonlarining ikkinchi kuni davom etmoqda. 🔻Suhbat davomida bitiruvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari, tanlagan ta’lim yo‘nalishiga bo‘lgan motivatsiyasi hamda shaxsiy-kasbiy salohiyati belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda. ✈️ Jarayonlar ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilib, talabgorlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etmoqdalar. ✅Rasmiy sahifalarimiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin
Muddat 20-avgustgacha!!!
#Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Toshkent shahrida bo'lgan. Islom sivilizatsiyasi markaziga bormoqchi bo'lgan talabalar bo'lsa mengga murojjat qiling!!!
⚡️2026–2027-o‘quv yili uchun ijara xonadonlari bazasi shakllantirildi. Hurmatli talabalar! Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirish maqsadida universitetning mas'ul xodimlari hamda tyutorlari tomonidan aniqlangan va tashkil etilgan ijara xonadonlari bazasi shakllantirildi. 🔗 Ijara xonadonlari bazasi: (https://drive.google.com/drive/folders/1gQNwwacToSJSNmOZWEy0MldoK688bQr0?usp=drive_link ) Quyidagi havola orqali ijara xonadonlari bazasi bilan tanishishingiz mumkin. Qulaylik yaratish maqsadida baza universitetning 3 ta o‘quv hududi kesimida alohida shakllantirilgan. Talabalar o‘zlari ta'lim olayotgan o‘quv hududini tanlab, unga yaqin joylashgan ijara xonadonlari ro‘yxati bilan tanishishlari hamda uy egalari bilan bevosita bog‘lanib, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan xonadonga joylashishlari mumkin. 1-Kampus (Bosh bino hududi) 2-Kampus (1-2-Pediatriya fakultetlari ) 3-Kampus (1-2-Stomatologiya fakultetilari) ✅Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn
ТАЛАБАЛАР ДИҚҚАТИГА! ИЖАРАГА УЙ ОЛИШДА ОГОҲ БЎЛИНГ! Ижарага уй излаётганда фирибгарлик ҳолатларига дуч келмаслик учун ҳушёр бўлинг! Уй-жойни кўздан кечирмасдан, ижара шартномасини расмийлаштирмасдан туриб, олдиндан пул ўтказиб юборманг! 🤝 @OPER_UZ
Ushbu kategoriyaga kiruvchi talabalar bo'lsa, agarda TTJ dan joy olmoqchi bo'lsa, asoslovchi hujjatlarini tashlab berishlari so'rladi.
⚡️2026–2027-o‘quv yili uchun ijara xonadonlari bazasi shakllantirildi. Hurmatli talabalar! Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirish maqsadida universitetning mas'ul xodimlari hamda tyutorlari tomonidan aniqlangan va tashkil etilgan ijara xonadonlari bazasi shakllantirildi. 🔗 Ijara xonadonlari bazasi: (https://drive.google.com/drive/folders/1gQNwwacToSJSNmOZWEy0MldoK688bQr0?usp=drive_link ) Quyidagi havola orqali ijara xonadonlari bazasi bilan tanishishingiz mumkin. Qulaylik yaratish maqsadida baza universitetning 3 ta o‘quv hududi kesimida alohida shakllantirilgan. Talabalar o‘zlari ta'lim olayotgan o‘quv hududini tanlab, unga yaqin joylashgan ijara xonadonlari ro‘yxati bilan tanishishlari hamda uy egalari bilan bevosita bog‘lanib, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan xonadonga joylashishlari mumkin. 1-Kampus (Bosh bino hududi) 2-Kampus (1-2-Pediatriya fakultetlari ) 3-Kampus (1-2-Stomatologiya fakultetilari)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🏛 Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi mumkin. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
⏺#RASMIY_MUNOSABAT ➡️Telegram messenjerida “Шухрат Абдужалилович Боймурадов” nomi bilan ochilgan akkaunt orqali Tоshkent davlat tibbiyot universiteti faoliyati va xodimlariga aloqador, asossiz hamda rasmiy manbalarga tegishli bo‘lmagan xabarlar tarqatilayotgani aniqlandi. 🔹Mazkur akkaunt Tоshkent davlat tibbiyot universiteti yoki uning vakolatli xodimlariga tegishli emasligini rasman ma’lum qilamiz. Ushbu sahifa soxta (fake) akkaunt hisoblanadi va u orqali yuborilayotgan har qanday ma’lumot universitetning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi. 🔹Fuqarolar va hamkorlardan faqat universitetning rasmiy axborot kanallariga ishonishlari, shubhali akkauntlar orqali keladigan xabarlarga e’tibor bermasliklari so‘raladi. Holat yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda. ⏺Quyida rasmiy kanal va akkauntlar keltirilmoqda ➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektoring rasmiy kanallari: 🕊https://t.me/shuxrat_boymuradov 📱https://www.instagram.com/shuhrat.boymuradov 📺https://youtube.com/@shuhrat.boymurodov 📱https://www.facebook.com/shukhrat.boymuradov ➡️Toshkent davlat tibbiyot universitetining kanallari: 🕊https://t.me/tashmeduni 📱https://instagram.com/tashmeduni 📱https://facebook.com/tashmeduni https://x.com/TashMedUni 📺https://www.youtube.com/@TashMedUniOfficial https://www.linkedin.com/school/tashkent-state-medical-university Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok
📌 Hech qayerda e'lon qilinmagan statistika 📊 Bilimni baholash agentligining ochiq ma'lumotlariga ko‘ra, 234 072 nafar abituriyent minimal o‘tish bali — 56,7 ballni to‘play olmagan. 📈 Ballar taqsimoti: ➖ 189+ ball: 7 579 nafar; ➖ 170–188 ball: 47 152 nafar; ➖ 150–169 ball: 48 740 nafar; ➖ 130–149 ball: 48 791 nafar; ➖ 110–129 ball: 45 137 nafar; ➖ 90–109 ball: 56 366 nafar; ➖ 70–89 ball: 53 997 nafar; ➖ 56,7–69,9 ball: 106 722 nafar; ❌ 56,7 balldan past: 234 072 nafar. 📚 Eng ko‘p tanlangan fan majmualari: ➖ Matematika + Fizika: 114 545 nafar; ➖ Biologiya + Kimyo: 100 050 nafar; ➖ Matematika + Chet tili: 80 556 nafar; ➖ Biologiya + Ona tili va adabiyoti: 62 930 nafar; ➖ Ona tili va adabiyoti + Chet tili: 30 147 nafar. 🏆 Rekordlar: ➖ Eng yuqori ball: 217,4 ➖ 189 va undan yuqori ball olganlar: 7 579 nafar ✔ @Uzbmb_MandatiBot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin. 🤖 Qulaylik: O‘z natijangizga mos yo‘nalish tanlashda @Uzbmb_MandatiBot sizga mukammal yordam beradi! ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
🎓 Respublika nomdor va Prezident davlat stipendiyalariga arizalar qabuli boshlandi! Agar siz quyidagi talablarga javob bersangiz ariza topshirishga shoshiling 📌Arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 📆 Ariza topshirish muddati 1-avgustdan 15-avgustga qadar. 🎥 Batafsil videoda bilib oling. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
📌 Stipendiya kundalik xarajatlarga yetmayapti: Miqdorni oshirish taklif qilindi Mamlakatda talabalar olayotgan stipendiya kundalik xarajatlarga yetmayotgani bois to‘lov miqdorini oshirish zarur. Bu taklif 30-iyul kuni Toshkent shahrida o‘tgan fiskal muloqotda bildirildi. Ma’lum qilinishicha, hozirgi stipendiya tizimida qator muammolar mavjud. Bugun 1,6 million nafar talabaning atigi 118 ming nafari yoki 7,3 foizi stipendiya olmoqda. Bazaviy stipendiya esa minimal iste’mol xarajatlaridan past va talabaning ijtimoiy holatini yetarli darajada hisobga olmaydi. Bu degani, stipendiya talabaning kundalik xarajatlarini qoplashga yetmayapti. “Manzilli stipendiya qo‘llab-quvvatlovini joriy etish va stipendiya miqdorini minimal iste’mol xarajatlari darajasigacha oshirish muhim. Shu bilan birga, turar joy ijarasi uchun subsidiyalarni saqlash, vazirliklar, idoralar va ish beruvchilarga ham to‘lanadigan stipendiyalarni kengaytirish taklif etiladi”, deydi Fiskal tahlillar instituti mas’ullari. ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish”(https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektronshartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. 👉 @xushnudbek 👈