Yaxshilik
СтатистикаKim yozgani emas, nima yozilgani muhim. Bir odamning real tajribasi: hayoti, mehnati va o'zini topishi. Maddohlikka qarshiman! Pafossiz, boricha.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 11
- Всего постов
- 53
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 49
- 1/48двое суток
- 56
- 1/72трое суток
- 60
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Katta okeanga chiqmoqchi bo‘lgan kema kichik ko‘ldagi to‘lqinlarga vaqtini, kuchini va asabini sarflamasligi kerak.
Avval 40 kunda qaytar edi, hozir 40 kungacha bormayapti.
🤲🏻.
Vazifalar xohishlardan ustundir.
Ha, qalam tebratishing seni ulardan ajralib turadi. Odam nega birovga hasad qiladi? Chunki o'zi qilishni xohlagan ammo qilmagan ishni boshqa odam qilsa, shunda hasad qiladi.
#Долзарб Хар бир отанинг ўғлига ўргатадиган иши... Кун келиб мен ўлсам нима қиласан, биринчи навбатда ўзингни қўлга оласан, биринчи амакингга хабар берасан... Ибрат учун тарқатинг, хаммани бошида бор.
Shogird sindromi Tajribali moliyachi qo'liga shogird oldi. 3 yil ichida shogirdi bemalol 50-100 xodim ishlaydigan korxonalar moliyasini boshqara oladigan darajaga chiqdi. Bozorda bunday bollarni narxi kamida $2,000+ dan boshlanadi. Ustozi unga beradigan summa esa $500-600 edi. Bola uylanaman, ko'proq pul topishim kerak deb boshqa joyga ishga ketdi. Ustozi bemalol bozorona narx to'lay olar edi, lekin qo'yib yubordi. Ota-onamiz 30'ga kirsak ham yosh boladek ko'rishadi bizni. Gorshokda o'tirgan paytlarimiz xotiralariga tamg'alangan bo'ladida. Milliarder bo'lib ketsak ham maktabdagi sinfdoshlarimiz o'sha-o'sha burnimiz oqib yurgan paytimizni eslab muomala qiladi biz bilan. Ming afsus, Ba'zi korxonalar ham bizni bozordagi qiymatimizga qarab emas, boshlang'ich kelgan narximizga qarab baho berishadi. $200'lik shogird deb eslashadi. Kelganimizda hech narsani bilmaganligimiz ham yodida turadi. Va bunday joylarda butun umr "shogird" bo'lib qolib ketish xavfi bor. Garchi allaqachon PRO darajasiga chiqqan bo'lsak ham. Manba:mashrabov_aa, street_mba
Ba'zan odamni yillar davomida kuzatish ham yetmaydi. Ba'zan esa bir marta chin dildan qilingan chuqur suhbat kifoya. Men bilan bir marta shunday suhbat quring... Shunda men siz o‘ylagan odam emasligimni tushunasiz. Manba: ilmiy_darajali_kadrlar
#Долзарб Хар бир отанинг ўғлига ўргатадиган иши... Кун келиб мен ўлсам нима қиласан, биринчи навбатда ўзингни қўлга оласан, биринчи амакингга хабар берасан... Ибрат учун тарқатинг, хаммани бошида бор.
#ҳикмат «Номуносиб жойда, жоҳил одамларга ҳақиқатлардан гап очиш – гапирувчининг ўзига ўзи қиладиган зулмидир». ✍️ Шамсиддин Муҳаммад Табризий Manba: Dilfuza Komil
Nodon bilan tortishma.
Odam - shirin so'zning gadosi.
O'zingiz o'qigan 1. Qiziq va 2. O'qishga arziydigan Kitob tavsiya qiling. @DrRaximov2025
Dangal va yuzingizga gapini gapiradigan odamdan yomonlik chiqmaydi. Diliz og'rishi mumkin, zato yomonlik ko'rmisiz. Xato, aybiz, yaxshi va yomon tomonlarizi yuzingizga aytadi.
Odamlarni kechiring, qanchalik pastkashlik va yomonlik qilgan bo'lsa ham. Abdukarim Mirzaev Eshiting, Tafakkur qiling, Qo'lingizdan kelsa boshqalar bilan ulashing.
#Relax time
Yashirin-yashagin, chunki ko'pchilikning nigohi havas emas, hasaddir. Manba: ilmiy_darajali_kadrlar
Pul ko‘rsatgan har kimga sotiladigan fohisha bo‘lmang! Chunki pul topiladi, lekin sotilgan shaxsiyat bilan g‘ururni hech qanaqa summaga qaytarib bo‘lmaydi. Kim pul uzatsa, o‘shaning aytgan kuyiga o‘ynab, nima desa "xo‘p" deb turadigan odamning qadri nolga teng. Bugun arzimagan pul uchun birovning pastkashligini ijro etasiz, ertaga sal ko‘proq berishsa, prinsiplaringiz ustidan bosib o‘tasiz. Keyin o‘zingiz ham bilmay qolasiz — qachon sotilib bo‘lganingizni va qachon o‘zligingizdan kechganingizni. Sotiladigan narsa — bu sizning bilimingiz, mehnatingiz yoki vaqtingiz bo‘lishi mumkin. Lekin vijdoningiz, erkaklik g‘ururingiz va prinsiplaringiz hech qanday narxda sotilmasligi kerak (agar bularni allaqachon sotib yubormagan bo‘lsangiz)! Har bir insonning o‘zining buzilmas chegarasi bo‘lishi shart. Pul bergan odam har doim ham haq bo‘lavermaydi. Noto‘g‘ri narsaga, pastkashlikka va hurmatsizlikka qat’iyat bilan "YO‘Q!" deyishni bilish — bu haqiqiy xarakter va o'zini hurmat qilish belgisidir. Ochko‘zning ko‘zini bir siqim tuproq to‘ldiradi. Pul keladi-ketadi, lekin sotilgan yuz bilan, bulg‘angan obro‘ bilan yashash juda og‘ir. O‘z qadringizni hech kimga va hech qancha pulga sotmang.
Och koʻzni tuproq toʻydirar. Ma'nosi: nafsiga qul bo'lgan va pul ketidan quvgan inson qancha topsa ham to'ymaydi, dunyodan o'tguncha (qabrga kirgunicha) undagi ochko'zlik va qanoatsizlik tugamaydi.
Pul uchun prinsip va vijdoningizni sotmang. Bir marta sotdizmi — kelajakda yana va yana sotaverasiz Menga bir oy qilgan mehnatim evaziga zo'rg'a 200-300 ming tegadigan "shogirdlik ishim" bor edi. Vazifam — ssenariy yozib berish, kopirayterlik qilish va tarjimonlik. Lekin masala pulning bu qadar ozligida ham emas, oddiy insoniy va erkaklik qadr-qimmatida edi. Ish jarayonida bitta mijoz ayollar haqida bemalol "**" degan past so'zni ishlatib, ularni kamsitdi. Bu gap menga juda og'ir botdi, ichimda g'azab qaynadi. Har birimizning opamiz, onamiz, ayolimiz bor! O'sha soniyadayoq qat'iy qaror qildim: bunday past dunyoqarashdagi odamlarga bitta ham ssenariy yozib bermayman! Lekin eng alam qilgani — o'zim "ustoz" deb bilgan insonning munosabati bo'ldi. U menga: "Mijoz pul beryaptimi, yozaverda, nima qilasan gap ko'paytirib?" dedi. Ustoz ham shunday bo'ladimi?! Afsuski, shunaqa bo'larkan. Bugun arzimagan pul uchun begona ayolning haqoratlanishiga ko'z yumgan odam, ertaga kimsadir shaxsan o'z ayolini so'ksa ham jim o'tirarmikan?! Shunda bir narsani teran tushundim: ayoli yo'q odam bilan ayoli bor odamning ayollarga qarashi, ularni qadrlashi va fikrlashi umuman boshqa. Yonida mas'uliyati, oilasi va ayol kishiga hurmati bor erkak hech qachon pul uchun prinsip va vijdonidan kechmaydi, bunday pastkashlikka jim qarab tura olmaydi. Natijada "ustoz" men bilan hamkorlikni to'xtatdi, ish ham ketdi. Lekin men bundan zarracha qo'rqmayman va afsuslanmayman ham! Rizqning bir eshigi yopilsa, albatta boshqasi ochiladi. Bugun pulni hamma narsadan ustun qo'yib meni tushunmaganlar, vaqt o'tib boshi devorga borib tegganda meni tushunadi. Pullar kelib-ketadi, ustozlar o'zgaradi. Lekin yo'qotilgan self-respect (o'ziga bo'lgan hurmat) va bulg'angan obro'ni hech qanday summa bilan qaytarib bo'lmaydi. Pul uchun prinsip va vijdoningizdan voz kechmang!