Murodjon Aliyev | Rasmiy sahifa
СтатистикаMuallifning ijtimoiy-falsafiy qarashlari, kuzatishlari, tadqiqotlari va yana nimadirlar berib boriladi...
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 30
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 47
- 1/48двое суток
- 53
- 1/72трое суток
- 58
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Kanal nomiga biroz o'zgartirish kiritishga nima deysizlar?
Eng yaxshi lahza, voqealar telefonga emas, ko'z (qalb) ga muhrlanadi. M.Aliyev
Lavozim uchun o‘zingizni sotmang. Ba'zan inson biror lavozimga erishish uchun o‘z fikrini, prinsiplarini, hatto kimligini ham sekin-asta o‘zgartira boshlaydi. Unga qanday odamlar yoqsa - shunday bo‘lishga urinadi. Qanday gaplar eshitishni xohlashsa - shunday gapiradi. Qanday javob kutishsa - shuni beradi. Oxir-oqibat lavozimga ega bo‘ladi.Ammo bir savol qoladi: “Men aslida kim bo‘ldim?” Lavozim - vaqtinchalik. Bugun bir mansabda bo‘lishingiz mumkin, ertaga boshqasida. Bugun sizni hurmat qilishlariga sabab bo‘lgan lavozim ertaga sizda bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun martaba ortidan quvib, o‘zligingizni yo‘qotmang. Fikringiz bo‘lsa - uni saqlang. Prinsipingiz bo‘lsa - uni sotmang. Qadriyatingiz bo‘lsa - uni lavozimga almashtirmang. Albatta, lavozim insondan moslashuvchanlikni, yangi ko‘nikmalarni va ba'zan o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Lekin rivojlanish boshqa, o‘zligidan voz kechish boshqa. Siz lavozimga moslashingiz mumkin. Ammo lavozimga ega bo‘lish uchun o‘zingizni boshqa odam qilib ko‘rsatishingiz shart emas. Chunki eng qimmat narsa - lavozim emas. Eng qimmat narsa - lavozim bo‘lmasa ham sizda qoladigan shaxsiyatdir. M.Aliyev
Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati (2026-yil 3-avgust holati) https://oak.uz/pages/31738
Shu ishni boshladik. E'lonni tarqatishda qo'llab-quvvatlasangiz.
🚀 G'oyangizni zamonaviy raqamli yechimga aylantiramiz! Bugungi kunda muvaffaqiyat kaliti - raqamlashtirish. Biz esa sizning g'oyangizni zamonaviy texnologiyalar asosida professional dasturiy mahsulotga aylantirishga tayyormiz. Biz qanday xizmatlarni taklif qilamiz? 🌐 Veb-saytlar - Korporativ saytlar - Universitet va maktab saytlari - Ta'lim markazlari saytlari - Landing Page - Onlayn platformalar 📱 Mobil ilovalar - Android va iOS ilovalari - Ta'lim ilovalari - Biznes ilovalari - Ichki korporativ ilovalar 🎓 Ta'lim muassasalari uchun - LMS (Learning Management System) - Elektron jurnal - Davomat tizimi - Online test va imtihon platformalari 🔬 Ilmiy tashkilotlar uchun - Ilmiy loyiha boshqaruvi - Konferensiya platformalari - Ilmiy jurnallar tizimi 🏢 Biznes uchun - CRM - ERP - HRM - Ombor boshqaruvi - Buyurtmalar tizimi - Dashboard va analitika 🤖 Sun'iy intellekt (AI) yechimlari - ChatGPT va OpenAI integratsiyasi - AI Chatbot - AI yordamchi (Assistant) - Hujjatlarni AI orqali tahlil qilish - AI asosidagi avtomatlashtirish 💳 Integratsiyalar - Click - Payme - Telegram Bot - Firebase va REST API Nega aynan biz? 📑Mualliflik guvohnomalari - DGU - BGU ✅ Har bir loyiha buyurtmachi ehtiyojidan kelib chiqib ishlab chiqiladi. ✅ Zamonaviy texnologiyalar va xavfsiz arxitektura. ✅ Sifatli dizayn va qulay foydalanuvchi interfeysi. ✅ Texnik qo'llab-quvvatlash va loyihani rivojlantirish. 💡 Oddiy sayt emas, balki muammoingizni hal qiladigan zamonaviy raqamli yechim yaratamiz. 📩 Hamkorlik yoki loyiha bo'yicha murojaat qilish uchun biz bilan bog'laning. G'oyangizni birgalikda professional mahsulotga aylantiramiz! Bizning kanal: https://t.me/pegas_xizmatlar
E'lon
Shuningidek, tadqiqotchilar uchun juda foydali bo'ladigan web-sayt ustida ish olib borayapmiz. Ma'lumki, himoya e'lonlar berib boriladiga https://t.me/uzauzilmfan kanali bilan bog'liq qiziqarli keys bo'ldi. Dsc mavzuyim buyicha kimlar, qanday mavzular ustida ishlangan, qaysi ixtisoslikda ishlaganligiga qiziqib qoldim. Kanalda himoya e'lonlari juda ko'p (e'lonlar 2019-yildan hozirgacha) biroq mavzuga doir qanday ishlar qilinganligini bilish uchun har birini ko'rib chiqish kerak bo'ladi. Deylik, biror dastur bo'lsa, unga kerakli buyruq berilsa, keyin shu mavzuda kimlar, qaysi mavzu, qaysi daraja (Phd, Dsc) qaysi ixtisoslikda qilganini 2019-yildan hozirgachasini aniqlab bersa. Bu har bir e'lonni ko'rib chiqish, vaqt sarfini kamaytirishga yordam berar ekan. Yaqin kunlarda, loyihamizni namoyish qilamiz. Bu magistr, Phd, Dsc tadqiqotchilar uchun manfaatli dastur bo'ladi. Ular bir zumda tadqiqotlariga doir(yondosh) qanday ishlar, kimlar qilganini bir zumda aniqlab beradi. Bu tadqiqot metodologiyasini tuzishda samara beradi.
Bir dasturchi ukamiz bilan katta loyihani boshladik. Bu ta'limda, tadqiqotda umuman, IT bilan bog'liq har qanday sohada mavjud muammoga yechim bo'la oladigan dasturiy ta'minot(bot, web-sayt, mobil ilova va h.k) ni yaratib berish hamda unga mualliflik huquqi (DGU, BGU)olib berish bilan bog'liq.
Bu hazilga o'xshashi mumkin, biroq odamlar texnologiyalardan o'z manfaati yo'lida foydalanish o'rniga, borgan sari ularga tobe bo'lib qolmoqda. Bunga oddiy misol smartfonlar. Ular aslida aloqa qilish va ma'lumot olishni osonlashtirish uchun yaralgan, ammo hozirda ko'pchilik ularga qaram bo'lib qolgan. @naxalov
⚡️”Арсенал” футбол таҳлили учун AI муҳандисини қидирмоқда. У AI ёрдамида ўйинларни таҳлил қилиш, мураббийлар ва аналитиклар учун ақлли, таҳлилий дастурлар ишлаб чиқиш билан шуғулланади. Тахминий йиллик маош — £63–77 минг (тахминан 84–103 минг доллар). Аризалар 6 августгача қабул қилинади.
Semantic search haqida Elsevier quyidagicha aytib o'tgan. (manba: https://service.elsevier.com/app/answers/detail/a_id/36844/c/10546/supporthub/scopus/kw/semantic+search/)
Scopus yana yangi sun'iy intellektni qo'llagan holda "Semantic search" bo'limini ishga tushiribdi. Hozirda sinov tariqasida ekan.
Shu bolani gapiga qo'shilaman. (Post tadqiqotchilar uchun)
Professional prompt bormi? Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, saytlar, forumlar va bloglarda "eng kuchli prompt", "professional promptlar to'plami", "mana bu prompt bilan istalgan natijani oling" kabi iboralar tobora ko'paymoqda. Tabiiyki, ko'pchilik bunday tayyor promptlarni izlaydi va ularga katta qiziqish bildiradi. Ammo bir haqiqatni unutmaslik kerak. Professional promptning o'zi mavjud emas. Professional natijani prompt emas, insonning bilim darajasi yaratadi. Biror sohani chuqur bilgan mutaxassis nimani izlashni, qanday savol berishni, qaysi ma'lumot muhimligini va olingan javobni qanday baholashni yaxshi biladi. Prompt esa ana shu fikrni sun'iy intellektga aniq yetkazish vositasidir, xolos. Xuddiki, Kung-Fu pandadagi "sehrli retsepti" bo'lmagani kabi. Shu bilan birga, sun'iy intellektning ommalashuvi yana bir muhim masalani keltirib chiqarmoqda. Fundamental fikrlashning asta-sekin susayishi. Insonlar tayyor promptlarni qidirishga o'rganib, mustaqil savol qo'yish, muammoni tahlil qilish va to'g'ri savolni shakllantirish ko'nikmalarini yo'qotish xavfi mavjud. Vaholanki, kelajakda ustunlik minglab promptlar to'plamiga ega bo'lganlarda emas, balki to'g'ri savol bera oladigan, tanqidiy fikrlaydigan va muammoning mohiyatini anglay oladigan insonlarda bo'ladi. Chunki sun'iy intellekt davrida eng qimmat resurs tayyor prompt emas, balki chuqur bilim, tafakkur qilish, savol bera olish va uni yoza olish qobiliyatidir. M.Aliyev
Hozirgina bir xushxabar keldi. Prezident maktabi bu yilgi bitiruvchisi mana shu sertifikatda ismi yozilgan o'quvchi USA University of Pennsylvania ga El-yurt umidi jamg'armasi stipendiya g'olibi bo'libdi. Ustoz sifatida juda xursand bo'ldim. Barcha nomzodlarninh omadini bersin. Yurt sharafi va mavqeyini yuksaklarga olib chiqish nasib etsin.
Instagram va Threadsda ko'plab olim va tadqiqotchilar foydali content hamda maslahatlar berib borishar ekan. Ularga havas qilib biz ham boshlab yubordik. Lozim topsangiz, obuna bo'lib qo'yarsiz. 👇👇👇 https://www.instagram.com/aliyev_murodjon16?igsh=bnc0dWlwOXZtazNy
Yozuvning kuchi Menga eng ko’p foyda keltirgan odatim — yozish. Eng ko’p beradigan tavsiyam ham shu: Yozing. Yozadigan odam natijasidan ko’ra, yozganidan ko’proq foyda oladi. Chunki yozish bu o’ylash. Tartibli yozish - tartibli o’ylash. Hamma ko’radigan joyda yozing. O’qilishi motivatsiya beradi, qarshi fikrlar - yozishingizni yaxshilaydi. Mutaxassis bo’lsangiz sirlaringizni yozing, o’quvchi bo’lsangiz o’rganayotganlaringizni yozing. Matnda doim o’qigandan ko’ra, yozgan ko'proq o'rganadi. O’qiyotganlar soniga e’tibor bermang. 2ta bo’lsa, kafeda 2ta do’stimga gapirib beryapman deb tasavvur qiling. 20ta bo’lsa bitta sinfxona to’la odam deb tasavvur qiling. Boshida son muhim emas. Yozishning o’zi muhim. O’qishyaptimi? Aytishmayotgan bo’lsa ham foyda olishyapti. Reaksiyani 10tadan bitta, izohlarni 40tadan bitta odam qoldiradi. Qolganlar odatlanmagan. Foydali kontent ko’radiganlar kam. O’qiydiganlar undan kamroq. Yozadiganlar esa eng kami. GPT chiqib ular yanada kamayadi. Yozadiganlarning (sizning) qadri yanada oshadi. Tartibli o’ylash, yozishning yaxshilanishi, tezroq o’rganish — faqat siz oladigan foydalarni yozdim. O’qiganlarniki bor hali. Uni yozmayman. Bu yerga sig’maydi. @azizrakhimov_blog
Undergrad helped me to answer "what" Master's helped me to answer "how" And PhD helped me to answer "why"
Kapitalizm insoniyat taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi: innovatsiyalar, yangi ish o'rinlari, qulayliklar va farovonlikni oshirdi. Ammo uning bir paradoksi ham bor. Bugun ko'pchilik "yaxshi yashash" uchun tinimsiz mehnat qiladi. Ko'proq daromad topish ilinjida ish vaqti uzayadi, dam olish qisqaradi, oilaga ajratiladigan vaqt kamayadi. Asta-sekin inson o'zi uchun emas, ish uchun yashayotgandek bo'lib qoladi. Eng achinarlisi shundaki, yaqinlar bilan o'tkazilmagan vaqtni keyinchalik hech qanday pul bilan sotib olib bo'lmaydi. Farzand ulg'ayadi, ota-ona qarib qoladi, do'stlar uzoqlashadi. Pul ko'payishi mumkin, ammo boy berilgan lahzalar ortga qaytmaydi. Shuning uchun masala kapitalizmni qoralash yoki maqtashda emas. Masala muvozanatda. Pul hayotni qulaylashtiradigan vosita bo'lishi kerak, hayotning o'zi emas. Haqiqiy boylik bank hisobidagi raqamlar emas, balki sizni kutayotgan va siz bilan vaqt o'tkazishni istaydigan insonlardir. M.Aliyev