Retraining centre Navoi
СтатистикаToshDO'TAU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi rasmiy sahifasi #Yangiliklar #O'quv jarayoni #Hamkorlik... Markaz faoliyati bilan bog'liq fikr-mulohazalar, takliflar: @Retraining_centre_feedback_bot
- Последний пост
- 30 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 233
- 1/48двое суток
- 2 559
- 1/72трое суток
- 2 759
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
#Xalqaro konferensiya! Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi barcha soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda magistrantlarni nufuzli xalqaro anjumanga taklif etadi! 📌 Konferensiya mavsusi: «Globallashuv davrida filologik ta’lim transformatsiyasi: tadqiq, talqin va tarjima» 🗓 O‘tkazilish sanasi:2026-yil 20–21-noyabr; 📥 Maqolalarni qabul qilish oxirgi muddati:2026-yil 20-oktabr; 🌐 Tillar:O‘zbek, rus, ingliz tillari; 📧Maqolalarni va to‘ldirilgan talabnomani quyidagi elektron manzillardan biriga yuborishingiz so‘raladi: • ozodovaullibibi@gmail.com • farizaruzimurodova@gmail.com 📞Ma'lumot va aloqa uchun tel: • Guliruxsor Ergasheva: +998 97 441 95 15 • Shodiyona Abdugapparova: +998 94 648 63 60 📍Manzil:Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy. Telegram | Facebook | Youtube | Sayt
#Xushxabar! ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi professori, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov Parij shahrida joylashgan Insonshunoslik fanlari fondi (The Fondation Maison des Sciences de l’Homme)ning “Taklif etilgan professor” (Visiting professor) dasturi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi. Mazkur stipendiya doirasida A. Erkinov Fransiya Ilmiy Tadqiqotlar Milliy Markazi (CNRS)da ilmiy faoliyat olib bormoqda. Aftondil Erkinovning mazkur xalqaro tajribasi markaz faoliyati va istiqboli uchun ham muhim ahamiyat kasb etishiga ishonamiz. Telegram | Facebook | Youtube | Sayt
без подписи
без подписи
#my_bimm_uz #update Platformaning tinglovchi profilidagi Portfolio sahifasi yangilandi. Muddati o‘tgan faoliyat natijalarini tizimdan o‘chirish endi yanada oson va xavfsiz. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: - Portfolio sahifasidan "Eskilarini o‘chirish" tugmasi bosiladi [1]; - O‘chirish tasdiqlanadi [2]; - Shundan so‘ng muddati o‘tgan manbaalar o‘chirish rejimiga o‘tkaziladi va shu holatda yana 30 kun saqlanadi. Bu vaqt ichida istalgan vaqtda uni qayta tiklash mumkin [3]; - "Eskilarini o‘chirish" tugmasi bosilgandan 30 kun o‘tgandan so‘ng eski manbaalar platformadan butunlay o‘chiriladi.
PhD «пойгаси» — сон бор, сифатчи? Ушбу суҳбатимизда академик ҳалоллик, илмий жараёнлар ҳақида гаплашамиз. 👉 Видеони кўриш Расмий саҳифаларимиз 👇 Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#Xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvi TDO'TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi taklifiga ko'ra Kostal Karolina(AQSH) universiteti professori, Amerika tarjimonlari Assotsiatsiyasi a'zosi, Markaziy Osiyo adabiyoti, tili va madaniyati doirasida amalga oshirilgan qator xalqaro loyihalar rahbari Anna Oldfild O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishlari uchun 1-iyundan boshlab ma'ruzalar o'tishni boshladi. Kurs "Filologik ta'limda sun'iy intellekt", "AI va inson tafakkuri qiyosi", "Aqliy hujum texnologiyasining o'qitishdagi roli", "O'zbek va Amerika ta'limini qiyosiy tahlili". "Filologik ta'limda o'qitish muhiti" kabi qiziqarli mavzularda olib borilmoqda. Tinglovchilarda katta taassurotlar uyg'otgan interaktiv darslar mobaynida ular "Brain storm" ( aqliy hujum) nazariyasini yaxshi bilmaganlari uchun to'laqonli foydalana olmaganlari, professor ma'ruzalaridan keyin ushbu metodning chuqur va filologiya ta'limi uchun muhim ekanligini e'tirof etdilar. Telegram | Facebook | Youtube | Sayt
без подписи
без подписи
без подписи
RANCH Universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi bilan hamkorlikda RANCH Universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi o‘z ishini boshladi. Kursning ochilishiga bag‘ishlangan konferensiyada tarmoq markazi direktorifilologiya fanlari doktori, professor Zulxumor Mirzayeva ishtirok etib, tinglovchilarni qutladi hamda malaka oshirish jarayonining mazmun-mohiyati, pedagogik faoliyatda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i Shodiyona Abdugapporova kurslarning tashkiliy jihatlari yuzasidan ma’lumot berdi. Mazkur malaka oshirish kurslarida RANCH Universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasining 16 nafar professor-o‘qituvchisi ishtirok etmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi. 🎓 Unleash your potential with RANCH Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
#Ilm-fan maskaniga tashrif: Zamonaviy tilshunoslik istiqbollari TDO'TAU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi "Tilshunoslik" yo'nalishi tinglovchilari O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutiga tashrif buyurdilar. Ushbu akademik ilm-fan maskanida tinglovchilar uchun taniqli tilshunos olima Durdona Hudoyberganova bilan mahorat darsi va davra suhbati tashkil etildi. O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari, til o‘qitishning zamonaviy metodologiyasi hamda sohaga oid so‘nggi ilmiy tadqiqotlar natijalari muhokama qilindi. Olima tinglovchilarning professional mahoratini oshirish, dars jarayonlariga innovatsion yondashuvlarni olib kirish bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi va ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berdi. Mazkur davra suhbati tinglovchilarning ham ma’naviy, ham kasbiy dunyoqarashini boyitishda muhim poydevor bo‘ldi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Facebook | Youtube | Sayt
PhD «пойгаси» — сон бор, сифатчи? Ушбу суҳбатимизда академик ҳалоллик, илмий жараёнлар ҳақида гаплашамиз. 👉 Видеони кўриш Расмий саҳифаларимиз 👇 Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#Malaka oshirish Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi xususiy oliy ta’lim muassasalarida o'zbek tili va adabiyoti, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, yo'nalishlarida ta'lim berayotgan professor-o'qituvchilarni davlat buyurtmasidan tashqari shartnoma asosida 144 soatdan kam bo'lmagan an'anaviy, muqobil hamda masofaviy shakldagi malaka oshirish kurslariga taklif etadi. Murojaat uchun tel: +99890-345-85-64; +99894-648-63-60; Telegram | Facebook | Youtube | Sayt
#Ko'chma mashg'ulot TDO'TAU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilariga “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va jamiyatning ma’naviy asoslari” moduli doirasida “Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusidagi sayyor mashg‘ulot “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida olib borildi.Tashrif davomida tinglovchilarga mustabid tuzum davrida millat ozodligi, ma’naviy taraqqiyoti yo‘lida qurbon bo‘lgan ma’rifatparvar bobolarimiz, davlat va jamoat arboblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Qatag‘on siyosati xalqimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotiga ko‘rsatgan ta’siri, davr fojialari tahlil qilindi. Mazkur tashrif tinglovchilarning tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirish bilan birga, kelajakda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim metodik manba bo‘lib xizmat qiladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Facebook | Youtube | Sayt
👍 ToshDOʻTAU 10 YOSHDA! 🇺🇿✨ Bundan roppa-rosa o‘n yil muqaddam milliy tilimiz va adabiyotimizni ulug‘lash, uni jahon miqyosida tizimli tadqiq etish maqsadida tamal toshi qo‘yilgan universitetimiz bugun haqiqiy ma’rifat maskaniga aylandi. Parvozing baland boʻlsin, universitetim! 👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇 Telegram / Facebook / Instagram/ X
Qadrli hamkasblar, muhtaram ustozlar! Aziz talabalar va universitetimizning ardoqli do‘stlari! Bugun biz nafaqat bir oliy ta’lim muassasasining, balki milliy o‘zligimiz va ma’naviy merosimizni ulug‘lash yo‘lidagi ulkan bir tarixiy burilishning o‘n yilligini nishonlamoqdamiz. Bundan o‘n yil muqaddam ayni shu kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etish to‘g‘risida Prezident Farmoni e’lon qilingani nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda aks sado bergani yodimizda. Qayd joizki, milliy tilimiz va adabiyotimizga ixtisoslashgan bunday noyob oliy o‘quv yurtining barpo etilishi – o‘zbek davlatchiligi tarixidagi ulkan strategik qadam edi. Bu qaror ona tilimizning davlat tili sifatidagi mavqeini mustahkamlash, xalqimizning asriy ma’naviy merosini tizimli tadqiq etishga bo‘lgan ijtimoiy va tarixiy zaruratning natijasi bo‘ldi. Shuni g‘urur bilan ta’kidlashimiz kerakki, dunyoning hech bir mamlakatida milliy til va adabiyotga aynan chuqur ixtisoslashgan, butun bir millatning o‘zligini ilmiy asosda o‘rganuvchi va targ‘ib qiluvchi boshqa bir universitet mavjud emas. O‘tgan o‘n yillik davr universitetimiz kelajagi uchun poydevor qurish, ilmiy maktablarni shakllantirish va xalqaro akademik hamjamiyatda o‘z munosib o‘rnini topish yillari bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ilm-fan va ma’rifat sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor universitetimiz hayotida yangi yuksalish davrini boshlab berdi. Faoliyatimizni atigi 3 ta bakalavriat yo‘nalishi bilan boshlagan bo‘lsak, bugun ularning soni 15 taga yetgani, magistratura mutaxassisliklari soni 13 taga kengaygani ta’lim sifatining miqyosini ko‘rsatadi. Ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida ilmiy salohiyatimiz qisqa vaqtda 65 foizga ko‘tarilgani jamoamizning ulkan intellektual quvvatidan dalolatdir. Bugun universitetimiz turkiy davlatlar ilmiy doiralarida o‘ziga xos Turkologiya markazi va nufuzli ilmiy hab sifatida e’tirof etilmoqda. Sa’y-harakatlarimiz natijasida Turkiyaning Bursa Uludag‘, Qirg‘izistonning O‘sh davlat universitetlari, Tojikistonning Dushanbe shahri hamda Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi Ganja bo‘limida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va madaniyati markazlari ochildi. Italiyaning Ka-Foskari universitetida O‘zbekiston burchagi, eng muhimi, Buyuk Britaniyaning nufuzli Oksford universitetida bevosita tashabbusimiz bilan “O‘zbekshunoslik” dasturining yo‘lga qo‘yilishi o‘zbek ilm-fanining jahon miqyosidagi o‘rni yanada mustahkamlanib borayotganidan darakdir. Bugun biz xalqaro reytinglarda, xususan, nufuzli “THE Impact Rankings” tizimida dunyoning eng yaxshi 200 ta universiteti qatoridan joy olganimiz, “QS World University Rankings”da zamonaviy tillar yo‘nalishi bo‘yicha jahonning eng kuchli 251 ta oliygohi safida e’tirof etilganimiz hamda “UI GreenMetric” reytingida barqaror infratuzilmamiz bilan dunyoning yetakchi 335 ta maskani ro‘yxatiga kirganimiz o‘tgan o‘n yillik zahmatli mehnatlarimizning yorqin natijasidir. Eng quvonarlisi, gender tengligini ta’minlash boʻyicha dunyo miqyosida kuchli oʻnlikdan va sifatli ta’lim mezoni bo‘yicha yigirmatalikdan joy olishimiz universitetimizning nafaqat tilshunoslik, balki umuminsoniy qadriyatlar borasida ham jahon standartlariga mos ekanini tasdiqladi. Aziz do‘stlar, 13-may sanasi biz uchun tarixiy kun bo‘lsa-da, o‘n yillik zafarli yo‘limizning to‘liq hisoboti va tantanali bayram tadbirlarini biz joriy yilning sentabr oyida, universitetimiz o‘zining yangi o‘quv yilini boshlagan paytda keng ko‘lamda nishonlaymiz. Yana bir bor ushbu qutlug‘ sana bilan barchangizni chin qalbimdan muborakbod etar ekanman, ona tilimiz va adabiyotimizni ulug‘lash, targʻib etish, avaylab-asrashdek muqaddas va sharafli yoʻlda sizlarga sihat-salomatlik, bitmas-tuganmas g‘ayrat hamda ulkan zafarlar tilayman. O‘zbek tili va adabiyotining nufuzi yanada ortaversin! Akademik Shuhrat SIROJIDDINOV
#xalqaro hamkorlik Shu kunlarda Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi professor-o'qituvchilari markazning ERASMUS xalqaro dasturi doirasida jahondagi nufuzli Vilnius universiteti(446 in the QS World University Rankings, 801 in Times Higher Education (THE), and 959 in US News Best Global Universities)da ilmiy- pedagogik amaliyot o'tamoqdalar. Loyiha 2025-2027-yillarga mo'ljallangan bo'lib, unda professor-o'qituvchilar almashinuvi, qo'shma dasturlarni yo'lga qo'yish, hamkorlikda o'quv adabiyotlar yaratish, binar ma'ruzalar tashkil etish va yana ko'plab tomonlar uchun manfaaatli hisoblangan ilmiy, ilmiy-pedagogik hamkorlikni kuchaytirish maqsad qilingan. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Facebook | Youtube | Sayt
без подписи