Rishton ma'naviy hayoti
СтатистикаRespublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Rishton tuman bo‘linmasi
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 63
- Всего постов
- 380
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 109
- 1/48двое суток
- 124
- 1/72трое суток
- 134
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
2026/2027-o‘quv yili uchun mandat natijalari e’lon qilindi 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi to‘rt usuldan biri orqali bilishi mumkin. 1. my.uzbmb.uz sayti orqali Abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish orqali natijani tekshirish mumkin. 2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali Mazkur saytda abituriyentning ID raqamini kiritish kifoya. 3. Telegram-botlar orqali Abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan ID raqamini Qobiliyatni baholash agentligining quyidagi Telegram-botlariga yuborishi mumkin: @bmba_natija_bot @bmba_natija_1bot @bmba_natija_2bot 4. Test natijalari qaydnomasi orqali Test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Kuzatib boring: 🕊Telegram |📱Instagram 📱Facebook
#kunhikmati #xalqchildavlat Kuzatib boring: 🕊Telegram |📱Instagram 📱Facebook
без подписи
без подписи
без подписи
Jaholatga qarshi ma’rifat 💬 Rishton tumanidagi “Edu grand” o‘quv markazida yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda ilm-ma’rifatning inson hayotidagi o‘rnini keng targ‘ib etishga qaratilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ⏺ Tadbir davomida jaholat, befarqlik va turli zararli g‘oyalarning yoshlar ongiga salbiy ta’siri, ularga qarshi kurashishda ta’lim va ma’rifatning ahamiyati haqida fikr almashildi. #Jaholatga_qarshi_marifat Kuzatib boring: 🕊Telegram |📱Instagram 📱Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Kuzatib boring: 🕊Telegram |📱Instagram 📱Facebook
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
✌️ Mustaqillik — milliy g‘ururimiz, ozod va obod kelajagimiz timsoli! O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Guzar MFYda mahalla ahli uchun ko‘tarinki kayfiyatda “Mustaqillik to‘yi” festivali tashkil etildi. Bayram tadbirida tumanimizda yashab, ijod qilayotgan iste’dodli ijodkorlar Asadulloh Solih va Mavludaxon Jamolovalarning chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ularning dilbar she’rlari va ijod namunalari Vatan, istiqlol va yurtga muhabbat tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdirdi. Shuningdek, tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bayram shukuhini yanada oshirib, mahalla ahliga unutilmas taassurotlar bag‘ishladi. Milliy qadriyatlar, kuy-qo‘shiq, she’riyat va xalqona sayllar uyg‘unligida o‘tgan festival Mustaqillik bayramining ezgu g‘oyalari — tinchlik, totuvlik, bunyodkorlik va Vatanga sadoqatni o‘zida mujassam etdi. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! #Rishton #Uzb35 #Mustaqillik35 #Mustaqillik_toʻyi Kuzatib boring: 🕊Telegram |📱Instagram 📱Facebook
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи