Romitan tuman adliya bo`limi
СтатистикаRomitan tuman adliya bo’limi tomonidan mamlakatimizda qabul qilinayotgan yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma’lumotlar taqdim etuvchi kanal
- Последний пост
- 19 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 31
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
💸 Жисмоний шахслар учун ҳисобланган уч карра ер солиғи бекор қилинди "Ер участкаларидан ҳужжатсиз фойдаланганлик учун уч карра солиқ ҳисоблаш тартиби жисмоний шахслар учун 2020 йил 1 январдан 2024 йил 1 июнгача бекор қилинди", дейилади қўмита хабарида. Эндиликда ушбу давр учун аввал ҳисобланган солиқлар чегириб ташланади. @Militsiya_Uzb👈🏽
❗️2018 йилдан кейин қурилган ноқонуний уйларга кадастр берилмайди Давлат кадастрлари палатаси раиси Моҳир Валиевнинг маълум қилишича, 2018 йил 1 майдан кейин ўзбошимчалик билан қурилган турар жойлар учун кадастр ҳужжатлари расмийлаштирилмайди. Унинг таъкидлашича, ноқонуний қурилишларни қонунийлаштириш бўйича аввал бир неча бор имконият берилган. Энди бу амалиётни кейинги қурилишларга ҳам татбиқ этиш ерларнинг тартибсиз ўзлаштирилишига олиб келиши мумкин. Шу боис, 2018 йил 1 майдан кейин қурилган ноқонуний уйлар қонунийлаштирилмайди. @Militsiya_Uzb👈🏽
видео или голосовое, без подписи
#Bilasizmi #Toʻlovlarni_qaytarish 📃Asossiz rad etilgan davlat xizmatlari boʻyicha toʻlangan mablagʻlarni qaytarish tartibi joriy etilganidan xabardormisiz? ✅ Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-dekabrdagi 792-son qaroriga asosan asossiz rad etilgan arizalar yuzasidan undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini ariza beruvchiga qaytarish tartibi belgilangan. 👫Mazkur xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy va yuridik shaxslar 💻 Ariza beruvchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP), Davlat xizmatlari markazlari (DXM) hamda “Litsenziya” axborot tizimi orqali foydalanilgan davlat xizmatlari boʻyicha arizalari asossiz rad etilgan deb hisoblaganda, toʻlangan mablagʻlarni qaytarish yuzasidan murojaat qilishlari mumkin. 📨 Arizalar: 🔹YIDXP orqali mustaqil ravishda; 🔹“Litsenziya” AT orqali; 🔹Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda yuboriladi. ‼️ Muhim eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF–157-son Farmoniga muvofiq, asossiz rad etilgan arizalar boʻyicha toʻlangan mablagʻlarni qaytarish tartibi 2025-yil 1-noyabrdan boshlab shakllantirilgan arizalarga nisbatan qoʻllaniladi. Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-dekabrdagi 792-son qarori. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
📢 Diqqat! Murojaatlar, xususan huquqiy masalalar hamda davlat xizmatlari yuzasidan savol va takliflaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin: 📞 Ishonch telefoni: 1008 📞 Telefon: +998 71 207-04-43 🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/adliya 📧 Elektron pochta: info@adliya.uz 📢 Davlat xizmatlari masalalari bo‘yicha Call-markaz: 1148 📍 Manzil: 100047, Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5 💬Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham murojaat yuborishingiz mumkin. ❗️ Har bir murojaat e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi. Sizning faolligingiz qonuniylik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi. Rasmiy veb-sayt: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Кўчмас мулк бўйича солиқни бозор нархи асосида ҳисоблаш тартиби белгиланди Агар кўчмас мулк объектлари расмий ҳисобланган бозор нархидан 20 фоизга фарқли нархда олди-сотди қилинса, бу сотув бўйича солиқ базаси бозор нархидан келиб чиқиб аниқланади. Худди шундай тартиб ёғоч маҳсулотларига нисбатан ҳам қўлланади. Ҳукумат қарори билан, бу икки турдаги товарларнинг бозор нархини аниқлаш тартиби тасдиқланди. 👉 https://kun.uz/kr/43049915 Kun.uz расмий канали
#Диққат #Тарқатинг ❗️🏬Эндиликда кўп квартирали уйларнинг кириш йўлаклари ва зинапоялари ҳафтада 1 марта тозаланиши керак Уйларда шовқин даражаси белгиланган санитария меъёрларидан ошмаслиги шарт. Уйлар (зинапоялар, лифтлар, чиқинди камераси, чиқиндиларни тўплаш мосламалари ертўлалари ва бошқалар), туташ ҳудудлар заруратга кўра, бошқариш органи томонидан дератизацияланиши, дезинсекция ва дезинфекцияланади. Уйларнинг ертўла қисмидаги қувурларда авария ҳолати юзага келиши натижасида сув ёки оқова сув тўпланиб қолса бошқариш органи 24 соат мобайнида ертўладаги сув ва оқова массаларини чиқариб юбориши лозим. Ҳафтада 1 марта кўп квартирали уйларнинг лифт хоналарини тозаланади ҳамда лифт ускуналари доимий техник мониторинг қилинади. Қуйидагилар тақиқланади: ➖ёнғин хавфини келтириб чиқарувчи ускуналарни балконлар ва лоджияларга ўрнатиш; ➖балконларда оғир буюмларни сақлаш; ➖балконлар ва лоджияларнинг фасад (ташқи) қисмларида кир, кийим-кечак, гилам ва бошқаларни осиб қўйиш (ички қисми бундан мустасно); ➖уй ҳайвонларини умумий фойдаланишдаги жойларда, зинапояларда, чердакларда, ертўлаларда, шунингдек умумий фойдаланишдаги ошхоналарда, балконларда ва лоджияларда сақлаш; ➖кириш йўлакларининг зинапоя майдонларида ва зинапояларнинг остида ёнувчи материалларни сақлаш; ➖умумий иссиқлик параметрларига таъсир кўрсатувчи қайта режалаштириш (реконструкция) ишларини амалга ошириш, қўшимча иситиш юзаларига (иситилмайдиган юзалар) иссиқлик ускуналарини ўрнатиш, шунингдек, умумий мулк таркибига кирувчи иссиқлик тизимларига ўзгартириш киритиш. ➖автотранспорт воситаларини кўп квартирали уйлар ва унга туташ ер участкаларидаги газонлар усти, хиёбонлар, болалар майдончалари, тротуарларга, кириш йўлаклари қаршисига қўйиш тақиқланади. ⚡️TELEGRAM_YULDUZLARI - ЁШ БОЛАЛАРГА ТАҚИҚЛАНАДИ! КАТТАЛАР УЧУН! БИЗГА ҚЎШИЛИНГ!
#Adliya_aralashgach ⚖️ Navoiyda tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan fuqaroning mulk huquqi tiklandi 🔹Dastlab, Nurota shahar hokimining 1990-yil 28-martdagi 26/3-son qarori bilan fuqaro B.S.ga 8 sotix yer maydoni ajratilgan hamda fuqaro tomonidan 36 yil davomida yer va mulk bilan bog‘liq barcha soliqlar to‘lab kelingan. 🔹Ajratilgan yer uchastkasiga nisbatan turar joy huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va mazkur obyektga kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan vakolatli organga ariza berilgan. 🔹Biroq, vakolatli organ tomonidan arizaga nisbatan asossiz rad javobi berilgan. 🔹Adliya bo‘limi tomonidan ish hujjatlari batafsil o‘rganilib, sudga mansabdor shaxslarning xatti-harakatini g‘ayriqonuniy deb topish hamda majburiyat yuklash to‘g‘risida ariza kiritilgan. 📌 Vaholanki, “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan tegishli qarorlar asos bo‘lishi belgilangan. ✅ Natijada, Navoiy tumanlararo ma’muriy sudiga fuqaro B.S. manfaatida kiritilgan ariza to‘liq qanoatlantirilib, 8 sotix yer maydonidagi turar joy obyektlariga kadastr pasportini shakllantirish va mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organga majburiyat yuklatildi. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi Hukumatning tegishli qarori (243-son, 15.05.2026-y) bilan 2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari tasdiqlandi. Bu haqda O’zA xabar bermoqda. Qarorga muvofiq, I va II guruh iste’molchilari uchun elektr energiyasining 1 kVt soati 1 ming 100 so‘m etib belgilandi. IV guruh iste’molchilari uchun ham elektr energiyasining 1 kVt soati 1 ming 100 so‘mni tashkil etadi. III guruh, shu jumladan aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflar saqlab qolindi. Xususan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uylar va yotoqxonalarda yashovchi aholi uchun: ➖ oyiga 200 kVt soatgacha — 325 so‘m; ➖ 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha — 450 so‘m; ➖ 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha — 550 so‘m etib belgilandi. Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa: ➖ oyiga 200 kVt soatgacha — 650 so‘m; ➖ 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha — 900 so‘m; ➖ 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha — 1 ming 100 so‘m bo‘ladi. Yuqori hajmdagi iste’mol uchun oshirilgan koeffitsiyentli tariflar saqlanib qoladi. Tabiiy gaz bo‘yicha barcha iste’molchilar uchun (alohida toifalardan tashqari) 1 kub metr gaz narxi 2 ming so‘m etib belgilandi. Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari uchun tarif 1 kub metr uchun 2 ming 750 so‘mni tashkil etadi. Aholi uchun tabiiy gaz tariflari ham tabaqalashtirilgan tartibda saqlanib, isitish mavsumida oyiga 500 kub metrgacha, boshqa mavsumlarda esa 100 kub metrgacha iste’mol uchun 1 kub metr gaz 1 ming 100 so‘mdan hisoblanadi. Qaror bilan energiya resurslarini yetkazib berishdagi yo‘qotishlarni qisqartirish, energiya samaradorligini oshirish va xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar ham belgilandi. 👉 @xushnudbek 👈
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Romitan, Shofirkon va Peshku tumanlarida nizoli oilalar bilan manzilli ishlash davom etmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joylarda nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda oilaviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Jumladan, Romitan tumani “Guliston” MFY, Shofirkon tumani “Boboato” mahallasi hamda Peshku tumani “Navoiy” mahallasida istiqomat qiluvchi nizoli oilalar holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar, mavjud muammo va kelishmovchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar hamda amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va mas’uliyatni oshirish, voyaga yetmaganlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish hamda oilaviy nizolarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Mazkur yo‘nalishdagi manzilli va profilaktik tadbirlar Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan izchil davom ettirilmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring ! Telegram | Youtube | Buxoroadliya.uz
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Rahbar va yoshlar uchrashuvi Buxoro viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda davlat va jamiyat hayotida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur tadbir Buxoro tumanida joylashgan “Varnet” botanika bog‘ida o‘tkazilib, unda Romitan tumanidagi 32-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning huquqiy bilimlarini oshirish, kasb tanlashda to‘g‘ri yo‘naltirish hamda kelgusida jamiyat taraqqiyotiga daxldorlik hissini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi tizimli ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarning huquq va majburiyatlari, ta’lim olish imkoniyatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda qonunchilikka hurmat ruhida yashashning ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar olib borildi. Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar tomonidan ularga huquqiy va amaliy tavsiyalar berildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring ! Telegram | Youtube | Buxoroadliya.uz
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи