tgindex
Rustam Abduvohidov

Rustam Abduvohidov

Статистика

Pedagog 👨‍🏫 9-maktab Direktori👨‍💼 Volontyor🙌 Samarqand viloyat hokimyati istiqbolli kadri!

Последний пост
8 нояб.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
25
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
127
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
445
25 постов
Вовлечённость
350,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 25
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham shunday holat yuz beradi. Leonardo da Vinchi.

  • Talabalik — eng oltinga teng davr! Bu to‘rt yil — har bir yosh hayotidagi eng mas’uliyatli va imkoniyatlarga boy bosqichdir. Kimdir bu yillarni mehnat va izlanish bilan o‘tkazadi, kimdir esa shunchaki “nomiga” o‘qib chiqadi... Ammo hayot shuni ko‘rsatadiki: Chin dildan o‘qigan, har kuni o‘z ustida ishlagan talaba kelajakda o‘z o‘rnini topadi. Diplom emas, bilim va tajriba insonni oldinga olib chiqadi. Shu sababli, aziz talaba yoshlarimiz! G‘ayrat va shijoat bilan o‘qing, o‘rganing, tajriba orttiring. Bugungi mehnatingiz — ertangi baxtli hayotingiz garovidir. Unutmang: Qiyinchiliklarning rohatini faqat mehnatsevar inson ko‘radi! @rustam_abduvohidov

  • Inson fitrati | Ma’naviyat: tahdidlar, yechim va tavsiyalar Suhbat davomida farzandlar tarbiyasidagi muammolar, bo‘shliqlar hamda oilalarda ma’naviy muhitni yaratish borasidagi muhim tavsiyalar, ta’lim va tarbiyadagi dolzarb masalalar xususida so‘z yuritiladi. To'liq suhbat: https://youtu.be/8cojygPtuvE?si=kxDw9o1iuWdOZ5cL @rustam_abduvohidov

  • Mag‘lubiyatsiz o‘rganish ham, rivojlanish ham, muvaffaqiyat ham bo‘lmaydi. Xato qilishdan yoki yangi ishlarni sinab ko‘rishdan qo‘rqmaslik kerak. Agar xatodan qo‘rqib hech narsa qilmasak, umuman yuksalish bo‘lmaydi. @rustam_abduvohidov 😎

  • 26 окт.1 35014

    Yoshlar uchun yaratilgan 30+ yangi imkoniyatlar 1. Ibrat farzandlari — xorijiy tillarni bepul o‘rganish; 2. Mutolaa — kitoblarni audio va elektron formatda o‘qish; 3. Ustoz AI — zamonaviy kasblarni bepul o‘rganish; 4. Top100 Uni — dunyoning TOP universitetlariga tayyorlash; 5. Yosh kitobxon — bilimdonlar uchun kitobxonlik tanlovi; 6. UzChess — shaxmatni tez va oson o‘rganish; 7. Ibrate Debate — ingliz tilida debat sessiyalari; 8. Qizlar akademiyasi — xotin-qizlar uchun bepul ta’lim platformasi; 9. Qizlar ovozi — faol qizlarning tashabbuslari; 10. President Tech Award — eng yaxshi startaplar tanlovdan biri; 11. Digital Generation — dasturlashni o‘rganing va dunyoni o‘zgartiring; 12. PhD sari qadam — xotin-qizlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish; 13. WikiStipendiya — jahon internet tarmog‘idagi o‘zbekcha ma’lumotlar; 14. 1000Kitob — eng sara adabiyotlarning o‘zbekcha tarjimasi; 15. iQtidorly — STEM fanlari bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash; 16. Yoshlar ovozi — yoshlar hayotiga bag‘ishlangan gazeta; 17. Bek va Lola — bolajonlar uchun animatsion multserial; 18. Beruniy sarguzashtlari — buyuk ajdodlarimiz tarixi; 19. Yashil makon — ekologiyaga bag‘ishlangan milliy multfilm; 20. Yoshlar ovozi Bo‘zatov — iste’dodlarni kashf etuvchi musiqiy tanlov; 21. Khan Academy Uzbek — bepul onlayn videodarsliklar; 22. Xalqaro imtihon kompensatsiyasi — Xalqaro imtihon xarajatlarini qoplab berish 23. Work and Travel — talabalar uchun xorijda ishlash va sayohat qilish; 24. Yoshtadbirkorlar.uz — Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlash; 25. Yoshlar Ventures — kichik biznes va startap g‘oyalarni moliyalashtirish 26. Startap Garage — startapingizni barqaror biznesga aylantirish; 27. AloqaVentures — texnologik g‘oyalar va innovatsion kelajak sari yo‘l; 28. Kelajak kasblari — yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish; 29. SeeYoUzbekistan —  O‘zbekistonning siz bilgan va bilmagan manzillar; 30. Milliy karaoke — Milliy qo‘shiqlarimizni karaokeda kuylang; 31. Yoshlar Akademiyasi — ilmiy-innovatsion g‘oyalar va startaplarni rivojlantirish. Ushbu loyihalarning qaysi birida ishtirok etgansiz? Yoshlar uchun manfaatli yana qanday loyihalarni bilasiz? Izohlarda fikringizni qoldiring! @rustam_abduvohidov 😎

  • Yozish bizni qutqardi Ba’zida bizga ajoyib g‘oyalar keladi, yozib olmasak qayta eslay olmaymiz. Ishlarimiz miyamiz alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib qiynaydi, yozib olsak aniqlashib, bajarish osonlashadi. Eshitgan yangi ma’lumotlarimizni eshitishimiz u haqida bilishimizni anglatsa, yozib olishimiz bajarishga sabab bo‘ladi. O‘tgan kunlarimizni kundalik tushirib borsak, kelasi yillarda qanchalik yuksalganimiz yoki cho‘kkanimizni bilib boramiz. Yozish bizni qutqaradi, chunki o‘zini hisob qilganing hisobi oson bo‘ladi. @rustam_abduvohidov

  • Ota-onalar — bizning bebaho xazinamiz. Ular hayotimizning eng go‘zal tuyg‘usi, mehr manbai. Dunyo ota-onalar bilan chiroyli! Borlarida qadriga yetaylik, xizmatlarini qilib, duolarini olish baxti hammamizga nasib etsin. @rustam_abduvohidov

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 25 окт.163из SShMirziyoyeva

    “Zakovat-Gambit” | 23.10.2025 — «Заковат-Гамбит» | 23.10.2025

  • 25 окт.1 3908

    ⚔️Hurmatli ichki ishlar tizimi xodimlari! Sizlarni 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz! 🇺🇿Mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini himoya qilish yo‘lida ko‘rsatayotgan fidokorona mehnatingiz yurtimizda barqarorlik va ishonch muhitini mustahkamlab kelmoqda. Sizlar o‘z kasbingizni nafaqat burch, balki vijdon ishi deb bilasiz. Shu bois ham yoshlarga sadoqat, mardlik va fidoyilik namunasisiz. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Abduvohidov Rustam! @rustam_abduvohidov

  • Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi! Aslida tilimiz qadimiy, betakror va dunyodagi eng chiroyli til. Agar biz unda so‘zlasak, uni asrasak, qadrlasak, asrlar davomida avlodlarimiz qalbida, tilida, tafakkurida millatning o‘lmas qadriyatlari ham bardavom bo‘laveradi. Farzandlarimizni avvalo, o‘z ona tilidan ayirmaylik. Boisi til bor – millat bor! @otabek_khasanov

  • O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida, ularni doim qo’llab quvvatlab turgan muhtaram Prezidentimizga ming rahmat🇺🇿

  • ❗️Soat nechada uxlaysiz? Soat nechada uxlashingiz tanangizga qanday ta’sir qilishini bilib oling: 🕘 21:00 — Sog‘lom bo‘lasiz 🕙 22:00 — Aqlingiz tiniqlashadi 🕚 23:00 — Vazn yig‘asiz 🕛 00:00 — Tana dam ololmaydi 🕐 01:00 — O‘zingizni zaharlaysiz! 😴 Juda kech uxlaydiganlarga yuborib qo‘yamiz. @rustam_abduvohidov

  • "Ota baribir ota-da..." @rustam_abduvohidov

  • #Ustozga_ehtirom ✅ Ustozlar bayrami munosabati bilan sohada uzoq yillar fidokorona xizmat qilgan, minglab shogirdlarni voyaga yetkazgan ustozlarni qadrlash, ularning mehnatini e’tirof etish ishlari davom etmoqda. 📍Qo‘shrabot tumani 9-maktab jamoasi ham mazkur bayram munosabati bilan faxriy ustozlarni ehtirom bilan ziyorat etishdi. Maktab direktori Rustam Abduvohidov hamda chet tili fani o‘qituvchisi Kamanov Bunyod boshchiligida birinchi ustozi — mehribon va zahmatkash pedagog Sa'dullayeva Shakaroy opani, shuningdek, uzoq yillar ta’lim sohasida fidoyilik bilan mehnat qilgan faxriy o‘qituvchilarni xonadonlarida tabriklab, ularga samimiy tilaklar izhor etdilar. 🌸 O‘quvchilar o‘z ustozlariga minnatdorlik bildirib, ular bergan bilim va tarbiya hayotlarida beqiyos o‘rin tutishini e’tirof etdilar. Ustozlar esa shogirdlarining ehtiromidan mamnun bo‘lib, ularga doimo ilmu odobda yuksalib, Vatan ravnaqi uchun xizmat qilishlarini tiladilar. 🌐Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

  • Hurmatli ustozlar, mehridaryo o‘qituvchilar, fidoyi murabbiylar! Sizlarni yurtimizda har yili katta ehtirom bilan nishonlanib kelinayotgan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Ustoz... Bu birgina so‘z zamirida cheksiz ummon kabi keng ma’no mujassam. Maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yganimizda qo‘limizdan tutib harf o‘rgatgan, bizga oq-u qora, yaxshi-yomondan saboq bergan zot ham, ustoz! Buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy aytganlaridek: “Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.” Shunday ekan, Siz azizlarning zahmatli mehnatingizni qancha ulug‘lasak shuncha oz.  Hurmatli ustoz va murabbiylar, faxriylar ustozlar! Sizlarni yana kasb bayramingiz bilan tabriklab, zahmatli mehnatingizda muvaffaqiyatlar, yuksak natijalar va ijodiy yutuqlar tilab qolaman! Sizga va yaqinlaringizga baxt-saodat, sihat-salomatlik va farovonlik yor bo‘lsin! Hurmat bilan Rustam Abduvohidov! @rustam_abduvohidov

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Rustam Abduvohidov — tgindex