tgindex
_ 𝓼𝓸'𝓷𝓰𝓰𝓲 𝓼𝓪𝓽𝓻𝓵𝓪𝓻

_ 𝓼𝓸'𝓷𝓰𝓰𝓲 𝓼𝓪𝓽𝓻𝓵𝓪𝓻

Статистика
@s_satrlarimузбекский

• kitoblar olami va subyektiv fikrlar jamlanmasi • reklama, hamkor va homiylik uchun: @songgi_satrlar_bot P/s: created in 29.03.2025

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
9
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
330
−3 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
89
22 постов
Вовлечённость
27,0%
к подписчикам
Постов в день
1,3
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
60
1/48двое суток
68
1/72трое суток
74

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Hoy, azizlarim oʻqish nima boʻldi?! Kimda qanday xabar?

  • Dunyoga sinchiklab tikilgan ko'zlar Mushkul bir holatni payqashga tushdi. Qay tomonga boqmang, bari - yo'lsizlar, Tolelar ayqashu uyqashga tushdi. Yetmish yil el yashab qur'on, tavrotsiz, Erlar nochor qoldi, ayol avratsiz, Zamon duradgori, asbob-yaroqsiz, Ilma-teshik tomni yamashga tushdi. Qor qora yog'moqda, yomg'ir za'faron, Daryolar o'rnida oqmoqda armon, Har podsho o'zicha chiqarib farmon, Qolganlar bir-birin bulg'ashga tushdi. —Omon Matjon

  • Jamiyatda shunday illatlar urchib ketganki, ular orasida eng dahshatlisi tuhmat hisoblanadi. Ayniqsa, bilib, atay qilingan tuhmat yuki o'ta og'ir ma'naviy yukdir. Hikoyada ushbu illatning achchiq oqibati hayotiy voqelik orqali mohirona tasvirlanadi. #tugatildi "Bandi" Abduqayum Yoʻldoshev

  • МЕНГА ҚАРА Сенга қараб от кишнаса, кишнайсанми, Маймун кўксига муштласа, муштлайсанми? Яшайсанми ўчакишиб ҳайвонларга, Ит тишласа, сен ҳам уни тишлайсанми? Иқбол МИРЗО

  • без подписи

  • Telefoningiz oʻronini sizdan boshqa kimlar biladi?

  • 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 📢Shartlari: 1. @chegarasiz_fikrlar @ahmadali_writer @Botir_Bannop @shukurobbim hamkor kanallarda boʻlishingiz kerak. 2. Shu tanlov postini 3 ta yaqiningiz yoki bitta 100+ kanalga tashlab screnshotni @xxlllm_bot ga yuboring va men…

  • 12 авг.623из chegarasiz_fikrlar

    🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 📢Shartlari: 1. @chegarasiz_fikrlar @ahmadali_writer @Botir_Bannop @shukurobbim hamkor kanallarda boʻlishingiz kerak. 2. Shu tanlov postini 3 ta yaqiningiz yoki bitta 100+ kanalga tashlab screnshotni @xxlllm_bot ga yuboring va men sizga raqam beraman. 🎁Gʻoliblar random orqali aniqlanadi va 5 ta boʻladi: ❤️-oʻrin. 5 talik kitoblar toʻplami. ❤️-oʻrin. "Qoʻzichoqlar sukunati" ❤️-oʻrin. "Uzrnoma" ❤️-oʻrin. "Noma'lum ayol maktubi" ❤️-oʻrin. "Bonu" Kitoblar pochta orqali yetkazib beriladi. Istasangiz pulini olishingiz mumkin. Qabul muddati 22-avgustgacha🫆 agar homiy kanallarda boʻlmasangiz boshqa gʻolib aniqlanadi.

  • #tugatildi —Oʻtkir Hoshimov "Baxt" Insoniyat azaldan bir savolga javob izlaydi: insonni aslida nima baxtli qiladi? O‘tkir Hoshimovning “Baxt” hikoyasi bu savolga balandparvoz falsafalar bilan emas, hayotning o‘zidan javob izlaydi. Adib baxtni boylik, martaba yoki katta orzular bilan emas, inson kundalik hayotda ko‘pincha sezmay o‘tib ketadigan oddiy ne’matlar bilan bog‘laydi. Hikoyaning eng kuchli jihati ham shunda: baxt alohida bir voqea emas, balki bor hayotingning qadriga yetish holati. Oila davrasidagi osoyishtalik, yaqin insonlarning yoningda ekani, bir dasturxon atrofida jam bo‘lish, kun oxirida uyga qaytish — oddiy ko‘ringan bu lahzalar aslida inson hayotidagi eng katta boylik bo‘lishi mumkin. Oʻtkir Hoshimov ana shu oddiylik ortidagi katta haqiqatni ko‘rsatadi. Asarda baxtning yana bir muhim tomoni — shukr qilish. Inson ko‘pincha qo‘lidagi ne’matni yo‘qotish xavfi paydo bo‘lgandagina uning qadrini anglaydi. Yozuvchi esa o‘quvchini aynan yo‘qotishdan oldin qadrlashga undaydi. O‘tkir Hoshimov ijodining kuchi ham shunda: u katta falsafiy xulosalarni oddiy hayotiy manzaralar orqali ayta oladi. Uning qahramonlari bizdan uzoq, afsonaviy insonlar emas — ular orasida o‘zimizni, oilamizni, yaqinlarimizni ko‘ramiz. “Baxt” hikoyasini o‘qib, beixtiyor bir savol tug‘iladi: biz baxtni izlayapmizmi yoki u allaqachon hayotimizda bor-u, biz uning qadriga yetmayapmizmi Menimcha, hikoyaning eng katta xulosasi shu: baxt har doim katta narsalardan boshlanmaydi. Ba’zan u yoningdagi inson, uyidagi chiroq, bir dasturxon va xotirjam kechadan iborat bo‘ladi. Faqat buni anglashning o‘zi ham bir baxt.

  • Oh, urarman, oh urarman, ohlarim tutgay sani, Koʻzyoshim daryo boʻlib, baliqlari yutgay sani...” —Oʻtkir Hoshimov "Baxt"

  • 10 авг.10553из foydali_moliya

    🛋 Bugun — Dangasalar kuni! Bugun dushanba, lekin dangasalik uchun kunning ahamiyati yoʻq: sabab boʻlsa bas. Ish va rejalaringizni, yumushlarni, sportni, hatto pul topish g‘oyalarini ham ertaga qoldiravering 😉 Bu kunning shiori oddiy: Hech narsa qilmasang ham, hech narsa bo‘lmaydi. ✅ Bugun faqat divan, telefon va tinchlik. Sizdan talab qilinadigani: dangasa boʻlishni masʼuliyat bilan bajarish! 🔝 @foydali_moliya — obuna boʻling

  • Dunyoni maqtama menga, azizam, Ishonib bo'lmaydi soxta afsunga. Agar u zarracha bo'lsa sharafli, Yig'lab tug'ilmasdik kirarkan unga. Dunyoni pokiza atama, yolg'on, Har oni kechajak xavfu xatarda. Agar u zarracha bo'lsa pokdomon, Bizni yuvishmasdi undan ketarda.

  • Ey kõnglim yiğlama, chekaverma ğam, Quyosh kulib qolar qaro damlarga. Oltinga aylansang bir kuni sen ham, Tashakkurlar deysan yondirganlarga!..

  • #tugatildi Abdulkarim Hasan "Toʻy boʻlaversin"

  • Endi ota o‘z ismini bolasiga familiya sifatida bersa bo‘ladi Qonun bilan Oila kodeksining 69-moddasiga o‘zgartirish kiritilmoqda. Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/34081 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | X | Instagram

  • XX asr o‘rtalarida insoniyat koinotni zabt etish va texnologik taraqqiyot haqida jiddiy bosh qotirayotgan bir paytda, Robert Shekli ilmiy-fantastik adabiyotga o‘ziga xos nigoh olib kirdi. 1928-yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgan Shekli 1950-yillarda fantastika adabiyotining o‘ziga xos ovozlaridan biriga aylandi. U kelajakni shunchaki kosmik kemalar va supertexnologiyalar orqali emas, balki insonning qo‘rquvi, manfaatlari, mantiqsizligi va texnologiyaga bo‘lgan ishonchi orqali tasvirladi. Shekli hikoyalarining eng kuchli jihati — siz avval kulasiz, keyin esa kulgili vaziyat ortida jiddiy falsafiy savol yashiringanini anglaysiz. Buning yorqin namunasi — “Qush-qorovul” (“Watchbird”). 1953-yilda nashr etilgan hikoyada qotilliklarning oldini olish uchun yaratilgan o‘z-o‘zini o‘rganuvchi robot-qushlar tasvirlanadi. Dastlab ularning vazifasi oddiy: inson hayotini himoya qilish. Ammo mashina berilgan topshiriqni insoniy mantiq bilan emas, o‘zining qat’iy mantig‘i bilan bajara boshlaydi. Eng xavflisi ham shu: mashina xato qilmayapti — u topshiriqni juda yaxshi bajaryapti. Bugungi sun’iy intellekt va avtonom tizimlar davrida hikoya yanada dolzarb savolni tug‘diradi: qaror qabul qilish huquqini mashinaga topshirsak, uning oqibatlari uchun kim javob beradi? Shu sababli Shekli kelajak haqida yozgandek ko‘rinsa-da, aslida inson haqida yozgan yozuvchi edi. Texnologiyalar o‘zgardi. Ammo u kulgi ostiga olgan insoniy zaifliklar hanuz o‘sha-o‘sha. —Anora Khalbekovna

  • Яна хижолатли бўлса ҳам айтаман. Куёвболанинг ич кийимлари сал камроқ бўлиб қолибди. Шуни ҳам сал жонлантириб қўйсаларинг, яхши бўларди. Тағин сарпо кўргани келганлар шуни ҳам гапириб юришма-син. - Хўп. Айтганингиздек қилиб қўямиз. ‐ Аммо куёвболамизнинг кийимларининг ҳамма-сини хорижникидан олганингиз яхши бўлибди. Ўғли мизнинг ўртоқлари олдида юзи ёруғ бўлади. —Abdulkarim Hasan "Toʻy boʻlaversin"

  • Antiutopiya so‘zini eshitganimda, go‘yo yaqin bir do‘stimning ismini eshitgandek xursand bo‘laman. Bu janrning menga yoqadigan jihati shundaki, u kelajak haqida gapirgandek ko‘rinsa-da, aslida bugungi inson va jamiyat haqida juda noqulay savollar beradi. Bugun Robert Sheklining “Yettinchi qurbon” hikoyasini o‘qidim. Hikoya kichik hajmda bo‘lsa-da, antiutopiyaning eng muhim xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan. Agar “1984” asarda kuzatuvlar jamiyati, “Farengeyt bo‘yicha 451°” asarda kitob va tafakkurga qarshi kurashuvchi jamiyat, “Ajib yangi dunyo”da esa inson hayotining sun’iy boshqarilishi tasvirlansa, Shekli “Yettinchi qurbon”da qotillik qonuniylashtirilgan jamiyatni ko‘rsatadi. Bu jamiyat yetti jahon urushini boshdan kechirgan. Urushlardan charchagan insoniyat nihoyat tinchlikka erishadi. Ammo bu tinchlikning narxi dahshatli: odamlar agressiyani yo‘q qilish o‘rniga uni qonuniy va nazorat qilinadigan “Ov”ga aylantiradilar. Buning uchun “Ruhiy tozalash” vazirligi tashkil etiladi. Endi qotillik jinoyat emas — tizim tomonidan belgilangan qoida asosidagi “o‘yin”. Ishtirokchi bir safar Ovchi bo‘lsa, boshqa safar Qurbon bo‘lishi mumkin. Yetti marta ketma-ket g‘alaba qozongan kishi esa jamiyatning eng yuqori tabaqasiga ko‘tariladi. Va aynan shu yerda Shekli asarining eng dahshatli savoli paydo bo‘ladi: Insoniyat zo‘ravonlikni yengadimi yoki shunchaki unga chiroyli nom berib qo‘ydimi? Jamiyat urushlarni to‘xtatdi, ammo qotillikni saqlab qoldi. Faqat uning shakli o‘zgardi. Avvallari minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan urushlar o‘rnini endi alohida insonlarning bir-birini ovlashi egalladi. Menimcha, Shekli aynan shu paradoks orqali inson tabiatidagi agressiyani butunlay yo‘q qilish qanchalik murakkab ekanini ko‘rsatadi. “Ruhiy tozalash” aslida insonni zo‘ravonlikdan tozalash emas, balki zo‘ravonlikni tizimlashtirishdir. Eng qo‘rqinchlisi esa — jamiyat bunga ko‘nikib qoladi. Qotillik “vazifa”ga, ov “o‘yin”ga, g‘alaba esa ijtimoiy mavqe va boylikka aylanadi. Inson o‘z vijdonini tizimga topshirgan sari, qilayotgan ishining axloqiy mohiyatini ko‘rmay qo‘yadi. Shu jihatdan “Yettinchi qurbon”ni faqat fantastik hikoya deb o‘qish qiyin. U bizni bugungi dunyo haqida ham o‘ylashga majbur qiladi. Zo‘ravonlikning ekranlarda tomosha qilinishi, uning ko‘ngilochar mahsulotga aylanishi va insonning boshqa birovning azobini masofadan turib kuzatishga o‘rganib borishi — Shekli tasvirlagan jamiyat bilan ma’lum ma’noda fikriy parallel hosil qiladi. Albatta, zamonaviy internet yoki kompyuter o‘yinlarini Shekli asaridagi “Ov” bilan aynan tenglashtirib bo‘lmaydi. Ammo muallif ko‘targan asosiy savol hanuz dolzarb: Biz zo‘ravonlikni kamaytirdikmi yoki unga shunchaki yangi, maqbulroq shakl berdikmi? “Yettinchi qurbon” menga eng avvalo insoniylikni tizimga topshirib qo‘ymaslik haqida gapirdi. Chunki jamiyat tinchlikni saqlab qolish uchun vijdonidan voz kechsa, bir payt kelib qonuniy bo‘lgan narsa ham insoniy bo‘lmay qolishi mumkin. Shekli tasvirlagan jamiyatning fojiasi qotillikning mavjudligida emas. Eng katta fojia — odamlarning qotillikni normal holat deb qabul qilib qo‘yganidadir. Va balki asarning eng dahshatli “qurboni” ham aynan insonning o‘z insoniyligidir. #tugatildi

  • Kimki, qotillikni xush koʻrsa, shu vazirlikda roʻyxatdan oʻtadi va vazirlik tomonidan Qurbon bilan taʼminlanadi.

  • ......qidiruv byurosi reklamasini u uzoqdan koʻrdi. Reklamada “Qurbonlar! Hayotingizni xavf ostida qoldirmang! Qotilingiz kimligini biz aniqlab beramiz. Pulini qotilni bir yoqli qilgandan soʻng toʻlaysiz. Eng yaxshi izquvarlar faqat bizda!” deb yozilgandi. —Robert Shekli "Yettinchi qurbon"