tgindex
Sifatli ta'lim

Sifatli ta'lim

Статистика

Ta'lim insonni yaratmaydi balki unga o'zini yaratishga imkon beradi. Education does not create a person, but allows him to create himself. Direct: @mr_quvondiqov https://youtube.com/@EducationLC

Последний пост
25 мая
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
133
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
344
22 постов
Вовлечённость
258,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • https://president.uz/oz/lists/view/9247

  • Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi #abituriyent 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi. Fanlar majmuasida 227 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan. ❗️Eslatma: Taʼlim yoʻnalishlari nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

  • “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalari uchun yotoqxona xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi: ➖ talaba grant yoki kontrakt asosida o‘qishidan qat’i nazar yotoqxona xarajatlari qoplab beriladi; ➖ talabalar TTJga ustuvorlik bilan (navbatsiz) qabul qilinadi; ➖ oliy ta’lim muassasasining rektori nomiga har oyning 7-sanasiga qadar kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali ariza bilan murojaat qiladi; ➖ TTJda yashash xarajatlari — har oy to‘lov sifatida talabaga beriladi; ➖ to‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning plastik kartasiga o‘tkaziladi; ➖ talabalar yotoqxona to‘lovini oldindan amalga oshirgan taqdirda, ushbu mablag‘lar belgilangan tartibda talabaning bank plastik kartasiga to‘liq qaytarib beriladi. Ma’lumot o’rnida, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida bunday toifadagi talabalar soni 5 ming nafardan ortiqni tashkil etadi. via Eduuz

  • 12 янв.254из kunuzofficial

    Ҳукумат қарори: буюртмачи талабани молиялаштириб, кейин ишга қабул қилади Ҳукумат қарори билан “Олий таълим ташкилотлари талабаларининг буюртмачилар билан ҳамкорлигини ташкил этиш тартиби тўғрисида”ги низом тасдиқланди. Унга кўра, бакалавриатнинг 2-курси ва ундан юқори босқичларида ўқиётган талабаларнинг контракт тўловлари иш берувчилар томонидан қоплаб берилиши, таълим якунланганидан сўнг эса уларни ишга қабул қилиш тартиби белгиланади. 👉 https://kun.uz/kr/02486247 Kun.uz расмий канали

  • ⚡️Yangi o‘quv yildan (2026-yil) boshlab Magistraturani tugatganlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri 1-malaka toifasi beriladi Bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi. Davlat xizmatlari to‘lovi esa, o‘qituvchilar uchun 2 karra kamaytirilishi aytildi

  • DIQQAT! Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda dolzarb bir masalaga urg'u qaratilmoqda Haqiqatan, universitetlar va shunga o'xshash ta'lim dargohlari sovchilar "ovi"ga "ko'prik" vazifasini bajarmoqda Nazarimda bu holat nafaqat ayol va qizlarning ta'lim olishidagi behavioral to'siqlarni, balki psixologik bosimlarni ham ortishiga sabab bo'ladi

  • via Kokand University

  • Sifatli ta'lim pinned «https://t.me/boost/s_talim»

  • https://t.me/boost/s_talim

  • Олий таълим ташкилотлари битирувчиларини амалиёт ўташи ва ишга жойлаштириш тизимини рақамлаштириш тартиби белгиланди. Бу ҳақида «Таълим назорати» Telegram-канали хабар берди. Унда айтилишича, Ҳукумат қарори билан «Олий ва касбий таълим ташкилотлари битирувчиларининг амалиёт ўташи ва уларни ишга жойлаштириш тизимини рақамлаштириш тартиби тўғрисида»ги низом тасдиқланган. Мазкур низомга кўра, таълим ташкилоти ҳар йили 1 октябргача «Ягона миллий меҳнат тизими» дастурига киритилган корхона билан битирувчилар амалиётини ўташи бўйича шартнома тузиш учун платформа орқали ушбу корхонага сўров юборади. Шундан сўнг, амалиётни ташкил этиш бўйича таълим ташкилоти ва корхона ўртасида шартнома амалиёт бошланишидан камида 3 ҳафта олдин платформа орқали расмийлаштирилади. Таълим ташкилоти ҳар йили якуний давлат аттестацияси хулосаси асосида битирувчилар тўғрисидаги маълумотларни платформага киритади. Шунингдек, корхона дастурга ҳар ойнинг 25 санасигача ўзлари учун зарур кадрлар, шу жумладан, вакант лавозимлар ҳақидаги маълумотларни киритиб боради. Ишга қабул қилинган ва меҳнат шартномалари дастурда рўйхатдан ўтказилган битирувчилар платформада автоматик тарзда «бандлиги таъминланган» сифатида қайд этилади

  • 2025 йилнинг январь-август ойларида жами 14 минг 216 нафар чет эл фуқаролари ўқиш мақсадида Ўзбекистонга ташриф буюрган. Бу ҳақида Миллий статистика қўмитаси маълумот берди. Жорий йилнинг ортда қолган даври мобайнида Ўзбекистонга ўқиш мақсадида келган чет эл фуқаролари сони бўйича Туркманистон етакчилик қилмоқда. Ушбу мамлакатдан юртимизга таълим олиш мақсадида келган фуқаролар 4 минг 603 нафарни ташкил қилган. Ундан кейинги ўринларда Ҳиндистон 3 минг 477 нафар фуқаро билан иккинчи, Тожикистон 1 минг 392 нафар фуқаро билан учинчи поғонада қайд этилган. Шунингдек, Хитойдан 710 нафар, Покистондан 700 нафар, Жанубий Кореядан 553 нафар, Қирғиз Республикасидан 333 нафар ҳамда АҚШдан 319 нафар фуқаролар таълим олиш мақсадида Ўзбекистонга келган. Ўқиш мақсадида келган чет эл фуқароларининг умумий сони мамлакатлар бўйича қуйидагича тақсимланган: Филиппин – 245 нафар; Туркия – 233 нафар; Афғонистон — 226 нафар; Миср – 203 нафар; Россия – 121 нафар; Буюк Британия – 110 нафар; ЖАР – 98 нафар; Бошқа давлатлар — 893 нафар. Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, ушбу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даври билан солиштирилганда 3 минг 179 нафарга ёки 28,8 фоизга ошган.

  • Ta’lim. Kecha va bugun. Manba: Prezident matbuot xizmati

  • 11 сент. 2025 г.4144из karyerist_uz

    Hozirgina pochtamga shu xabar keldi. Ma’lumki, biz 24–31 avgust kunlari talabalarning ishga kirish uchun zarur ko‘nikmalarini oshirish maqsadida mutlaqo bepul Karyera Oromgohini tashkil qilgan edik. Unda qatnashgan 200 nafar talaba uchun asosiy vazifa sifatida o‘z universitetida karyera klublarini yo‘lga qo‘yish va oromgohda berilgan bilimlarni tengdoshlari bilan bo‘lishish belgilangan. Aslida bunday klublar uchun katta mablag‘ ham, maxsus joy ham shart emas. 10–15 nafar ko‘ngillilar to‘planib, haftasiga 1–2 soat davomida online yoki offline tarzda peer-to-peer learning – ya’ni birgalikda o‘qish va o‘rganishni tashkil etishadi. Ammo ayrim universitetlardagi “katta rahbarlar” buni katta muammodek ko‘rayotgani achinarli. Axir siyosatda ochiq yozilgan: “Yoshlar bandligini ta’minlash”, “Ularning salohiyatini oshirish”, “Yoshlarga imkoniyat yaratish”. Nega ayrim universitetlar bu tamoyillarga amal qilmayapti? Nahotki bilim olish va o‘rganishga qarshi bo‘lgan shaxslar ta’lim tizimining o‘zida rahbarlik lavozimlariga qo‘yilsa? Eng muhim yo‘nalish – TA’LIMga bunday odamlarni ishga olishning nima keragi bor? Ba’zan Oliy Ta’lim vazirligi bizni qanchalik qo‘llab-quvvatlamasin, agar universitet ichida rivojlanishga qarshi shaxslar bo‘lsa, tizim baribir ishlamaydi. Bu juda-juda achinarli holat…

  • Qaysi shahar ‘talaba bo‘lish’ uchun eng zo‘ri? 🎓✈️ Xorijda o‘qish orzusi bor, lekin qaysi shaharni tanlashni bilmaysizmi? Londonmi, Tokio-yu Seulmi yoki Berlinmi? Yoki “qayerda grant bo‘lsa, o‘sha joy zo‘r” deydiganlardanmisiz? 😂 🤓 Shunchaki universitet emas, balki shahar ham katta rol o‘ynaydi: yashash sharoiti, xavfsizlik, arzonlik, ish topish imkoniyatlari va, albatta, boshqa talabalar nima deydi — bularning barchasi hisobga olinishi kerak. ⚡️ QS reytingi har yili dunyodagi eng yaxshi talaba shaharlari reytingini e’lon qiladi. Biz esa uni siz uchun “qisqacha, lo‘nda va qiziqarli” tarzda tahlil qilib chiqdik.

  • Nega chaman istamas yantoq, Sahrosidan kelmaydi beri? Axir qo`msar yongan shu ovloq Ne qilsa ham uning vatani #34

  • 23 авг. 2025 г.39922из eduuz

    ⚡️Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra: 🔸akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan; 🔹oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi. Haftalik doirasida: ➡️talabalarni oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash; ➡️talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 22 авг. 2025 г.3134из mybookremark

    Jannat yo’llari ko’p. Zero har bir solih amal jannat yo’llaridan bir yo’l. Lekin ilm yo’llari jannat yo’llarining eng yaqini va eng buyugidir.

  • без подписи

  • #Qabul2025 #Natija ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

  • без подписи