tgindex
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti |‼️ RASMIY‼️

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti |‼️ RASMIY‼️

Статистика
@sabzavotilmузбекский

Sayt: sabzavotilm.uz Facebook: https://www.facebook.com/share/1BggaNWYFu/ Murojat uchun telifon: +998712268503

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
7
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
218
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
144
23 постов
Вовлечённость
66,1%
к подписчикам
Постов в день
1,0
всего 23
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
60
1/48двое суток
68
1/72трое суток
74

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 13 авг.357из uzagroministry

    🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱 🌱 Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan “Takroriy muddatda kartoshkani kam xarajat va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yetishtirish” bo‘yicha kengaytirilgan tavsiyalar ishlab chiqildi. 🥔Tavsiyalarda sifatli urug‘lik tanlash, qizil nur yordamida tez nishlatish, biologik preparatlardan foydalanish, ekish muddatlari va sxemalariga rioya qilish hamda o‘g‘itlardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berilgan. 💧Shuningdek, tomchilatib sug‘orish, suv va resurslarni tejash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish hamda hosilni to‘g‘ri yig‘ib olish va saqlash masalalariga e’tibor qaratilgan. 📈Mazkur tavsiyalar kartoshka yetishtirish xarajatlarini kamaytirish, resurslardan samarali foydalanish va yuqori hosil olishga xizmat qiladi. 🔗Qo‘llanma bilan to‘liq tanishish 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 13 авг.68122из AKIS_milliy_markaz

    🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 "Shiitake" qo‘ziqorinini bilasizmi? Endilikda O‘zbekistonda ham "shiitake" qo‘ziqorinini yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. ✔️Asosan Osiyo oshxonasida keng ishlatiladigan bu qo‘ziqorin o‘ziga xos ta’mi va oziqaviy qiymati bilan mashhur. U yangi yoki quritilgan holda sho‘rva, mastava, qovurma, sabzavotli va guruchli taomlar hamda turli souslar tayyorlashda ishlatiladi. 📎"Shiitake" tarkibida oqsil, kletchatka, B guruhi vitaminlari, mis, selen, rux kabi minerallar va antioksidant birikmalar mavjud. ❗️Mamlakatimizda qo‘ziqorinchilikni rivojlantirish va yangi texnologiyalarni joriy etish maqsadida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida Janubiy Koreyaning "Mushroom Garden" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. ✍️Unda O‘zbekistonda Janubiy Koreya texnologiyasi asosida "shiitake" qo‘ziqorinini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 🗣Muhokamalar yakunida institut va "Mushroom Garden" kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda "shiitake" qo‘ziqorinini yetishtirish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik memorandumi imzolandi. 📌Demak, yaqin kelajakda o‘zimizda yetishtirilgan "shiitake" qo‘ziqorini ham iste’molchilar dasturxonidan joy olishi mumkin. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube

  • 🔹Siderat ekinlar — tuproq unumdorligini oshirish omili 🔹Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston Respublikasi ilmiy-tajriba stansiyasida sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish bilan bir qatorda, tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilgan agrotexnik tadbirlarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 🔹Xususan, tajriba yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda tuproq unumdorligini tiklash maqsadida 3 gektar maydonga moshing «Durdona» navi siderat ekin sifatida ekilgan. 🔹Siderat ekinlar tuproqqa organik moddalar qaytarish, uning agrofizik xususiyatlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va keyingi ekinlar uchun qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyatga ega. 🔹Ayni paytda, mosh maydonida o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi muntazam kuzatib borilmoqda. O‘simliklarning oziqlanishini yaxshilash, o‘sishi va rivojlanishini rag‘batlantirish maqsadida suspenziya bilan ishlov berish ishlari amalga oshirilmoqda. 🔹Shuningdek, ekinlarning kasallik va zararkunandalar bilan zararlanish holati doimiy nazorat qilinib, zarur profilaktik va himoya tadbirlari o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. 🔹Stansiyada olib borilayotgan mazkur ishlar sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirishda tuproq unumdorligini saqlash, yer maydonlaridan samarali foydalanish va ekologik jihatdan maqbul agrotexnologiyalarni joriy etishga qaratilgan. 📱 | Telegram 🌐 | Websait 🌐 | Instagram 🎬 | YouTube 💬 | Faceboot

  • ACHCHIQ QALAMPIRNING ISTIQBOLLI NAMUNALARI O‘RGANILMOQDA Turli mamlakatlardan keltirilgan achchiq qalampir nav namunalaridan O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitiga mos yuqori hosildor meva sifati va xo‘jalik-biologik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan istiqbolli namunalar tanlab olinib seleksiya ishlariga jalb etilgan. Uzoq yillik tadqiqotlar natijasida seleksioner olimlar tomonidan ochiq maydon sharoitida yetishtirishga mos hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan achchiq qalampirning Qirmizi va Chaqmoq navlari yaratildi. Joriy yilda achchiq qalampirning Qirmizi va Chaqmoq navlarini dastlabki urugʻ koʻpaytirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tadqiqotlar O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitiga mos yuqori hosildor va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan achchiq qalampir navlarini urugʻlarini koʻpaytirish hamda keng joriy qilish imkoniyatlarini kengayishiga zamin yaratadi. Telegram Websait Instagram YouTube Faceboot

  • 8 авг.192101

    🔹“Ozodalik kuni” davom etadi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshakachilik ilmiy-tadqiqot institutda institutning jamoasi va faollari tashabbusi bilan “Ozodalik xam go‘zal xulqdandir” shiori ostida “Ozodalik kuni” davom ettirildi. 🔹Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, atrof muhitni, tabiatni asrab avaylash, xududlarni ko‘kalamzorlashtirish va albatta yosh avlodga munosib namuna bo‘lish. 📱 Telegram 🌐 Websait 🌐 Instagram 🎬 YouTube 💬 Faceboot

  • 5 авг.247122

    🔹 Noanʼanaviy sabzavot ekinlaridan biri batat (shirin kartoshka) hozirgi kunda unchalik ommalashmagan boʻlsada, xalqimiz uni sevib isteʼmol qilib kelmoqda, chunki bu ekin inson salomatligi uchun juda ham foydali boʻlib, uning tarkibida mikro va makro elementlar hamda PP, A, B6, B12, C vitaminlariga boy boʻlib ular inson organizmida juda katta roʻl oʻynaydi. 🔹 Bundan tashqari batat (shirin kartoshka) rak kasalligini oldini olish xususiyatiga ega. Bu oʻsimlik mevasi parhez taom boʻlganligi uchun qandli diabet kasalligi bor insonlarga 1 kunda 80-100 gr dan oshmagan holda isteʼmol qilish ularning sogʻliqlari uchun juda foydalidir. 🔹 Bu ekin bo'yicha Abdullayev Dilmurodjon Dilshodjon oʻgʻli "In-vitro usulida yetishtirilgan shirin boʻlmagan batat nav namunalarini tanlash va ayrim elementlarini takomillashtirish" mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda. 📱 |Telegram 🌐 | Websait 🌐 | Instagram 🎬| YouTube 💬 | Faceboot

  • 1 авг.230142из uzagroministry

    🌱🌱🌱🌱🌱🌱 Men – tarvuzning “Dilnoz” naviman 🍉Meni Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari yaratishgan. 🌿Erta-o‘rtapishar bo‘lganim uchun atigi 80–85 kunda pishib yetilaman. Dalada sharsimon, silliq va ko‘rkam ko‘rinishim bilan darrov e’tibor tortaman. Po‘stlog‘im to‘q yashil, ustimda qora tikansimon gullarim bor — shu bois dalada ham, bozorda ham meni adashtirib bo‘lmaydi. ✅Qadrli dehqonlar, agar menga qiziqish bildirsangiz, meni Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga qarashli hududlardagi “Best Seeds” urug‘lik tayyorlash korxonalaridan topishingiz mumkin. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

  • 1 авг.1756из info_uzfk

    💛💛💛💚💚💚 Такрорий картошка етиштиришда қизил LED нурида нишлатиш бўйича ТАВСИЯНОМА Такрорий экин сифатида картошкадан юқори ва сифатли ҳосил олиш учун уруғлик туганакларни экишдан олдин тўғри тайёрлаш зарур. Сабзавот, полиз экинлари ва картошкачилик илмий-тадқиқот институти тажрибаларига кўра, уруғларни қизил LED нурида нишлатиш энг самарали усул ҳисобланади. Қизил LED нурининг афзалликлари 🔍Туганакларнинг физиологик фаоллигини оширади. 🔍Бир текис, қисқа (0,5–2 см), йўғон ва синшга чидамли нишлар ҳосил қилади. 🔍Майсаларнинг тупроқдан тез ва соғлом уnib чиқишини таъминлайди. 🔍Ўсимликнинг эртароқ туганак боғлашига замин яратади. ➡️ Батафсил ⚪️Расмий саҳифаларимизга уланинг. 🌐web / ✅facebook /🌐Instagram / 📹YouTube / ✈minbar ✈Fermer AI

  • 1 авг.168135

    Sabzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti va "Mirzacho'l Agrostar" hamkorlikda Xorazm viloyatida mahalliy qovun urug'larini ko'paytirmoqa. 📱 | Telegram 🌐 | Instagram 🌐 | Websait 🎬| YouTube 💬 | Faceboot

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 31 июл.1597из AKIS_milliy_markaz

    🟦🟦🟦 TAKRORIY KARTOSHKA EKINI UCHUN MUHIM TAVSIYA 🌱Takroriy ekinlarda yuqori hosildorlikka erishish urug‘lik kartoshkani ekishdan oldin to‘g‘ri tayyorlashga bog‘liq. Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borilgan ilmiy-tajriba ishlari urug‘lik tuganaklarini qizil LED nurida nishlatish samarali usullardan biri ekanini ko‘rsatmoqda. 🔬Mazkur usul tuganaklarning fiziologik faolligini oshirib, bir tekis nish hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Natijada qisqa, yo‘g‘on va mustahkam nishlar shakllanib, maysalarning tez unib chiqishi hamda ertaroq tuganak hosil qilishi kuzatiladi. Ekishga tayyor nishlar 0,5–2 sm uzunlikda, yo‘g‘on va sinishga chidamli bo‘lishi tavsiya etiladi. Urug‘likni tayyorlashda quyidagi talablarga amal qiling: ✅Sovutilgan ombordan olingan tuganaklarni 2–3 kun davomida tashqi haroratga moslashtiring va 15–18 °C haroratda qizil LED nurida nishlating. ✅Oddiy omborda saqlangan urug‘likni saralab, kasallangan tuganaklarni ajrating. Sog‘lom tuganaklarni 1–2 qatlam qilib joylashtiring. Tavsiya etiladigan nishlatish rejimi: • 🌡Harorat — 15–18 °C • 💧Nisbiy namlik — 80–90 % • 💡Yoritish — kuniga 8–12 soat • 📅Nishlatish muddati — 5–10 kun 🔴Qizil LED nurida nishlatilgan sog‘lom urug‘lik takroriy kartoshka ekinlarida o‘simliklarning jadal rivojlanishi va barqaror hosil shakllanishi uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи