Samarkand Tourism_Official| Rasmiy kanal
СтатистикаSamarqand viloyati Turizm boshqarmasi Rasmiy kanal: http://samarkandtourism.uz Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo'yicha @uktamov_874
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 23
- Всего постов
- 70
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Путешествия (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 286
- 1/48двое суток
- 327
- 1/72трое суток
- 353
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📢 ҲУНАРМАНДЛАР ДИҚҚАТИГА! 🇺🇿 Самарқанд шаҳрига “Бутунжаҳон Ҳунармандлар шаҳри” мақомининг берилиши муносабати билан 2026 йил 15–16 август кунлари ҳунармандчилик ярмаркаси ҳамда “Silk Road Bazar” кўргазма-савдоси ўтказилади. 🧵 Ярмаркада миллий ҳунармандчилик ва амалий санъат намуналари билан иштирок этиш истагида бўлган ҳунармандлар таклиф этилади. 📅 Аризалар 14 августга қадар қабул қилинади. 📍 Манзил: Самарқанд шаҳри, И. Каримов кўчаси. 📞 Мурожаат учун телефон: +998 66 235 13 35 Ҳунармандларни ушбу нуфузли тадбирда фаол иштирок этишга таклиф этамиз!
Samarqandda O‘zbekiston–Gruziya turizm forumi bo‘lib o‘tadi 2026-yil 17-avgust kuni soat 09:00 da Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” turizm markazi hududida joylashgan “Hilton Samarkand Regency” mehmonxonasida O‘zbekiston–Gruziya turizm forumi bo‘lib o‘tadi. Mazkur forum ikki mamlakat o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro sayyohlik oqimini oshirishga qaratilgan. Forum doirasida O‘zbekiston va Gruziyaning turizm sohasi vakillari, turistik kompaniyalar, mehmonxona va boshqa turizm industriyasi subyektlari ishtirokida B2B uchrashuvlar tashkil etiladi. Uchrashuvlarda turizm mahsulotlarini o‘zaro targ‘ib qilish, yangi turistik yo‘nalishlarni shakllantirish, sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +998917089119
⏰ ESLATMA! “Uzbek Gift Contest” tanloviga arizalar topshirish uchun 4 KUN QOLDI! O‘zbekistonning yangi va o‘ziga xos milliy suvenirini yaratish bo‘yicha o‘z g‘oyangizni taqdim etishga hali imkon bor. 🎨 Agar siz dizayner, rassom, hunarmand yoki ijodkor bo‘lsangiz, tanlovning 1-bosqichida ishtirok etishingiz mumkin. 🏆 25 ta yo‘nalish bo‘yicha har bir g‘olib 5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 📅 Arizalar 16-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ⏳ 4 kun qoldi — g‘oyangizni taqdim etishni unutmang! 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8 Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
https://youtube.com/shorts/7E8ROgBv0IM?si=JNjcPuuepq662SY1
“Iroqi kashtachilik” xalqaro festivaliga taklif etamiz Joriy yilning 13–15-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida “Iroqi kashtachilik” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi. Festival davomida iroqi kashtachilik namunalari ko‘rgazmasi, hunarmandchilik mahsulotlari namoyishi, mahorat darslari, madaniy-ko‘ngilochar dasturlar hamda turli tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Mazkur festival nafaqat milliy hunarmandchilik va amaliy san’atimiz bilan yaqindan tanishish, balki Shahrisabzning boy tarixiy-madaniy merosi va turizm salohiyatini kashf etish uchun ham ayni muddaodir. Shu munosabat bilan, barcha yurtdoshlarimiz, mahalliy va xorijiy sayyohlarni 13–15-avgust kunlari Shahrisabz shahrida bo‘lib o‘tadigan “Iroqi kashtachilik” xalqaro festivalida ishtirok etishga taklif etamiz!
Samarqandda Promotors Show 2026 avtomobil shousi bo‘lib o‘tadi Joriy yilning 12–13-sentabr kunlari Samarqand shahridagi SOF Expo ko‘rgazma markazida avtomobil ixlosmandlari uchun Promotors Show 2026 tadbiri bo‘lib o‘tadi. Ikki kun davom etadigan mazkur tadbir avtomobilsozlik, avtosport va zamonaviy avtomobil madaniyatiga qiziquvchilar uchun o‘ziga xos ko‘ngilochar dasturga boy bo‘lishi kutilmoqda. Tadbir doirasida drift shou, retro va zamonaviy avtomobillar ko‘rgazmasi, tyuning qilingan avtomobillar musobaqasi hamda turli ko‘ngilochar dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun konsert dasturi, qiziqarli shoular, turli bellashuvlar va sovrinli tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Promotors Show 2026 Samarqand shahrida avtomobil madaniyatini targ‘ib qilish, avtosport va zamonaviy avtomobil yo‘nalishlariga qiziquvchilarni bir maydonga jamlash hamda shahar aholisi va mehmonlari uchun mazmunli hordiq chiqarish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi. Barcha avtomobil ishqibozlarini 12–13-sentabr kunlari SOF Expo markazida bo‘lib o‘tadigan Promotors Show 2026 tadbiriga taklif etamiz!
без подписи
без подписи
без подписи
Samarqand viloyati turizm delegatsiyasi Belarus Respublikasida Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi hamda turizm sohasi vakillaridan iborat delegatsiya Belarus Respublikasining Grodno viloyatida bo'lib turibdi. Tashrif doirasida delegatsiya Grodno viloyatining turizm salohiyati, mavjud infratuzilmasi, mehmonxonalari, sanatoriy va dam olish maskanlari bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, ikki hudud o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. 📱Telegram 📱 Instagram 📱Facebook
без подписи
без подписи
без подписи
Nurobod tumanida turizm xizmatlarini rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi Samarqand viloyatining barcha hududlarida mavjud turizm salohiyatidan samarali foydalanish, yangi turistik xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarning qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Nurobod tumanining Mehnatkash mahallasida viloyat Turizm boshqarmasi mas’ullari, tuman hokimligi vakillari hamda mahalla aholisi ishtirokida turizm xizmatlarini rivojlantirish va mahalliy aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida mahallaning mavjud imkoniyatlari, hududning tabiiy va geografik o‘ziga xosligi, milliy urf-odatlari hamda mahalliy aholining salohiyatidan foydalangan holda etnoturizm, qishloq turizmi va ichki turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Muloqot davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi: Turizm xizmatlarini rivojlantirish. Mahallada sayyohlar uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin bo‘lgan turistik yo‘nalishlarni shakllantirish, milliy qadriyatlar va mahalliy turmush tarzini namoyish etish orqali yangi turistik xizmatlarni tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Oilaviy tadbirkorlik va mehmon uylari. Fuqarolarga o‘z xonadonlarida mehmon uylari, milliy taomlar shoxobchalari, hunarmandchilik ustaxonalari va boshqa turistik xizmatlarni yo‘lga qo‘yish orqali daromad olish imkoniyatlari, mavjud imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida tushuntirishlar berildi. Moliyaviy ko‘mak va kreditlar. Turizm sohasida faoliyat boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va boshqa moliyaviy ko‘maklardan foydalanish shartlari, shuningdek, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi yuzasidan amaliy va huquqiy tavsiyalar berildi. Kasbga o‘qitish va bandlik. Mahalladagi yoshlar va xotin-qizlarni turizm sohasida talab yuqori bo‘lgan gid-tarjimonlik, hunarmandchilik, pazandachilik, mehmonxona va servis xizmatlari kabi yo‘nalishlarda kasbga o‘qitish orqali ularning bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. 📱Telegram 📱 Instagram 📱Facebook
без подписи
без подписи
#turizm #sayyoh #tashrif #aviaqatnovlar #ijobiy_dinamika 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 7 749 064 nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,6 foizga ko‘p. Xorijiy turizm oqimining ijobiy dinamikasi so‘nggi yillarda izchil davom etmoqda. 2023-yilda mamlakatga 6,6 million, 2024-yilda 10 milliondan ortiq, 2025-yil yakunlariga ko‘ra esa 11,7 million xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Turistik oqimning o‘sishi joylashtirish vositalari infratuzilmasining rivojlanishi bilan ham hamohang kechmoqda. 2026-yilning yanvar–iyul oylarida mamlakatda 22 296 o‘rinli 705 ta yangi joylashtirish vositasi tashkil etildi. Natijada ularning umumiy soni 7 440 taga, o‘rinlar soni esa 202,6 mingtaga yetdi. Turizm rivojining iqtisodiy samarasi turistik xizmatlardan olinayotgan daromadlarning o‘sishida ham namoyon bo‘lmoqda. 2026-yilning yanvar–iyul oylarida turistik xizmatlar eksporti hajmi 3 895,7 million AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 56 foizga oshdi. *** From January to July 2026, Uzbekistan welcomed 7,749,064 foreign tourists, representing a 22.6% increase compared to the same period last year. The positive growth trend in inbound tourism has continued in recent years. In 2023, the country welcomed 6.6 million foreign tourists, followed by more than 10 million in 2024. By the end of 2025, the figure had reached 11.7 million. The increase in tourist arrivals has been accompanied by the expansion of accommodation infrastructure. From January to July 2026, 705 new accommodation facilities with a total capacity of 22,296 beds were established across the country. As a result, the total number of accommodation facilities reached 7,440, with a total capacity of 202,600 beds. The economic impact of tourism growth is also reflected in rising revenues from tourism services. From January to July 2026, exports of tourism services amounted to $3,895.7 million, representing a 56% increase compared to the same period last year. *** За январь–июль 2026 года Узбекистан посетили 7 749 064 иностранных туриста — на 22,6% больше, чем за аналогичный период прошлого года. Положительная динамика въездного туризма сохраняется на протяжении последних лет. В 2023 году страну посетили 6,6 млн иностранных туристов, в 2024 году — более 10 млн, а по итогам 2025 года показатель достиг 11,7 млн. Рост туристического потока сопровождается развитием инфраструктуры размещения. За январь–июль 2026 года в стране создано 705 новых объектов размещения на 22 296 мест. В результате общее количество средств размещения достигло 7 440, а количество мест — 202,6 тыс. Экономический эффект от роста туризма отражается и в увеличении доходов от туристических услуг. За январь–июль 2026 года их объем составил 3 895,7 млн долларов США, увеличившись на 56% по сравнению с аналогичным периодом прошлого года. Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
без подписи
без подписи
без подписи