Startup Ambassadors | Samarkand
СтатистикаSamarqandda startup ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan hamjamiyat. G‘oyadan amaliy startaplargacha Treninglar • Meetuplar • Tadbirlar Yoshlar Ventures ekotizimi Tashabbus: Yoshlar Ventures | Yoshlar ishlari agentligi
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Бизнес
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 37
- 1/48двое суток
- 42
- 1/72трое суток
- 45
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
"Yoshlar Ventures"ning San-Fransiskodagi jamoasi Sam Altman bilan uchrashdi! 📌 AQShda tahsil olayotgan o'zbekistonlik talaba-muhandislardan iborat "Yoshlar Ventures"ning San-Fransisko ofisi vakillari o'ziga xos uchrashuvda OpenAI bosh direktori Sam Altman bilan suhbat qurdilar. Oqshom esa Eventbrite hammuassisi hamda PayPal, Airbnb, Pinterest, Palantir, Uber va SpaceX kabi gigantlarning ilk bosqich investorlaridan biri bo'lgan Kevin Hartz bilan palov ustidagi qizg'in netvorking bilan davom etdi. 🚀 Ushbu muhim voqea "Yoshlar Ventures"ning San-Fransisko ofisi rasman o'z ishini boshlayotgan bir vaqtga to'g'ri kelmoqda. Bu Kremniy vodiysidagi ishtirokimizni yanada kengaytirish va yosh o'zbekistonlik startap asoschilarini global maydonga olib chiqish missiyamizdagi ulkan qadamdir. ⚡️Global innovatsiyalar markazida xalqaro va strategik aloqalarni mustahkamlayotganidan faxrlanamiz. Zero, dunyoning qaysi burchagida bo'lishidan qat'i nazar, biz iqtidorli yoshlarimizga o'z salohiyatlarini ro'yobga chiqarishlari uchun doimo imkoniyatlar yaratishga tayyormiz! Bizning yoshlar endi bevosita dunyoning eng oldi tech ekotizimida o'z o'rniga ega bo'lmoqda! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
“Yoshlar Ventures” loyihasi qanday natijalarga erishmoqda? 📌 Yoshlar ishlari agentligi tizimida ustaf fondi 10 million AQSh dollari bo'lgan "Yoshlar Ventures" jamg‘armasi tashkil etildi va bugungi kunga qadar 27 ta istiqbolli startap loyihaga umumiy hisobda 1,5 million dollar miqdorida investitsiya ajratildi. 🚀 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilgan 16 ta "Startup Arena" tanlovlari doirasida yoshlar loyihalariga 300 ming dollar miqdorida sarmoya kiritilgani ta'kidlandi. ⚡️ Eng muhimi esa AQShning Cornell Tech universiteti bilan hamkorlikda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va deep-tech startaplarni yaratishga qaratilgan "Runway" dasturi "UzCombinator" loyihasi doirasida O'zbekistonda joriy etish bo'yicha kelishuvga erishildi! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Yoshlar Ventures - NEXUS30 Hackathon hamkori! 🗓 14–16 avgust kunlari Toshkent shahrida yosh dasturchi va muhandislarni birlashtiradigan NEXUS30 Hackathon bo‘lib o‘tadi. ⚡️ 72 soat davomida 16–30 yoshdagi ishtirokchilar sog‘liqni saqlash, ta’lim, turizm, davlat boshqaruvi va FinTech yo‘nalishlaridagi real muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqib, o‘z g‘oyalarini ishlaydigan prototipga aylantiradilar. 🤝 Yoshlar Ventures "NEXUS30"ni hamkor sifatida qo‘llab-quvvatlaydi. Hackathonning yakuniy bosqichida Yoshlar Ventures vakili hakamlar hay’ati tarkibida ishtirok etib, jamoalarning loyihalarini baholash jarayoniga hissa qo‘shadi. ✅ 40 ta jamoa, 72 soatlik intensiv ish, yakunda esa Pitch va LIVE Demo - yoshlarning g‘oyalari real loyihalarga aylanishi uchun yaxshi imkoniyat. 📆 14–16 avgust 📍 Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Ziyolilar ko'chasi 13 📎 Batafsil: @nexus30uz ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
без подписи
🚀 Professorlarimiz bilan tanishing
без подписи
Barchamiz kutgan dastur ham boshlandi 🔥
без подписи
😳 Cornell Universtetidan kelayotgan Professorlarimiz bilan tanishing! 1️⃣ Professor Wesley Sine - Tadbirkorlik va innovatsiya bo’yicha dunyoning yetakchi tadqiqotchilaridan biri. Olti qit’ada minglab tadbirkorlarni o’rgangan, ularga maslahat bergan va dars bergan. Startaplardan tortib Fortune 500 kompaniyalargacha konsalting tajribasiga ega. 2️⃣ Professor W. Chad Carlos - Cornell universitetidan PhD darajasiga ega. Tadbirkorlik bo’yicha tadqiqotchi, pedagog, konsultant va executive coach. Ilgari KPMG’da Silikon vodiysining yetakchi texnologiya kompaniyalari, jumladan Google bilan ishlagan katta konsultant bo’lgan. 3️⃣ Professor Mark Beck - Harvard MBA. JELD-WEN kompaniyasining sobiq bosh direktori (CEO) bu davrda 8 ta kompaniyani sotib olish (acquisition) va muvaffaqiyatli IPO’ni amalga oshirgan. Danaherda $5 milliard qiymatidagi biznes portfelini boshqargan sobiq prezident. B-Square Precision Group kompaniyasining hammuassisi. 🚀 Ushbu professorlar 7–10-avgust kunlari Toshkentga tashrif buyuradilar. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
🚀 UzCombinator tarixidagi eng katta hamkorlik! Lyft, Wayfair kabi milliard dollarlik startaplarni dunyoga keltirgan universitet endi UzCombinatorda! 😳 🇺🇸 AQShning eng nufuzli universitetlaridan biri Cornell SC Johnson College of Business’dan 3 nafar professorlar aynan UzCombinator 2-mavsum ishtirokchilariga dars berish uchun Amerikadan kelmoqda! Tasavvur qilyapsizmi? Endi siz Cornell Universitetida o'qish uchun yiliga $100,000 sarflashingiz kerak emas. Endi ushbu bilimlarni UzCombinator 2-mavsum ishtirokchilari bepulga o'rganishadi 🔥 📌 Dastur davomida asoschilarimiz quyidagilarga ega bo'lishadi: • Xalqaro professorlar bilan yuzma-yuz uchrashuv • Startapingiz uchun 1 ga 1 shaxsiy feedback • Startapni global standartlarda qurish bilimlari • Global fikrlash va bozorni kengaytirish strategiyalari • Asoschi sifatida strategik qarorlar qabul qilish ko'nikmalari 🇺🇿 Bu O'zbekiston startap ekotizimi uchun kamdan-kam uchraydigan imkoniyat! UzCombinator esa aynan shunday global darajadagi imkoniyatlarni yaratishda davom etadi 🚀 Professorlarimiz bilan esa tez orada yaqindan tanishamiz, shuning uchun kanalni doimiy kuzatib boring! ⚡️ @uzcombinator
🚀 DEBOCHADA FROM ZERO KURSI Avgust oyidagi qabul boshlandi! Startapingiz bormi yoki startupga qiziqasizmi? Unda bu imkoniyatni o‘tkazib yubormang! 🔥 📚 1 oy davomida Debochadagi maxsus darslar orqali o‘z g‘oyangizni bosqichma-bosqich rivojlantirib, uni real loyihaga aylantirasiz. 👥 Haftalik workshoplar Yoshlar Ventures loyiha menejerlari bilan amaliy bilimlar, tajriba va foydali tavsiyalar olasiz. 🎯 DemoDay - katta final! Inkubatsiya yakunida o‘z loyihangizni venchur fondlari va investorlar oldida pitch qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 📲 Qatnashish uchun yopiq Telegram guruhimizga qo‘shiling! https://t.me/+LSxgSXXMiEZmZDc6 ⏳ Deadline: 09.08.2026 Shoshiling! Balki sizning g‘oyangiz aynan shu 1 oyda real startupga aylanar. 🚀
Hop, ko‘ndirdizlar! 😄 Eng yaxshi darslar — faqat sizlar uchun! 🚀 Darslarni ko‘rib, bilimlarni o‘zlashtirib bo‘lgach, sertifikatlaringizni kommentlarda ko‘rsatishni unutmang! 🏆 👉 Darsni boshlash Qani, ketdik! 🔥 Kim birinchi bo‘lib sertifikat oladi? 👀
Building the New Generation of Startup Founders ⚡️ Yoshlar Ventures xalqaro hamkorlik doirasida "Cornell University" delegatsiyasini O‘zbekistonda qabul qiladi. 📆 "Cornell SC Johnson College of Business"ning 3 nafar professori ishtirokida 7–10-avgust kunlari startap asoschilari uchun maxsus seminarlar va amaliy sessiyalar tashkil etiladi. ✅ Dastur davomida startup qurish, global fikrlash, innovatsiyalarni tijoratlashtirish va asoschilarning strategik qarorlar qabul qilishi kabi mavzular yoritiladi. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
🚀 UzCombinator startaplar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishda davom etadi! Biz 2-mavsum ishtirokchilari maksimal darajada qulay va samarali muhitda ishlashini xohlaymiz. Shu sababli, rasmiy hamkorlarimiz ro'yxatiga dunyoning yetakchi CRM va marketing platformasi, HubSpot ham qo'shildi! 🚀 ⚡️2-mavsumda qatnashadigan startaplarimiz: • HubSpot dasturiy ta'minotidan (CRM, Marketing, Sales va boshqa xizmatlar) 90% chegirma bilan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi • 500 dan ortiq dastur va xizmatlar bilan integratsiya imkoniyatiga ega bo'lishadi • HubSpot ekspertlaridan maxsus ta'lim materiallari, masterclass va shablonlardan bepul foydalanishadi 💰 Bu esa startapingiz uchun sezilarli darajada mablag' tejash bilan birga, mijozlar bazasi va sotuvlarni professional darajada boshqarish imkonini beradi! ⚡️ @uzcombinator
без подписи
UzCombinatordan qizg'in suhbat jarayonlari!
🚀 "From Zero" dasturining navbatdagi eksklyuziv mentorship sessiyasiga taklif qilamiz! 🎙 Bekzod Muxtorov — Yoshlar Ventures’da Project Manager. 📌 Mavzu: How to Talk to Investors Ushbu sessiyada siz: • Investorlar bilan qanday to‘g‘ri muloqot qilish; • G‘oya va loyihani investorga qanday taqdim etish; • Investor bilan suhbatda nimalarga e’tibor berish; • Ishonchli va samarali pitch qilish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lasiz. 📅 31.07.2026 ⏰ 16:00 📍 Onlayn (Debocha) 🔗 Google Meet havolasi : https://meet.google.com/xrb-gjty-fcz Barchangizni kutyapmiz 🚀 Startup Ambassadors | Samarkand
Suhbat bosqichiga kim o'tganini bilish payti keldi 👀 🎉 Necha kunlardan beri intiqlik bilan kutilgan suhbat bosqich natijalari nihoyat tayyor! 📌 Natijalarni qanday bilish mumkin? • uzcombinator.uz saytimizga tashrif buyuring • profilingizga login va parol orqali kiring • va o'z natijangizni bilib oling! 🎥 Eslatma: Natijani ko‘rish jarayonini videoga olib, o‘z emotsiya va reaksiyalaringizni ijtimoiy tarmoqlarda #UzCombinator heshtegi bilan ulashishni unutmang! 🔥 Bu faqat boshlanishi, startapingiz ustida ishlashda davom eting! Ha aytgancha, natijangizni izohlarda yozib qoldirishni unutmang :) ⚡️ @uzcombinator
https://debocha.yoshlarventures.uz/dashboard/events/f7ad5c5e-8bbb-40db-950c-869cf1bf7397