SamDCHTI korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi
СтатистикаSamarqand davlat chet tillar instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining rasmiy telegram sahifasi Murojaat uchun telegram:👇 @SamDCHTI_korrupsiya_murojaat_bot
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 34
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Ogohlik #Rasmiy_munosabat Fuqarolarni firibgarlardan ehtiyot boʻlishga chaqiramiz Buxoroda fuqaroni bir yoʻla 4-kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, undan 26 million soʻm olgan shaxs ushlangani haqida xabar tarqaldi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi fuqarolarni oʻqishga kiritib qoʻyish, imtihon natijasini oʻzgartirish, oʻqishni koʻchirish yoki boshqa masalalarni pul evaziga hal qilib berishni vaʼda qilayotgan shaxslarga ishonmaslikka chaqiradi. Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul jarayonlari qonunchilikda belgilangan tartib va mezonlarga ko‘ra, xususan, davlat va nodavlat oliygohlariga xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish BMBA tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi. Hech qanday shaxs pul evaziga kafolatli ravishda oʻqishni ko‘chirib berish yoki oʻqishga kiritib qoʻyish vakolatiga ega emas. Fuqarolardan taʼlim sohasidagi masalalarni "tanish-bilish" yoki pul evaziga hal qilib berishni taklif qilayotgan shaxslarga nisbatan hushyor boʻlish, shaxsiy maʼlumotlar va mablagʻlarni bermaslik soʻraladi. Shuningdek, bunday holatlarga duch kelgan fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari soʻraladi. Eslatma: taʼlim olish huquqingizni firibgarlarga ishonib xavf ostiga qoʻymang. Rasmiy maʼlumotlarni faqat vazirlik va oliy taʼlim tashkilotlarining rasmiy manbalaridan oling. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
So‘nggi vaqtlarda ayrim mansabdor shaxslar nomidan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda soxta akkauntlar ochilib, davlat organlari xodimlari hamda fuqarolarga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati bilan bog‘liq turli mazmundagi xabar, topshiriq va hujjatlar yuborilayotgani kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan quyidagilar ma’lum qilinadi: Davlat organlari rahbarlari yoki boshqa mansabdor shaxslar, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nomidan yuborilayotgan turli topshiriqlar, ma’lumot so‘rovlari, hujjatlar taqdim etish haqidagi talablar yoki boshqa harakatlarni amalga oshirishga undovchi bunday xabarlar rasmiy murojaat hisoblanmaydi hamda firibgarlik maqsadida yaratilgan soxta akkauntlar orqali tarqatilmoqda. Agentlik fuqarolar va davlat organlari xodimlarini bunday xabarlarga ishonmaslikka, ularda ko‘rsatilgan topshiriqlarni bajarmaslikka, yuborilgan hujjatlarga asoslanib hech qanday harakatlarni amalga oshirmaslikka, shubhali akkauntlar bilan muloqotga kirishmaslikka hamda shaxsiy, xizmatga oid ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etmaslikka chaqiradi. Shubhali xabarlar, hujjatlar yoki akkauntlarga duch kelsangiz, bu haqda zudlik bilan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishingizni so'raymiz. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
DIQQAT! FIRIBGARLARDAN OGOH BO'LING! Hozirda ayrim profillar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nomidan soxta akkauntlar ochilib, fuqarolarga murojaatlar yo‘llanayotgani aniqlanmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati rasmiy ravishda quyidagilarni ma’lum qiladi: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nomidan shaxsiy yozishmalar olib borayotgan yoki turli iltimos, ko'rsatma va takliflar bilan murojaat qilayotgan barcha bunday akkauntlar soxta bo‘lib, ularga ishonmaslik va muloqotga kirishmaslik qat’iyan tavsiya etiladi. Ularning barchasi firibgarlarga tegishli hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi yoki Agentlikka aloqador shaxslar aholiga murojaat qilish maqsadida shaxsiy tartibda xabar yubormaydi. Hurmatli fuqarolar! Shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalarga bermang, shubhali xabarlar va akkauntlar haqida esa tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bering. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiyaning og‘ir oqibatlari faqat qonun oldidagi muqarrar javobgarlik bilan cheklanmaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda davlat xizmatchilari uchun jazoni ijro etish muassasalariga tashkil etilayotgan profilaktik tashriflar ana shu haqiqatni real hayotiy misollar orqali anglash, o‘z vaqtida to‘g‘ri xulosa chiqarishga undamoqda. Bu haqda “Sevimli” telekanali muxbiri Moʻtabar Nurmuhammedova tayyorlagan maxsus lavhani tomosha qiling. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#Ijodiy_imtihon #Qabul_2026 Samarqand davlat chet tillar institutida 2026-2027-o‘quv yili uchun Jurnalistika (Xalqaro jurnalistika) ta'lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlari nihoyasiga yetdi. Tajribali professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislaridan tarkib topgan komissiya tomonidan abituriyentlarning bilim va ko‘nikmalari ikki bosqichda – yozma (ijodiy insho) hamda og‘zaki suhbat shaklida sinovdan o‘tkazildi. Institut ma’muriyati tomonidan imtihonlarning har tomonlama shaffof, halol va adolatli o‘tishini ta’minlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilib, xavfsizlik choralari ko‘rildi. Jarayon ijtimoiy tarmoqlar hamda institut hovlisi va faollar zalida o‘rnatilgan katta ekranlar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatib borildi. Ota-onalar farzandlarining imtihon topshirish jarayonini onlayn kuzatishdi. Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#Rektor_murojaati Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etish yuzasidan abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaati 👉 Murojaat bilan tanishish Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
🗣 Korrupsiyaga befarq bo‘lmang! 📹Ushbu videorolik korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti va insonlar ishonchiga salbiy taʼsirini yoritadi hamda barchani halollik va masʼuliyatni ustuvor qoʻyishga chorlaydi. ⚫️Adolatli jamiyat har birimizning halol va vijdonli munosabatimizdan boshlanadi.
Poraxo'rning panjara ortidagi afsuslari... @SherzodSaparov
“Шармандалик жадвали” ёхуд порахўрлар тамом бўлади 🎬 Видеони кўриш 👉 Мақолани ўқиш Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
#Qabul_2026 #Korrupsiyasiz_soha #Adolat_sari_oyihasi Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati huzurida tashkil etilgan mediastudiya talabalari tomonidan tayyorlangan "Adolat sari" loyihasi ❗️Firibgarlarga ishonib qolmang, o'z bilimingizga ishoning! 👉 Muallif: Mashhura Shirinboyeva Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#Биласизми ❗️ Пора олиш жазоси муқаррар жиноятдир Батафсил инфографикада👆 Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
#Qabul_2026 #Korrupsiyasiz_soha #Yashil_zamin_loyihasi Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati huzurida tashkil etilgan mediastudiya talabalari tomonidan tayyorlangan "Yashil zamin" loyihasi "Halollik bu — hech kim koʻrmayotganda ham toʻgʻri ishni qilishdir" mavzusida tayyorlandi 👉 Muallif: Feruza Pardaboyeva Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#Qonunchilik_yangiliklari Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha Qonun qabul qilindi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 22-iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1155-son Qonun imzolandi. Mazkur Qonun bilan: ◾️korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritilishi; ◾️ “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasi qonunchilikda aniq belgilanishi; ◾️ davlat organlarida komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlari joriy etilishi; ◾️komplaens bo‘linmalari faoliyatining mustaqilligi va xodimlar xavfsizligi kafolatlanishi; ◾️ayrim korrupsion jinoyatlar uchun muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengillashtirish imkoniyatlari cheklanishi; ◾️korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi kabi muhim normalar belgilandi. Qonun korrupsiyaga qarshi kurashishning yagona va tizimli mexanizmini shakllantirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Targ'ibot_tadbiri SamDCHTI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i F.Abduraxmonov tomonidan Ingliz tili fakulteti talabalari ishtirokida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri hamda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan uchrashuv o'tkazildi. Unda "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi va "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi qonunlari hamda Jinoyat Kodeksining korrupsiyaga tegishli moddalari mazmun-mohiyati tushuntirilib, korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning o'rni, moliyaviy huquqbuzarlik hamda yashirin iqtisodiyotga toqatsizlik pozitsiyasini shakllantirish to'g'risida tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi. Yig'ilish so'ngida #Stop_korrupsiya shiori ostida chellenj o’tkazildi. 👉 @samdchtiantikor
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи