SamDU 1-son akademik litseyi | Rasmiy kanal
Статистика- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 105
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 591
- 1/48двое суток
- 677
- 1/72трое суток
- 730
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🖥 Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 2026-yil 14-avgust kuni ko‘rib chiqiladi. ℹ️Apellyatsiya o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt har bir abituriyentning my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan. ‼️ Eslatma: Ariza bergan talabgorlar 14-avgust kuni belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishlari shart. Bizni kuzating! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
SamDU 1-son akademik litseyi | Rasmiy kanal pinned a photo
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Ovozli_chat #Qabul2026 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonining onlayn oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi bo‘yicha 2026-yil 6-avgust kuni o‘tkazilgan ovozli chatning audioyozuvi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
⚡️Qaysi yo‘nalishda abituriyentlar maksimal ball 189 va undan yuqori to‘plash bo‘yicha rekord o‘rnatishgan? Taʼlim tili o‘zbek: 1. Biologiya + kimyo - 1524 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan; 2. Matematika + chet tili - 1300 nafar abituriyent 189 va undan yuqori to‘plagan; 2. Inliz tili va ona tili - 1294 nafar abituriyent 189 va undan yuqori to‘plagan; 3. Matematika + fizika - 317 nafar abituriyent 189 va undan yuqori to‘plagan; 4. Huquqshunoslik + chet tili - 22 nafar abituriyent 189 va undan yuqori to‘plagan; 5. Kimyo + biologiya - 2 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan. Jami: 4 459 nafar abituriyent 189 va undan yuqori (yoki 189 ball) to‘plagan. ✔ @Uzbmb_MandatiBot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin. 🤖 Qulaylik: O‘z natijangizga mos yo‘nalish tanlashda @Uzbmb_MandatiBot sizga mukammal yordam beradi! Do'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbari
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 1-son akademik litseyi manzili va joylashgan joyi
видео или голосовое, без подписи
🎓 Akademik litseyga qabul qilingan o‘quvchilarga tavsiyalar Hurmatli o‘quvchilar! Sizni akademik litseyimizga o‘qishga qabul qilinganingiz bilan samimiy tabriklaymiz! Akademik litseyda tahsil olish katta mas’uliyat va yangi imkoniyatlar eshigidir. Quyidagi tavsiyalarga amal qilishingiz kelgusidagi muvaffaqiyatlaringiz uchun muhim ahamiyatga ega. 📌 1. ID-karta oling 16 yoshga to‘lgan o‘quvchilar imkon qadar tezroq ID-karta rasmiylashtirishlari tavsiya etiladi. Bu: - milliy va xalqaro sertifikat imtihonlarida ro‘yxatdan o‘tish; - oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish; - turli tanlov va grantlarda ishtirok etish uchun zarur hisoblanadi. 📌 2. Milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorlaning - o‘qishni birinchi kundan boshlab maqsadli tashkil qiling. Quyidagi sertifikatlarni olishga intiling: - chet tillari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar (CEFR, IELTS, TOEFL va boshqalar); - kimyo, biologiya, matematika, ona tili va adabiyot va boshqa fanlar bo‘yicha milliy sertifikatlar. Sertifikatlar oliy ta’limga kirishda muhim ustunlik beradi. 📌 3. Dars qoldirmang Akademik litseyda fanlar chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. Bir kunlik darsni qoldirish ham mavzularni o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Darslarga o‘z vaqtida keling. Sababsiz dars qoldirmang. Uy vazifalarini o‘z vaqtida bajaring. 📌 4. Maktabda o‘tilgan mavzularni takrorlang 9-sinfda o‘rganilgan: matematika; ona tili va adabiyot; tarix; biologiya; kimyo; fizika; xorijiy til va boshqa fanlar bo‘yicha asosiy mavzularni takrorlab chiqing. Bu yangi o‘quv yiliga moslashishni ancha osonlashtiradi. 📌 5. Sog‘lig‘ingizga e’tibor bering Yuqori natijalarga erishish uchun sog‘lom bo‘lish juda muhim. - kuniga kamida 7–8 soat uxlang; - sog‘lom ovqatlaning; - sport bilan muntazam shug‘ullaning; - shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling; - kasallik alomatlari bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling. 📌 6. Akademik litseydagi yuqori yuklamaga tayyor bo‘ling Akademik litseyda o‘quv yuklamasi umumta’lim maktabiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Shuning uchun: - kun tartibini tuzing; - har kuni mustaqil tayyorgarlik ko‘ring; - vaqtni to‘g‘ri rejalashtiring; - qiyinchilik tug‘ilganda ustozlardan maslahat so‘rashdan tortinmang. 📌 7. Ichki tartib-qoidalarga rioya qiling - Akademik litsey Ustaviga amal qiling. - Pedagoglar va tengdoshlaringizga hurmat bilan munosabatda bo‘ling. - Dars jarayonida mobil telefon va boshqa chalg‘ituvchi vositalardan foydalanmang. - Litsey mulkini asrang. 📌 8. Kitob mutolaasini odat qiling Har kuni kamida 20–30 daqiqa kitob o‘qishga odatlaning. Badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tafakkur, nutq madaniyati va dunyoqarashingizni rivojlantiradi. 📌 9. To‘garak va tanlovlarda faol ishtirok eting fan to‘garaklari; "Zakovat" intellektual o‘yinlari; sport musobaqalari; fan olimpiadalari; turli ko‘rik-tanlovlar sizning bilim va qobiliyatingizni rivojlantirishga xizmat qiladi. 📌 10. Raqamli texnologiyalardan oqilona foydalaning Telefon va ijtimoiy tarmoqlardan faqat zarur maqsadlarda foydalaning. O‘qishga xalaqit beradigan ortiqcha vaqt sarflashdan saqlaning. 📌 11. Yaxshi do‘stlar orttiring Sizni ilmga, kitobxonlikka va ezgu ishlarga undaydigan tengdoshlar bilan do‘st bo‘ling. Yaxshi muhit muvaffaqiyatning muhim omillaridan biridir. 📌 12. Katta maqsadlar qo‘ying Akademik litsey — oliy ta’lim sari muhim bosqich. Bugundan boshlab: qaysi kasbni egallashni istashingizni aniqlang; tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha chuqur tayyorgarlik ko‘ring; har kuni o‘zingizni rivojlantirishga intiling. Aziz o‘quvchilar! Akademik litseydagi har bir kuningiz bilim, izlanish va yangi yutuqlar sari qo‘yilgan qadam bo‘lsin. Intizom, mehnatsevarlik va qat’iyat sizni ulkan marralarga olib chiqadi. 🌟https://t.me/samdualuz
https://samdual.uz/news/2026-2027-oquv-yili-uchun-qabul-natijalari-elon-qilindi-1785435795