"Servis" Fakulteti - LIVE
Статистика📍 Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti ''Servis'' fakultetining rasmiy sahifasi! Dekan: Normurodov Umid Normurodovich Aloqa uchun: ☎️ +998(97) 687 3222 @PNGov 🔹Marketing 🔹Logistika 🔹Inson resurslarini boshqarish 🔹Turizm
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 55
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 186
- 1/48двое суток
- 213
- 1/72трое суток
- 229
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🏛 Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi mumkin. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
🗣️ Tayinlov ⚪️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Yoshlar ittifoqi BT kengashi tavsiyasi hamda ochiq tanlov natijalariga ko‘ra, Azamatov Husan Eldor o'g'li Servis fakulteti koordinatori lavozimiga tayinlandi. 🎉 Husan Azamatovni ushbu mas’uliyatli lavozim bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar, yangi tashabbuslar va muvaffaqiyatlar tilaymiz! ⚪️ 🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦Telegram 🟦Instagram 🟦 Facebook 🟦YouTube
без подписи
📢 DIQQAT, TALABALAR! 🎓 Davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabuli boshlandi! Davlat grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar my.hemis.uz tizimi orqali elektron ariza topshirishlari mumkin. 📝 Ariza topshirish tartibi: ✅my.hemis.uz tizimiga kiring. ✅"Mening grantim" bo‘limiga o‘ting. ✅"Grant arizalari" menyusini tanlang. ✅"Ariza yaratish" tugmasini bosing. ✅O‘zingizga mos grant shaklini tanlang. ✅"Saqlash" tugmasini bosib arizangizni tasdiqlang. 📅 Arizalar qabul qilish muddati: 15.07.2026 — 20.07.2026 ⚠️ Muhim eslatma: Arizani yuborishdan oldin kiritilgan ma'lumotlarni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas. 📌 Belgilangan muddatdan kechiktirmasdan ariza topshirishingizni so‘raymiz.
🗣️ Tayinlov ⚪️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Yoshlar ittifoqi BT kengashi tavsiyasi bilan, ochiq tanlov asosida Servis fakulteti MR-324 guruh talabasi Tadjikulov Asror Baxtiyor o‘g‘li SMM va mobilografiya bo‘yicha media yo‘nalishi koordinatori lavozimiga tayinlandi. ⚡️ SamISI Yoshlar ittifoqi BT kengashi jamoasi nomidan Asror Tadjikulovni yangi mas’uliyatli vazifa bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatida institut axborot makonini yanada rivojlantirish, media loyihalarni sifatli amalga oshirish, talaba-yoshlar hayotini keng jamoatchilikka yoritish, kreativ g‘oyalarni hayotga tatbiq etish hamda jamoa bilan samarali faoliyat olib borishida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. ⚪️ 🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦 Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook 🟦 YouTube
⚡️⚡️⚡️E’LON! ⚡️⚡️⚡️ Hurmatli fanlardan akademik qarzdor talabalar 15-iyun sanasidan boshlab qarzdor fanlaringizdan belgilangan kredit to‘lovini amalga oshirib “Registrator ofisi”ga kelib ariza yozib berishlaringizni so‘raymiz. Yozgi semestr qayta o‘qish darslari 1-iyuldan boshlanishini ma’lum qilamiz. Biron o‘zgarish bo‘lsa shu kanalda qo‘shimcha ma’lumot beramiz. https://t.me/SamISI_registratorofisi
🎬 #SamISI_95_yoshda VIDEO TANLOVI! ⚪️ Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 95 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro anjuman taassurotlari, institut brendini trendga chiqarish hamda talaba-yoshlarning ta'tildagi vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadi institut Yoshlar ittifoqi BT videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi! 📌 Tanlov shartlari: ➡️ SamISI hayoti, talabalik muhiti, institutdagi imkoniyatlar, yutuqlar va erishilgan natijalarni aks ettiruvchi videorolik tayyorlang; ➡️ Videorolik institutning ta’lim sifati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o'quv xonalari va yoshlarning yutuqlarini jozibador tarzda aks ettirishi tavsiya etiladi; ➡️ Videoni Instagram sahifangizga joylang; ➡️ Postni @samisi_yoshlar sahifasi bilan kollaboratsiya (collab) shaklida e’lon qiling. 🏆 G‘oliblar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi: ✅ videorolik sifati; ✅ kreativ yondashuv; ✅ ko‘rishlar soni (views); ✅ layklar va auditoriya faolligi. 🎁 Sovrinlar: 🥇 1-o‘rin — "Planshet" 🥈 2-o‘rin — "SamISI 95 yillik yubileyi" esdalik sovg'asi 🥉 3-o‘rin — "Quloqchin" va "Kitoblar jamlanmasi" 📷 Videolar uchun kerakli foto va videomateriallarni SamISI rasmiy hamda SamISI Yoshlar telegram kanallaridan olishingiz mumkin. ✉️ Qo‘shimcha ma’lumot va savollar uchun: @qosimbek_tursunov 💫 Ijodingizni namoyon eting, SamISI tarixini o‘z nigohingiz bilan yoritib bering va qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiriting! ⚪️ 🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦 Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook 🟦 YouTube
📢 DIQQAT, HURMATLI TALABALAR! 2026-yil 15-iyundan boshlab akademik qarzdorligi mavjud talabalar uchun qayta o‘zlashtirish (qayta o‘qish) jarayonlari boshlanadi. 🎓 Ayniqsa, 2026–2027 o‘quv yili bitiruvchilari uchun bu akademik qarzdorliklarni bartaraf etishning so‘nggi imkoniyati hisoblanadi. Hurmatli talabalar, ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, akademik qarzdorliklarni bartaraf eting va bitiruv jarayonlariga tayyorgarlikni bugundan boshlang! 📅 Boshlanish sanasi: 15-iyun, 2026-yil 📍 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun registrator ofisi bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin.
#IELTSMarafon #YoshlarIttifoqi 🙋 Ingliz tilini rivojlantirib, IELTS sertifikatini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan yoshlar, shu yerdamisiz? 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda IDP IELTS hamkorligida tashkil etilayotgan IELTS Marafon loyihasi yoshlarning ingliz…
#IELTSMarafon #YoshlarIttifoqi 🙋 Ingliz tilini rivojlantirib, IELTS sertifikatini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan yoshlar, shu yerdamisiz? 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda IDP IELTS hamkorligida tashkil etilayotgan IELTS Marafon loyihasi yoshlarning ingliz tilini rivojlantirish, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritish va yangi imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qiladi. 📌 Marafon davomida: ➡️ IELTS bo‘yicha amaliy seminar va master-klasslar; ➡️ Tajribali mutaxassislar bilan uchrashuvlar; ➡️ Sinov (Mock) imtihonlari; ➡️ IELTS vaucherlari va maxsus sovrinlar; ➡️ Faol ishtirokchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etiladi. 🇺🇿 Loyiha Respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilib, minglab yoshlarning xalqaro ta’lim va karyera maqsadlariga yaqinlashishiga xizmat qiladi. 🗓 Bugun soat 11:00 da Samarqand shahridagi Yoshlar markazida sizlarni kutamiz. 👥 Ishtirok etish bepul. Ro‘yxatdan o‘tish uchun pastdagi havola ustiga bosing: ➡️ https://shorturl.at/iq3rs Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
❗️❗️❗️❗️❗️ Hurmatli institut professor-o‘qituvchilari! 👉Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, falsafa fanlari doktori S.K.Karimovning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “Zamonaviy falsafaning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi. 📅Sana: 5-iyun, 2026-yil ⏳Soat: 10:00 📌Manzil: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kichik faollar zali ❗Barcha professor-o‘qituvchilarni ushbu ilmiy anjumanda faol ishtirok etishga taklif etamiz. 🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 ✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
🎭 SamISI “Yangi O‘zbegim” jamoasi — Afandi Super Ligasining finalida! ⚪️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Yangi O‘zbegim” jamoasi "Quvnoqlar va zukkolar ko‘rik-tanlovi “Afandi Super Ligasi” ning final bosqichida ishtirok etadi! 🔥 Hazil, kreativ sahna chiqishlari va kuchli atmosfera sizni kutmoqda. 🎟 Ushbu ajoyib bahsni tomosha qilishni istasangiz, fakultet dekan o‘rinbosarlari yoki koordinatorlarga murojaat qilishingiz mumkin. 😀 Keling, jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik! ⚪️ 🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦 Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook 🟦 YouTube
💥 DIQQAT KATTA SPORT BAYRAMI BOSHLANMOQDA! 🏆 «SERVIS FAKULTETI DEKAN KUBOGI – 2026» Uzoq kutilgan sport musobaqalari nihoyat start olmoqda! 13-maydan boshlab Servis fakulteti talabalari o‘rtasida jonli raqobat va haqiqiy sport ruhi hukm suradi! Dekan Kubogi…
без подписи
без подписи
без подписи
🏓 Servis fakulteti talabalari o'rtasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi ⚪️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Yoshlar ittifoqi BT "Servis" fakulteti koordinatorlari tashabbusi bilan stol tennisi musobaqasi oʻtkazildi. 📌 Musobaqadan asosiy koʻzlangan maqsad yoshlarimiz oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻulanishini kundalik turmush tarziga aylantirishdan iboratdir. ⚪️ 🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦 Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook 🟦 YouTube
🏓 "Servis" fakulteti talabalari oʻrtasida "Stol tennisi" musobaqasi bo'lib o'tadi! ⚡️ Servis fakulteti doim o'z ustida ishlaydi va talabalarning bo'sh vaqtlarini qanday unumli o'tkazishi mumkinligi haqida qayg'uradi. Shu sababdan, biz doim turli xil ko'rik tanlovlar va mashg'ulotlar tashkillashtiramiz. 💪🏻 Navbatdagi sport musobaqasi stol tennisi bo'yicha o'tkaziladi. Barcha stol tennisiga qiziqqan talabalarimizni musobaqaga taklif qilamiz. 🗓 Musobaqa 8-may sanasida bo'lib o'tadi. ⏰ Soat 14:00 da 📲 Ro'yhatdan o'tish uchun @husanjon07 profiliga murojaat qiling! Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram
💥 DIQQAT KATTA SPORT BAYRAMI BOSHLANMOQDA! 🏆 «SERVIS FAKULTETI DEKAN KUBOGI – 2026» Uzoq kutilgan sport musobaqalari nihoyat start olmoqda! 13-maydan boshlab Servis fakulteti talabalari o‘rtasida jonli raqobat va haqiqiy sport ruhi hukm suradi! Dekan Kubogi…