Migratsiya Samarqand
СтатистикаМиграция агентлиги Самарқанд вилояти ҳудудий филиали ☎️: (66) 2332400, 2335300 📨: @info5300 Манзил: Самарқанд шаҳар, Беруний кўчаси, 41-уй (мўлжал: Вокзал парки, 43-мактаб ёнида)
- Последний пост
- 11:48
- Последнее чтение
- 09:17
- Постов за неделю
- 16
- Всего постов
- 141
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 774
- 1/48двое суток
- 3 179
- 1/72трое суток
- 3 428
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Prezidentimiz muloqot yakunida iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosiy maqsadlarni belgilab berdi. – Biz 40 millionli xalqmiz. Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur, – dedi davlatimiz rahbari. Joriy yil yalpi ichki mahsulotni 180 milliard dollardan, eksportni 40 milliard dollardan oshirish marrasi olingan. Buning uchun tadbirkorlarga yuqori daromadli ish o‘rinlari, qo‘shilgan qiymat va tashqi bozorlarni kengaytirish uchun barcha sharoitlar yaratib boriladi. Toshkentda eksportga yo‘naltirilgan biznes, Andijon, Farg‘ona va Namanganda to‘liq zanjirli to‘qimachilik va mashinasozlik, Samarqand, Buxoro va Xorazmda turizm, kreativ industriya va agrosanoat brendlari yangi o‘sish nuqtalari bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi. Navoiy va Toshkent viloyatida tog‘-kon, metallurgiya va ilmiy kimyo, Qashqadaryo va Surxondaryoda agrosanoat va neft-gaz kimyosida uzun qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish vazifasi qo‘yildi. Qoraqalpog‘istonda “yashil” energetika, AT va sunʼiy intellekt iqtisodiy drayverga aylantiriladi. Jizzax va Sirdaryoda avtomobilsozlik, elektrotexnika va qurilish materiallari bo‘yicha raqobatbardosh klasterlar rivojlantiriladi. – Ana shunda odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi, Yangi O‘zbekiston tadbirkorlari yangi rivojlanish bosqichiga chiqadi. Ishonchim komil, bunga kuchimiz ham, imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi! – dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
без подписи
без подписи
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar
🇯🇵 YAPONIYADA ISHLASH ISTAGIDAGI YOSHLAR UCHUN BEPUL DASTUR Migratsiya agentligi va Yaponiyaning Onodera User Run kompaniyasi Yaponiyaga "Parvarishlash" va "Oziq ovqat" sohalarida ishga taklif qiladi. Talablar qanday? 📕Toshkent shahrida tashkil qilinadigan o’quv kurslarida 6 oy davomida mutlaqo bepul grant asosida ta’lim olishingiz kerak! 👩🏻⚕️/👨🏻🍳Yosh chegarasi: 18 - 35 (hamshiralik sohasida yoki oziq-ovqat sohasida oldin ishlagan nomzodlarga ustunlik beriladi) Nega aynan ushbu dasturni tanlash kerak? 🟣Yapon tilini noldan o‘rganish; 🟣 O‘qish davrida barcha sharoitlarga ega Migratsiya agentligi tomonidan bepul turar joy; 🟣 Viza xizmatlari va Yaponiyada ishga joylashish BARCHASI BEPUL! 📋 IJTIMOIY YORDAM: Yaponiyaga borgach, xizmat uyi bilan ta’minlanasiz,ijara haqi 108$ qolganini kompaniya qoplab beradi. 💰Oylik maosh: 1500$ - 1600$ (boshlang'ich) 💳 Belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlangan kun yoki soatlarga (overtime) qo'shimcha pul to'lanadi. ✍️ Joyingizni kafolatlash uchun hoziroq anketa to‘ldiring! 👇👇 ➡️ANKETA TO'LDIRISH⬅️ 📅 O‘qish boshlanishi:2026-yil, 1-Oktyabr 📍 Manzil: Toshkent shahri Yashnabod tumani, Parkent ko’chasi, 331/1-uy ✈️ Murojaat uchun:👇👇 @Our_Kashifa Yaqinlaringizga ulashing! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib boring!
🇧🇾Belorusning "MAZ" zavodi fuqarolarni quyidagi yo'nalishlarda ishga taklif etiladi: ✅ mexanik yig'uvchi; ✅ shtamplovchi; ✅ tokar; ✅ burg'ulovchi; ✅ frezalashtiruvchi operator; 💰Ish haqi: 2440 Bel. rubli (taxminan 720$dan-1200$ gacha) ❗️(Bajargan ish hajmiga qarab) 🌟Nomzodga qo'yilgan talablar: ✅18 - 45 yosh oralig'idagi erkaklar; ✅rus tilini bilish; ✅sudlanmagan; ✅O‘zbekistondan chiqishga taqiq yo‘qligi. 👨💼 Ish beruvchi tomonidan beriladigan yordamlar: ✈️aviachipta; 🏠yotoqxona; 💊tibbiy ko'rik; 🪪ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma. 🔔Tanlovga xorijga chiqish pasporti bilan kelishlari so‘raladi. Tanlov vaqti: 🗓 18-avgust ⏰ soat 10:45 da 🧭 Tanlov manzili: Samarqand sh., Beruniy ko'chasi 41-uy "Migratsiya Agentligi Samarqand filiali" binosi Lokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHqpiUzA ‼️hamda fuqarolar shahar va tuman markazlardagi bandlik bo'limlaridan ham qatnashsalar bo'ladi. Manzil: Tuman bandliklaridan 📞 (66) 233-24-00, 233-53-00, 229-24-02 @sammigration, @info5300
🇸🇰 Slovakiyada TOKARLAR uchun ish o‘rinlari! Ish o‘rnini taklif qilayotgan Xususiy bandlik agentligi: Dhaef Global Recruitment Litsenziya raqami: № 070166 berilgan sana: 23.03.2023 Ish beruvchi to‘g‘risida ma’lumot: 👷♂️ Ish beruvchi: ZF Slovakia 📍 Manzil: Zeppelina 1, 934 01 Levice, Slovensko / 082 53 Zaborske, Slovakia 📄 Mehnat shartnomasi davomiyligi: 1 yil 💼 Ish vaqti: 8 soat 💶 Maosh: 1000– 1200 yevro 🏠 Yotoqxona: mavjud 🍽 Ovqatlanish: mavjud (tushlik) Nomzodlarga talablar: ▪️ 22–48 yosh oralig‘idagi erkaklar; ▪️ Ta’lim: o‘rta maxsus; ▪️ Tajriba: faqat tokarlik yo‘nalishida; ▪️ Til bilimi: rus tili B1 darajasi. Agentlik quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: 🔸 Maslahat va hujjatlar tayyorlash 🔸 Ish beruvchi bilan rasmiy mehnat shartnomasi tuzishda yordam 🔸 Safarni tashkil etish 🔸Qayta va Suhbatga tayyorlash kurslari ❗️Har bir nomzod Migratsiya agentligining XORIJDA ISH platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi. 🔗 Ro'yxatdan otish uchun havola 👉 https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=1243&is_agency=1 🎙ish beruvchi bilan suhbat kuni - 7.09.2026 📞 Tel: 77-2750550 , 77-2700550 (Vaxobov Anvar) 📩 Email: dhaefglobal@gmail.com 📍 Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Tepamasjid 2a 🌐 Veb-sayt: www.dhaef.com 📢 Eslatma: Mehnat shartnomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchi bilan tuziladi. Hech qanday holatda «Dhaef Global Recruitment» kompaniyasi mehnat shartnomasi bo‘yicha ish beruvchi sifatida ishtirok etmaydi. Ishga joylashtirish mutlaqo ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. ❗️ Ma’lumotlarning to‘g‘ri va aniqligiga «Dhaef Global Recruitment» Xususiy bandlik agentligi ma’muriyati shaxsan javobgar hisoblanadi. Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
🇧🇾Belorusning "MAZ" zavodi fuqarolarni quyidagi yo'nalishlarda ishga taklif etiladi: ✅ mexanik yig'uvchi; ✅ shtamplovchi; ✅ tokar; ✅ burg'ulovchi; ✅ frezalashtiruvchi operator; 💰Ish haqi: 2440 Bel. rubli (taxminan 720$dan-1200$ gacha) ❗️(Bajargan ish hajmiga qarab) 🌟Nomzodga qo'yilgan talablar: ✅18 - 45 yosh oralig'idagi erkaklar; ✅rus tilini bilish; ✅sudlanmagan; ✅O‘zbekistondan chiqishga taqiq yo‘qligi. 👨💼 Ish beruvchi tomonidan beriladigan yordamlar: ✈️aviachipta; 🏠yotoqxona; 💊tibbiy ko'rik; 🪪ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma. 🔔Tanlovga xorijga chiqish pasporti bilan kelishlari so‘raladi. Tanlov vaqti: 🗓 18-avgust ⏰ soat 10:45 da 🧭 Tanlov manzili: Samarqand sh., Beruniy ko'chasi 41-uy "Migratsiya Agentligi Samarqand filiali" binosi Lokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHqpiUzA ‼️hamda fuqarolar shahar va tuman markazlardagi bandlik bo'limlaridan ham qatnashsalar bo'ladi. Manzil: Tuman bandliklaridan 📞 (66) 233-24-00, 233-53-00, 229-24-02 @sammigration, @info5300
🇷🇺 Rossiyaning "PenzaMolInvest" korxonasi fuqarolarni quyidagi yo'nalishda ishga taklif qiladi: ✅ ishlab chiqarish operatori; 🌟Nomzodga qo'yilgan talablar: ✅ 18-50 yosh oralig'ida bo'lishi; ✅ rus tilini bilish; ✅ sudlanmagan; ✅O‘zbekistondan chiqishga taqiq yo‘qligi. 👨💼 Ish beruvchi tomonidan beriladigan yordamlar: ✈️aviachipta; 🏠yotoqxona; 🍲ovqatga; 🪪ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma. 🔔Tanlovga xorijga chiqish pasporti bilan kelishlari so‘raladi. 💰Maoshi: 75 000 rubldan (qo'shimcha ishga, qo'shimcha haq to'lanadi). Tanlov vaqti: 🗓 19-avgust kuni, ⏰ soat 10:45 da: 🧭 Tanlov manzili: Samarqand sh., Beruniy ko'chasi 41-uy "Migratsiya Agentligi Samarqand filiali" binosi Lokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHqpiUzA ‼️shuningdek shahar va tumandagi bandlik bo'limlaridan qatnashsa bo'ladi. Manzil: Tuman bandliklari 📞 (66) 233-24-00, 233-53-00, 229-24-02 ✈️@sammigration, @info5300
🚛💶 YUK AVTOMOBILI HAYDOVCHILARI RUMINIYAGA ISHGA TAKLIF QILINADI! 👥 Ish o'rni: 50 ta 🌍 Ish joyi: Oradea, Ruminiya (Yevropa bo'ylab reyslar) 📄 Ish turi: doimiy (permanent) ⏱️ Ish vaqti: EU Mobility Package talablariga muvofiq, tахograf orqali hisobga olinadi ━━━━━━━━━━━━ 💰 ISH HAQI: 💶 Qo'lga tegadigan (soliqdan keyin): 3150 EUR 🎁 Bonus: ~200 EUR/oy 📆 Sinov muddati: 3 oy — shu davrda ham to'liq maosh to'lanadi ━━━━━━━━━━━━ 📚 TALABLAR: 🪪 CE toifali haydovchilik guvohnomasi 🚻 21–60 yosh (erkak/ayol) 🛣 Yevropada kamida 6 oy haydovchilik tajribasini tasdiqlovchi hujjat ustunlik beradi (ish beruvchi bilan suhbatga olib kelish kerak) 🗣 Rus va ingliz tilini muloqot darajasida bilish 🩺 Professional haydovchilik uchun tibbiy ko'rikdan o'tgan bo'lish ━━━━━━━━━━━━ 🏠 TA'MINOT (kompaniya hisobidan): ✅ Ish vizasi xarajatlari (~300$) ✅ Viza rasmiylashtirish (~100$) ✅ Aviachipta(~500$) ✅ Aeroportdan turar joyga transfer ✅ Ish ruxsatnomasi xarajatlari (~200$) ✅ Turar joy (yotoqxona) ✅ Ishga qatnov xarajatlari ✅ Tibbiy sug'urta (qonunchilikka muvofiq) 🧮 Ovqatlanish va o'qish xarajatlari xodim hisobidan MUDDATLAR: Ro’yxatdan o’tish - 15-20 avgust; 📝 Ish beruvchi ishtirokida tanlov - 24-30 avgust oralig’ida; 🗣 Yuzma-yuz va nazariy savollar; 🚛 Yuk mashinasida avtomaydonda amaliy imtihon. 📌ARIZA QOLDIRISH 📲 Yaqinlaringizga ulashing! 📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
без подписи
🇧🇾 Belarusning "РУП Трест" fuqarolarni quyidagi yo'nalishda ishga taklif qiladi: 🟣Gipsokartonni metall karkasga o‘rnatish va devorlarni qoplash; 🟣Pol qoplamalarini yotqizish; 🟣Osma shiftlarni o‘rnatish; 🟣Eshik va deraza bloklarini o‘rnatish. 💰Maoshi: 2000-3000 Belarus rubli (bajarilgan ish hajmi va mukofot tizimiga qarab). 🌟Nomzodga qo'yilgan talablar: ✅ 25-50 yosh oralig'ida bo'lgan erkaklar; ✅ rus tilini bilish; ✅ sudlanmagan; ✅ O‘zbekistondan chiqishga taqiq yo‘qligi. 👨💼 Ish beruvchi tomonidan beriladigan yordamlar: ✈️aviachipta; 🏠yotoqxona. 🔔Tanlovga xorijga chiqish pasporti bilan kelishlari so‘raladi. Tanlov vaqti: 🗓 14-avgust kuni, ⏰ soat 10:45 da: 🧭 Tanlov manzili: Samarqand sh., Beruniy ko'chasi 41-uy "Migratsiya Agentligi Samarqand filiali" binosi Lokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHqpiUzA ‼️shuningdek shahar va tumandagi bandlik bo'limlaridan qatnashsa bo'ladi. Manzil: Tuman bandliklari 📞 (66) 233-24-00, 233-53-00, 229-24-02 ✈️@sammigration, @info5300
🇩🇪 Maktabdan — Germaniya klinikalarigacha: 1 500 ta grant o‘rni Tibbiyot sohasini tanlagan yoshlarni texnikumda o‘qish davridan boshlab Germaniyada ishlashga maqsadli tayyorlash imkoniyati haqida bilasizmi? 📚 Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab tanlab olingan 20 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining “Hamshiralik ishi” yo‘nalishiga 2026-2027-o'quv yili uchun 1 500 ta grant o‘rni ajratildi. Dastur ishtirokchilari 3 yil davomida: 🔹 hamshiralik yo‘nalishida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallaydi; 🔹 nemis tilini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganib, B2 darajadagi xalqaro sertifikat olishga tayyorlanadi; 🔹 Germaniya tibbiyot sohasi talablariga mos maxsus kasbiy fanlarni o‘zlashtiradi; 🔹 o‘qishni tamomlagach, Germaniya klinikalarida ishlash uchun ish beruvchilar tanlovlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🎯 Maqsad — yoshlarni texnikumda o‘qish davridan boshlab Germaniya mehnat bozori talablariga mos ravishda kasb va tilga tayyorlash. 📍 Hujjatlar Respublikamiz bo'ylab Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida qabul qilinmoqda. 🗓 QABUL MUDDATI: 10-AVGUSTDAN -10-SENTYABRGACHA 🔗 Hujjatlarni onlayn topshirish uchun havola: my.edu.uz Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
❗️OFFLINE TANLOV. Ish beruvchining o'zi Samarqandga keladi. 🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining "KAMAZ" yirik korxonasi fuqarolarni quyidagi yo'nalishda ishga taklif etiladi: ✅ оператор-литейщик (74 000 р); ✅ плавилщик металла и сплавов (91 000 р); ✅ слесарь-ремонтник (100 000р); ✅ электрогазосварщик (114 000р) va boshqa 20 ga yaqin yo'nalishlarda bo'sh ish o'rinlar bor. 🌟Nomzodga qo'yilgan talablar: ✅ 18 yoshdan yuqori bo'lishi; ✅ rus tilini bilish; ✅ sudlanmagan; ✅O‘zbekistondan chiqishga taqiq yo‘qligi. 👨💼 Ish beruvchi tomonidan beriladigan yordamlar: ✈️aviachipta; 🏠yotoqxona; 🍲 ovqat; 🪪ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma. 🔔Tanlovga xorijga chiqish pasporti bilan kelishlari so‘raladi. Tanlov vaqti: 🗓 13-avgust ⏰ 10:30 da 🧭 Tanlov manzili: Samarqand sh., Narpay 7B-uy Kasbiy ko'nikmalar markazi sobiq "Ishga marhamat" monomarkazi. Lokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CTWu5QYw 📞 (66) 233-24-00, 233-53-00, 229-24-02 ✈️@sammigration, @info5300
🇷🇺 Rossiyaning Tula viloyatidagi "Dobroflot" korxonasi fuqarolarni quyidagi yo'nalishda ishga taklif etiladi: ✅ baliqni qayta ishlash; ✅ qadoqlovchi; ✅ saralovchi. 🌟Nomzodga qo'yilgan talablar: ✅ 18 yoshdan yuqori bo'lishi; ✅ rus tilini bilish; ✅ sudlanmagan; ✅O‘zbekistondan chiqishga taqiq yo‘qligi. 👨💼 Ish beruvchi tomonidan beriladigan yordamlar: ✈️aviachipta; 🏠yotoqxona; 🍲 ovqat; 🪪ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma. 🔔Tanlovga xorijga chiqish pasporti bilan kelishlari so‘raladi. 💰Ish haqi: 80 000 rubldan (bajarilgan ish hajmiga qarab). Tanlov vaqti: 🗓 12-avgust ⏰ 10:45 da 🧭 Tanlov manzili: Samarqand sh., Beruniy 41-uy Lokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHqpiUzA ‼️hamda fuqarolar shahar va tuman markazlardagi bandlik bo'limlaridan ham qatnashsalar bo'ladi. Manzil: Tuman bandliklaridan 📞 (66) 233-24-00, 233-53-00, 229-24-02 ✈️@sammigration, @info5300
🇷🇸 QURILISH SOHASI VAKILLARI UCHUN SERBIYADA BO'SH ISH O'RINLARI Vakansiyalar va yo'nalishlar: 1️⃣ Armaturachilar — 50 ta o'rin 💰 Maosh: 1 000 YEVRO (qo'lga tegishi) 2️⃣ Duradgorlar — 50 ta o'rin 💰 Maosh: 1 000 YEVRO (qo'lga tegishi) 3️⃣ Qurilish muhandislari — 5 ta o'rin 💰 Maosh: 1 500 YEVRO (qo'lga tegishi) 🎓 Talab: qurilish (fuqaro muhandisligi) fakultetini tamomlagan bo'lish 4️⃣ Kran operatorlari — 5 ta o'rin 💰 Maosh: 1 200 YEVRO (qo'lga tegishi) ⚠️ Balandlikda ishlash imkoniyati bo'lishi shart 5️⃣ Stanok operatorlari — 10 ta o'rin Vazifa: qurilish texnikasini boshqarish 💰 Maosh: 1 200 YEVRO (qo'lga tegishi) ⏰ Ish vaqti: 5 ish kunida 7:00 dan 17:00 gacha 📄 Mehnat shartnomasi: kamida 1 yil, uzaytirish imkoniyati bilan 📋 Qanday nomzodlar kerak? ▪️ Tegishli yo'nalish bo'yicha kasb-hunar ta'limi (O'zbekistondagi akkreditatsiyadan o'tgan muassasa sertifikati) ▪️ Kamida 5 yillik yo'nalish bo'yicha ish tajribasi ▪️ Ingliz tilini boshlang'ich darajada bilish (rus tili bo'lsa, afzallik) ▪️ Sudlanmagan ▪️ Jismonan sog'lom, mas'uliyatli, jamoada ishlay oladigan 🧮 Ish beruvchi tomonidan qoplanadigan xarajatlar: 📇 Ish vizasini rasmiylashtirish ✈️ O'zbekiston – Serbiya yo'l xarajatlari 🚐 Aeroportdan yashash joyigacha transfer 🪪 Ish ruxsatnomasini rasmiylashtirish 🏠 Yashash joyi (turar joy) 🍽 Ovqatlanish — kuniga 2 mahal 🩺 Tibbiy sug'urta rasmiylashtirilishi 📆MUDDATLAR: 1. Ro'yxatdan o'tish — joriy yil 20-avgustga qadar 2. Ish beruvchi bilan onlayn suhbat — 2026-yil, 25-28-avgust kunlari ARIZA QOLDIRISH Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
#xavfsiz_yol 🚗 Xorijdan Vatanga avtomobilda qaytayotgan bo‘lsangiz, yo‘lda ehtiyotkor bo‘ling! Uzoq masofali safar — haydovchidan yuqori darajada e’tibor va mas’uliyat talab qiladi. Chegaradan chegaragacha bo‘lgan yo‘lda charchoq, uyqusizlik va shoshilish xavfli vaziyatlarga sabab bo‘lishi mumkin. ⚠️ Vatanga tezroq yetib olishga urinmang. Yo‘lda belgilangan tezlik me’yoriga amal qiling, har bir davlatning yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling. Uzoq yo‘lga chiqishdan oldin avtomobilning texnik holatini, ayniqsa tormoz tizimi, shinalar va yoritish chiroqlarini tekshirib oling. Yo‘l davomida muntazam dam oling. O‘zingizni charchagan yoki uyqusiragan holatda his qilsangiz, rulga o‘tirmang. 🔴 Xavfsizlik kamarini taqishni unutmang va avtomobil harakati vaqtida telefondan foydalanmang. 🌧 Ob-havo va yo‘l sharoiti yomon bo‘lsa, harakat tezligini kamaytiring va zarur hollarda safarni to‘xtatib, xavfsiz joyda dam oling. ❤️ Eng muhimi — Vatanga sog‘-omon yetib kelish. Yo‘ldagi bir necha soatni tejashga urinib, o‘z hayotingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang. 📢 Xorijdan avtomobilda qaytayotgan yaqinlaringizga ushbu ogohlantirishni yuboring. 📞 Xorijda huquqiy yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, Migratsiya agentligining 1282 qisqa raqamiga murojaat qiling. 📢 Xabarni tarqating! 👉 So‘nggi yangiliklar uchun — @uzmigration
🚨 “Faqat yetkazib berasiz...” — bunday taklifdan ehtiyot bo‘ling! “Ish oson: paketni olasiz, aytilgan joyga yetkazasiz va pulingizni olasiz”. Oddiy kuryerlikdek tuyulgan bunday taklif ortida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat yashiringan bo‘lishi mumkin. ⚠️ Xavf signallarini bilib oling: 🔹 vazifa aniq tushuntirilmaydi, ammo yuqori haq va’da qilinadi; 🔹 noma’lum paket, sumka, dori yoki boshqa buyumni olib borish yoxud saqlash so‘raladi; 🔹 yukni ochmaslik, uning ichidagini so‘ramaslik tayinlanadi; 🔹 buyumni yashirin joyga qoldirish yoki u yerdan olib ketish talab qilinadi; 🔹 yozishmalarni o‘chirish, muloqotni sir saqlash so‘raladi. ❗️ Muhim: ichida nima borligini aniq bilmagan hech qanday buyumni qabul qilmang, saqlamang va tashimang. “Men uning ichida nima borligini bilmasdim” degan vaj javobgarlikdan ozod etmaydi. Giyohvandlik vositalarini saqlash, tashish va tarqatish og‘ir jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shubhali taklifni rad eting va zarur hollarda mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasiga murojaat qiling. 👉 @uzmigration