tgindex
Samarqand viloyati musiqali drama teatri

Samarqand viloyati musiqali drama teatri

Статистика

Sayt➡️ www.samteatr.uz Instagram➡️ www.instagram.com/invites/contact/?i=1acnhvw14wh36&utm_content=715mw8y Facebook➡️ www.facebook.com/samarqandmusiqali.dramateatri.5 Youtube➡️ youtube.com/c/Samarqandmusiqalidramateatri

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
19
Всего постов
158
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 740
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
207
40 постов
Вовлечённость
11,9%
к подписчикам
Постов в день
2,7
всего 158
Упоминаний
5
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
184
1/48двое суток
210
1/72трое суток
227

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • 🇺🇿 MUSTAQILLIK TADBIRLARIDA — TEATR IJODKORLARI Yurtimizda Mustaqillik bayrami shukuhi kezayotgan shu kunlarda teatrimiz ijodkorlari ham xalqimizning eng ulug‘ va qadrli ayyomi — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida faol ishtirok etmoqda. 🎭 Teatr san’atining betakror jozibasi, ijodkorlarning mahorati va samimiy chiqishlari orqali bayram tadbirlariga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat ulashilmoqda. Bugungi tinch va farovon hayotimiz, osuda osmonimiz hamda bunyodkorlikka to‘la kunlarimiz — Mustaqillikning eng buyuk ne’matlaridandir. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin! @sammusdramateatri

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🇺🇿 MUSTAQILLIK TADBIRLARIDA — TEATR IJODKORLARI Yurtimizda Mustaqillik bayrami shukuhi kezayotgan shu kunlarda teatrimiz ijodkorlari ham xalqimizning eng ulug‘ va qadrli ayyomi — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida faol ishtirok etmoqda. 🎭 Teatr san’atining betakror jozibasi, ijodkorlarning mahorati va samimiy chiqishlari orqali bayram tadbirlariga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat ulashilmoqda. Bugungi tinch va farovon hayotimiz, osuda osmonimiz hamda bunyodkorlikka to‘la kunlarimiz — Mustaqillikning eng buyuk ne’matlaridandir. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin! @sammusdramateatri

  • 12 авг.18722из madaniyatvazirligi

    #Bu_fakt 📝 Qonunchilik... Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida boshlangan islohotlarda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish va sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish hamda milliy madaniyatimizni jahonga tanitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, so‘nggi 10 yilda madaniyat va san’at sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasining 4 ta Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  64 ta Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 129 ta qarori va farmoyishlari qabul qilindi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro san’atini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunlari qabul qilindi. ➡️ Qabul qilingan huquqiy asoslarga ko'ra, ✔️ soha xodimlari maqomini oshirish maqsadida 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilandi; ✔️ Madaniyat va san’at sohasiga fidokorona mehnat qilgan, yuqori natijalarga erishgan soha xodimlari hamda fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni ta’sis etildi; ➡️ Shuningdek, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga asosan, ✔️ 2018-yildan "Xalqaro maqom san’ati anjumani"; ✔️ 2019-yildan "Xalqaro baxshichilik san’ati festivali"; ✔️ 2022-yildan “Lazgi xalqaro raqs festivali" tashkil etilib, o‘tkazilib kelinmoqda. Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank

  • ⁉️Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? Prezident farmoniga ko‘ra, 31-avgust – dushanba kuni ish haftasining turidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan. Shunga muvofiq, haftasiga 5 kun ishlovchilar Mustaqillik bayramida ketma-ket to‘rt kun (29-avgust – 1-sentabr), 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun (30-avgust – 1-sentabr) dam oladi. 🔴 29-avgust, shanba – odatiy ish yoki dam olish kuni 🔴 30-avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni 🔴 31-avgust, dushanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni 🔴1-sentabr, seshanba – Mustaqillik bayrami kuni 2-sentabr, chorshanba – barcha uchun odatiy ish kuni. Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi

  • 11 авг.212из madaniyatvazirligi

    Men kimman? Men — olis moziy sadosiman, bugunning nafasiman. Men — shu xalqning ichidaman. Ko‘cha-ko‘yda, bozorda, har bir xonadonda, har bir ko‘ngildaman. Men — ota-bobolarimizdan meros qolgan madaniyatman. Milliy qadriyatlarimiz, mehr-oqibat, oqibat va odamgarchilik — barchasi mening vujudimda mujassam. Men — avlodlarni avlodlarga bog‘lovchi rishtaman. Kechani bugun bilan, bugunni erta bilan tutashtiruvchi ko‘prikman. Men — millat yuragidagi yog‘duman. Qalblarga iliqlik, hayotga ma’no, yurtimizga fayz bag‘ishlayman. Mening ismim — Madaniyatbek. Men sahnadaman, men ko‘chadaman, men xonadondaman, men har bir inson qalbidaman. Biz har doim — har qadamda, har nafasda, birgamiz. Madaniyatbek — har lahzada siz bilan birga! Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #Teatr ⚡️ Respublika teatrlari faoliyati: birinchi yarim yillik yakunlari tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi Bugun, 11-avgust kuni Madaniyat vazirligida Respublika teatrlari tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda yilning ikkinchi yarmida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev rahbarlik qildi. Unda Respublika teatrlari direktorlari, bosh rejissyorlari, badiiy rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda teatr san’atini yanada rivojlantirish, ijodiy jarayonlarni takomillashtirish, repertuar siyosatini zamonaviy talablar asosida shakllantirish hamda teatrlar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tadbir davomida teatrlarning 2026 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati tahlil qilinib, repertuar rejalarining bajarilishi, spektakllar namoyishi, tomoshabinlar qamrovi va ijodiy loyihalarni amalga oshirish holati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, teatrlarning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xorijiy teatrlar va ijodiy jamoalar bilan tajriba almashishni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilishda davlat buyurtmalarini shakllantirish va ular bo‘yicha takliflar tayyorlashda asar mavzusining dolzarbligi, g‘oyaviy-badiiy qimmati va tomoshabinga ta’sirchanligi muhim mezon bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ijodiy loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlarni shaffof, aniq va asoslangan tarzda shakllantirish zarurligi qayd etildi. Mualliflik huquqlarini ta’minlash masalasi ham muhokama markazida bo‘ldi. Xususan, davlat teatrlari tomonidan mualliflarga tegishli foiz to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek, San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish zarurligi ta’kidlandi. Teatrlarning moliyaviy faoliyati yuzasidan ham muhim ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Jumladan, teatrlar tomonidan ishlab topilayotgan mablag‘lar, tomoshabinlar soni, spektakllar namoyishi ko‘rsatkichlari hamda amaldagi tartibga muvofiq ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar holati ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda kadrlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bitiruvchilarini teatrlar tizimida ish bilan ta’minlash, yosh mutaxassislarni ijodiy jarayonlarga keng jalb etish, ular uchun munosib mehnat va ijodiy muhit yaratish hamda sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi. Shuningdek, teatrlar faoliyatida zamonaviy auditoriya bilan ishlash, ijtimoiy tarmoqlarda faollikni oshirish, spektakllar va ijodiy loyihalarni keng targ‘ib qilish orqali tomoshabinlar qamrovini kengaytirish muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi. Yig‘ilish yakunida teatrlar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijodiy va moliyaviy intizomni mustahkamlash, repertuar siyosatini takomillashtirish, zamonaviy va dolzarb sahna asarlarini yaratish, tomoshabinlar uchun sifatli teatr mahsulotlarini ko‘paytirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shu asosda Respublika teatrlari tomonidan 2026-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Belgilangan chora-tadbirlar teatrlarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish, soha faoliyatida samaradorlik va shaffoflikni ta’minlash, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro ijodiy hamkorlikni kengaytirish hamda aholiga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank

  • 2026-yil 11- avgust kuni haftaning seshanba kuni. Bugun, Samarqand viloyat musiqali drama teatrining iste'dodli va mahoratli ijodkori, o'z ishining ustasi O'ROLOV JO'RABEK ESHTURDI O'G'LIning shukrona kuni! Jo'rabek Eshturdi o'g'li doimo sog‘-salomat bо‘ling, baxt, saodat va omad hamisha sizning hamrohingiz bо‘lishi tilakdoshimiz! Kelajakdagi xayrli va ijodiy ishlaringizda fayzu-baraka va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Yana bir bor, tavallud ayyomingiz muborak bо‘lsin! @sammusdramateatri