samtelegram
СтатистикаSamarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasing rasmiy sahifasi Rasmiy veb-sayti: https://samaokb.uz/ Youtube: https://www.youtube.com/@samarqandaokb
- Последний пост
- 22 дек.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 45
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🔵 Фаровон ҳаёт сари ишончли қадам 🗺 Самарқанд вилояти Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бошқармаси томонидан “Камбағалликдан фаровонлик сари” дастури доирасида аҳолининг иқтисодий фаоллигини ошириш ҳамда барқарор даромад манбаларини яратиш бўйича кенг кўламли ишлар амалга оширилмоқда. ✅Шу мақсадда жорий йилнинг ўтган даври мобайнида 14 млрд 400 млн сўм маблағ ажратилиб, минглаб оилаларнинг ўз меҳнати орқали даромад топишига замин яратилди. ✔️ Натижада: ✍️ 1 370 нафар фуқаро ссуда асосида ўз фаолиятини бошлаш учун керакли асбоб-ускуналар билан таъминланди. ⚠️ Субсидия асосида ҳам салмоқли ишлар бажарилди: ✍️“Уста–шогирд” анъаналари асосида 53 нафар ҳунарманд ёшларга касб ўргатиш имкониятига эга бўлди. ✍️ Ҳунармандлар ва тадбиркорларга маҳсулотларини интернет орқали сотиш ва реклама қилиш учун молиявий кўмак берилди ✍️ Жазони ўтаб чиққан фуқароларнинг жамиятга мослашуви ва меҳнат фаолиятига киришишига амалий ёрдам кўрсатилди. 🔼Бугунги кунда вилоятимиздаги 1063 та маҳаллада аҳоли билан очиқ мулоқотлар ўтказилиб, давлат томонидан яратилаётган имкониятлар ҳақида кенг ахборот берилмоқда.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
📌Nurobodda yoshlar uchun yangi o‘quv kurslari boshlandi 👨💻 Nurobod tumanidagi 1-son Politexnikumida boshlangan ushbu “Quyosh fotoelektr qurilmalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektromontyor” yo‘nalishidagi qisqa muddatli kursning tayyorgarlik ishlari yakuniy muhokamalar bilan mustahkamlandi. 🔵 Muhokama yig‘ilishida tuman hokimligi mutasaddilari, Hindistonning “Larsen & Toubro” kompaniyasi vakillari hamda Politexnikum rahbariyati ishtirok etdi. ✅ Mazkur kursning asosiy maqsadi — malakali kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish va tuman aholisi bandligini oshirishdan iborat. 🔵 Loyiha doirasida hindistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ilg‘or tajribalar va amaliy ko‘nikmalarga asoslangan o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. ✅ Natijada yoshlar quyosh fotoelektr tizimlarini o‘rnatish, boshqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chuqur bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
📊 Tadbirkorlar uchun anonim savolnoma 🛑 Korrupsiya — muammo bormi? Yechimi qayerda? Hurmatli tadbirkorlar! Sizning fikringiz biz uchun muhim. Tadbirkorlik faoliyatingizda korrupsiya holatlariga duch kelganmisiz? Davlat idoralari bilan ishlashda qanday muammolarga duch kelasiz? 🔍 Ushbu anonim savolnoma orqali biz: — eng dolzarb muammolarni aniqlash, — tizimli kamchiliklarni tahlil qilish, — amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni maqsad qilganmiz. 🖊 Savolnomani to‘ldirish 3-4 daqiqadan oshmaydi. Ishtirokingiz — tizimdagi adolatsizlikka qarshi bir qadam! 📥 Ishtirok etish havolasi: 👉 https://forms.gle/nDJGhaBHvdy35Fys6 📢 Iltimos, do‘stlaringiz bilan ham ulashing — har bir fikr muhim! #korrupsiya #tadbirkor #so‘rovnoma #fikrmuvofiq 📌 Telegram📌 Instagram 📌 Facebook
видео или голосовое, без подписи
📞 ISH IZLAYAPSIZMI? YANGI IMKONIYATLARGA YO‘L OCHING! Samarqand viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi huzurida CALL-MARKAZ o‘z faoliyatini boshladi! 💼 Endi siz: ✅ O‘zingizga yaqin bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olishingiz, 🎓 Yangi kasb o‘rganish uchun o‘quv kurslariga yo‘llanmalar haqida ma'lumot olishingiz ⚖️ Mehnat va bandlikka oid huquqiy savollaringiz bilan murojaat qilishingiz mumkin. 📲 Biz bilan bog‘laning – yechim topiladi! 🕘 Ish vaqti: Dushanba–juma 09:00 dan 18:00 gacha ☎️ Aloqa raqami: +998 (66) 233-20-10 Telegram bot: Sam_bandlik_bot 📌 Telegram📌 Instagram 📌 Facebook
📣 E’lon! 🎤Hurmatli OAV vakillari va blogerlar diqqatiga! ✅"Hududgaz Samarqand" gaz taʼminoti filiali masʼullari ishtirokida joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi. Matbuot anjumani 2025-yil 8-avgust kuni soat 15:00da "Matbuot uyi"da bo‘lib o‘tadi. "Hududgaz Samarqand" gaz taʼminoti filiali axborot xizmati 📱Telegram 📱You tube 📱Facebook 🌐Internet
Jurnalist va blogerlar diqqatiga! ▫️Samarqand viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Sabirov Sheroz Ilxomovich ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi. ▫️Tadbir davomida “2025-yilning dastlabki 6 oyida xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirish, eksport hajmini oshirish, investitsiya loyihalarini ishga tushirish borasida amalga oshirilgan ishlar”mavzusi doirasida ma’lumot beriladi. 📍Media tadbir, 8-avgust kuni soat 11:00 da viloyat matbuot uyida bo‘lib o‘tadi. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun tel: +998 90 453 80 03 Telegram | Facebook | Instagram | Sayt
Matbuot anjumani qoldirildi❌ 🗣Jurnalist va blogerlar diqqatiga 31-iyul 11:00 da Matbuot uyida Samarqand viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi xodimlari bilan bo'lib o'tishi kerak bo'lgan MATBUOT ANJUMANI boshqa kunga qoldirildi. O'tkazilish kuni haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi. 📌Instagram 📌Telegram 📌Facebook
MATBUOT ANJUMANI 🗣Jurnalist va blogerlar diqqatiga 31-iyul 11:00 da Matbuot uyida Samarqand viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarma rahbariyati ishtirokida "2025-yilda doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish o`rinlarini yaratish bo`yicha belgilangan rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkaziladi. Barcha jurnalist va blogerlarni ushbu matbuot anjumaniga taklif etamiz. 📌Instagram 📌Telegram 📌Facebook
🔊E’lon! ❗️ OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARI, JURNALIST VA BLOGERLAR DIQQATIGA! Joriy yilning 30-iyul kuni soat 11:00 da viloyat Matbuot uyida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali mas’ullari ishtirokida “Viloyatda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan loyihalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Barcha jurnalist va blogerlarni ushbu tadbirga taklif qilamiz. Tadbir doirasida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishingiz mumkin.
Hurmatli jurnalist va blogerlar diqqatiga! Joriy yilning 30-Iyul kuni soat 10:00 da viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati ishtirokida “Yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar, ularning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlari”ga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi. Anjuman doirasida oʻzingizni qiziqtirgan savollarga aniq va batafsil javob olishingiz mumkin. Murojaat uchun: 📱+998933306050; Boshqa yangiliklar👇 samarqand.fvv.uz | Facebook | Telegram | instagram | Youtube
So‘rovnomada qatnashing!👇 https://docs.google.com/forms/d/1oqVx7REUr_6OoLOpCH4CCXJOU9cE1Fdg7T4IrNDDDQ8/edit?pli=1#responses 🔸O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari bilan aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan 120 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlarni davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan talab qilib olish bekor qilinib, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ushbu ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda mustaqil tarzda olinishi lozimligi belgilab qo‘yilgan. 🔸Shunga qaramasdan, hozirda talab qilinishi bekor qilingan ma’lumot va hujjatlarni olish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish soni ortib bormoqda. 🔸So'rovnoma natijalari bo'yicha, mazkur sohada monitoring o'tkazilib, fuqarolarning ortiqcha vaqt va mablag' sarfini hamda ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish choralari ko'riladi
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari! Joriy yilning 25-iyul kuni "Samarqand suv ta’minoti" AJ shahar filiali mas'ul rahbarlari ishtirokida viloyat Matbuot uyida tashkil etiladigan matbuot anjumaniga taklif etamiz. Anjumanda shahar aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi, debitor qarzdorlik, noqonuniy ulanishlar hamda yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va kelgusidagi rejalar xususida so‘z yuritiladi. Vaqti: 2025-yil 25-iyul kuni soat 10:00 da Murojaat uchun tel: +99897 287 70 80 👉 https://t.me/samshaharsuv
E’lon! Hurmatli OAV vakillari va blogerlar! Samarqand viloyati Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi tashabbusi bilan 2025-yil 24-Iyulda Qoʻshrabot tumanida joylashga “Oqtepasoy dehqon bozori” MChJda press-tur tashkil etiladi. Mazkur press-tur doirasida jurnalistlar va blogerlar dehqon bozorida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari, tashkiliy yangiliklar bilan tanishtiriladi. Shuningdek, ishtirokchilar bozordagi savdo-sotiq jarayonlari, sotuvchilarga yaratilgan sharoitlar, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va boshqa muhim jihatlar yuzasidan bevosita joyida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Press-turda ishtirok etish istagida boʻlgan Jurnalist va Blogerlar uchun transport tashkil etilgan. 24-iyul soat 9:30da Matbuot uyidan joʻnab ketiladi. Barchangizni press-turda faol ishtirok etishga chorlaymiz! Hurmat bilan, Samarqand viloyati Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi Kanalimizga qoʻshiling 👇 Telegram | Facebook | Instagram