tgindex
TATU Samarqand filiali ma'naviyat va ma'rifat kanali

TATU Samarqand filiali ma'naviyat va ma'rifat kanali

Статистика

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ma'naviyat va ma'rifat bo'limi rasmiy kanali Murojaat uchun: @samtuit_23

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
85
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 818
−4 за 4 дн.
Сутки
−2
−0,11%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
285
40 постов
Вовлечённость
15,7%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 85
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
86
1/48двое суток
98
1/72трое суток
106

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ‼️MANDAT CHIQDI #abituriyent ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. 🚀@samtuiteduuz

  • ❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. ✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: 🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; 🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; 🔹 doktoranturaga — 540 ta. 🚀@samtuiteduuz

  • ⚡️ 10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin. Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan. Fuqarolarga qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi. Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi. ➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali - xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko'chirish ➡️transfer.edu.uz platformasi orqali - davlat oliygohlariaro va oliygoh doirasida Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • #Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishib boring.   Mazkur videoqo‘llanmada abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.   ❗️ Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) 🚀@samtuiteduuz

  • ⚡️Rasman: Yo‘nalish tanlash boshlandi. 8-avgustgacha vaqt berildi! Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. ↪️Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. ↪️Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos  bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. ↪️Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. ↪️Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 🚀@samtuiteduuz

  • #Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026 O‘NINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI 📆 Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 2026-yil 23-iyul (oxirgi) kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. 📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉 @bmba_natijabot 👉 @bmba_natija1bot 👉 @bmba_natija2bot 👉 @bmba_natija_3bot 👉 @bmba_natija_4bot 🚀@samtuiteduuz

  • ⚡️ Bugun, 24-iyul Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun! Davlatimiz rahbari 69 yoshni qarshi oldilar. 🚀@samtuiteduuz

  • ❗️Yo’nalish tanlash 25-iyuldan boshlanadi #abituriyent Bugun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlandi. O‘n kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida qatnashishi belgilangan jami 664 ming 609 nafar abituriyentdan 610 ming nafardan ortig‘i ishtirok etgan bo‘lsa, test sinovi topshirish tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ziyod abituriyent jarayondan chetlatildi. Test sinovi topshirgan abituriyentlar to‘plagan ballari asosida 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) 2-bosqich tanlovda ishtirok etadi. Bunda ta’lim muassasalari, yo‘nalishlari, ustuvorliklari va shakllari tanlanadi. ‼️Yakuniy natija esa 2-bosqich tanlov muddati tugagandan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi. 🚀@samtuiteduuz

  • SUN’IY INTELLEKT MARKAZIGA QABUL BOSHLANDI! Tashkent International University sun’iy intellekt sohasida bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirmoqchi bo‘lgan talabalarni 12 haftalik intensiv ta’lim dasturiga taklif etadi. 🎓 Dastur 100% grant asosida — mutlaqo bepul! 📚 Asosiy yo‘nalishlar: 🔹 Microsoft Azure AI Fundamentals 🔹 Generative AI va Prompt Engineering 🔹 MLOps 🔹 AI Convergence va zamonaviy AI yechimlari 🏆 Dastur ishtirokchilariga: ✅ 12 haftalik intensiv va amaliy ta’lim ✅ Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan darslar ✅ Microsoft Azure AI-900 xalqaro imtihonida qatnashish imkoniyati ✅ Xalqaro va universitet sertifikatlari ✅ Eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar uchun maxsus sovrinlar ✅ Eng faol bitiruvchilar uchun pullik amaliyot imkoniyati 🌏 Dastur Koreya Respublikasining KOICA tashkiloti ko‘magida, Tashkent International University va Cheju Halla University hamkorligida amalga oshiriladi. 📲 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: https://koica-tiu-azure.halla.ai/register 🚀@samtuiteduuz

  • ⚡️NATIJALAR E’LON QILINDI! Vanihoyat, endi tekshirsangiz bo’ladi 2026-yil 22-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda natijani bilish mumkin: 👉 @bmba_natijabot 👉 @bmba_natija1bot 👉 @bmba_natija2bot 👉 @bmba_natija_3bot 👉 @bmba_natija_4bot

  • #Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026 TO’QQIZINCHI KUN NATIJALARINI KUTAYOTGANLAR DIQQATIGA! 📆 2026-yil 22-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari bugun 23:59 ga qadar e’lon qilinadi. Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda aniqlashlari mumkin: 👉 @bmba_natijabot 👉 @bmba_natija1bot 👉 @bmba_natija2bot 👉 @bmba_natija_3bot 👉 @bmba_natija_4bot Shuningdek, botlarda natijalarga oldindan buyurtma berish imkoniyati ham mavjud! 🚀@samtuiteduuz

  • ❗️KVOTA-2026 #abituriyent 📚 BAKALAVR: ➖ KUNDUZGI — 155 ming 852 ta; ➖ KECHKI — 28 ming 942 ta; ➖ MASOFAVIY — 20 ming 810 ta; ➖ Davlat granti ulushi taqsimoti; ➖ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi. 🎓 MAGISTRATURA: ➖ KUNDUZGI — 22 ming 50 ta; ➖ KECHKI — 1 ming 393 ta; ➖ MASOFAVIY — 892 ta. ❇️ MAQSADLI QABUL: ➖ Sog‘liqni saqlash (1 ming 31); ➖ Maktab ta’limi (648); ➖ San’at sohasi (4). 🔰IMTIYOZLI KVOTALAR: ➖ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun (3 ming 656); ➖ Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (4 ming); ➖ 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (2 ming 500); ➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (4 ming 112); ➖ Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (2 ming 56); ➖ Harbiy tavsiyanomalilar uchun (10 ming 280); ➖ Harbiylarning farzandlari uchun (1 ming 828); ➖ Bojxona xodimlari farzandlari uchun (731); ➖ IIO organlari xodimlari farzandlari uchun (1 ming 828). ➖ O’rmonchilar va ularning farzandlari uchun (35); ➖ Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun (30); 🔰BOSHQA KVOTALAR: ➖ O’rta-maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim bo’yicha (10 ming); ➖ Maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha (200); ➖ Green University uchun (930); ➖ Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston va Mo’g’uliston fuqarolari uchun (70); ℹ️ QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR: ➖ 5 yil stajga ega xodimlarini tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati; ➖ Magistratura turdosh yoʻnalishlarining roʻyxati; ➖ Magistraturaga talab etiladigan sertifikatlar ro’yxati. 🚀@samtuiteduuz

  • ❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi 2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. 🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi: ➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar– “transfer.edu.uz”; ➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”. 🔰 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda: ✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi; ✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi. ☝️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi. ⏳ Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • Ikkinchi mutaxasislik uchun qabul boshlandi 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliygohlarining ikkinchi mutaxassisliklariga hujjatlarni topshirish jarayoni rasman start oldi. 📌 Arizalar onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi. ❤️ Ariza topshirish muddati 10-iyuldan 10-avgustga qadar davom etadi. Hujjat topshirish tartibi, sertifikat talablari haqida videoda batafsil ko'ring! Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • «Najot Ta'lim» markazi Samarqand filiali uchun Kassirlarni ishga taklif qiladi Grafik: 09:00 - 18:00 6/1 Oylik maosh: 3 000 000 - 5 000 000 so'm Talablar: - O‘zbek tilida erkin muloqot qila olish; - Kompyuterda erkin foydalanuvchi darajasida bo’lish; - Hisob-kitobni yaxshi bilish va hujjatlarni yuritish; - Mas’uliyatli,halol va diqqatli bo’lish; - Jamoa bilan ishlay olish va stressga chidamlilik. Vazifalar: - O‘quvchilar va mijozlardan to‘lovlarni qabul qilish; - Naqd va naqdsiz to‘lovlar bilan ishlash; - Kassa hisobotlarini yuritish; - To‘lovlar bo‘yicha aniqlik va tartibni ta’minlash; - Mijozlarga xushmuomala xizmat ko‘rsatish. Takliflar: - 350 dan ortiq mutaxassislar bilan netvorking; - Turli mavzularda maxsus master-klasslar; - Shaxsiy va professional rivojlanish imkoniyatlari; - Jamoa a'zolari bilan O'zbekiston bo'ylab sayohat; - Kuchli va ahil jamoa! Murojaat uchun: @Najot_Talim_HR

  • #Tabrik ⚡️ Qadrli yoshlar! ⚡️ Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan TATU Samarqand filiali jamoasi va shaxsan o‘zim nomimdan samimiy muborakbod etaman! Yoshlik — yuksak marralar sari intilish, bilim va salohiyatni namoyon etish davridir. Sizlarning tashabbuskorligingiz, izlanuvchanligingiz va vatanparvarligingiz yurtimiz taraqqiyotining muhim tayanchidir. Sizlarga mustahkam sog‘lik, ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu maqsadlaringiz yo‘lida qat’iyat va omad tilayman. Orzularingiz ushalib, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin! ⚡️ Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, TATU Samarqand filiali direktori Karshiyev Zaynidin Abduvaliyevich 🚀 @sbtuitdirector

  • TATU Samarqand filiali direktori Karshiyev Zaynidin Abduvaliyevichning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigi 🚀 @sbtuitdirector

  • #FoydaliMaslahat Davlat OTTlariga qabul yakunlanishiga sanoqli soatlar qoldi Davlat oliy ta‘lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari bugun yakunlanadi. Imkon qadar ro‘yxatdan o‘tmagan abituriyentlar arizalarini soat 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin. Mutaxassislar texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida hujjat topshirishni so‘nggi daqiqalarga qoldirmaslikni tavsiya etmoqda. Ayni paytga qadar davlat OTTlariga o‘qishga kirish uchun 681 450 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Bizni kuzating👇 🔵Facebook  | 🚀Telegram 📷Instagram | 🎬YouTube

  • 📌 FIFA Jahon chempionati 🏆 🇵🇹 Portugaliya 0:0 O'zbekiston 🇺🇿 1‘ | Uchrashuv boshlandi!

  • Prezident Shavkat Mirziyoyev futbolchilarimizga omad tiladi. 1️⃣ @sbtuitdirector