Sanepidqo'mita Jizzax viloyati boshqarmasi | Rasmiy kanal
СтатистикаUshbu kanal Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining rasmiy Telegram kanali. ☎️ +99872-222-37-86 📬 E-XAT: jiz.viloyatses@exat.uz 🏢 Manzil: Jizzax shahri O.Azimov ko'chasi 1a-uy.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 79
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 59
- 1/48двое суток
- 67
- 1/72трое суток
- 72
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Gepatit A — “iflos qo‘llar” kasalligi 🦠 Gepatit A — jigarni zararlovchi virusli kasallik bo‘lib, asosan iflos qo‘llar, ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali yuqadi. ⚠️ Asosiy belgilari: • Holsizlik va tez charchash • Isitma • Ko‘ngil aynishi, qusish • Qorin og‘rig‘i • Ishtahaning pasayishi • Teri va ko‘z oqining sarg‘ayishi 🛡 O‘zingizni qanday himoya qilasiz? ✅ Ovqatdan oldin va hojatxonadan keyin qo‘llarni sovun bilan yuvish ✅ Faqat toza ichimlik suvidan foydalanish ✅ Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish ✅ Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish ✅ Vaksinatsiyadan o‘tish 📌 Unutmang: Gepatit A ning oldini olish davolashdan oson. Tozalik — eng yaxshi himoya! @sanepid_jizzax
Maktab sumkasi: og'irlik me'yori qancha? 🎒 Farzandingizning maktab sumkasi meyoridan og'ir emasmi? Haddan tashqari og'ir sumka bolalarda umurtqa pog'onasi qiyshayishi, qomat bilish hamda bel va yelka og'riqlariga sabab bo'lishi mumkin. 👩⚕️ Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo'limi mutaxassisi Dildora Mirakbarova maktab sumkasining og'irligiga qo'yiladigan sanitariya-gigiyena talablari va bolalarni asrashda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi haqida ma'lumot berib o'tdi. ⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
📆Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Sanepidqo‘mita raisi raisi Bahodir Yusupaliyev tomonidan Toshkent shahar boshqarmasida tadbirkorlar va fuqarolarni qiynayotgan sanitariya-epidemiologik masalalarni hal etish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi. 🔷Ochiq muloqot ruhida tashkil etilgan qabul davomida 20 ga yaqin murojaat tinglandi. Fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik hamda amaldagi tartib-taomillar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. ‼️Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim murojaatlar esa qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etildi. Taklif va murojaatlarni bevosita yetkazish imkoniyati yaratildi. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
без подписи
без подписи
🌿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi tadbirlar izchil davom etmoqda. 🌱Mazkur tadbirlar doirasida Jizzax shahrining Sangzor MFY hududida Sanepidqo‘m Jizzax viloyat boshqarmasi, Jizzax shahar prokuraturasi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida sanitariya-targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. 🌱Tadbirlar davomida aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, hududlar obodonligi va tozaligini ta’minlash, atrof-muhitni asrash hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Aholiga mavsumiy kasalliklarning oldini olish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berilmoqda. @sanepid_jizzax
📢 Go‘zallik salonlari va sartaroshxonalariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar haqida bilasizmi? ⚠️Quyidagi infografika orqali bu haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin. @sanepid_jizzax
OIV testini yashirincha topshirish mumkin — yangi imkoniyatlar 📌OIVga tekshirilish uchun endi navbatda turish yoki shaxsingizni oshkor qilish shart emas. 📍Toshkentda bir necha daqiqa ichida bepul va anonim ekspress-test olish imkoni paydo bo‘ldi. ❓Nega bu bunchalik muhim? ✅Chunki OIV bilan yashayotgan ko‘plab insonlar kasallikni o‘z vaqtida aniqlamasligiga asosiy sabablardan biri — test topshirishdan qo‘rqish va jamiyatdagi noto‘g‘ri munosabat. 📹https://youtu.be/jXSywo8xaCM Batafsil: 👇👇👇 https://uza.uz/posts/893603 ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
📢 Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning burchimiz! Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga, adolatga va ishonchga putur yetkazadigan eng xavfli illatlardan biri. Uni kamaytirish yoki butunlay yo‘qotish faqat davlat organlarining emas, balki har bir fuqaroning faolligi va mas’uliyatiga bog‘liq. 🔹 Halollik — eng kuchli qurol O‘z faoliyatimizda halol bo‘lish, qonun-qoidalarga rioya qilish korrupsiyaga qarshi eng asosiy qadamdir. 🔹 Shubhali holatlarga befarq bo‘lmang Agar noqonuniy harakatlarni ko‘rsangiz, bu haqida tegishli idoralarga xabar berish — fuqarolik pozitsiyasining ifodasidir. 🤝 Keling, birgalikda adolatli, halol va rivojlangan jamiyat quraylik. @sanepid_jizzax
📌 Biologik faol qo‘shimchalar — dori vositasi emas! 💊Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) oziq-ovqat ratsionini to‘ldirish maqsadida qo‘llaniladi. Ular dori vositasi hisoblanmaydi hamda kasalliklarni davolash, oldini olish yoki dori vositalarining o‘rnini bosish uchun mo‘ljallanmagan. ⚠️Iste’molchilarga mahsulotning turi, maqsadi va qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. @sanepid_jizzax
Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar! 2026-yil 13-avgust kuni soat 11:00da Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasida muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Sanepidqo‘mita raisi — Bahodir Yusupaliyev ishtirok etadi. Uchrashuvda: ➡️ Sanitariya-epidemiologik talablar ➡️Tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar ➡️Aholini qiziqtirgan savollarga ochiq javoblar ➡️ Taklif va murojaatlarni bevosita yetkazish imkoniyati yaratiladi. 👉 Barcha tadbirkorlar va fuqarolarni faol ishtirok etishga taklif etamiz! 📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 341-uy. (Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi binosi) ⏰Vaqti: 2026-yil 13-avgust, soat 11:00. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
🍟Transyog‘lar va ularning organizmga zarari haqida bilasizmi? ⚠️ Transyog'lar qayerlarda uchraydi, uning organizmga zararlari va ulardan o'zingizni qanday himoya qilishingiz lozimligi haqida quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin. @sanepid_jizzax
🧁Kremli konditer mahsulotlari qanday saqlanad? ❗️Kremli konditer mahsulotlari (tortlar, pirojniylar va boshqa shirinliklar) tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari toifasiga kiradi. Ularni noto‘g‘ri saqlash inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi, ovqatdan zaharlanish holatlariga olib kelishi mumkin. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
E’LON!!! Hurmatli Beruniy, Ellikqal’a, To‘rtko‘l va Amudaryo tumanlari fuqarolari va tadbirkorlari! 2026-yil 11-avgust kuni soat 11:00 da Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari N. Atabekov tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi. Sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlarning sanitariya-epidemiologik osoyishtalik hamda jamoat salomatligi sohasiga oid murojaatlari, takliflari va mavjud muammolari tinglanadi hamda ularni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli choralar belgilanadi. Agar sizda sohaga oid murojaat, taklif yoki muammo mavjud bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etib, o‘zingizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita murojaat qilishingiz mumkin. 📅 Sayyor qabul sanasi: 2026-yil 11-avgust ⏰ Vaqti: 11:00 📍 Manzil: Beruniy tumani hokimiyati binosi. DAǴAZA!!! Húrmetli Beruniy, Ellikqala, Tórtkúl hám Ámiwdárya rayonları puqaraları hám isbilermenleri! 2026-jıl 11-avgust kúni saat 11:00de Sanitariya-epidemiologiyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıǵı komiteti baslıǵınıń birinshi orınbasarı N. Atabekov tárepinen Qaraqalpaqstan Respublikası Beruniy rayonında kóshpeli qabıllaw ótkeriledi. Kóshpeli qabıllaw dawamında puqaralar hám isbilermenlerdiń sanitariya-epidemiologiyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıǵı tarawına baylanıslı múrájatları, usınısları hám bar mashqalaları tıńlanadı hám olardı nızamshılıqta belgilengen tártipte kórip shıǵıw boyınsha tiyisli ilajlar belgilenedi. Eger sizde tarawǵa baylanıslı múrájat, usınıs yamasa mashqala bolsa, kóshpeli qabıllawda qatnasıp, ózińizdi qızıqtırǵan máseleler boyınsha tikkeley múrájat etiwińiz múmkin. 📅 Kóshpeli qabıllaw sánesi: 2026-jıl 11-avgust ⏰ Waqıtı: 11:00 📍 Mánzil: Beruniy rayonı hákimligi imaratı. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
без подписи
без подписи
🧹 MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI 📍 Sanepidqo‘m G'allaorol tuman bo'limi xodimlari tomonidan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida mahallalarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. 🧼 Tadbirlar davomida aholiga sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, mahalla va xonadonlar hududini ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilish bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda. @sanepid_jizzax
🐟 Baliqning foydali jihatlarini bilasizmi? Baliq — inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan ko‘plab foydali moddalarni o‘zida mujassam etgan, to‘yimli va yengil hazm bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotidir. Uning tarkibida sifatli oqsil, omega-3 yog‘ kislotalari, vitaminlar va turli mineral moddalar mavjud. Shu sababli baliqni me’yorida va muntazam iste’mol qilish sog‘lom ovqatlanishning muhim qismi hisoblanadi. 🔹 Yurak salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi Baliq, ayniqsa yog‘li baliq turlari, omega-3 yog‘ kislotalariga boy. Omega-3 yurak-qon tomir tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega. Sog‘lom ovqatlanish tarkibida baliq iste’mol qilish yurak salomatligini asrashga yordam berishi mumkin. 🧠 Miya faoliyati uchun foydali Baliq tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotalari miya faoliyati uchun muhim hisoblanadi. Ular asab tizimining normal faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Shu bois baliqni ratsionga kiritish muvozanatli ovqatlanish nuqtayi nazaridan foydalidir. 🔹Baliq organizm uchun zarur bo‘lgan sifatli oqsilga boy. Oqsil mushaklar, to‘qimalar va hujayralarning yangilanishi hamda normal faoliyati uchun kerak. Shu jihatdan baliq kundalik ratsiondagi foydali oqsil manbalaridan biri bo‘la oladi. 🦴 Vitamin va minerallarga boy Baliq tarkibida D vitamini, B guruhi vitaminlari, yod, selen, fosfor va boshqa muhim moddalar uchraydi. Ularning har biri organizmning turli funksiyalarini me’yorida saqlashda muhim rol o‘ynaydi. 🔹 Ko‘z salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi Baliq tarkibidagi foydali yog‘ kislotalari va ayrim vitaminlar ko‘zlarning normal faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Ayniqsa, muvozanatli va xilma-xil ovqatlanish ko‘z salomatligi uchun muhimdir. 🍽 Sog‘lom ovqatlanish uchun yaxshi tanlov Baliqni tayyorlash usuli ham muhim. Uni bug‘da pishirish, qaynatish, dimlash yoki pechda tayyorlash qovurishga qaraganda ko‘proq ma’qul bo‘lishi mumkin. Sabzavotlar, ko‘katlar va don mahsulotlari bilan birga iste’mol qilinganda baliqdan tayyorlangan taom yanada muvozanatli bo‘ladi. 🔹Baliq — mazali taom bo‘lishi bilan birga, organizm uchun zarur bo‘lgan oqsil, omega-3 yog‘ kislotalari, vitamin va minerallarning foydali manbaidir. Uni sog‘lom va xilma-xil ovqatlanish tarkibiga me’yorida kiritish umumiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. @sanepid_jizzax
без подписи