Sanepidqo’m Yashnobod tuman bo‘limi
СтатистикаSanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 123
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 26
- 1/48двое суток
- 29
- 1/72трое суток
- 32
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Maktab sumkasi: og'irlik me'yori qancha? 🎒Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi mutaxassisi Dildora Mirakbarova bolalar sumkasi va uning og'irligiga qo'yilgan sanitariya talablari yuzasidan ma'lumot berdi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
#diqqat_vakant ❓Malakali mutaxassissiz, ammo o'zingizga ma'qul keladigan ish joyini topa olmayapsizmi? 📌 Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod bo‘limida quyidagi bo'sh ish o'rinlari bo'yicha ish taklif qiladi: 👩🏻⚕️Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo'limi - immunolog vrach-1 stavka 🤵🏻Sanitariya bo'limi- bo'lim mudiri-1 stavka 🤵🏻Sanitariya bo'limi- sanitariya vrachi-1 stavka 👵Ma'muriyat va xo'jalik bo'limi-0.5 moddiy hisobchi ✒️ Batafsil ma'lumot hamda o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olish uchun quyidagi Kadrlar bo'limining telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin: ☎️ +998 71-289-77-31 +998 71-289-42-52 Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo'limi Telegram | Instagram | Facebook
без подписи
без подписи
📖 “Ma’rifat soati” darslari tashkil etildi Haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari yuzasidan “Siyosiy ma’rifat soati” doirasida xodimlar ishtirokida navbatdagi “Ma’naviyat soati” tashkil etildi. Bugungi "Siyosiy-ma'rifat soati" yurtimizda so'nggi kunlarda bo'layotgan islohotlar va o'zgarishlar va hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati haqida o'tkazildi. 📌Ayni shu maqsadda muntazam ravishda haftaning har juma kuni tashkil qilinayotgan "Siyosiy-ma'rifat soati" doirasida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari faol ishtirok etmoqdalar. ✅ Bo‘limi xodimlari bugungi siyosat soati davomida dastlab hafta davomida yurtimiz va xorijda ro‘y bergan ahamiyatga molik voqealarga doir ma’lumotlar bilan tanishdilar. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo'limi Telegram | Instagram | Facebook
#bilasizmi #foydali_maslahat 🩺 Mutaxassis maslahati: Kuydirgi kasalligidan ehtiyot bo‘ling! Kuydirgi (Sibir yarasi) — hayvonlardan odamlarga yuqadigan xavfli yuqumli kasallikdir. O'zingiz va yaqinlaringizni himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling: 🐄 Kasallangan yoki o‘lik hayvonlarga yaqinlashmang. 🥩 Faqat veterinariya nazoratidan o‘tgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini iste'mol qiling. 🧤 Chorva hayvonlari bilan ishlaganda qo‘lqop va himoya kiyimlaridan foydalaning. 🧼 Hayvonlar bilan muloqotdan so‘ng qo‘llaringizni sovun bilan yaxshilab yuving. 💉 Chorva hayvonlarini o‘z vaqtida veterinariya mutaxassislari tomonidan emlatib turing. 🚫 Noma'lum manbadan olingan go‘shtni sotib olmang va iste'mol qilmang. 🏥 Terida og‘riqsiz yara, qora qoplamali shish yoki isitma kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling. 📞 Kasallik alomatlari aniqlansa, o‘zboshimchalik bilan davolanmang va sanitariya-epidemiologiya hamda veterinariya xizmatiga xabar bering. 💚 Ehtiyot choralariga rioya qilish — kuydirgi kasalligining oldini olishning eng samarali yo‘lidir! Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo'limi Telegram | Instagram | Facebook
без подписи
🎯 Ochiq muloqot — tajriba va motivatsiya maydoni ‼️Bugun Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Malika Kudratxodjayeva Yashnobod tuman bo‘limida faoliyat yuritayotgan hamda sohaga yangi kirib kelayotgan yosh kadrlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 💬 Uchrashuv davomida boshqarma boshlig‘i o‘zining mehnat faoliyati, kasbiy tajribasi va sohada erishilgan natijalar haqida so‘z yuritib, yosh mutaxassislarga kasbiy rivojlanish, mas’uliyat va fidoyilik borasida muhim tavsiyalar hamda motivatsion fikrlar bildirdi. 📌 Shuningdek, yosh xodimlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq va samimiy suhbat tashkil etildi. 🤝 Mazkur uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish hamda tizimda ochiq muloqot va hamkorlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
#bilasizmi #foydali_maslahat 🍔 Fast foodning zararli tomonlari Fast food mahsulotlari tanamizga ko'p zarar keltiradi. Ular semizlik, yurak xastaliklari va qandli diabet kabi og'ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. 📌 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan tayyorlangan videorolik orqali shu kabi savollarga batafsil javob topishingiz mumkin. 🌯 Hech qanday fast-fud sog‘lom oziq-ovqat o‘rnini bosa olmaydi va bu o‘z sog‘lig‘ingizni xavf ostiga qo‘yishga arzimaydi! Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo'limi Telegram | Instagram | Facebook
🎓 Yoshlar bilan uchrashuv: yangi tashabbus va ilg‘or g‘oyalar “Rahbar va yoshlar” kabi uchrashuvlar yosh mutaxassislarga sohadagi yangiliklar va imkoniyatlar bilan tanishish, rahbarlardan toʻgʻridan-toʻgʻri motivatsiya va tajriba olish imkonini beradi. 📌 Bugun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limida Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-son akademik liseyi talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. ‼️Uchrashuvda Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Malika Kudratxodjayeva o‘zining kasbiy faoliyati, mehnat yo‘li hamda sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi tizimida orttirgan tajribasi haqida so‘zlab berdi. Talabalar bilan samimiy suhbat davomida kasbga muhabbat, mas’uliyat, muntazam o‘qib-o‘rganish va o‘z ustida ishlash muvaffaqiyatning asosiy omillari ekani alohida ta’kidlandi. 👩🏻💼Uchrashuv davomida boshqarma boshlig‘i o‘zining ilmiy faoliyati, hayotiy tajribasi hamda yoshlar oldida turgan muhim vazifalar haqida so‘z yuritdi. Yoshlar tadbirda faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va batafsil javob oldilar. ✅ Mazkur uchrashuv yoshlarni ilm-fan yo‘lida yanada faol bo‘lishga undab, ularga katta motivatsiya berdi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo'limi Telegram | Instagram | Facebook
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#bilasizmi #foydali_maslahat ❓Epidemik parotit qanday kasallik ❓Ushbu kasallik qanday yuqadi ❓Kasalliklani oldini olish 📌 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan tayyorlangan infografika orqali shu kabi savollarga batafsil javob topishingiz mumkin. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo'limi Telegram | Instagram | Facebook
🏠 Mahallada aholi ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi Mahalla aholisi ishtirokida tashkil etilgan ochiq muloqot va uchrashuvlarda fuqarolarning muammolarini tinglash, mahalliy boshqaruvni yaxshilashdir. Ayni shu jarayonda kasalliklarni oldini olish, unga qarshi kurashishda targ'ibot ishlarining o'rni katta. Shu sababli mutaxassislar va aholi o'rtasida tez-tez uchrashuvlar o'tkazib turish maqsadga muvofiq. 📌Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi mutaxassislari "Beshbola, Boysun hamda Xosiyatli" mahallalar fuqarolar yig‘ini vakillari bilan hamkorlikda mahalla aholisi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. ❇️ Suhbat davomida "Mahallabay" ishlash tizimi kesimida olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish borasida aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanish, yuqumli kasalliklarni oldini olish, to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya etish, korrupsiyani oldini olish, ochiq eshiklar kuni borasida targ‘ibot ishlari olib borildi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo'limi Telegram | Instagram | Facebook
без подписи
без подписи
без подписи