tgindex
🇺🇿Qobiljon_Janubiy Koreya🇰🇷

🇺🇿Qobiljon_Janubiy Koreya🇰🇷

Статистика
@sayfullaev_translatorузбекский

Assalomu aleykum! Kanalga xush kelibsiz! Bu kanal bilganlar uchun eslatma, bilmaganlar uchun esa yangilik ulashish maqsadida ochildi. Birgalikda bilmaganlarimizni o'rganib, hayotga tatbiq qilib boramiz. Umid qilamanki, barchamiz uchun manfaatli bo‘ladi!

Последний пост
22 июл.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
134
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
188
26 постов
Вовлечённость
140,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 26
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
52
1/48двое суток
59
1/72трое суток
64

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 ✉️ Taklif bering! ✉️ Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar. 2026-yilning sentyabr oyida Koreyada oliy darajada "Koreya + Markaziy Osiyo" sammiti o'tkazilishi rejalangan. Bu sammitda davlat rahbarlari, shu jumladan, O'zbekiston prezidenti ham qatnashadi. Koreya hukumati hududlardagi "Chet elliklar bilan aloqa" bo'limi xodimlari orqali muammolar va takliflarni o'rganmoqda. Shu jarayonda O'zbekiston fuqarolarining fikrlari ham to'planmoqda. Sizningcha, Koreya hukumati va davlat idoralari darajasida hal qilinishi kerak bo'lgan muammo va masalalar bo'lsa, ularni quyidagi so'rovnomada yozib qoldiring. Masalan, ko'pchilikka taalluqli immigratsiya xizmati/viza, mehnat faoliyati, hujjatlar, Koreyadagi davlat xizmatlaridan foydalanish yoki qonunchilikka oid muammolar bo'lishi mumkin. Muammolar, hamda ularga aniq taklif va yechimlaringizni bildiring. Bir nechta muammo uchun takliflaringiz bo'lsa, har birini so'rovnoma orqali alohida-alohida yuborishni tavsiya qilamiz.  So'rovnomada shaxsiy ma'lumot kiritish majburiy emas, kiritmasangiz ham bo'ladi. So'rovnomani to'ldirish qisqa vaqt oladi xolos. Qimmatli vaqtingiz va takliflaringiz kelajakda Koreyadagi ko'plab yurtdoshlarimiz uchun ijobiy o'zgarishlarga sababchi bo'lishi mumkin. Bildirilgan fikrlarni saralab va tartiblab, murojaat xati ko'rinishida Koreyaning tegishli tashkilotiga taqdim qilamiz. 🇺🇿 O'zbekiston fuqarosi bo'lsangiz, albatta ishtirok eting va boshqalarga ham tavsiya qiling. 🇺🇿 So'rovnoma uchun link: https://forms.gle/yXCye91jHe7PhnZHA

  • 💸 "Pul yuvish" jinoyati o'zi nima? Koreyada ham katta muammolardan biriga aylanishga ulgurgan, ko'plab chet elliklarni ham o'z domiga tortayotgan, ertami-kechmi baribir qo'lga tushib, jinoiy ish ochilib, millionlab jarima/qamoq >>> deportatsiyagacha sabab bo'layotgan bu jinoyat o'zi nima, deb ko'p so'rashadi. "Pul yuvish" nima, u nima uchun yuviladi, yuvilmasa nima bo'ladi, qanday yuviladi, yuvilgach nima bo'ladi, eng quyi bosqichda qo'lga tushib qamalib ketayotgan odamlar nima uchun "pul xachirlari" deyiladi va ular bu katta sxemalarning qaysi bosqichida shunchaki qurbon qilib yuboriladi, mana shular haqida bilib olishni istaysizmi? Kun.Uz'ning mana bu videosida qisqa va sodda qilib tushuntirilibdi. 🔥 Odamlar "xachir" bo'lib, bilib yoki bilmay qanday jinoyatlarga sherik bo'lib qolayotganini va nima uchun yengil jazo emas, balki qamoq kabi og'ir jazolarga hukm bo'lib ketayotganini shu video-rolikni ko'rib, tushunib olish mumkin bo'ladi 👮 👉 https://www.youtube.com/watch?v=E_yc92UzQ30 *Matnli variantini o'qimoqchi bo'lganlar uchun: [LINK] Boshqa guruh va kanallarda ham o'rtoqlashib, yurtdoshlarimizning qurbon bo'lib ketishini oldini olishga hissa qo'shing. Kanalga a'zo bo'lish uchun: 👉 t.me/SalomKorea Koreyadagilar uchun guruh: 👉 t.me/SalomKoreya

  • Agar yaqin orada yangi kompaniyaga ishga o‘tayotgan bo‘lsangiz, birinchi kunlarda sizni noqulay vaziyatlardan asraydigan kichik maslahatlar. Yangi ish joyida hamma narsa yangi bo‘ladi. Odamlar, muhit, ofis tartibi, ichki tizimlar, hatto oddiy kundalik jarayonlar ham. Ko‘pchilik yangi ishga kirganda faqat vazifalarini o‘rganishga e’tibor beradi. Aslida esa birinchi kunlarda quyidagi mayda narsalarni bilib olish ham juda muhim. 1. Ishga biroz ertaroq boring Birinchi kunlarda yo‘l, transport, ofisga kirish, lift, turniket kabi narsalar vaqt olishi mumkin. Shuning uchun 20-30 daqiqa oldinroq yetib borish foydali. 2. Salomlashishni unutmang Yangi jamoaga kirib borayotganingizda eng muhim narsalardan biri yaxshi taassurot qoldirish. Faqat o‘z jamoangiz bilan emas, boshqa bo‘limdagi insonlar bilan ham yo'lda ko'rishsangiz salomlashing. Imkon bo‘lsa, eng kerakli odamlarning ismini eslab qolishga harakat qiling. Keraklilarini ismini yozib qo'ying. 3. Jamoa va tashkilot tuzilmasini o‘rganing Kim qaysi bo‘limda ishlaydi? Kim sizning bevosita rahbaringiz? Kim bilan ko‘proq ishlaysiz? Qaysi odam qaysi masala bo‘yicha javobgar? Bularni bilib olish ish jarayonida juda asqotadi. Albatta bularni barchasini birinchi kundanoq bilish qiyin. 4. Ofis ichidagi joylarni o‘rganib oling Bu mayda narsadek ko‘rinadi, lekin birinchi kunlarda juda kerak bo‘ladi: Oshxona yoki dam olish xonasi qayerda? Suv, choy, kofe qayerdan olinadi? Kofe mashina qanday ishlaydi? Tushlikni qayerda qilish mumkin? Printer qayerda va qanday ishlatiladi? Wi-Fi paroli qayerdan olinadi? Shu narsalarni oldindan bilib olish o‘zingizni yangi joyda ancha erkin his qilishingizga yordam beradi. 5. Meeting room va ichki tartiblarni bilib oling Yangi ish joyida majlis xonalari ham muhim bo‘lishi mumkin. Masalan bizni kompaniyamizda 6 ta meeting room bor. Hozirgacha ba'zilariga adashaman. Qaysi meeting room qayerda joylashgan? Ularni qanday band qilish kerak? Qaysi xona kichik uchrashuvlar uchun, qaysi biri katta yig‘ilishlar uchun? 6. Ichki tizimlarni o‘rganing Har bir kompaniyaning o‘ziga yarasha tartibi bo‘ladi. Ichki chat qaysi platformada yuritiladi? Email imzosi qanday bo‘lishi kerak? Hujjatlar qayerga yuklanadi? Tasklar qaysi platformada beriladi? Bular bir qarashda kichik narsalar, lekin ish jarayonida juda ko‘p vaqtni tejaydi. 7. Ko‘p savol bering Yangi odamning hamma narsani bilmasligi tabiiy. Shuning uchun so‘rashdan uyalmang. Savol berish bilimsizlik belgisi emas. Aksincha, ishni to‘g‘ri qilishga bo‘lgan mas’uliyat belgisidir. Yangi ish joyida professional ko‘rinish faqat ishni yaxshi bilish bilan emas, balki muhitga tez moslashish bilan ham bog‘liq. Professional bo‘lish hamma narsani oldindan bilish emas, bilmagan narsani vaqtida so‘rash va tez o‘rganishdir. @azik 🇺🇿🧑🏻‍💻

  • Yashab turgan mamlakatingiz haqida bilib qo’ysangiz zarar qilmasa keraga? Qaytarish bo’lsa undanda yaxshi - agar bu davlat 🇰🇷 bo’lsa:) Yaqinda Podcastga borgandim. Vadaga vafo qilinib aytilgan vaqtda You Tube yuzini ko’ribdi. Shu sabab gaplashilgan gaplar aktual va dolzarb. Oila davrasida ham bemalol ko’rsa bo’ladi. Ulashsangiz ham bo’ladi bemalol. Quyida link: ni bosing. Poscastga obuna bo’lish uchun: https://taplink.cc/sspodcast

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 📣 2026년 조기적응프로그램 [외국어] 전문강사 신규 등록 공고 한국이민재단은 법무부로부터 "조기적응지원단"으로 지정되어 결혼이민자, 외국국적 동포, 외국인 유학생, 외국인 연예인, 외국인 근로자, 계절 근로자, 밀집 지역 외국인 등의 이민자 대상 조기적응 프로그램 운영과 관리를 전담하고 있습니다. 금번 우리 재단에서는 조기적응프로그램 교육의 전문과목 "생활법률 질서, 한국사회 적응정보" 내용으로 초기 입국 이민자의 국내 정착에 필요한 강의를 책임있게 수행하고 담당할 외국어 전문강사를 지역별로 등록하고자 하오니 해당 공고 내용을 확인하신 후 접수 기간 내 강사 등록 서류를 제출해 주시기 바랍니다. ✅ 우즈베크어 – 외국인 유학생 ✅ 러시아어 - 외국국적동포, 외국인연예인 (교육대상 2개 중 택1) Ariza formalari va kerakli fayllar mana bu linkda: (LINK) Kanalga a'zo bo'lish uchun: 👉 t.me/SalomKorea Koreyadagilar uchun guruh: 👉 t.me/SalomKoreya Koreyadagi startapchilarga: 👉 t.me/OasisStartup

  • 🔄 GNI summasini qo'llash talabi yangilandi Koreyada daromad talabi GNI'ga bog'liq bo'lgan ayrim vizalar uchun quyidagi o'zgarishlar amalga kiritildi. 2025년 1인당 국민총소득(GNI) 적용 기준 안내 2026. 3. 한국은행의 전년도 1인당 국민총소득(GNI)을 발표와 관련, 체류·사증 심사 시 소득·재정요건으로 적용되는 1인당 GNI 기준을 다음과 같이 알려드립니다. 2025년 1인당 국민총소득(GNI) 적용 기준 🔸 적용 GNI : 52,416,000원 📈 🔸 적용기간 : 2026. 4. 1. ~ 2027. 3. 31. 🔸 적용대상 : GNI 기준을 요건으로 하는 모든 체류자격. 🔹 적용특례 : 특정활동(E-7) 자격에 한해 2024년 기준인 49,950,000원 적용 (~2027. 3.까지) ※ 별도 취업비자 임금체계 마련 시 새로운 임금기준 적용 및 안내 예정 (2026.하반기). #gni #1인당국민총소득 Kanalga a'zo bo'lish uchun: 👉 t.me/SalomKorea Koreyadagilar uchun guruh: 👉 t.me/SalomKoreya Koreyadagi startapchilarga: 👉 t.me/OasisStartup

  • 💫Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin!

  • 📣 Janubiy Koreyada 2026-yilning Ramazon Hayiti 21-mart (shanba) kuni Koreya Musulmonlari Federatsiyasi (KMF)ning rasmiy xabariga ko'ra Koreyada 2026-yilning Ramazon Hayiti 21-mart (shanba) kuni, deb e'lon qilindi. Manba: [LINK] KMF: 02-793-6908. 🔸 Koreyada bu yil uchun fitr sadaqasi (fitr zakoti) har biri kishiga kamida 9,000 von. (Fitrni Hayit namozigacha beriladi) Ramazon Hayiti barchamizga muborak bo'lsin, azizlar! 🎉✨ ————————— 🔸 Hayit namozini o'qish tartibi: [VIDEO] (Bu video pandemiya paytida yozilgani uchun orada masofa saqlangan) 🔸 Koreyadagi masjid va musallalarni topish uchun mobil dastur: [LINK] 🔸 Koreyada masjidlar manzilini topishning oson yo'li: [LINK] (borishdan oldin tekshirib oling) 📱 KakaoMapdagi manzillar jamlamasi: [LINK] #HayitQachon #KoreyadaHayit #KoreyadaHayitQachon ————————— Kanalga a'zo bo'lish uchun: 👉 t.me/SalomKorea Koreyadagilar uchun guruh: 👉 t.me/SalomKoreya Koreyadagi startapchilarga: 👉 t.me/OasisStartup

  • без подписи

  • 📣 Koreya "2030 immigratsiya siyosati kelajak strategiyasi"ni e'lon qildi 2030 이민정책 미래전략 (2030 Immigration Policy Future Strategy) Janubiy Koreya adliya vazirligi 2026-yil 3-mart kuni "2030 immigratsiya siyosati kelajak strategiyasi"ni e'lon qildi. Ushbu postga ilova qilingan hujjatlarga ko'ra Koreya davlati immigratsiyani yuqori malakali kadrlarni jalb qilish, mahalliy va hududiy iqtisodni jonlantirish, chegaralarni xavfsiz saqlash va migrantlarning ijtimoiy integratsiyasini kuchaytirish vositasi sifatida ko'radi. ✅ "Top-Tier" vizasining doirasi ilm-fan sohasidagi professorlar va tadqiqotchilarni, hamda yuqori darajadagi vizalarni kengaytirish (K-STAR vizasi)ni qamrab oladi, ✅ "K-CORE (E-7-M)" nomli hozircha sinov tariqasida joriy qilingan yangi viza o'rta darajali texnik mutaxassislarni tayyorlab, mahalliy sanoatga yo'naltirish uchun mo'ljallanadi, ✅ Aholisi kamayib borayotgan hududlar uchun maxsus immigratsiya siyosati va kichik bizneslarga vaqtincha yollash imtiyozi taklif etiladi, ✅ Qishloq xo'jaligi va mavsumiy ishlar tizimi yangilanadi, hamda qishloq xo'jaligida uzoq muddatli viza joriy etiladi, ✅ Ishchi vizalar 3 ta malaka toifasiga soddalashtiriladi, ✅ Viza berish va chegarani qo'riqlash jarayonlari raqamlashtiriladi va AI (sun'iy intellekt) yordamida keyingi bosqichga olib chiqiladi, ✅ Chetdan keluvchi ishchilar uchun yillik kvota va minimal ish haqi ekspert kengashi asosida belgilanadi, ✅ "K-Trust" nomli ish beruvchilarni sertifikatlash tizimi joriy qilinadi, ✅ Ijtimoiy integratsiya ta'limi va chet ellik bolalar va yoshlarni qo'llab-quvvatlash kuchaytiriladi *Batafsil ma'lumot postga ilova qilingdan 2 ta PDF faylda keltirilgan. Kanalga a'zo bo'lish uchun: 👉 t.me/SalomKorea Koreyadagilar uchun guruh: 👉 t.me/SalomKoreya

  • 🎙 Navbatdagi onlayn va jonli suhbatni 28-fevral (shanba) kuni soat 22:30 ga reja qildik (Koreya vaqti bilan). Bu suhbat mavzusiga kelib tushgan murojaatlardan birini tanladik. Bu murojaat asosida mavzuni yana ham kengroq olib, ko'proq vizalar misolida ko'rib chiqamiz. Mavzu: ✅ Koreyada noqonuniy ishlaganda qo'lga tushsa yoki noqonuniy ishlagani ancha vaqt o'tib immigratsiya tomonidan aniqlanadigan bo'lsa, bu muammo kelajakda qaysi vizalarga o'tishda qanday salbiy ta'sir qiladi? Mana shu haqda gaplashamiz. Asosan qaysi vizalarga taalluqli bo'ladi? - D-2, D-4 - D-8, D-9 - D-10 - "E" turdagi vizalar - F-2 - F-3 - G-1 va h.k. Imkoni boricha boshqalarga ham yetib borishi va foydali bo'lishi uchun o'zimiz bilgan guruh va kanallarda o'rtoqlashib qo'yaylik. 🎤 Jonli suhbat uchun link: https://t.me/salomkoreya?videochat

  • Bugun suhbatning birinchi sonini "Koreyadagi chet ellik nolegal bolalarning maktabga borib ta'lim olishi va viza masalasi" haqidagi murojaat asosida qilamiz. Hamma tanishlarga va hamjamiyat faollariga yetkazib qo'yaylik, foydali bo'ladi. Ramazondagi murojaatlar bo'yicha birinchi onlayn suhbat 22-fevral (yakshanba) kuni soat 22:30 da (Koreya vaqti bilan). 👉 https://t.me/salomkoreya?videochat

  • ✅ Ba'zi sabablarga ko'ra bugungi suhbatni ertaga (yakshanba kuni) qiladigan bo'ldik. Ramazondagi murojaatlar bo'yicha birinchi onlayn suhbat 22-fevral (yakshanba) kuni soat 22:30 da (Koreya vaqti bilan). 👉 https://t.me/salomkoreya?videochat

  • ▶️ Bugun kechqurun onlayn suhbat qilamiz 🎙 Nima haqida? 2026-yil 14-fevral (shanba) kuni Busan shahrida O'zbekistondagi elchimiz boshchiligida elchixona vakillari bilan (konsullik bo'limi ham) bo'lib o'tgan vatandoshlar bilan uchrashuvda uzoq davom etgan ancha mazmunli va foydali suhbatda berilgan ma'lumotlar, elchixona faoliyati va rejalari, ayniqsa, Koreyadagi ko'pchilikning ishi tushadigan va konsullik bo'limiga beriladigan, qayta-qayta so'raladigan savollarning va yana boshqa muhim masalalarning javoblari haqida o'rtoqlashamiz. Qayerda? SalomKoreya Telegram guruhida (onlayn ovozli suhbat) Qachon? 16-fevral soat 22:00 da. (Koreya vaqti bilan) Siz uchun foydalimi? Ha, konsullik bo'limiga ishingiz tushadigan bo'lsa, hozir amaldagi tartib-qoidalar va ba'zi muhim masalalardan xabardor bo'lsangiz, vaqtingiz va pulingizni tejaysiz, ishlaringiz osonroq va tezroq bitadi, bilmaganingiz uchun o'zingiz sarson bo'lmaysiz. Bundan tashqari, elchixona faoliyati va Koreyadagi yurtdoshlarga foydali bo'ladigan kelajakdagi rejalari haqida ham bilib olasiz. Maqsad nima? Bu uchrashuvda eshitib, so'rab bilgan juda muhim va foydali ma'lumotlarni boshqalar bilan ham o'rtoqlashish, ularga ham bildirish. *Koreyadagi boshqa guruh va kanallarda ham o'rtoqlashib qo'yaylik, imkoni boricha ko'pchilikka foydali bo'lsin. **Shu tadbirning boshidan oxirigacha qatnashganlarni ham taklif qilib qolamiz. Ba'zi joylarda bir-birimizni to'ldiramiz. Kanalga a'zo bo'lish uchun: 👉 t.me/SalomKorea Koreyadagilar uchun guruh: 👉 t.me/SalomKoreya

  • 🔴 Nihoyat 799 kundan keyin ayblov e'lon qilindi 🔴 (2026.02.04) 2023-yili Hanshin universitetidagi o'zbekistonlik talabalarning majburiy deportatsiyasi bo'yicha ochilgan jinoyat ishi bo'yicha Suvon hududiy prokuraturasi ishga aloqador kishilarga nisbatan 799 kundan keyin ayblov e'lon qildi. TheJoongAng gazetasi chop qilgan maqolaga ko'ra Suvon hududiy prokuraturasi Hanshin universitetining ba'zi professorlari va xodimlariga o'zbekistonlik talabalarni majburan vataniga qaytarish ayblovini e'lon qilgan. Bundan tashqari mazkur jinoyat ish doirasida vizaga aloqador qismi bo'yicha spirtli ichimliklar va taomlar kabi ko'ngilochar tadbirlardan foydalanganlikda gumon qilingan Koreya Adliya vazirligining hududiy immigratsiya bo'limining sobiq rahbariga ham alohida ayblov e'lon qilingan. Ish doirasidagi ayblovlar orasida quyidagilar bor: 🔴 국외이송약취: kuch, tahdid yoki hiyla bilan shaxsni ushlab, uni chet elga olib ketish maqsadida o'g'irlash yoki haqiqatan ham shu yo'l bilan chet elga yuborish; 🔴 특수감금: noqonuniy hibsga olish (kuch ishlatish yoki tahdid orqali bir guruh shaxslar tomonidan); 🔴 특수강요: biror kishini o'z huquqlarini va harakatlarini amalga oshirishdan cheklash yoki majbur qilish (kuch ishlatish yoki tahdid orqali bir guruh shaxslar tomonidan); Tafsilotlar bilan maqolada tanishish mumkin. ⚠️ Muhim izoh. Ayblov e'lon qilindi degani, bu shaxslar hozircha jinoyatchi deb topildi degani emas, buni sud hal qiladi. Jarayon hozircha davom etadi. Ish nima bilan yakunlashini kuzatib boramiz. Bu voqea haqidagi avvalgi xabarlar: 🔸 KunUz maqolasi: [LINK] 🔸 TheKoreaTimes maqolasi: [LINK] #hanshin #한신 #한신대 Kanalga a'zo bo'lish uchun: 👉 t.me/SalomKorea Koreyadagilar uchun guruh: 👉 t.me/SalomKoreya

  • 🔴 Hanshin universitetidagi o'zbekistonlik talabalarning majburiy deportatsiyasi bo'yicha ochilgan jinoyat ishi cho'zilayotgani uchun Koreya prokuraturasi tanqidga uchramoqda 🔴 (2026-01-29) "The Korea Times" nashrida mazkur ish bo'yicha maqola chop etildi. Koreyaning Hanshin universiteti 2023-yilning 27-noyabrida 22 nafar o'zbekistonlik talabani majburan vataniga qaytarib yuborgan edi. Usha paytda jabrlanuvchilarning arizasiga muvofiq Koreya politsiyasi bu holat bo'yicha jinoiy ish ochgan edi. Ish Koreya prokuraturasiga yuborilganidan keyin ham mana 20 oy (1 yilu 8 oy) davomida ishga aloqador kishilarga ayblov e'lon qilinmagach, adolatga erishilmayotgani ta'kidlanmoqda, hamda o'zbekistonlik jabrlanuvchilar va Hanshin universitetining mahalliy koreys talabalari tezkor tergov va adolat talab qilmoqda. Ish prokuraturada to'xtab qolgani uchun advokat va jabrlanuvchilar tomonidan tergovning haddan tashqari cho'zilishi tanqid qilinib, prokuratura tergovini baholash uchun maxsus komissiya tashkil qilish so’ralmoqda. Ushbu ish Janubiy Koreyada xalqaro talabalar huquqlarini himoya qilishda qanday bo'shliqlar mavjudligini ko'rsatib berdi. Hanshin universiteti talabalari va advokatlar prokuraturaning uzoq davom etayotgan tergovi jabrlanuvchilarni huquqiy noaniqlikda qoldirganini aytmoqda. 2023-yil 27-noyabr kuni ertalab Hanshin universitetida ta'lim olayotgan O'zbekistonning 23 nafar fuqarosi avtobusga o'tqazilib, dastlab ularga chet elliklarning ID kartasini olish uchun immigratsiya idorasiga borilishi aytilgan. Biroq, yo'lda avtobusga xususiy qo'riqlash firmasi xodimlari ham mindirilib, talabalar to'g'ri Incheon xalqaro aeroportiga olib borilgan. U yerda Hanshin universiteti va xususiy qo'riqlash firmasi xodimlari mazasi bo'lmay qolgan talabadan tashqari qolgan 22 ta talabani O'zbekistonga oldindan buyurtma qilingan reysga o'tqazib, vatanlariga qaytarib yuborgan. KunUz maqolasida kengroq ma'lumot berilgan: 👉 https://kun.uz/85150272 Koreya politsiyasi 3 nafar universitet xodimini odamlarni noqonuniy ushlab turish va majburlash kabi ayblovlar bilan prokuraturaga havola qilgan, shuningdek, universitet xodimlarining "mehmondorchiligi"dan bir nechta marta manfaatlangan Adliya vazirligi immigratsiya bo'limi rasmiysi ham ayblanuvchilar qatoriga kiritgan edi. O'zbekistonlik jabrlanuvchilar huquqini himoya qilayotgan advokat Choi Jung-kyu "The Korea Times" nashriga prokuraturaning sekin ishlashini oqlashning hech ham iloji yo'qligini aytdi. Politsiya 6 oyda tergovni yakunlab, ishni prokuraturaga yuborgan edi. Biroq prokuraturada shu ish uchun 3 barobar ko'proq vaqt ketyapti, dedi advokat Choi. "The Korea Times" nashri chop etgan maqolaning to'liq matni va bu ish bilan bog'liq kengroq tafsilotlar haqida quyidagi link orqali tanishish mumkin: https://www.koreatimes.co.kr/southkorea/society/20260129/prosecutors-criticized-for-delay-in-hanshin-university-deportation-probe Kanalga a'zo bo'lish uchun: 👉 t.me/SalomKorea Koreyadagilar uchun guruh: 👉 t.me/SalomKoreya

  • без подписи