- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 15
- Всего постов
- 144
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 516
- 1/48двое суток
- 591
- 1/72трое суток
- 637
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇨🇳 Nega Xitoydagi G.A.T.E International Olympiad finalida qatnashish kerak? ➕ Matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan G.A.T.E International Olympiad final bosqichi bu yil Xitoyning zamonaviy va go‘zal Hanjou (Hangzhou) shahrida bo‘lib o‘tadi. 🏆 Videoda dunyodagi eng nufuzli matematika olimpiadasi — IMO (International Mathematical Olympiad) sovrindorlari Xitoydagi xalqaro finalda qatnashish nega muhim ekanini tushuntirib berishdi. ✨ Hanjou — Xitoyning eng mashhur turistik shaharlaridan biri bo‘lishi bilan birga, innovatsiya, texnologiya va ta’lim markazi hamdir. Ishtirokchilar bu safarda nafaqat xalqaro maydonda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadi, balki yangi do‘stlar, yangi madaniyat va unutilmas sayohat tajribasiga ega bo‘ladi. 🛂 Yana bir katta qulaylik — O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga vizasiz safar qilishlari mumkin. Bu final bosqichida qatnashishni yanada osonlashtiradi. 🌍 Xalqaro olimpiadadagi ishtirok va natijalar o‘quvchining akademik portfoliosini boyitishi, kelajakdagi universitet arizalari uchun muhim tajriba bo‘lishi mumkin. Xorijiy safarlar tarixi esa kelgusida ayrim davlatlarga viza rasmiylashtirish jarayonida foydali omillardan biri bo‘lishi mumkin. ✈️ 17–23-avgust kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan final uchun O‘zbekiston delegatsiyasini shakllantirish ishlari yakunlanmoqda. 🔥 SO‘NGGI 3 TA JOY QOLDI! 📞 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: ☎️ +998 55 515-80-88 (9:00–18:00) 📱 +998 97 651-33-34 🇺🇿 Xalqaro maydonda o‘z bilimingizni namoyon etish va dunyoning turli davlatlaridan kelgan iqtidorli tengdoshlaringiz bilan bellashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🌍 QURULTOY BOSHLANDI! “Yoshlar – kelajak bunyodkorlari” xalqaro ekologiya qurultoyiga Qashqadaryodagi “Lochin” oromgohida start berildi! 🇺🇿 Hududlardan hamda xorijiy davlatlardan delegatsiyalar birin-ketin yetib kelmoqda. Shu qatorda Toshkent shahar Yashnobod tumani 255-maktabining 8-D sinf o‘quvchisi Samijonova Jasmina va 11-V sinf o‘quvchisi Turayev Bexruz ham o‘z g‘oyalari va chiqishlari bilan faol ishtirok etmoqda 🌱 Yangi g‘oyalar. Ekologik tashabbuslar. Yangi do‘stliklar. Unutilmas taassurotlar! 💚 Biz tayyormiz! Sizchi? 🌐 Instagram 🌐 Facebook t.me/school_255
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
12-avgust kuni quyosh tutilishi sodir bo'ldi. Yevropaliklar to'liq quyosh tutilishiga guvoh bo'lishdi. 12.08.2026 y. @Online Fizika
O‘rtoqlar, menga ko‘rsatuvlar ijodkorlari ko‘p chiqishadi, fidoyi ustozlarni ko‘rsatuvimizga suhbatga chaqirmoqchi edik, shunga ustozlar topib bering, deya. Shoshilinchda esga tushganlarni tavsiya etaman. O‘tgan yili katta bir respublika tashkiloti — Agrobank masʼullari menga murojaat qilib, bizga eng yaxshi 10 nafar fidoyi, eng hurmatli o‘qituvchi topishda yordam bering, ular haqida 10 qismli hujjatli film yaratamiz degan edi. Men guruhga yozib, o‘zim tanigan hammaga yozib eng sara fidoyi o‘qituvchilarni topishga harakat qilgan edim. Vaqt tig‘iz bo‘lgan, talabni qattiq qo‘yganmiz, hammani ishga solib 3 nafar ustozni shoshilinchda zo‘rg‘a topganmiz, ular haqida videofilm yaratgandi Agrobank jamoasi, aslida 10 nafar so‘ragandi... Xullas, o‘shanda o‘ylab qolgandik, bizda chekka maktablarda yoshidan qatʼiy nazar, yosh o‘qituvchimi, yoshi kattami ishqilib boshqacha bir fidoyilik qilib ishlab kelayotgan oʼqituvchilar serobku, lekin ularni o‘sha maktab janoasiyu, bitirgan o‘quvchilari biladi xolos. Aslida ular juda ko‘p va hamma bilishi kerak. Ular qancha-qancha o‘quvchilari iliq xotirasida, bir chekkada yashab ishlab kelmoqda. Mana shunday ustozlarning yagona bazasini yuritilsa boshqalar ham ularning mexnat yo‘lidan o‘rnak oladi, ular haqida asarlar yaratilishi mumkin, o‘tgan yilgi kabi filmlar yaratilishi mumkin-ku? Shundan keyin biz Ulug‘bek Po‘latov va yana siz taniydigan taʼlim fidoyilari tomonidan katta bir loyihani bir necha oy davomida ishlab chiqdik va bugun sizlarga taqdim etmoqdamiz: O‘zbekistonning eng fidoyi ustozlarini jamlaydigan yagona milliy platforma — "QAHRAMON USTOZLAR" milliy platformasi. Bunda telegram orqali o‘zingiz tanigan ustozni tavsiya etasiz, keyingi qadamda maxsus sayt yaratilmoqda, ular saralanib, turkum kitoblar va qisqa, to‘liq metrajli filmlar yaratiladi. Respublikaning istalgan joyidagi eng fidoyi ustozlarning yagona bazasiga aylanadi, bunga istagan kasbdagi insonlar o‘z ustozi haqida yozib, u haqidadagi fikrlarni bitishi mumkin. Ekspertlar saralashidan o‘tganlar milliy Qahramon ustozlar bazasiga qo‘shilib boraveradi, orada ushbu @domlajon kanalida ham eng sara hikoyalarni har doim qo‘yib boramiz tanishtirib. Minglab ustozlarni kashf etamiz natijada. Zarur bo‘lgan paytda ko‘rsatuvlarga chaqirishimiz, jamoatchilik tanigach masʼullar ham tanishib chiqib medallarga tavsiya etishlari mumkin bo‘lar balki... Ushbu ijtimoiy loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun hozirdan turli katta tashkilotlar qiziqish bildirib chiqmoqdalar, kelajakda ular haqida ham aytib boramiz, xullas ulkan loyihaga qadam bosdik, bu loyihani hamma kasbdagi turli guruhlarga tarqatib, ularni ham jalb etishda sizlarning yordamlaringiz zarur bo‘ladi. Birgalashib butun jamiyatga yetkazish maqsadimiz buni. Chunki hammaning necha yoshda bo‘lsa ham shirin xotiralar bikan eslaydigan ustozi bor, nimadir yaxshilik ilinigisi keladi, mana ularga shu qarzni qaytarish imkoni, endi o‘z ustozini "Qahramon ustozlar" milliy bazasiga qo‘shish mumkin. Arizani shu manzilga yuborishingiz mumkin: @QahramonUstozBot
✨ “Hammasi oson — istak bo‘lsa bas!” Bugun ustozimiz Sitorabonu Safarovna “Amaliy missiya” darsi doirasida mazmunli psixologik trening o‘tkazdilar. 🌿 Hayot muvozanati, “Balans g‘ildiragi” metodi, meditatsiyalar va ruhiy mashg‘ulotlar orqali ustozlarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchi, motivatsiyasi va ichki kuchi yanada oshdi. Bu trening bizga bir haqiqatni yana bir bor eslatdi: istak bor joyda imkoniyat, ishonch bor joyda esa natija bor! 💫 🌐 Instagram 🌐 Facebook t.me/school_255
O‘zbekistondagi eng yaxshi hokimlardan birining fuqarolar bilan uchrashuvidagi gaplaridan. @domlajon t.me/domlajon
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha abituriyentlarning hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Ta’lim shakllari: 🔹kunduzgi; 🔹 kechki; 🔹 dual. 🩺 Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham my.edu.uz platformasi orqali 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🩺 Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. 📝 Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. 2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 ming 960 ta (shundan 61 ming 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan: ➖kunduzgi ta’limda – 87 ming 700 ta (39 ming 390 ta davlat granti); ➖kechki ta’limda – 4 ming 440 ta, ➖dual ta’lim shaklida – 42 ming 820 ta (22 ming 160 ta davlat granti). Texnikumlar ro‘yxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanishing. 👉 @xushnudbek 👈
🌍 Navbatdagi treningimiz trener Husniya Bekmurodova bilan bo‘lib o‘tdi. 🌱 Trening davomida "Iqlim o‘zgarishi" mavzusida qiziqarli ma’lumotlar, muhim fikrlar va yangi qarashlar bilan o‘rtoqlashdik. Har bir uchrashuv — yangi bilim, yangi savol va yangi imkoniyat! 💡✨ Bilim almashilgan sari dunyoqarash kengayadi! 🌎 GlobalEducationChallenge #IMPACT #Intizom #OziniTanlash #ShaxsiyRivojlanish #Trening
💥 Siz kutgan lahza nihoyat keldi! 💥 Young Climate Champions 3-mavsumiga arizalar rasman OCHILDI! 🎉 Agar siz faol yosh bo‘lsangiz, iqlim va ekologiyaga qiziqsangiz hamda, hamda kelgusi bir yil davomida haqiqiy o‘zgarish yaratishga tayyor bo‘lsangiz - bizga qo‘shiling!! 🚀 YCC nima? Young Climate Champions - bu 1 yillik ekologik liderlik dasturi. 🏕️ Dastur avgustdagi liderlik oromgohidan boshlanadi. U yerda siz O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan tengdoshlaringiz bilan tanishasiz va iqlim lideri bo‘lish uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. 🌱 Keyin esa bilimlaringizni amalda qo‘llaysiz! 2026–2027 o‘quv yili davomida jamoangiz bilan ekologik loyihalar amalga oshirasiz. Faol ishtirok etsangiz milliy va xalqaro iqlim tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 🎉 Yil yakunida esa erishgan yutuqlaringizni YCC oilasi bilan birgalikda nishonlaysiz! 🌟 Sizni nimalar kutmoqda? 🏕️ Toshkent shahridagi liderlik oromgohlari 🌍 Iqlim o‘zgarishi va ekologik liderlik bo‘yicha amaliy bilimlar 🎤 Milliy va xalqaro iqlim konferensiyalari va tadbirlarida ishtirok etish imkoniyati 🤝 O‘zbekistonning barcha hududlaridan yangi do‘stlar 💡 O‘z ekologik va iqlim loyihalaringizni yaratish va amalga oshirish uchun mentorlik va yordam 📜 Sertifikat va tavsiyanomalar 📌 Kimlar ariza topshirishi mumkin? ✅ 14–18 yoshdagi o‘quvchilar ✅ Iqlim, ekologiya va ijobiy o‘zgarishlar yaratishga qiziqadiganlar ✅ 2026–2027 o‘quv yili davomida o‘z hududida ekologik va iqlim loyihalarini amalga oshirishga tayyor bo‘lganlar 🚀 Young Climate Champion bo‘lishga tayyormisiz? 📝 Ariza topshirish uchun: link ⏰ Arizalar qabuli: 2026-yil 14-avgustgacha ⚠️ Joylar soni cheklangan! 💚 Bu shunchaki oromgoh emas. Bu 1 yil davomida o‘rganish, yangi do‘stlar orttirish va haqiqiy o‘zgarish qilish imkoniyati. Balki keyingi Young Climate Champion aynan SIZ bo‘larsiz! 🌍 ———————————— Young Climate Champions dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi va UNICEF Uzbekistan hamkorligida amalga oshiriladi.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи