tgindex
Scripter Uz
@scripter_uzузбекский

Kanalda serial va filmlar subtitrlarda tarjima qilinib boriladi. Admin bilan aloqa: @ScripterUzAloqa_bot

Последний пост
2 июн.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
717
+1 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 878
20 постов
Вовлечённость
401,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 2 июн.8281931

    ​​Emesis Blu (Emesis Blue, 2023) Audio: En Sub: Uz Tarjimon: Behruz Umidjonov 📝@Scripter_uz

  • 30 янв.2 4142571

    ​​Kimsa bilmaydi (Nobody knows (Dare mo Shiranai), 2004) Audio: Ja Sub: O'z, En Tarjimon: Behruz Umidjonov 📝@Scripter_uz

  • 29 июл. 2025 г.2 944105из KattaOgaUz

    Майли, кўринглар-чи) Каналда биринчи марта ютубда премьера: “Мурватли Апельсин”: Кубрик қўрқинчли дунёсини қандай яратган?

  • ​​​​O'ynashmachoq (Funny games, 1997) Audio: De Sub: O'z, De, En Tarjimon: Azizbek Yusupboyev 📝@Scripter_uz

  • O'ynashmachoq (Funny games, 1997) Rej: Mixael Haneke 1990-yillar Yevropa kinosining eng muammoli, shafqatsiz va noqulay filmlaridan biri. Film syujeti sodda asosga qurilgan: Oila dam olishga shahardan chetga chiqishadi, ikki xushmuomala yigitlar kelib ulardan yordam so'rashadi. Rejissyor 4-devorni buzish orqali tomoshabinga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilib, ularga zo'ravonlikdagi rollarini belgilab berish bilan birga an'anaviy hikoya uslublariga qarshi chiqadi. Film toni undagi voqealar bilan o'chakishgandek, bosiq va muloyim ushlangan. Bundan tashqari, film nafaqat jismoniy balki hukmronlik yo'lida psixologik manipulyatsiya va hissiy nazorat ishlatilishini ham ko'rib chiqadi. Umuman olganda, mediadagi zo'ravonlik va tomoshabinning unga munosabatini tanqid qiluvchi asar. Kino donatga qo'yilmoqda. Summa: 90.000 so'm. Quyidagi raqamga donat qilishingiz mumkin: 9860080379931787 Umidjonov Behruzbek nomida. Keyinchalik qo'shimcha ma'lumotlarni @scripterdonat kanalidan olishingiz mumkin. Film treylerini ko'rish uchun bosing. 📝@Scripter_uz

  • "Kinoteatrlar kinonamoyishlarini turli tezliklarda taklif qilishi kerakmi? O'zim odatda kinolarni 1.5x tezlikda ko'raman, bu esa o'z navbatida kinoteatrga borishni ozgina zerikarli qilishi mumkin. #muhokama Men kinolarni tezlashtirilgan holatda ko'raman. Odatda 1.5x, lekin ba'zida 1.25ga ham tushishim mumkin. Judayam kam holatlarda lekin onda-sonda 1.75 yoki 2x tezlikka chiqaman. Xullas, kinoteatrga borganimda va kino o'z tezligida namoyish qilinayotganda "slou moushn"da (yoki sekinlashtirilgandek) tuyiladi. Shu sabab tufayli umuman kinoteatrga bormaydigan boshqa menga o'xshaganlar ham mavjudligiga ishonchim komil. Bu esa meni o'yga toldirdi, namoyishlar turli tezliklarda taklif qilinsa-chi? Misol uchun 1x tezlikda namoyish, 1.5x va 2x tezliklarda namoyish. Fikrlar?"

  • Bu oy uchun tavsiyalar: 1. Oqsoch (The Handmaiden, 2016) 2. Kumushsimon tuman (Silver hazer, 2023) 3. Xudoning o'z mamlakati (God's own country, 2017) 4. Qizlar qizlar qizlar (Girls girls girls, 2021) 5. Mandarin (Tangerine, 2016) 6. Sen va tun (You and the night, 2013) 7. Kamikaze yuraklar (Kamikaze hearts, 1986) 8. Yosh soul isyonkorlari (Young Soul rebels, 1991) 9. Petra von Kant'ning achchiq ko'z yoshlari (The bitter tears of Petra von Kant, 1972) 10. Foks va uning do'stlari (Fox and his friends, 1975) 📝@Scripter_uz

  • Muhokama ochiq. Marhamat.

  • Donat uchun: 9860080379931787 Umidjonov Behruzbek nomida. 📝@Scripter_uz

  • #filmomem Mixael Haneke muxlislari kimnidir shumshayib turgani haqida 5 minutlik davomli sahna bo'lganda:

  • ​​Yo'qotilgan shosse (Lost highway, 1997) Audio: En Sub: O'z, En 720p uchun bosing. (P.s: Chemp - "Chempion" uchun qisqartma) 📝@Scripter_uz

  • 📹Myau-myau Yo'qotilgan shosse (Lost highway, 1997) Rej: Devid Linch 1990-yillar Amerika neo-nuar va psixologik horror janrlarining yana bir klassik, yorqin va ilg'or namunasi. Kartina nafaqat vaqt va voqelik, balki shaxsiyat va o'zlikda yo'qolgan qahramon haqida. Film bosh qahramoni Fred - saksofonchi, ayoli bilan munosabatlarda qaltis va tushunarsiz hodisalarga duch keladi. Patrisiya Arkett ijrosida jonlantirilgan naqd ikkita mutlaq farqli personajlar esa tomoshabin uchun film paranoyasi va jozibasini ta'minlash bilan birga, shubxa uyg'otadi: Haqiqat? Tasavvur orqali vujudga kelgan fetish? yoki umuman boshqa narsa? Kinodagi reallik to'qimasi Linch tomonidan buziladi, o'ldiriladi, qayta jonlantiriladi va yana qayta qatl qilinadi. Vaqt tushunchasi esa o'z ichiga o'ralib, inson xotirasi kabi ishonchsiz va aldamchi, ammo latofatli tusga kiradi. Sauntrek haqida gapirish odatim emas, ammo ba'zi filmlar bundan mustasno - bu ulardan bittasi. Fondagi Devid Boui, Anjelo Badalamenti, Rammshtayn'lar tasvirga qorong'u estetika beradi. Shu bilan birga, musiqa personajlarga qo'rquv va kuchli hirs hissini audio orqali uzatadi. Ayniqsa, tunda mashina haydash kadrlarida bu tovushlar og'riq, o‘zlikdan ayrilish va qochish istagini sezilarli darajada ifodalaydi. Aybdorlik. Ajralish. Seduktsiya. 📝@Scripter_uz

  • видео или голосовое, без подписи

  • ​​Amour (Amour, 2012) Audio: Fr Sub: O'z, En (Amour-fransuzchada "Sevgi", "Muhabbat", "Ishq" ma'nolarini anglatadi.) Hamkor: Katta Og'a 720p uchun bosing. 📝@Scripter_uz

  • 14 мая 2025 г.2 000811из KattaOgaUz

    Севишганлар кунига совға ❤️ "Амоур" 2012 й. #драма #тавсия Бугун "ScripterUz" канали билан биргаликда уч ойга кечиккан Михаэль Ханекенинг “Амоур” фильмини ўзбек тилида премьера қиламиз. Фильм ўз номига мос равишда 14 февралда чиқиши керак эди. Лекин чўзилишлар туфайли бугунга тўғри келади. Қизиқ томони, бугунги танлаган санамиз ҳозирда бўлиб ўтаётган Канн кинофестивали фонида Ханеке учун жуда омадли сана экан. 24 йил олдин 14 май куни Каннда Ханекенинг "Пианистка" фильми намойиш этилганди. 20 йил олдин эса Жулиэт Бинош бош ролни ижро этган "Скрытое" фильми қўйилган. Биринчи фильм Ҳанекега Канн Гран-присини, шунингдек, энг яхши актриса ва энг яхши актёр Изабел Юппер ва Беноит Мажимелга ҳайкалчаларни совға қилди. Иккинчиси шарофати билан эса энг яхши режиссёрлик иши учун мукофот олган. Сюжет: Жорж ва Анна умр бўйи бирга яшаган, бир-бирига меҳр билан ғамхўрлик қилган. Энди улар қариб қолган. Анна оғир касалликка чалиниб, аста-секин хотирасини ва ҳаракат қобилиятини йўқотади. Жорж унга бутун борлиғи билан қарайди, гарчи бу жуда оғир бўлса-да. У рафиқасини қариялар уйига топширишни истамайди, қизи эса бунга ундайди. Қизнинг ҳар бир ташрифи — оила ҳаётидаги оғриқли ҳақиқатларни очиб беради. Йиллар давомида барпо этилган тинч ва меҳрли ҳаёт энди сабр, садоқат ва инсонийликнинг ҳақиқий синовига айланган. Севгига ҳар кимнинг ўз қараши бор. Ҳамма уни ҳар хил тасаввур қилади ва қабул қилади. Уни субъектив тушунча дейиш мумкин, объектив тариф бериш мушкул вазифа. Шоир-у ёзувчиларнинг асарлари бунга исбот. Аммо шуниси аниқки, уни идеаллаштириб, ҳар хил мулоҳазалар қилиш анча ёқимли. Ҳақиқатдан кимнидир севиб, йиллар давомида бу  муносабатни ушлаб туриш осон эмас. Сўнгги нуқтамиз эса ҳаммада бир хил ва унга яқинлашганимиз сари биз ўзгариб борамиз. Ханеке эса ўз фильмида бизга ширин туйиладиган муҳаббат йўлининг аччиқ қисмини кўрсатиб берган. Бу эса ўз ўрнида бизга “боқий севги” деган тушунчага бошқа нуқтадан назар солишимизга имкон беради. Фильмни "ScripterUz" ва "Катта Оға" каналларида томоша қилишингиз мумкин. Ўтказиб юборманг! 🫶

  • 📝@Scripter_uz

  • ​​Ziddimasih (Antichrist, 2009) Audio: En Sub: O'z, En @Scripter_uz

  • Kanaldan Lars von Trierning "Ziddimasih" filmi o'chib ketibdi. Hozir kanalga qayta joylanadi. Shuningdek, bugun rejissyorning tug'ilgan kuni. Avvalroq, "Jek qurgan uy" filmi tarjima qilingan. Ko'rish uchun bosing. 📝@Scripter_uz

  • 28 апр. 2025 г.1 6711325из enigma_uz

    ​​SURATDAGI SIR (1966) Audio: En Subtitr: En, Uz @Enigma_Uz ✦ @KattaOgaUz

  • Ahmoqiston (Dumbland, 2002) 8-qism. Chumolilar Audio: En Sub: O'z @Scripter_uz

Scripter Uz — tgindex