- Последний пост
- 21 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 231
- 1/48двое суток
- 264
- 1/72трое суток
- 285
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Qabul2026 #MagistraturaTurdosh ⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi. Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin. Magistratura kvotasi bu yerda: 👉 KUNDUZGI 👉 KECHKI 👉 MASOFAVIY Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
📌📌📌 Filologiya tillarni o'qitish: o'zbek tili yo'nalishi tamomlagan bitiruvchilar uchun👆👆👆 ✅✅✅ B1, B2, C1 darajasidagi chet tili sertifikati bilan hujjat topshirsa bo'ladi. #Magistratura_qabul_2026 https://t.me/sh_maxmidjonov
#anons ARGENTINA - jilovlab bo'lmas, tutqich bermas jangarilar. ISPANIYA - o'ta intizomli va sovuqqon armiya. Agar adabiyotga qiyoslasak, romantizm va realizm to'qnashuvi desak ham bo'ladi bu o'yinni. Argentina haqiqiy romantik jamoa. Hissiyotlar va qaynoq qon, kurashuvchanlik ruhi buni belgilab beradi. Ispaniya esa sovuqqon, aniq maqsadga tartibli va rejali o'yin bilan erishishga intiladigan jamoa. Lotin Amerikasiga xos jangovar futbol Yevropaga xos taktik futbolga qarshi. Obrazli aytganda, olovga qarshi muz. Kuzatamiz... #Oybek_Xolmatov https://t.me/dunyo_adabiyot_fikr
📌📌📌 Farg'ona davlat universitetiga MAGISTRATURAGA topshirmoqchi bo'lganlar uchun👆👆👆 #qabul_2026 https://t.me/sh_maxmidjonov
без подписи
📌📌📌 Farg'ona davlat universitetiga IKKINCHI MUTAXASISLIKKA topshirmoqchi bo'lganlar uchun👆👆👆 #qabul_2026 https://t.me/sh_maxmidjonov
📌📌📌 Bugungi kunda eng ko'p so'raladigan savollarga qisqacha javob. #Kimgadir foydasi tegib qolasa xursand bo'lamiz. https://t.me/sh_maxmidjonov
https://t.me/sh_maxmidjonov
🎼⭐️⭐️⭐️🎼 https://t.me/sh_maxmidjonov
🏢 Til — millatning ruhi Til nafaqat kishilar o‘rtasida kommunikativ aloqa vositasi, balki o‘zi mansub bo‘lgan xalqning dini, madaniyati, urf-odat va an’analari, tabiati, mashg‘uloti, qo‘yingki, o‘tmishi va buguni haqida ma’lumot beruvchi muhim ijtimoiy hodisadir. 🔴BATAFSIL Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar" kuni bilan barcha Ustozlarni tabriklayman. Bizga ilm bergan, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan barcha Ustozlarimizdan olloh rozi bo‘lsin, ikki dunyo saodatini bersin!!! https://t.me/sh_maxmidjonov
Kampir haqida she'r Tongda jo’nar bozorga Dili to’la alamga, Dili to’la ozorga Hech kimi yo’q bu kampir. Uch-to’rt hovuch qurt yegan Olmasini uyadi Va kechgacha saraton Oftobida kuyadi. Hech kim unga qaramas, Qaramas olmasiga, Odamlarga boqar u Boqqandek bolasiga. Ba’zilar to’qnasharkan Nogoh kampir ko’ziga, Chidolmasdan, qayrilib Keta boshlar iziga. Hech kimni yaqinlatmas Ko’zidagi dard-alam, Mo’ltirab aytsa ham-ki: “Olmamdan oling, bolam…” Shomda uyiga qaytar Ko’tarib olmasini, Ko’zidagi alamni, Dildagi nolasini. Ammo subhi azonda Dili to’la ozorga, Hech kimi yo’q bu kampir Yana jo’nar bozorga… Xurshid Davron 1988 https://t.me/sh_maxmidjonov
#FarDU_Filologiya #Alisher_Navoiy584 🔸Buyuk mutafakkir - Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan FarDUning Filologiya fakultetida “DAVRLAR DAHOSI” nomli adabiy-badiiy anjuman tashkil etildi. https://t.me/sh_maxmidjonov
#AlisherNavoiy #Navoiy584 Bugun buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning tavallud topgan kunidir. 1441-yil 9-fevralda Hirotda dunyoga kelgan Navoiy nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan siymolardan biridir. Uning nodir devonlari, betakror g‘azallari, shoh dostonlari va falsafiy asarlari bugungi kunda ham insoniyat ma’naviyatining bebaho xazinasidir. Bu yil bobokalonimiz tavalludining 584 yilligi keng nishonlanmoqda. U kishining boy merosi bizga ona tilimizni ulug‘lash, adabiyotimizni rivojlantirish va ma’naviyatimizni yuksaltirish yo‘lida mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Hazrat Navoiy ijodi – milliy g‘ururimiz va bebaho boyligimiz! https://t.me/sh_maxmidjonov
📌📌📌Talabalar uchun 2024-2025 o‘quv yilining kuzgi semestri ham yakunlandi. Bu semestrda Filologiya fakulteti o‘zbek tili yo‘nalishi 1-kurslarning 1ta guruhida "O‘zbek folklori", 2-kurslarning 3 ta guruhida"Turkiy xalqlar adabiyoti tarixi" fanidan seminar mashg‘ulot darslarni ko‘tarinki ruhda olib bordik deb o‘ylayman. 2-kurs 23.85-guruh talabalari bu fanimizda o‘zlarining faolligi, mavzularga ilmiy, ijodiy, kreativ yondashuvlari bilan boshqa guruhlardan ajralib turdi. Sizlarga 23.85-guruhda Turkiy xalqlar adabiyoti fanida "Turkiy ijodkorlarda xalqlar do‘stligi masalasi" mavzusidagi ochiq darsimizdan lavhalar ulashmoqchiman. Ko‘ring va baho bering!!! https://t.me/sh_maxmidjonov
"70 yildan so’ng" FarDU binolari Cho‘qqipeshona. Ortimizda qolgan o‘quv binosi. O‘zgaga sezilmas, Biram yoqimli Iforingga to‘lgan xona havosi. Soatlab ma’ruza, Ezilgan yurak. Bizni sog‘ingan va biz sog‘ingan bog‘. Uchrashuv maskani – tor kutubxona, Sayohat joyimiz – katta oromgoh. Yana FarDU desam yurak yig‘laydi, Baxting bor, lek mendan ayridir baxting. Bir lahza, ming yillik tushar esimga Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting. Farg‘ona, bu ko‘hna, bu ona tuproq, Kelajagi buyuk, o‘tmishi qadim. Qayta yo‘lim tushar, lekin sen uchun Endi Farg‘onaga bosmasman qadam. Nahot sog‘inmaysan, ishonolmayman, Buncha diydang qattiq, yuraging qattiq. Bir kun sandiqchadan kenja nabiram Suratingni olib menga ko‘rsatdi. Kim? – dedi. Kim? – dedim eslolmagandek, Tushda taniymanku qayrilmaqoshim. Kim? – dedi. Kim?! – dedim eslagan bo‘lib - Menimcha kursdoshim, ha-ha, kursdoshim. Yana yuragimda boshlandi to‘fon, Armonni tirnadi yigitlik ahdi. Yomg‘irday quyilib tushdi yodimga Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting. “A” qo‘shilgan “kimdir” barobar “sevgi”, Kashtalar to‘kilar ko‘zni kuydirib. Yillar o‘tdi senga, menga qasdma-qasd O‘zga yigit, o‘zga qizni suydirib. Oqar daryo oqdi, yoshimiz ulug‘, Koshki yoshligimiz kelsaydi qaytib. Bilasanmi, gulim, kenja qizimni Bir umr chaqirdim ismingni aytib. Men shoir emasman, men she’rman, sherman, Shamol jim qolar men hayqirganimda. Quvonib ketaman hammasidan ham O‘g‘lingni “adash” deb chaqirganimda. Talabalik o‘tdi. Olti yil – bir zum. Chakkangga gul emas qizil she’r taqdim. She’rlarni o‘qisam yodimga tushar Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting. Farg‘ona yo‘llari tunda charog‘on, Farg‘ona yo‘llari sensiz qorong‘u. Qara, gulim, bugun ikki oshiqsiz Huvillab qolibdi muhtasham FarDU. Yana FarDU desam yurak yig‘laydi, FarDU desam tilim dilimni chaqdi. Yana FarDU desam tushar esimga Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting. Tushimda nigohing bergan tuhfani Terib olmasligim azim uvoldir. O‘zimni unutsam unutamanki Seni unutmog‘im amri maholdir. Saboga ergashib umrlar o‘tdi, Qog‘ozlar beyozuv, qalamlar bejon. Bugun chop etilib keldi qo‘limga Senga bag‘ishlangan “Yettinchi devon”. Menga alam qilar hamma hammasi, Sensiz erishganim shuncha baxtlarga. Ichi to‘lib ketgan yetti devonning Hech kim sezmaydigan muvashshahlarga. Oltin davrimizni eslayman bir-bir, Yodimga tushadi muhabbatimiz. Ammo taqdir ekan, nasibi shudir, Bir-biridan go‘zal ayro baxtimiz. Yana FarDU desam tushar yodimga, Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting... ✍🏻Ahrorjon Toʻxtasinov https://t.me/sh_maxmidjonov
2024-2025 o‘quv yili uchun talabalardan Mustaqil ta'lim olish ishlari boshlandi. Mustaqil ta'lim mavzusiga har bir talaba seminar mavzularidan biriga o‘z iste'dodidan, qobilyatidan, qiziqishidan kelib chiqqan holda topshiriqlar bajarishi kerak edi. Hozirda bunday ishlardan juda ko‘pi kelib tushmoqda. Sizlarga bundan bir yil oldin shunday topshiriqlar asosida iste'dodli talabalar tomonida qo‘limizga kelib tushgan ijod mahsulini ulashmoqchiman. 4-kurs 21.76A guruh talabasi Ahror To‘xtasinov(@tilsimsayyodi)ning Qoraqalpoq adabiyoti vakili Ibroyim Yusupov she'rlaridan ilhomlanib yozgan "70 yildan so‘ng" she'ri 👇👇👇 #xotira @sh_maxmidjonov
без подписи
без подписи
без подписи